 "E`tirof-2016”da ilk g`oliblar aniqlandi Bugun, 14 fevral kuni poytaxtdagi "Istiqlol” san`at saroyida "E`tirof-2016” taqdirlash marosimi bo`lib o`tmoqda.
Marosimda tasviriy va amaliy san`at vakillari taqdirlandi.
Unga ko`ra,
Mirzaahmedov Hakim Karimovich "Yilning eng yaxshi rassomi”,
Zokirov Rahmatilla Xusanovich "Yilning eng moxir hunarmandi”,
Norxo`rozov Qurbon "Yilning eng yaxshi haykaltaroshi”,
Kamola Aqilova Boltaboevna "Yilning eng yaxshi san`atshunosi” deb topildi.
G`oliblarga diplom va statuetkani taniqli rassom Akmal Nur va Farhod Toshmuhammedovlar topshirdi.
Taqdimot marosimi davom etmoqda.
"E`tirof-2016” taqdimot marosimi o`zining kulminasion nuqtasiga etib keldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Aksariyat muxlislar intizorlik bilan kutgan "Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominasiyasi g`olibi aniqlandi. Bu nominasiyaga xonandalar Manzura, Shahzoda va Rayhonlarning nomzodi qo`yilgan edi.
"Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nomini O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov e`lon qildi. Bu nomga xonanda Shahzoda munosib ko`rildi.
"E`tirof-2016” da "Yil bastakori, raqqosi va opera xonandasi” aniqlandi
"Istiqlol” san`at saroyida o`tkazilayotgan "E`tirof-2016” taqdirlash marosimidan onlayn reportajimizni davom ettiramiz. Boshlovchilik vazifasi Sardor Rahimxon va Yulduz Rajabovaga topshirildi.
Estrada va an`anaviy ijrochilik yo`nalishi bo`yicha g`oliblarni aniqlash uchun sahnaga maxsus vakil sifatida Ramz Usmonov sahnaga taklif qilindi.
Shunday qilib, musiqa va san`at yo`nalishida eng yaxshilar quyidagilar bo`ldi:
"Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi”—Dilnoza Ortiqova,
"Yilning eng yaxshi bastakori”—Zokirov Shuhrat Rixsivaevich,
"Yilning eng yaxshi musiqa sayqalchisi”—Abdullaev Farhod,
"Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi”—Shohruh Yo`ldoshev(Shohruhxon)
"Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi”—Musaeva Zilola Bahodirovna(Shahzoda)
"Yilning eng faol guruhi”—"Surxon” guruhi,
"Yilning eng yaxshi an`anaviy qo`shiqlar erkak xonandasi” –Yahyo va Muhsimjon Mo`minovlar,
"Yilning eng yaxshi an`anaviy qo`shiqlar ayol xonandasi”—Rozumova Rohila Abdikarimovna,
"Yilning eng yaxshi opera xonandasi”—Mirzakamalov Rahim Ibragimovich,
"Yilning eng yaxshi musiqa ijrochisi”—Matanov Ikrom,
"Yilning eng yaxshi baletmeysteri”—Mo`minov Qodir Toshkenovich,
"Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi”—Kenjabaev Sherzod Alievich.
"E`tirof-2016”da "Yilning eng faol guruhi” aniqlandi
"E`tirof-2016” taqdimot marosimida estrada, raqs va an`anaviy ijrochilik yo`nalishlari g`oliblari taqdirlandi.
"Yilning eng faol guruhi” nomi uchun "Sharq”, "Sado” va "Surxon” guruhi kurash olib bordi.
"Yilning eng faol guruhi” deb "Surxon guruhi topildi.
"E`tirof—2016”da "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi aniqlandi
"E`tirof—2016” taqdimot marosimida uzoq kutilgan lahzalar.
"Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" nominasiyasiga xonandalar Alisher Fayz, Sardor Rahimxon va Shohruhxonlar nomzodi qo`yilgan edi.
"Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” nomini O`zbekiston xalq artisti G`ulomjon Yoqubov e`lon qildi. Unga ko`ra, bu nomga Shohruhxon loyiq topildi.
Shohruhxon taqdirlash marosimiga rafiqasi, aktrisa Asal Shodieva bilan birgalikda tashrif buyurdi
Xasanboy Do`smatov "Yil sportchisi” deb topildi "E`tirof—2016” taqdimot marosimida sport yo`nalishi bo`yicha g`oliblar e`lon qilindi.
G`oliblarga diplom va statuetkani Ravshan Ermatov topshirdi.
Unga ko`ra, "Yil sportchisi”—Dusmatov Xasanboy Marfjon o`g`li,
"Yilning eng yaxshi sport murabbiyi”—Abdumalikov Bahrom Abdug`anievich,
"Yilning eng yaxshi paralimpiadachisi”—Norbekov Xusnutdin Qilichboevich, deb topildi.
Yilning eng yaxshi filmi, aktyori va rejissyori aniqlandi
"E`tirof-2016” taqdirlash marosimi qizg`in ravishda davom etmoqda. Rayhon Ulasenova va Adiz Rajabov boshlovchilik vazifasini bajarmoqda.
O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev teatr, kino va ommaviy tomoshalar yo`nalishlari bo`yicha g`oliblarni e`lon qildi. Ularga "E`tirof-2016” statuetkasi va diplomni esa O`zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova topshirdi.
"Yilning eng yaxshi spektakli” —"Mirzo Ulug`bek” spektakli Samarqand musiqali drama teatri.
"Yilning eng yaxshi teatr aktyori”—Saidov Tohir Samandarovich,
"Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi”—Abduolimova Dilorom Vohidovna,
"Yilning eng yaxshi teatr rejissyori”—Salimov Olimjon,
"Yilning eng yaxshi dramaturgi”—Xoshimov Nabijon,
"Yilning eng yaxshi sahna rassomi”—Chernov Sergey,
"Yilning eng yaxshi kinofilmi”—"Baron” badiiy filmi,
"Yilning eng yaxshi kinoaktyori”—Abdullaev Farhod Badalovich,
"Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori”—Maxmudov Farhod,
"Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi”—Rahimjonova Ilmira Risqalievna,
"Yilning eng yaxshi kinorejissyori”—Sagdiev Rustam Mirhamidovich,
"Yilning eng yaxshi kinossenaristi”—Zulfiqor Musoqov,
"Yilning eng yaxshi kinooperatori”—Murodov Rustam Saidmalikovich,
"Yilning eng yaxshi sirk aktrisasi”—Yunusova Anjelika Ilinichna,
"Yilning eng yaxshi teatr rejissyori” nomiga sazovor bo`lgan Olimjon Salimov ijodiy safarda bo`lgani bois, mukofotni uning o`rniga O`zbek milliy akademik teatri rahbari Fathulla Mas`udov qabul qilib oldi.
"Yilning eng yaxshi kinofilmi” yo`nalishi g`olibini "O`zbekkino” agentligi direktori Otabek Musaev e`lon qildi. Unga ko`ra "Baron” filmi "Yilning eng yaxshi filmi” bo`ldi. Mukofotni olishga sahnaga Farhod Maxmudov, Javohir Zokirov va Rustam Sa`diev chiqdi.
Rustam Sa`diev ustozi Shuhrat Abbosovga minnatdorchilik bildirdi.
"Yilning eng yaxshi kinoaktyori”—Farhod Abdullaevga mukofotni Gulbahor Yo`ldosheva topshirdi.
"Yilning eng yaxshi aktrisasi” nominasiyasi g`olibini Rustam Sa`diev aniqladi.
Rustam Sa`diev shuningdek, "Yilning eng yaxshi rejissyori” nominasiyasi g`olibi ham bo`ldi. Bugungi taqdimot marosimida u ikkinchi mukofotni qo`lga kiritdi.
Yilning eng yaxshi kinooperatori Rustam Murodov ijodiy safarda bo`lgani sababli uning mukofotini Otabek Musaev opshirishni o`z zimmasiga oldi.
"Etirof-2016”da TV, badiiy ijod va publisistika yo`nalishlari g`oliblari e`lon qilindi "E`tirof-2016” taqdirlash marosimi davom etmoqda.
Marosimda Tv, badiiy ijod va publisistika yo`nalishlari g`oliblari aniqlandi.
G`oliblarga diplom va statuetkani Usmon Azim hamda Dildora Rustamova topshirdi.
"Yil teleloyihasi”(musiqiy)—"Mening ovozim” Sevara O`rinboeva Qo`chqoralievna,
"Yil radioloyihasi”(musiqiy)—"Asl san`at o`ylari” Mo`minova Gulnoz Qurbonovna,
"Yilning eng yaxshi boshlovchisi”—Xo`jaqulov Ma`rufjon Turdalievich,
"Yilning eng yaxshi teleradiojurnalisti”—Qurbonova Aziza Abdusodiqovna.
"Yilning eng yaxshi shoiri”—Mirzaeva Zebo Boymanovna,
"Yilning eng yaxshi yozuvchisi”—Do`stmuhammedov Xurshid,
"Yilning eng yaxshi publisisti”—Shukurov Bekzod Abduqayumovich,
"Yilning eng yaxshi munaqqidi”—Yo`ldoshev Qozoqboy Boybekovich.
www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:

|