Понедельник, 23.09.2019, 19:13
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1266]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [898]
Hikoyalar to'plami [839]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1077]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [18]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [151]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [293]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [3875]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [494]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [26]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [24]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [48]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [27]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР [8]
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР [155]
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР [24]
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР / СЕРИАЛЛАР
Статистика



Онлайн всего: 238
Гостей: 238
Пользователей: 0

Yangiliklar Olami


Главная » 2019 » Август » 23 » Hikoya: Jodulangan kelin
07:02
Hikoya: Jodulangan kelin
«Shumshayib kelishlaridan yana borgan joyidan quruq qaytishganga o'xshaydi», deb o'yladi hovlidagi chorpoyada dam olib o'tirgan Surma momo eshikdan kirib kelgan ikki xotinning qo'lidagi tugunlarga qararkan. Ayollardan biri Surma momoning to'ng'ich kelini Hurmatoy, yonidagisi uning opasi Yorqinoy bo'lib, chindan ham, ikkisining-da, kayfiyati yo'q edi. Qanday kayfiyati yaxshi bo'lsin axir, chunki mana, to'rtinchi bor qo'shni mahalladagi Botir akaning qizi Mamlakatni so'rab borishlari. Ammo javob bitta: «Qizimiz hali yosh, buning ustiga uni tibbiyot institutida o'qitamiz, deb qo'yganmiz…»

Surma momoning bo'lsa shu paytgacha biror joydan shashti qaytib kelmagan. Buning o'ziga yarasha sabablari bor, albatta. Bu haqda quyiroqda to'xtalamiz.

— Ha, yana suvga tushgan mushukday shumshayib kelyapsizlar? Nima, Botirboyning ayoli tag'in sizlarni yaxshi gaplar bilan aldab-suldab qaytarib yubordimi, deyman? — dedi Surma momo keliniga tikilib.

— Ena, nega o'zi nabirangiz bilan shu Shoiraning qiziga yopishib oldingiz? Nima, mahallada Mamlakatdan boshqa qiz qurib qoptimi? Sovchi bo'lib borganimiz bilan kalishimizning tishi yeyilgani qoladi, baribir, u qizni Murodbekka berishmaydi, — dedi Hurmatoy horg'in nigoh bilan qaynonasiga qararkan.

— E-e, chakagingni yum-e! — dedi Surma momo keliniga jahl bilan. — Sen o'zing onasi bo'lib «O'g'limga u qizni bermaydi», deb turganingdan keyin qanday qilib Botir bilan Shoira qizini senga bersin! Bermaydi-ya, bermaydi! Hali ular mening sovunimga kir yuvmabdi! Shunday qilamanki, Botirning qizi do'xtir bo'lishni ko'zlagani-ku, mayli, osmondagi oyni ko'zlagan bo'lsayam, Murodboyimga tekkanini bilmay qoladi! Har kuni Murodboyimning oyog'ini yuvganda senlar menga salom berasanlar! Tushundingmi, kelin?!

— Tushundim, oyijon, tushundim…

— Tushungan bo'lsang yerga qarab hadeb ming'irlayvermay kovushimni to'g'rilab qo'y, bir ko'chani aylanib kelmasam ko'nglim behuzur bo'lyapti.

— Xo'p, oyijon…

Yorqinoy yoshi ellikka yaqinlashib qolsa-da, qaynonasining yuziga tik qarab gapirmaydigan ayollardan edi. Shu bois indamay kelib Surma momoning kalishini to'g'rilab, qaynonasining chorpoyadan tushishiga yordamlashdi. Momo anchagina orqali kampir edi, oyog'iga kalishini kiygach kelinini sal o'zidan nari qildi-da, hovlida bir tekis bo'lib ochilib turgan anvoyi gullarni oralab o'ziga ma'qul keladigan qip-qizil atirgulni bir qarichdan ko'proq bandi bilan uzib olib, nimalarnidir pichirlay-pichirlay ko'chaga chiqib ketdi. Aslida, Surma momo sovchilarning bugun ham quruq qaytishini bilgandek, nabira qizidan yuqori sinf o'quvchilarining qachon darsi tugashiyu ularning qachon uy-uyiga qaytishigacha so'rab-bilib olgandi. Kampirning niyati tezroq ikki ko'cha nariga o'tib, Murodbek yoqtirib qolgan qosh-ko'zlari pilikdekkina qiz — Mamlakatni o'z ko'zi bilan ko'rish edi.

Surma momo yo'lda to'xtab-to'xtab, dam olib-dam olib ko'zlagan joyiga yetib borgunicha maktabda darslar ham tugadi, shekilli, ko'chada ko'rgan ko'z quvnaydigan durkun-durkun qizlar, mo'ylablari sabza ura boshlagan yigitchalar ko'paydi. Ular to'da-to'da bo'lib momoning yonidan o'tishar ekan, barchalari salom berishni kanda qilishmasdi. Surma kampir chap qo'lida atirgul tutganicha bosh irg'ab salomlarga alik olar ekan, ko'zini qizlardan uzmas, ammo o'ziga kerakli qizni topolmayotgani bois biroz bezovta edi. Ko'chadagi yigit-qizlar siyraklashsa-da, momo turgan joyidan jilmadi. Chunki u Mamlakatni o'tkazib yubormaganini ichki bir tuyg'u bilan sezib turardi. Momo adashmagan ekan, nihoyat, Mamlakat yaqin dugonasi bilan uzoqdan ko'rinish berdi. Qizlar Surma kampir bilan tenglashishganda baravariga salom berishdi.

— Vaalaykum assalom, qizlarim, umrlaringdan baraka topinglar, — deya ularni       alqagan bo'ldi momo.

— Rahmat, momojon! —      deyishdi qizlar ham kulib.

— Voy, «Momojon» degan tillaringga o'zim qoqindiq bo'lay, aylanaylar, — deya Surma momo ham bisotidagi bor shirin so'zlarini ishlatdi. — Shu mahallaning qizimisizlar?

— Shu mahallaning, momojon, shu mahallaning, — deya jilmaydi Mamlakatning dugonasi Mahliyo. — Men Navoiy ko'chasida yashaydigan Qudrat akaning qiziman, o'rtog'im Bobur ko'chasidagi Botir akaning qizi.

— Qudrat do'xtirning qizimisan? Qara-ya, otang kechagina uylangan edi, bugun esa bolalarining bo'yi yetib qolibdi. «Umr — oqar daryo», deganlari shu-da, — dedi kampir Mahliyoga qarab. — Nechchida o'qiysan?

Mahliyo bo'lsa notanish kampirning «Bolalarining bo'yi yetib qolibdi», degan gapidan uyaldi, shekilli, momoning savoliga past ovozda «O'n birni tugatyapman», deb javob qaytardi. Bu javobdan so'ng Surma momo Mamlakatga tikildi:

— Sen Shoiraning qizisan-a?

— Ha…

— Juda onangga o'xshab turibsan-da, o'shanga so'radim. Yana bu kampir qarib, miyasi aynib qolibdi, ko'chadagi qizlarni to'xtatib kimning farzandi ekanligini so'roqlab yuribdi, deb o'ylamanglar. Men bir o'zimcha yoshligim o'tgan ko'chalarni aylangani chiqqandim. Sizlarni ko'rib o'zim ham yoshargandek bo'ldim. Qani endi sizlarni bir duo qilay, Ilohi, menga o'xshab sakson-to'qsonlarga kirib yuringlar! — dedi momo qizlarga qarab ikki qo'lini ko'targancha.

— Rahmat, momo, rahmat! — deyishdi qizlar.

— Mana bu gul momongdan senga esdalik, — dedi Surma kampir qo'lidagi atirgulni Mamlakatga tutarkan.

Qizgina gulni ayolning qo'lidan olishga iymandimi, indamay turaverdi.

— Menga beraqoling, momojon, — dedi Mahliyo kulib, — juda chiroyli atirgul ekan.

— Mayli, senga bo'lsa, senga-da, — dedi kampir ham kulib nabirasi tengi qizga gulni tutarkan, — faqat dugonang gulsiz qoldim, deb keyin xafa bo'lib yurmasin, men uning peshonasidan bir o'pib qo'yaman.

Mamlakat qizarib ketdi. O'zi negadir ko'cha boshida shu kampirni ko'rganida badaniga titroq kirgandek bo'lgandi, endi esa holsizlanib, oyoq-qo'lidan mador ketib borayotgandek sezdi o'zini. Bir xayol Mahliyoga ham qaramasdan ketib yubormoqchi bo'ldi, ammo qandaydir bir kuch uni joyiga mixlab qo'ygandek. Bu orada Surma momo Mamlakatning yoniga kelib, uning ikki yanog'iga qo'llarini tekkizgancha nimalardir dedi, keyin qizning peshonasidan o'pdi. Kampirning qo'llari yuziga tekkan zahoti Mamlakatning butun tanasi bir muzlab oldi.

— G'alati xotin ekan, — dedi Mahliyo ular kampirdan biroz uzoqlashganidan so'ng. — Ilgari hech ko'rmagan ekanman, bizning mahallaning ayoliga o'xshamaydi.

— Men ham tanimadim, lekin yomon ayol emasligi aniq, — dedi Mamlakat o'zgacha bir o'y bilan.

— O'rtoq, to'g'risini aytsam, uning qo'lidan gul olayotganimda sal bo'lmasa yiqilib tushayozdim, ichimda bir nima uzilib ketgandek bo'ldi, atirguliyam rosa og'ir ekan, naq qo'limni uzib yuboray dedi, — dedi Mahliyo va dugonasiga jiddiy nigoh bilan qararkan qo'shib qo'ydi. — Shu gulni tashlab yuborsammi, deb o'ylab turibman.

— Voy, shunday chiroyli gulniyam tashlab bo'larkanmi? Buning ustiga tabarruk yoshdagi kampir bergan bo'lsa, menga ber, uyga olib borib, suvga solib qo'yaman, — dedi Mamlakat.

Mahliyo avval rang-ro'yi g'alati bir alfozdagi dugonasiga qaradi, so'ng qo'lidagi atirgulni unga berdi. Mamlakat gulni oliboq ikki-uch bor hidladi. Keyin atirgul iforidanmi yoki boshqa narsadanmi boshi aylangandek bo'ldi, ammo bu haqda Mahliyoga aytmadi. Sal yurib, ikki dugona xayrlashib,           uy-uyiga kirib ketishdi…

Oradan uch kun o'tib Hurmatoy opasini olib yana Botir akanikiga sovchilikka bordi. Bungacha sovchilar haqida bir og'iz gap eshitishni ham xohlamay yurgan Mamlakat barchani hayron qoldirib mehmonlarning oldiga choy olib kirdi. Bu ham kamdek yelib-yugurib xizmatda bo'ldi. Qizidagi o'zgarishni ko'rgan   Shoiraning hayronligi oshdi va sovchilarga ham avvalgidek keskin emas, «Dadasi bilan, qolaversa, qizimiz bilan bir gaplashib ko'raylik-chi», deya arqonni uzun tashlab javob qaytardi. Sovchilarni kuzatiboq qizi bilan gaplashgan Shoira dilbandidan Murodga tegishga rozi ekanligini eshitdi-yu, hayratiga hayrat qo'shildi. «Shifokor bo'laman, derding-ku, qizim, o'qishing nima bo'ladi?» deb so'radi onaizor qizining sochlarini silarkan. «Peshonamga o'qishga kirish emas, mana shu yigitga tegish yozilgan ekan, agar Murodga bermasanglar, uydan qochib ketaman», dedi Mamlakat ma'yus ko'zlarini onasiga tikib.

Xullas, oradan bir oy ham o'tmasdan Murod bilan Mamlakatning to'yi bo'ldi. Botir qassobning qo'ni-qo'shnilari to'y kuni kuyovni ko'rishdi-yu, guldek qizning nima sababdan bu dovdir yigitga turmushga chiqishga rozi bo'lganini bilolmay hangu mang bo'lishdi. Chunki kelin bilan kuyovning o'rtasida aqlda deysizmi, ko'rkda deysizmi, odobda deysizmi, osmon bilan yercha farq bor edi…

To'ydan    keyin qizini ko'rgani qudasinikiga tez-tez borib turgan Shoiraning dili har safar xufton bo'lib qaytardi. U bir Mamlakatning keskin o'zgarib qolganidan kuyinsa, bir kuyovi Murodning almoyi-aljoyi gap-so'zlaridan kuyinardi. Ammo ayolni tashvishga solayotgan narsalar, aslida, bu ham emasdi. Onasining xayolida Mamlakat xuddi sehrlanib qolgandek, uning o'zini tutishi, eri, qaynona-qaynotasi bilan muomalasi g'alatiroqdek edi. Hammasidan hayron qolarlisi, Shoira bir kuni qizini ko'rgani borsa, Mamlakat tog'orada suv olib kelib, katta hovlida erining oyog'ini yuvib o'tirgan ekan.

— Kuyovga nima bo'lgan? Shu yoshidan oyog'ini o'zi yuvolmay qolganmi? — deb so'radi Shoira qizidan.

— Oyi, men kelin bo'lib kelganimdan beri har kuni nafaqat Murod akamning, balki katta oyijonning ham oyoqlarini yuvib qo'yaman, — dedi Mamlakat kulimsirab.

Bu gapni eshitib Shoiraning ichidan zil ketsa-da, o'zidan o'tganini birovga bildirmadi. Chunki qizining uyida bo'layotgan ishlar birovga aytgulik ham emasdi.

Bordi-keldi, bordi-keldilar bilan to'qqiz oydan oshiqroq vaqt o'tdi. May oyining boshlari, atirgullar endi-endi g'unchalay boshlagan kunlar edi. Surma momo sahardan turib, hovli supurayotgan nabira kelini Mamlakatga biroz qarab turdi-da, keyin ehtiyotkorlik bilan zina tutqichidan ushlab, pastga tushdi. Shu payt xayol olib qochdimi yoki taqdir shunday bo'lishini peshonasiga bitgan ekanmi, bexos qo'lini tutqichdan oldi-da, munkib ketib, beton qilingan yo'lakka boshi bilan yiqildi va oh-voh qilishga ham ulgurmay o'sha yerning o'zida tipirchilab qoldi.

Mamlakat momoning hovliga chiqqanini ham, kampirning qay tariqa yiqilganini ham, uning jon talvasasida oyoq chalib qolganini ham ko'rdi va qo'lidagi supurgini otib yuborib, katta qaynonasiga yordamga oshiqdi. Ammo yiqilgan payti Surma momoning bo'lari bo'lgan ekan. Unga na uyga chaqirilgan «Tez yordam» shifokorlarining va na nomdor shifokorlarning nafi tegdi. Momo tildan qolgan, iyagi juda xunuk qiyshayib, qo'rqinchli tusga kirgan, buning ustiga ko'zlari kosasidan chiqib ketgudek bo'lib kattalashgan, unga qarashning o'zi uncha-muncha kishining etini seskantirib yuborardi. Ammo bular hali holva ekan. Oradan uch kun o'tib kampirning butun tanasi hayratlanarli   tarzda shishib ketdi. Qisqasi, umri insonlarni bir-biriga «issiq-sovuq», sehr-jodu qilish bilan o'tgan Surma momo bu o'tkinchi dunyoda qilgan amallari uchun mislsiz azobga mahkum bo'lib yotardi. Shu tariqa yetti kun o'tdi. Yetti kun ham birgina Mamlakat Surma momoning xonasiga hech narsadan jirkanmay kirib-chiqib yurdi, hatto kampirning og'ziga suv tomizish ham uning gardanida bo'ldi. Bir narsani tan olish kerak, nabira kelinining paxtani ho'llab og'ziga tomizgan suvidan bir tomchisi ham kampirning tomog'iga ketmasligining o'zi bir jumboq edi.

Vaqt peshinga yaqinlashib qolganda Surma momo ming bir azob bilan jon taslim qildi. Bu vaqtda Mamlakat hovlida ovqat suzishga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Birdan kelinginaning qo'lidagi chinni kosa jaranglab yerga tushdi-da, chil-chil sindi.

— Ha, kelin, nima bo'ldi? Xayolingiz biron nimaga qochdimi? — dedi Hurmatoy Mamlakat tomonga bir qarab qo'yib.

Surma momo omonatini topshirgan zahoti o'ziga kelib, qaerdaligini anglolmaganidan qo'lidagi kosani yerga tashlab yuborgan Mamlakatning xayolida esa boshqa savollar bor edi: «Men qaerdaman? Bu begona hovlida nima qilib yuribman?!»

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:


Loading...

Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 46 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Furqat Fayziev: “Filmlar, spektakllar...Bari unutiladi"
>>> ЮЛДУЗ УСМОНОВА ВОДИЙ БЎЙЛАБ КОНЦЕРТ БЕРАДИ
>>> ​Yulduz Usmonova ogohlantiradi!
>>> «Тошкентнинг шўх қизи» — Дилфуза ИСМОИЛОВА эрининг хиёнати, чилласи чиқмаган келини ва тўй кунидаги кўз ёшлари ҳақида…
>>> ​Rayhon konsertidan: 6 ta duet, jonli ijro, betakror raqslar va “jonlangan” tarix(Foto)
>>> БРЮС СЎЗЛАГАНДА
>>> Райхонга эгизак муборак! Ислом ва Имрон!
>>> Салмонхон беш йил озодликдан маҳрум қилинади (Видео)
>>> ЗАВҚЛАНИБ ИШЛАШНИ ИСТАЙСИЗМИ? 10 ТАВСИЯ БИЛАН ТАНИШИНГ!
>>> Лола нега фолчиларни инкор этмади?


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Loading...
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari