Суббота, 23.06.2018, 01:50
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [505]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [424]
Hikoyalar to'plami [320]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [780]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [115]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [19]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [26]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [194]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [26]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [3]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [0]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [8]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Статистика



Онлайн всего: 15
Гостей: 15
Пользователей: 0

Yangiliklar Olami

Главная » 2017 » Апрель » 8 » Furqat Fayziev: “Filmlar, spektakllar...Bari unutiladi"
07:39
Furqat Fayziev: “Filmlar, spektakllar...Bari unutiladi"
Ustozoda aktyor va rejissyor Furqat Fayziev haqida so`z ketganda faylasuf Siseronning "Bajarilgan ish o`zi uchun o`zi gapiradi, so`zlarga ne hojat”, degan gapi yodimga tushaveradi. Birgina nigohi, hatto sukuti ham "gapiradigan”, har bir rolida yuragining bir bo`lagini ko`rish mumkin bo`lgan chin ma`nodagi aktyor Furqat Fayziev ortga nazar tashlab, umr va hayot yo`lini yodga oldi...

"Rostgo`y va mehnatsevar qilib tarbiyalagan"

— "Qush uyasida ko`rganini qiladi”, deb bejiz aytishmaydi. Boisi, har bir inson hayot yo`lini oiladagi muhitga qarab boshlaydi. O`zaro hurmat va bir-birini tushunish hukmronlik qilgan oilada dunyoga kelganman. Otam, kinorejissyor Latif Fayziev rostgo`y va mehnatsevar qilib tarbiyalagan. To`g`ri, doim ham bizga vaqt ajratishga imkoni bo`lmagan. Biroq onam va oila, ishga bo`lgan e`tibor orqali bizga doim o`rnak bo`lgan. Shu ma`noda ota-onam bergan tarbiya, ta`lim uchun ulardan benihoya minnatdorman. Onam Svetlana Fayzieva mutaxassisligi bo`yicha pediatr­- shifokor, biroq oilaviy sharoitga ko`ra sevimli kasbidan voz kechib, uy bekaligini tanlagan. Biz farzandlar ulg`aygach esa otamning yonida rejissyor yordamchisi bo`lib ishlagan. Bunga asosiy sabab, otam boshdan kechirgan ilk miokard infarkti edi...

Katta ekrandagi ilk "rol"

— 70-yillarning boshida otam Latif Fayziev "Tojikfilm” kinostudiyasida "Gang uzra tong” ("Vosxod nad Gangom”) filmi ustida ish boshladi. O`rta Osiyodagi hind kinematografistlari bilan hamkorlikda ishlanayotgan mazkur ilk filmning suratga olish ishlari Tojikistondagi tog`li qishloqlardan birida o`tayotgandi. Onam bilan otam­ni ko`rgani bordik. Film qahramonlaridan biri uyga qaytayotgan, qishloqdagilar xursand, bolakaylar qiy-chuv qilayotgan sahna tasvirga olinayotgan ekan. Suratga olish maydonchasida yugurib, shamoldek elardim. Otlar, tarixiy libosdagi aktyorlar, qisqasi bari qiziq, "nega?” degan savolning keti uzilmaydi. Onam otamdan "Esdalik uchun o`g`limizni ham shu filmda suratga olsangiz”, deya iltimos qildi. Yo otamni savollar bilan shu darajada charchatdimmi, xullas rozi bo`ldi va menga yo`l-yo`l ko`ylak, beo`xshov shalvar va dumaloq do`ppi kiydirishdi. Va otam menga vazifa yukladi, unga ko`ra uy tomiga chiqib, bosh qahramon yonimdan o`tishi bilan "Mirsaid qaytdi!” deb baqirishim kerak edi. Aytilgan vazifani bajardim. Kechasi otam ishdan qaytganida ilk gonorarimni — o`yinchoq samosval bergan. Uzoq kutgan daqiqalarim — Toshkentdagi taqdimot kuni keldi. "Kinochilar uyi”da san`atkorlar va albatta, filmda suratga tushganimni bilgan qarindoshlar, tanishlar yig`ilgan. Bosh qahramon qishloqqa yaqinlashdi, ayollar unga termilib turishibdi, erkaklar so`rashishyapti. Bir payt notanish ovoz eshitildi: "Mirsaid qaytdi!”. Ekranda esa qishloqning umumiy ko`rinishi, uy tomlaridan birida kichkina sariq nuqtacha ko`rindi, u men edim (miriqib kuladi). Bu katta ekrandagi ilk "rol”im bo`lgan.

"Filmdagi ikkinchi "dog`"

— Oradan yillar o`tdi va otamning suratga olish maydonchasiga tez-tez tashrif buyuradigan mehmonga aylandim. Menga bo`lgan ishonchi esa orta bordi. Avvaliga choy solingan termos, so`ng qog`oz to`la portfelini menga ishona boshladi. Bora-bora o`ng qo`liga aylandim, suratga olish maydonchasida shamoldek elib, otamning gapini ishchilarga etkazardim. Bir necha yillar avvalgi Abu Hasanning "g`or”i bo`lgan kinostudiyaning katta pavilonida "Vatanga xizmat” ("Slujba Otechestvu”) filmi uchun afg`on qaroqchilari qarorgohi qurilgandi. Ingliz ayg`oqchisi qaroqchilar boshlig`i bilan til biriktiradigan sahna suratga olinayotgandi. Ayg`oqchi rolida moldaviyalik aktyor Viktor Soski. Tasvirga olish uchun nimadir etishmayotgandi. Nimaligini hozir anglayman, kadrdagi kompozisiyani to`ldirish uchun "dog`” etishmagan (kuladi). Otam­ning ko`zi beixtiyor menga tushdi va libosimni almashtirishimni buyurdi. O`tovga kirib, go`sht qovura boshladim, obdastadan bosh qahramon qo`liga suv quydim. Bu filmdagi ikkinchi ishtirokim edi.

"Eng og`riqli nuqta – rolga tasdiqlashmagani"

— Kinorejissyorlik borasidagi ustozim, albatta, otam — Latif Fayziev. Ijodkor sifatidagi baxtim hozirgi O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat ins­titutida o`z ishining ustasi — marhum rejissyor Anatoliy Kabulov, Rossiya Davlat kinematografiya institutida esa Vladimir Naumov va Petr Todorovs­kiydan dars olganim. Tan olishim kerak, kinorejissyorlik sohasi bo`yicha har kuni o`qib, izlanaman. Boisi Vladimir Naumovning ilk darsidagi "Rejissyorlikni o`rgatolmayman, bor-yo`g`i yo`naltirishim mumkin, xolos. Saboq olish uchun esa butun umringni sarflashingga to`g`ri keladi”, degan gapi bir umrlik saboq bo`lgan. Kinoaktyor sifatidagi "ota”larim — Elyor Ishmuhamedov va Ali Hamroev. Aynan shu buyuk rejissyorlar sabab, ilk rollarimni ijro etganman.

1980 yil meni re­jissyor Elyor Ish­mu­ha­me­dovning "Da­ho­ning yoshligi” ("Yunost geniya”) filmi kinosinoviga taklif qilishgan. Tayyorgarlik ko`rish uchun Ibn Sino haqidagi barcha ma`lumotlarni o`rganib chiqqandim. Kinosinovda o`zim uchun aktyorlik ishini kashf qilganman. Tan olaman, qiyinchiliklar bo`lgan, lekin shu filmda rol o`ynash istagim juda kuchli edi. Uyda bo`lgan muhokamada "Dahoning yoshligi” filmida suratga tushish yoki rol o`ynamasligim borasida bir to`xtamga kelish qiyin bo`lgan-da. Boisi ijodiy jamoa Samarqand, Xivaga jo`nash arafasida edi. Otam esa ijodiy safarga ketsam, o`qishdan qolib ketishimdan qo`rqqan. Shunda jarroh bo`lib ishlaydigan buvim Mohinur Ishonova ishidan voz kechib, o`z hisobidan ta`til olib, men bilan suratga olishga jo`nagan. Doim sog`ligim, issiq-sovug`imdan xabardor bo`lib, qattiq nazoratda tutardi. Ikki yil o`tgach esa rejissyor Ali Hamroevning "Vodillik kelin” filmida ham xuddi shunday vaziyat kuzatilgan. Bu galgi manzil Chust shahri edi. Oradan ko`p yillar o`tib, bir haqiqatni angladim: o`z vaqtida buvim qurbonlik qilmaganida, bugun aktyor Furqat Fayziev bo`lmas edi!

"Dahoning yoshligi” filmida ular ha­qida soatlab gapirish mumkin bo`lgan, yuzlab buyuk, afsonaviy ijodkorlar bilan tanishishga muyassar bo`lganman. Oila, familiyam borasidagi mas`uliyat hissini ham aynan shu filmda suratga tushayotganimda anglay boshlaganman. O`shanda ustoz san`at­kor Hamza Umarov bilan ham­suh­bat bo`lish baxti nasib etgan. Hanuz yodimda, Samarqanddagi shoxlagan chinor soyasidagi o`rindiqda o`tirganmiz. Suratga tushayotgan filmimga taalluqli barcha narsa qiziq tuyulardi. Hamza aka ishimni chetdan kuzatib yoki birgalikdagi ijroimizni erinmay tahlil qilib berardi. O`shanda aytgan gapi chuqur o`yga toldirgan. "Kinoda xato qilishga yoki yomon ishchi bo`lishga haqqing yo`q. Chunki otang senga qo`ygan marra aniq” degan ma`nodagi gap aytgandi. Bu mas`uliyat yuki o`ta og`ir, qiyin bo`lgani uchun emas, balki familiyaga dog` tushirib qo`ymaslik o`yi tinchlik bermagan. Axir bu familiyani sulolamiz: katta buvam, buvam, otam mengacha munosib saqlay bilishgan-da.

"Dahoning yoshligi” filmining taq­di­mo­ti­ ham bo`ldi. Ana endi filmlarda suratga tushish uchun takliflar "yomg`ir”i ostida qolaman, deb o`ylagandim. Biroq yillar yillarni quvib o`taverdi… Shunday kunlarning birida uzoq kutilgan telefon qo`ng`irog`i bo`ldi. Kinostudiyaga borib, xonaga kirdim. Ne ko`z bilan ko`rayki, komediyadagi bosh rol uchun nomzod faqat o`zim (kuladi)! Rejissyori esa bolaligimdan filmlarini ko`rib katta bo`lganim — Ali Hamroev. Partnyorlarim esa Baxtiyor Ixtiyorov, Husan Sharipov, Maryam Ixtiyorova, Oybarchin Bakirova, Maryam Yoqubova, Ergash Karimov. Axir ularning har biri afsona-ku! Bosh partnyorim iste`dodli aktrisa Ra`no Zokirova.

Yuqorida tilga olgan ikkita filmim xuddi birinchi muhabbatdek sira yoddan chiqmaydi. Mazkur film­lardan so`ng ko`pgina ijodiy "yo`l”ni bosib o`tdim, ham omadli, yorqin, ham o`tkinchi, muvaffaqiyatsiz rollar bo`ldi… Gohida "Qanchalik ko`p omadsizlikka yuz tutdim?” degan savol o`ylantiradi. O`ylab qarasam, xatolarimdan keraklicha xulosa chiqarib, olg`a intilishga chorlashga etarli imkon bo`lgan ekan. Lekin sira hafsalam pir bo`lmagan, to`g`risi, alam qilgan. Lekin eng og`iri — ba`zi film­lardagi rolga tasdiqlashmagani bo`lgan. U kinokartinalarni nomma-nom aytishni istamayman, boisi u katta ekranlarga chiqib, o`z muxlisini topib bo`lgan.

"Salbiy qahramonim ham tomoshabinga yoqishini istayman"

— Ilk salbiy rolim ekaterinburglik rejissyor Alek­sey­ Menshikovning "Yuraver va ortingga o`girilma” ("Idi i ne oglyadvaysya”) filmidagi ijroim edi. Keyinroq rejissyor Farid Davletshinning "Yulduzingni ber, osmon” ("Verni moyu zvezdu”) filmida ham salbiy rol o`ynadim. Odatda "Furqat Fayziev faqat salbiy rol ijro etadigan aktyor”, deyishadi. Aslida esa bugungi kungacha suratga tushgan 83 ta filmimdan 48 tasi ijobiy rollar. Balki salbiy qahramonning fe`lidagi aniq nuqtani topganim uchun tomoshabinda shunday taassurot uyg`ongandir. Haqiqatda ham rollarimga mas`uliyat bilan yondashaman. Salbiy qahramonim ham tomoshabinga yoqishini istayman. Biroq salbiy rolni o`ynash og`irroq. Bu bilan ijobiy rollarni ijro etish oson, deyish fikridan yiroqman. Men uchun har bir rol – kimningdir hayoti, taqdiri, shunday ekan aktyorda javobgarlik hissi yuqori bo`lishi shart!

Orzuim bo`lgan va endi o`ynolmaydigan rolim bu — "O`tkan kunlar”dagi Otabek. Bu asar qalbim torini chertgan, boisi Otabekning qarorlarini yurakdan his qila olganman. Biroq vaqt o`z "so`z”ini aytishga ulgurgan. Otabek 26 yoshda edi, men esa…

Aktyorlik va rejissyorlik sohasi mablag`, ssenariyning tasdiqlanishi kabi ko`pgina omillarga borib taqaladi. Gohida oylab ishsiz uyda o`tirishga to`g`ri keladi. Ba`zida esa sermahsul yil bo`lib, birdaniga bir necha filmlarda suratga tushaman. Filmlardan taklif tushganida birinchi navbatda rejissyorning kimligi, so`ng ssenariyni o`qib, asosiy rol yo syujet qiziqroq ekanini bilishga urinaman. Qahramonimning fe`l-atvori hamda suratga olish ishlari qancha muddat davom etishini oldindan kelishib olaman. Shartlarim to`g`ri kelsa, taklifga rozilik bildiraman. Epizod rol o`ynashga qisqa muddat ketadi va ish so`nggida xayrlashish oson kechadi. Biroq asosiy rol bo`lsa, ish so`nggi juda qayg`uli bo`ladi. Boisi, 6 yo 9 oy davomida ijodiy jamoa bilan xuddi bir oiladek bo`lib ketasan-da. Balki bu tuyg`u faqat menda kuzatilar, yana kim bilsin… Shunday damda birgina taskin bu – oila! Uyga qadam qo`ya turib, barcha tashvishlarni ostonaning u tarafida qoldiraman. Otam ham shunday yo`l tutardi...

"Eng muhimi, odamiylikni yo`qotmaslik"

— Oila davrasida hamma qatori yaxshi va yomon jihatlarim bilan oddiy odamman. Hayot yuksalish uchun imkoniyat beradi. Har bir inson yillar o`tib yo yaxshi yoki yomon tomonga o`zgaradi. Qadr-qimmat tushunchasi ham o`zgacha mazmun kasb etib, mayda-chuyda narsalar o`z-o`zidan ikkinchi planga tushib qolaverarkan. Bu jarayonda manzara avval xiralashadi, biroq yillar o`tib, ravshanlashib boradi. Men ham atrofimdagilarning xatolariga nisbatan sabrli, hissiyotlarim jilovlangan, bu — hayotiy va professional tajribam yaxshigina ortganidan darak (kuladi). Fe`l-atvor jihatdan "introvert”man, yolg`izlikda o`zimni qulay his qilaman, zerikmayman. Chunki albatta, bajarishga biror ish topa olaman. Do`st­la­rim­ni yaxshi ko`raman, mehmonga kelishlari yoqadi.

Bilasizmi, "yulduz”larning biri yorqinroq nur sochadi, boshqasi yonishga ulgurmay o`chadi, aksariyati uzoq vaqt porlab turadi. Biroq kun kelib, albatta, bari o`chadi. Bu jarayonda eng muhimi, odamiylikni yo`qotmaslik. Film­lar, rollar, spektakllar… bari unutiladi. Faqatgina xotiralar saqlanib qoladi. Men uchun muhimi, avvalo "Yaxshi odam edi!” degan e`tirof. Mayli, keyingi navbatda aktyorligimni tilga ola qolishsin (kuladi).

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 343 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Озодбек Назарбеков аҳоли учун қўп қаватли уй қураётгани ростми?
>>> Арча байрами қаерда ва қачон бошланади?(Фото)
>>> ЗОҲИРШОҲ ЖЎРАЕВ: "БИЗЛАРГА ТАҚЛИД ҚИЛИБ ҚЎШИҚ КУЙЛАЙДИГАНЛАР­ ҚЎРҚИШСИН..."
>>> Farzandidan kechirim so`ragan mashhurlar
>>> Насиба Мақсудова хотирасига бағишланган кўрсатув олинди
>>> Аслида Отабек ва Муқаддасни нима боғлаётганини аниқладик!
>>> БРЮС СЎЗЛАГАНДА
>>> ​Ziyoda Rayhon haqida: “Juda mehribon, ochiqko`ngil va muloyim inson”
>>> Муниса Ризаева транвистит мухлиси деб, миллионлаб мухлисларидан воз кечди
>>> "Ичкарида"ги Эйлам — Дамла Жолбай


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Апрель 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Друзья сайта


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari