"Evrovidenie-2017" xalqaro musiqa tanlovida portugaliyalik xonanda Salvador Sobral g`oliblikni qo`lga kiritdi. Ovoz berish jarayoni natijalariga ko`ra, u 758 ta ovoz to`pladi. Sobral Amar Pelos Dois ("Sevgim ikkimizga etadi”) qo`shig`ini ijro etdi.
Ikkinchi o`rinni asli moskvalik bo`lgan Bolgariya vakili Kristian Kostov egalladi. U 615 ta ovoz to`plagan. Kuchli uchlikni Moldavaning SunStroke Project guruhi yakunladi. U 374 ball olgan.
"Evrovidenie-2017” finali Ukraina poytaxti Kiev shahrida bo`lib o`tdi.
Ma`lumot uchun, Salvador Sobral yurak porogi kasalligiga chalingan va u mana shu a`zoni ko`chirib o`tkazish operasiyasiga muhtoj. Salomatligi bilan bog`liq muammolar tufayli xonanda "Evrovidenie”ning birinchi repetisiyalarida ishtirok eta olmagan.
Portugaliya "Evrovidenie” tarixida ilk marta g`oliblikni qo`lga kiritdi. Bundan avval Bolgariya vakillari dastlabki beshta o`ringa ham kiritilmagan edi.