Воскресенье, 16.06.2019, 15:31
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1024]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [730]
Hikoyalar to'plami [622]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [995]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [18]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [151]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [190]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [2848]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [383]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [26]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [24]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [47]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [19]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР [8]
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР [82]
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР [11]
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР / СЕРИАЛЛАР
Статистика



Онлайн всего: 75
Гостей: 75
Пользователей: 0

Yangiliklar Olami


Главная » 2017 » Апрель » 8 » Davron Foipov konsertda qulagan tom ​va Makkaga qadam bosishga qo`rqqani haqida
07:39
Davron Foipov konsertda qulagan tom ​va Makkaga qadam bosishga qo`rqqani haqida
Kun kelib, hamma narsa tarixga aylanadi. "Shamollarda qolgan hislarim” filmi yozilgan videokasseta, Mosartning konserti yozilgan gramplastinka… Biroq xotira "kitob”ini varaqlaganimizda, o`sha shirin xoti­ralar yodga tushaveradi... "Kerak emas shahlo ko`zlaring”, "To`xta-to`xta, shoshmagin”, "Bu nima bu?” kabi qo`shiqlari hanuz sevib tinglanadigan afsonaviy "Original” guruhi asoschisi Davron G`OIPOV ortga nazar tashlab, umr va hayot yo`lini yodga oldi...

"Otamni qo`rqitganman..."

— 1961-yilning 7 oktyabrida Urganchda tug`ilganman. Otam Ro`zmet G`oipov viloyat rahbari bo`lgan, onam Yoqutxon uy bekasi edi. Oilada etti farzand: 2 qiz, 5 o`g`ilning kenjatoyi edim. Eng kichik farzand bo`lganim bois akalarim bilan oramizdagi yosh tafovuti ancha katta edi. Shu bois ular bilan o`ynolmasdim, eng kichik akam Odil bilangina gapimiz gapimizga mos kelardi. Otam qattiqqo`l bo`lgani bois kenja o`g`il sifatida erkatoy bo`lmaganman. Lekin o`zimga etguncha sho`x edim. Otam xizmat safari bilan Qarshiga yuborilgani uchun oilamiz bilan ko`chib ketganmiz. O`sha erdagi o`n yillik 5-o`rta maktabga o`qishga qabul qilinganman. 6-sinfgacha barcha fanlardan besh bahoga o`qiganman. Aniq fanlarga hushim bo`lmagani bois keyinchalik baholarimga "to`rt”, "uch” oralagan. Tarix, geog­rafiya fanini yaxshi ko`rardim. Afsuski, o`sha davrda musiqa fani o`tilmasdi. Hatto, tarix fanidan olimpiadada qatnashib, g`olib ham bo`lgandim. Qarasam, pog`onama-pog`ona olimpiadada ishtirok etishimga to`g`ri kelyapti. Musiqa qolib ketayotgani bois olimpiadaning keyingi bosqichlarida ishtirok etishdan bosh tortganman. Sho`x bo`lishimga qaramay, sira darsdan qochgan emasman, juda intizomli edim. 8 yoshimda Ozod akam kinokamera sovg`a qilgan kundan boshlab, kino suratga olishga ishtiyoq uy­g`on­gan. Bolalarcha dunyoqarashim bilan bir nimalar suratga olib yurardim. Oradan vaqt o`tib, rok yo`nalishidagi qo`shiqlarni ko`p tinglaganim uchunmi shu yo`nalishga qiziqishim oshib bordi. Akam sovg`a qilgan gitarani chalishni esa ko`chadagi notanish bolalardan o`rganib olgandim. Notani bilmasam-da, eshitish qobiliyatim yaxshi edi-da. Chalayotgan kuyim­ maromiga etmagunicha hammadan bekinib, gitarani qo`limdan qo`ymay mashq qilardim. Oxir-oqibat 8-sinfda o`qib yurgan kezlarim professional sozandalar bilan ishlash maqsadida restoranda gitara chalib, qo`shiq kuylay boshlagandim, mo`maygina pul ham berishardi. Eng qizig`i, bundan ota-onam bexabar edi, bilib qolsa otamning sha`niga yaxshi emasdi-da. Qolaversa, u vaqtlarda gitara chalgan o`smirlarga ko`chadagi bezo­ri­ga qaragandek qarashardi. Uyda akalarim mening tarafdorlarim edi, kechki payt restoranga ketganimda otam meni so`rab qolsa, "dars qilyapti” yo "uxlayapti”, deyishardi. Otam esa "o`g`lim o`z vaqtida dars qilib, o`z vaqtida uxlayapti”, deb xursand edi. Aslida xonamning derazasidan qochib chiqib, restoranga borardim, qaytish yo`lim ham shu deraza edi (kuladi). 10-sinfda o`qib yurgan kezlarim qo`lga tushganman. Sira yodimdan chiqmaydi, uyda otam, men va akamdan boshqa hech kim yo`q. Otam "shu erda qarshimda o`tirasan”, desa bo`ladimi. Restoranga ketadigan vaqtim bo`lyapti, nimadir qilishim kerak. Otam telefonga chalg`iganida akamga "meni so`rasa, uxlayapti”, deysiz”, deya karavotimga xuddi odam yotgandek qilib, kiyimimning ichiga narsalar tiqib, yonboshlatib yotqizib qo`ydim. Yarim tunda qaytsam, jimjitlik, akam "seni sog` qo`ymaydilar” desa bo`ladimi. Bilsam, otam "Nega erta uxlashga yotding?”, deya ko`rpani ochganda yotqizib qo`ygan "odam”im oyog`ining tagiga dumalab tushgan va otamning o`takasi yorilgan (miriqib kuladi). Ertasiga otam rosa koyigan va "harbiy soha vakili bo`lasan”, deya o`z qarorini aytgan. Men ham san`at sohasidan ketishimni qat`iyat bilan aytgandim.
"Yalla"da ishlayotganimga ishonishmagan"

— 1978-yil O`zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov Qarshiga borib, musiqiy tanlov o`tkazgan. O`shanda iste`dodimni ko`rgan Farrux aka "Yalla” guruhida bas-gitarachi bo`lib ishlaysanmi?”, deb qoldi. Maktabda davlat imtihonlarini topshirayotganimdan bexabar edi. O`qishni tamomlab, Qarshidagi Pedagogika institutining musiqa fakultetiga hujjat topshirib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tib, o`qishga qabul qilinganman. Ikki oy o`qigach, o`qishimni sirtqi bo`limga o`tkazdim. Chunki Toshkentga Farrux aka bilan ishlashga borishim kerak edi-da. Ehtiyotkorligim bois onamga vaziyatni aytib, poytaxtga yo`l olganman. Otam xabar topgach, "Sendek betayin 17 yoshli yigitni kim ishga olardi”, deb ishonmagan (kuladi). "O`zbekkonsert”ga qo`ng`iroq qilganida haqiqatda "Yalla” guruhida ishlayotganimni tasdiqlashgan. "Yalla” guruhida bir yarim yil ishladim. Rok yo`nalishini yaxshi ko`rganim bois "Yalla”ning uslubiga moslasha olmadim. Guruhni menga qo`shilib, sozandalar Abbos Aliev va Rahim Arifxodjaev ham tark etishdi va birgalikda "Original” guruhini tashkil qildik. Nazarimda, o`shanda Farrux aka mendan ranjigan, lekin munosabatlarimiz sira yomonlashmagan.

"Muxlislardan qoplab maktub ­olardik"

— 1979-yilning oxirlarida "Original” guruhimiz rosa ommalashdi. "Yalla”ni tark etganimdan otam hayratga tushgan. Men esa musiqa shunchaki xobbi emas, hayotim mazmuni ekanini isbotlashga urinardim. Shunday imkoniyatlardan biri "Pesnya-81” tanlovi edi. Opam meni qo`llash maqsadida markaziy televidenieda namoyish etilayotgan mazkur tanlovdagi ishtirokimni otam ko`rishi uchun atay televizorni yoqib qo`ygan ekan. Balki o`shanda boshlagan ishim jiddiyligiga ishonch hosil qilgandir, yana kim bilsin. O`sha teletanlovdan so`ng muxlislardan o`n besh qoplab xatlar olgandik. Bu haqda hatto ko`rsatuv ham qilishgandi.

O`z vaq­ti­da yaxshigina ommalashgan "Bu nima bu?” nomli qo`­shiq rok yo`nalishida bo`lgani uchun avvaliga studiya­da yozishga jur`a­tim etmagandi. Shunda o`sha vaqtdagi Davlat teleradio qo`mitasi raisi Ubay Burhon bu haqda qaer­dan­dir xabar topib, qo`ng`iroq qilib, "Nega shu qo`shiqni yozmading? Ertagayoq yozgin”, degandi. Shunda ham ehtiyotkorlik qilib, avjini o`sha vaqtdagi "Sado” guruhi qizlariga kuylatganman. Bu qo`shiq ham rosa ommalashgan, lekin tanqidlar ham meni chetlab o`tmagan. Yangilikni qabul qilish doim ham oson kechmaydi-da. To`rt yil gastrolma-gastrol yurib, mashhurlik gashtini ham totib ko`rdik. Zamona zay­li bilan olti yil ijodiy tanaffus qilishga to`g`ri keldi, bu muddatni Moskvada o`tkazganman. 1990-yil Toshkentga qaytganimda meni xonanda Aziza Muhamedova kutib olgan va "Yurmala” tanlovining saralash bosqichiga birga borishni taklif qildi. Borsam, imijim o`zgargani bois meni hech kim tanimadi. Bir payt Pero libosidagi bir yigit tikila-tikila "Davron G`oipovmisiz?” deb so`radi. Gapini tasdiqlasam, kutilmaganda tizzalab o`tirib olib, "Nihoyat, sizni ko`rish baxti nasib etdi”, deb yig`lab yuborsa bo`ladimi. Bilsam, bu yigit Ruslan Sharipov ekan. O`shanda Ruslan bilan tanishgandik, keyinchalik Ruslan "Bolalar” guruhining eski tarkibini menga shogirdlikka olib kelgan.

"Chiroqni o`chirishsa ham kuylayverganman"

Olti yillik ijodiy tanaffusdan so`ng "Bu nima bu?” nomli film­da Hasan-Husan rolini ijro etib, shu kinokartina orqali "Original” guruhini yana katta sahnaga qay­tar­ganman. Konsert zalda joy qolma­ga­ni­dan ikki yuztalab odam qo`shni bino tomlariga chiqib olardi, hatto og`ir yukdan tomlar teshilib, odami bilan qulab tushardi. Eng qizig`i, har gal kimdir chiroqni o`chirib qo`ya­ve­rardi. Bir safar chiroqni umuman yoqil­may­digan qilib, o`chi­rishdi. Shun­da royal chalib, jonli qo`­shiq kuylay boshlaganman. O`sha bir yarim soatlik qorong`uda o`tgan konsertimdan so`ng chiroq boshqa o`chmaydigan bo`lgan (kuladi). "Hunar”i befoydaligini anglagandir-da. 1992-yil yana ijodiy tanaffus qilib, Moskvaga ketishimga to`g`ri keldi...

1997-yil Toshkentga qaytdim. Bu gal ijodni katta maydonda o`tadigan Mustaqillik bayramida kuylash uchun O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she`ri bilan "Omon, omon, O`zbekiston” qo`shig`i bilan boshlaganman. 2000-yil esa "O`zbekestrada”ga direktor etib tayinlashdi. Ikki yil samarali ishladim, estradada sezilarli o`zgarishlar qildim. So`ng xalqaro miqyosda ishlay boshladim. "Sharq bozori” ("Vostochny bazar”) nomli xalqaro tanlovda hay`at a`zolaridan biri edim. Uch yil mobaynida ko`plab o`zbek xonandalarimizni shu tanlovga olib borib, tajriba almashishga ko`maklashganman.
"Ka`baga qo`l tekkizishga botinolmadim..."

Kutilmaganda sog`ligim yomonlashdi, 2006-yil buyrakdagi saratonni oldirish uchun Ukrainaga borishimga to`g`ri keldi. Ochig`i, o`sha vaqtda ortga nazar tashlab, o`zimni o`ta gunohkor insondek his qildim. Hatto, Umra safariga borganimda o`tmishim sabab, Makkaga qadam qo`yishga qo`rqdim. Nazarimda, xuddi mo``jiza ro`y berib, meni er yutib yuboradigandek edi. Hadigim shu qadar kuchli bo`lganidan avvaliga Ka`baga qo`l tekkizishga botinolmadim. Jur`at topganimda esa so`z bilan ta`riflab bo`lmas hisni tuydim va ko`zimdan oqqan yoshlarni to`xtatolmadim…
Sog`ligim tiklangach, 2011-yil Tosh­kent­ga qaytdim. Hozirda shaxsiy studiyam­, prodyuserlik markazim bor.

Yodimda, bir vaqtlar hamma xonandaga bitta sozanda ishlardi. Bugungi kunda esa iste`dodlar juda ko`p. To`g`ri, guruch kurmaksiz bo`lmaydi, lekin ularni deb, hamma san`atkorni yomonga chiqarib bo`lmaydi. Eng yomon holat: hammaning mashhurlikka intilishi. Har qanday holatda professionallik chegarasidan chiqmaslik shart. Masalan, aslida Alla Pugachyovadan o`n chandon kuchli iste`dod egalari bor. Haqiqat shundaki, Pugachyova kerakli vaqtda kerakli joyda bo`la olgan, shu bois u hanuz talabgir xonan­dalardan biri. O`zbek san`atidagi ko`pchilik mashhurlar ham yuqoridagi fik­rimga misol bo`la oladi. Hozirgi konsert­larning deyarli bari shou, haqiqiy konsertlar barmoq bilan sanarli. Menimcha, o`n besh ming tomoshabin sig`adigan konsert zal qurish kerak. Shunda ko`zi etgan xonandagina konsert bera oladi va chiptalar ham arzonlashadi. Hatto dunyo miqyosidagi mashhurlarning yurtimizdagi konsertlari ko`payadi va chiptasi ham hamyonbop narxlarda sotiladi. O`zbek san`atkorlari bilan xorijlik xonandalarning tajriba almashishi uchun ham yaxshi imkoniyat bo`ladi, deb o`ylayman. Lekin ayni haqiqat shundaki, o`zbek san`a­tiga teng keladigan san`at dunyoda yo`q.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 509 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Dmitriy Dyujev o`zbekistonlik talabaning filmida suratga tushdi (Foto)
>>> МАФТУНКОР ШАҲЗОДА МУХЛИСЛАРИ УЧУН УЗОҚ КУТИЛГАН ПРЕМЬЕРА!
>>> Шаҳзода Муҳаммедова ўзига янги автомобиль совға қилди(Фото)
>>> Интернет оламидаги янги блогер ўзбек клипидаги хатоликларни топди...
>>> «Уммон» гуруҳи яна бир бор қатъий огоҳлантирилди
>>> Куёв бўлиш арафасидаги Отабек МУТАЛХЎЖАЕВ: «Аёлларга ортиқча эрк берилишига қаршиман!”
>>> ХОСИЛА РАҲИМОВАНИНГ УЧИНЧИ НАБИРАСИГА НИМА ДЕБ ИСМ ҚЎЙИЛДИ?
>>> ​Munisa Rizaeva sho`x qo`shig`ini “Qop-qora” deb nomladi(Audio)
>>> Фаррух ЗОКИРОВ: “ПРОФЕССИОНАЛ САНЪАТКОРЛАР МЕҲНАТИГА ЯРАША ХИЗМАТ ҲАҚИНИ ОЛИШИ КЕРАК!”
>>> Javohir Zokirov konsertda fonogramma orqali qo‘shiq quylagani uchun vijdoni qiynalganini aytdi


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Апрель 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari