 Sizlar bugun smetana va rezavor mevalardan tayyorlanilgan pishiriqlarni qanday tayyorlashni bilib olasiz.
Pishgan mazali savatchalarimizga qarab, bularni bolajonlar tayyorlaganiga ishongimiz kelmaydi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar: 120 gramm shakar 100 gramm un 20 graamm kraxmal 4 ta tuxum Kremiga: 200 gramm smetana 50 gramm shakar upasi 1 o'ram vanilin 200 gramm har xil rezavor mevalar bir nechta yalpiz yaproqchalari 20 gramm yumshatilgan sariyog' uustiga sepish uchun shakar upasi Qadam 1
Qolipchalarga sariyog'dan surtib, ustidan ozroq un sepamiz. Qadam 2
Unni elab olamiz. Tuxum oqini sarig'idan ajratamiz. Tavsiya: tuxumlar muzdekroq bo'lsa, ularning sarig'ini oqidan ajratish osonroq kechadi. Qadam 3
Tuxum sarig'larining ustidan shakarning yarmini solib mikserda yaxshilab ko'pirtirib oling. 3-4 daqiqa mikserda ko'pirtirilgandan so'ng, aralashma deyarli oq rangga kiradi. So'ng mikser uchligini olib yaxshilab yuving va artib quriting. Qadam 4
Alohida idishga tuxum oqlarini solib mikserda 2-3 daqiqa ko'pirtiring, so'ng qolgan shakarni soling. Qadam 5
Massa yaltiroq va qattiqroq bo'lgunicha, taxminan 1-2 daqiqa yana ko'pirtiramiz. Qadam 6
Tuxum oqiga ko'pirtirilgan tuxum sarig'larini solib, qoshiq yoki oshxona belkurakchasi yordamida aralashtirib olamiz. (Mikserda emas!) Qadam 7
Ustidan kraxmal bilan elangan unni solib, asta-asta aralashtirib olamiz. Qadam 8
Xamirni tayyorlab qo'yilgan qolipchalarga 2/3 qismda solib chiqamiz. Qadam 9
200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Qadam 10
Qolipchadagi pishiriqlarni 10 daqiqadan so'ng qolipidan ajratamiz va sovutib olamiz. Qadam 11
Biskvitlarni ustini kesib tashlab, ichini qoshiq yordamida o'yib olsk, savatchalar tayyor!
O'rtasidan o'yilgan xamirlarni mayda bo'lakchalarga bo'lamiz. Qadam 12
Idishga smetana, shakar upasi va vanilinni solib, ozroq ko'pirtirib olamiz. Qadam 13
Kremga o'yilgan biskvit bo'lakchalari va rezavor mevalarning yarmini solib, aralashtirib olamiz. Qadam 14
Savatchalarni krem bilan to'ldiramiz.
Pishiriqni 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Qadam 15
So'ng olib, ustini qolgan mevalar va shakar upasi bilan bezatamiz. Qadam 16
Endi dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha! www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:
|