Воскресенье, 24.02.2019, 06:03
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [723]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [549]
Hikoyalar to'plami [464]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [908]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [141]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [91]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [1986]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [225]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [25]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [44]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [13]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
Статистика



Онлайн всего: 76
Гостей: 76
Пользователей: 0

Yangiliklar Olami


Главная » 2019 » Январь » 23 » Hikoya: Xorlik badali
09:14
Hikoya: Xorlik badali
Kattagina hovli. Odmigina uy. Uydan chiqib, biroz yurgach, tomiri yerdan bo'rtib, har tarafga tarvaqaylab ketgan bobotutga ko'zingiz tushadi. Bobotutga biroz suyangan yog'och chorpoya, uning ustida uvadasi chiqqan ko'rpacha, bir xil hoshiyali kir yostiq. Ko'rpachaning chetida qariya ingrab yotibdi. Chol ancha keksaygan, egnida kirdan yaltirab ketgan to'n va sal nariroqda uzun po'stin. Chol yomon tush ko'rgandek, seskandi. Quruqshab qolgan og'zi tamshandi, u yoq-bu yoqqa alangladi. Hech kim yo'q. Bundan xo'rsindi va ko'zidagi yosh ajin bosgan yuzidan sizib tushdi. Qayta-qayta yutinarkan, qorni ochligini his qildi. Turay desa, madori yo'q. Nogiron oyog'i azob beryapti. Shodi chol o'ylanib qoldi:

«Mehmondorchilikka ketganmikin?»

Shu paytda Shodi chol kampiri Gulsarani esladi va unga o'g'li Asliddinning bergan azoblarini dod solib aytgisi keldi.

«Nahotki men ardoqlagan bittayu bitta o'g'lim meni shu ko'yga solsa?! Nahot men ishongan, suygan o'g'limga urush yaralagan bitta oyog'im yetmayotgan bo'lsa?»

Shodi chol o'ziga-o'zi savol berar, qaerda qanday xato yoki gunoh qilganini anglolmay garang edi. U ikkinchi jahon urushida chap oyog'idan yaralangandan keyin, oyog'i kesib tashlangandi. Mana, o'shandan buyon oyoqsiz, qo'ltiqtayoqda yuradi. Ammo shukr deydi. Bitta oyog'i butun, sog'-salomat yurtiga qaytib keldi.

Darvozaning taqillashi Shodi cholning xayolini uchirdi.

— Voy-vu, sassiq… — dedi kichik nabirasi Mirolim. — Aya, ovqatga qornim to'ymadi, uydagi go'jadan solib bering.

— Xo'p, bolam. Menga qaranglar, dadang kelguncha tezda hovlini yig'ishtirib qo'yinglar. Anavi cholga ham qaranglar, — dedi Omina opa.

Shodi chol o'zini uxlaganga soldi. Barcha gaplarni eshitsa-da, ichiga yutdi. Tomog'iga achchiq narsa tiqilganday bo'lib, ko'zlarini yumdi. Bu paytda nabiralari issiqqina uyda go'ja ichishardi. Loaqal qizi Oynavo ham xabar olmaydi.

«E, nimalar deyapman, o'yladi chol. — U ham birovning xasmi. O'zi bilan tinib-tinchib yurgani ma'qul. Kichkinasining tobi yo'q, deb eshitgandim, yaxshimikin? Nima bo'lganda g'am tinch bo'lsin-da».

Chol shunday o'ylar bilan qo'ltiqtayog'ini oldi. Sekin chorpoyadan tusharkan, uy ichidan kelayotgan issiq patirning hidi dimog'iga urildi.

«Mehmondorchilikdan olib kelingan chog'i?» o'yladi chol. Uydagilar  jizzali patirni yeb turganida, chol eshikning tirqishidan sekin mo'raladi. Labini yaladi. Eshikni ochib, ichkari yurdi. Qorni ochiqib, jizza patirga qaradi.

— Ha, na'shangiz qochdimi, chol? Chiqing, tez bu yerdan, xonaning havosi buziladi, — dedi burnini jiyirgancha kelini Omina olaqarash qilib.

Shodi chol dasturxondagi patirni olasolib, uyni tark etdi. Chorpoyaga chiqdi. Tamshanib, patirning yarmini yedi. Yelkasidan tog' ag'darilganday bo'lib, qolganini yostiq tagiga soldi. Yostiqqa boshini qo'yib, yana o'yga cho'mdi.

Qishloqda ham, tumanda ham eng ko'p nafaqa oladigan kishi Shodi chol bo'ladi. Bayramlarda davlatdan mukofotlar, mashina ham berilgan. Koshkiydi, shu pullarni o'zi olsa. Asliddin ham cholning pullariga ishonib, bir ishning boshini tutmagan. Anavi zahri qotildan ichib oladi-da, mashinani u yoqdan-bu yoqqa haydaydi. Bir yilga bormay, mashinani buzib, garajga soldi-qo'ydi.

Cholning kechki sovuqdan eti junjikar, uzun po'stindan oyog'i chiqib turardi. Chol xayolida gapirardi. Nega urush sovuqlarini ko'rgan, zabardast, yursa oyoqlaridan o't chaqnaydigan yigit shu ahvolga tushgan?..

Ota sovuqdan ingradi va o'yladi: «O'g'limni chaqiraman!»

— Asli… Asli… bolam, — ovozi titrab chiqdi cholning.

Tun qorong'isi qishloqni mavh etgan, uzoq-uzoqlardan itlarning ovozi eshitilardi. Chol o'g'lini ancha payt chaqirdi. Ammo ichkaridan na o'g'li, na kelini va na nabiralari chiqdi. Cholning ko'zlaridan alam, nafrat va umidsizlik hissi to'kilardi.

Ertalab nabiralarining shovqinidan uyg'onib ketgan chol majolsiz ko'zlarini ochib, atrofga boqdi. Asqar bilan Mirolim o'ynab yurishibdi. Biroz o'tgach, bolalar uyga kirib ketishdi. Anchadan keyin qo'llarida non, mayiz bilan ko'cha tarafga ketishdi. Chol yostiq tagidan kechagi jizzali patirni oldi. Qotib tarasha bo'libdi. Tamshanib, yedi-da, yarmini yana olib qo'ydi.

Darvoza ohista taqillab, kimdir ichkariga yurdi.

— Shodi ota, uydamisiz? — tomoq qirdi yon qo'shnisi Karim chorpoya tomon yaqinlashib kelarkan.

— Assalomu alaykum, Shodi ota, yaxshimisiz, bardam-baquvvatmisiz? Bir xabar olay, deb kirgandim. Tuzukmisiz?

Cholning yuragi to'lib turgan ekanmi, yosh boladay yutinib yig'ladi.

— Karim, menga bu azoblar qaerda qarab turuvdi?! U-xu-u-xu… — yo'taldi chol.

— Tinchlikmi, Shodi ota, ahvolingiz yaxshimi?

Karim shunday savol berdi-yu, o'zi uyaldi. Chunki cholning yuz-ko'zidan ahvolini bilsa bo'lardi. Karim chorpoyaga o'tirdi.

— Asliddin qani, uydami? Kelin-chi?

Notanish ovozni eshitgan chog'i, xo'ppa semiz, gavdali odam labini yalab, bamaylixotir chiqdi.

— Ha, namuncha baqirasiz, Karim aka? — deya kekirdi Asliddin.

— O'v, menga qara, — alam bilan gapirdi Karim, — otangni buncha qiynaysan noinsof?! Ahvoliga bir qara, na uyingga kirgizibsan, kechki sovuqdan qaltirab o'tiribdi.

Asliddin bu nasihatlarni ko'p eshitganidan ijirg'anib turardi.

— Ey, menga qara, ovqatidan xabar olmaysan, bu bir, oldiga qo'ygan tovog'ing it yalog'idan battar, ichidagi o'n kunlik yuvindini o'zing ich, tushundingmi, sadqai odam ket-e! — dedi jahl bilan Karim.

— Menga qarang, Karim aka, ota meniki, xohlasam qarayman, xohlamasam qaramayman, ishingiz bo'lmasin! — dedi qo'lini paxsa qilib Asliddin.

Shodi chol mungli ko'zlarini mo'ltiratib turardi.

— Otaxon, xafa bo'lmang, keliningiz Mavludaga aytamanhali ovqat olib chiqib beradi. Bu go'rso'xta o'g'lingiz hali jazosini oladi, vijdonsiz…

Karim umidsiz qo'l siltadi va shahd bilan uyiga yo'l oldi. «Bilganingni qil» deganday, Asliddin ham uyiga kirib ketdi. O'rtada yana chol ilojsiz qolaverdi.

Shodi boboning kunlari shunday ma'nosiz o'tar, tobora ahvoli og'irlashib borardi.

Kech kuz. Shamol uvlaydi. Bargsiz daraxtlarni shamol tinimsiz savalaydi. Qorong'i, osmonda oy ham yo'q. Chiroqlar o'chgan. Shodi chol Asliddindan xavotir olib, qo'ltiqtayog'i bilan darvoza tarafga yurdi. Uning ko'zi o'tmas edi. Ko'p yig'lagani uchunmi yo sovuqlarda ko'zining nuri ketdimi, o'zi ham bilmaydi. Oyog'i nimagadir taraqlab tegdi, so'kindi. Darvozani paypaslab topganday bo'ldi. Kimdir g'udranib, gapirganini eshitdi:

— Ha, nimaga bu yerda sang'ib yuribsiz?..

— Bolam, kechga qolding, xavotir oldim. Kun sovuq bo'lsa, bugun yomg'ir yog'adi, shekilli, uyga kirib yotsam, devdim, bolam.

Asliddin boya chol urilgan narsaga urilib, gandirakladi. Jahli chiqib, nima qilarini bilmay, garangsidi.

— Menga qarang, anavi kuni olgan pensiyangiz qani? Omina so'rasa, bermasmishsiz.

Asliddin cholning yelkasiga qo'l tashladi. Chol indamadi.

— Sizga gapiryapman! — ovozini balandlatdi Asliddin.

— Yo'q, — keskin javob berdi chol. — O'limligimga olib qo'ydim. Senga kunim qolib, nima ko'rdim?..

— Nimaga yo'q, nimaga?! — g'azabga to'ldi ko'zlari o'g'lining.

— Pul so'raginingcha uydan joy bersang bo'lmasmidi, padarkush…

Shodi cholning ovozi titrab, baland eshitildi.

Asliddin mast-alast tebrandi. Otasining so'zlari asabini o'ynatdi. Nima qilayotganini bilmay, nafrat bilan otasiga qaradi. Mastlik uni girdobiga tortdi va o'z otasini vahshiylarcha savaladi.

— Hammang bir go'rsanglar, hali men senlarga padarkush bo'ldimmi?.. Mana… Mana…

Bunday holatga chidolmayotgandek osmon ham gumburlar, chinqirar, yig'layotgandek, yomg'ir tomchilardi…

* * *

Ertalabdan ko'ngli behuzur bo'lib, g'alati tushlaridan uxlolmagan Oynavo tura solib ro'molini o'radi. Muzdek suvga yuzini yuvdi. Erini uyg'otdi:

— A'zam aka, bolalarga qarab turing, men otamnikiga ketyapman, — dedi taxmonga ko'rpalarni yig'ar ekan ayol.

— Namuncha, ertalabdan tushingga kirdimi? — o'girilib yotdi A'zam.

— Bilmadim, borib ko'rmasam, ko'nglim joyiga tushmaydi.

Darvoza lang ochiq turar, hovli esa jim-jit.

— Dada, qaerdasiz? Asliddin? — titrardi Oynavo.

— Oynavo… qizim… — Og'il tomondan ovoz eshitildi.

— Dadajon! — Oynavo yugurib og'ilga kirdi. Cholni suyab tashqariga olib chiqdi. Cholning yuzi momataloq bo'lib shishgandi.

— Voy, dada, yuzingizga nima qildi?

— Qizim… ukangni cha-q-qir, t-t-tez bo'-l-l, — sekin-sekin nafas olardi chol.

— Asliddin! — jon holatda baqirdi Oynavo. — Kelin, qarasalaring-chi, yordam beringlar…

Zinali eshik shahd bilan ochilib, ichkaridan Omina, keyin Asliddin chiqdi.

— Ota, ota, sizga nima bo'ldi? — kuyingan bo'ldi Omina kelin.

— Nimaga qaramaysizlar, odamlar aytsa, ishonmabman, mening ko'zimga ekanda-a, ha, essiz nima qildilaring otamni. Asliddin, gapir? — yig'ladi Oynavo.

Shovqin-surondan Karim yugurib keldi. Cholni chorpoyaga yotqizishdi. Asliddin esa kecha qilib qo'ygan ishini elas-elas eslab, qo'rqib ketdi. Shodi chol gapirishga qiynalar, tez-tez nafas olardi.

— Qizim… Oynavo…

Oynavo cholning og'ziga suv tomizib, alam bilan yig'lardi.

— Sendan roziman, bolam… — o'ksinib gapirdi chol. — Ukangni yolg'izlatib qo'yma, mendan rozi bo'linglar…

Chol yana allanimalar dedi. Ammo uning so'zlariga hech kim tushunmadi. Yeru ko'kni alamli chinqiriq egalladi.

* * *

Shodi cholni tuproqqa qo'yishdi. Kunlar o'tdi, oylar o'tdi. Shodi chol hammaning yodidan chiqqandek bo'ldi. Ammo ba'zilarga cholning o'rni bilindi. Endi Asliddin va uning tannoz xotini pulsiz qolishdi. Mashinani ham sotib, yeb bo'lishdi. Boylik va pulga o'rgangan Omina endi Asliddinga pul topishni aytib, uydan chiqarib yuborardi.

— Siz tayyor pul manbaini o'ldirdingiz, endi o'zingiz pul topib keling, bo'lmasa, siringiz ochiladi.

Ilojsiz qolgan Asliddin tog'asi Amirning fermasidan bitta ot oldi. Arava xarid qildi. Ayni kuzgi yig'im-terim payti kechasi bilan birovlarning jo'xori poyasini uyiga tashir, soat kechki o'n ikkilarda bozorga, qo'shnilarining yukini, mol va oziq-ovqatlarini oborardi. Na uyquda, na yeb-ichishda halovat bor. Gavdali va semiz yigitdan asar ham qolmagan, ozib cho'pday bo'lib ketgan edi.

Qishning izg'irin kunlari. Shodi cholning vafotiga ham besh yil bo'ldi.

Asliddin uyiga keldi. Uning isitmadan tanasi qaqshar, ko'zlari kirtayib, quvvatsiz edi.

— Yana nimaga keldingiz? Topgan pulingizning tayini yo'q. Yana ovqat yeyman deysizmi, menga qarang, boring, anavi tovuqxona oldidagi hujraga borib yoting, — deya Omina uy eshigini zarb bilan yopib, kirib ketdi.

Hujra qorong'i va vahimali edi. Derazadan tushayotgan ozgina yorug'  otasidan qolgan uvada ko'rpacha va hoshiyasi bir xil ikkita yostiqni ko'rsatib turardi. Asliddin alam bilan o'kirdi. O'zini ko'rpacha ustiga tashladi. Shu zaylda uxlab qoldi. Tushiga otasi kirdi. O'g'liga orqa o'girgan, mungli ko'zlarini qadab turar edi. Ikkinchi tomondan onasi paydo bo'ldi. Onasi qon-qon yig'lar, boshini sarak-sarak qilib, dod solardi. Keyin birdan nur yo'qoldi. Qorong'ilik domi Asliddinni yutib yubordi. Ominaning jarangli kulgisi, onasining yig'isi va otasining diydasi namoyon bo'ldi-yu, seskanib tushdi. Tanasi cho'g'day yonar, joni chiqqudek nafasi bo'g'ilar, kimdir bo'g'ayotgandek tipirchilar edi. Shu payt hujra eshigi shahd bilan ochildi.

— Menga qara, tur, bozorga ketadigan Mahsum etikdo'z bilan otarchi Oxun kelibdi. Narsalarini aravangga ortda, bozorga jo'na! — baqirib gapirdi Omina.

Itoatkor qulday tebranib-tebranib, hujradan chiqqan Asliddin nomus qilganidanmi, qishloqdoshlari oldida o'zini tutishga harakat qildi. Ot-aravani qo'shib, ularning narsalarini ortdi va bozorga ketdi. Yo'lda birdan ko'z oldi qorong'ilashdi.

— Asli aka, tuzukmisiz? — xavotir bilan gapirdi Mahsum etikdo'z.

— Ha-a… — ovozi zo'rg'a chiqdi erkakning.

Asliddin otni  bog'lab, aravani bozor chetiga olib bordi. Majolsiz arava sathiga yiqildi. Ko'z oldiga otasining o'limi keldi. Ayovsiz og'riq va tanasining zirqirashi yuragiga sanchiq berdi. Opasi Oynavo, o'g'illari ko'z oldida gavdalandi. Yomg'ir aralash qor yog'ardi. Asliddinning tili kalimaga kelmasdan, yuragiga nimadir tiqildi. Chin dunyoga ko'zlari ochiq ketdi.

So'ngsiz nadomat va afsuslar, turli taqdirlar va xatolar, baxtli va baxtsiz umrlarni ko'rgan osmon ham, bu gal qo'l siltagandek, bemalol turar, marjondek yomg'irlar qorga aylangan edi…

— Jala quyib, bozor ham bozor bo'lmadi, ie, manavi odam o'lib qolganga o'xshaydi, — dedi kimdir.

— Bu Asliddin aka-ku, voy bechora, hech kimning boshiga solmasin, yaqinlariga xabar berish kerak, — dedi Mahsum etikdo'z.

Kimdir achinar, kimdir afsuslanar, kimdir esa yoqasiga tuflardi.

Karim aka bozorlik qilib qaytar ekan, mudhish voqeaning ustidan chiqdi.

— Qarg'ish yomon, ha, xom sut emgan banda o'z kelar kunini bilsa-da, gunoh soyasida yashayverarkan-da, — deya og'ir xo'rsindi Karim aka.

Mahsum etikdo'z ot-aravani qo'shdi. Karim aka bilan ikkovlashib mayitni aravaga ortishdi va qishloq tomon yo'l olishdi….

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 65 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> ​Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi
>>> ​Каниза оиласи, Алишер Узоқовни судга бериши, Даврон Кабулов можароси ҳақидаги саволларга жавоб берди(Видео)
>>> Қизиқчи "Шукур шоу"га тайёргарлик кўрмоқда
>>> Хонандаларнинг лицензияси учун бир йиллик мажбурий бож бекор қилинди
>>> Шоҳруҳ рэпер март ойида яккахон концерт дастурини тақдим этади
>>> ​ОЗОДБЕК НАЗАРБЕКОВ РОССИЯДАГИ КОНЦЕРТИГА БОРМАГАНЛИГИ САБАБИНИ МАЪЛУМ ҚИЛДИ
>>> Taniqli o`zbek aktrisalaridan biri turmushga chiqmoqda
>>> ​Хонанда Зиёда оғир жудоликка учради
>>> ​Munisa Rizaeva sho`x qo`shig`ini “Qop-qora” deb nomladi(Audio)
>>> Ғуломжон Ёқубов ёшларга тақлиди, актёрликка ҳавас ва аёлларни севиши ҳақида


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari