 O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova yangi qo`shiq ustida ishlayotganini ma`lum qildi.
Qo`shiq ota uyini tark etib, o`zga uyga uchirma bo`lgan qiz tilidan aytiladi va "Ota uyim” deb nomlanadi. Gulsanam Mamazoitova o`zining Instagram` dagi sahifasiga qo`shiqdan parcha joyladi.
"Yo`lagingda bordir manim bosgan izim, Bitta sadarayhoningman, ota uyim, Bir paytlari mezbon edim senda o`zim, Endi esa mehmoningman, ota uyim...” deyiladi qo`shiqda.
"Yangi qo`shiq tayyor bo`lish arafasida. ‘Ota uyim’. Har bir ayolning hayotida kechadigan shirin xotira”, deb yozadi Gulsanam Mamazoitova yangi taronasi haqida. www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:

|