Пятница, 09.12.2016, 18:20
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Статистика
Рейтинг@Mail.ru


Онлайн всего: 175
Гостей: 173
Пользователей: 2
AbbasVoni, IvanOwex

Yangiliklar Olami

Главная » 2014 » Июнь » 12 » Ishonch qoʻngʻirogʻi [ HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР ]
09:52
Ishonch qoʻngʻirogʻi [ HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР ]
Hamma narsa avtobus bekatidagi ustunlardan biriga yelim bilan yopishtirilgan kaftdek qogʻozga bitilgan e’londan boshlandi.
* * *
Qoʻngʻiroqning baland, shiddatli ovozi sukunatni parchalab, xonani toʻldirib yubordi. Navbatchi hushyor tortib, darhol goʻshakni oldi, oʻz harbiy darajasi, ismi sharifini aytib, «Ishonch qoʻngʻirogʻi» eshitishga tayyor ekanligini bildirdi.
— Xoʻp, xoʻp! Shoshilmang! Hayajonlanmang, iltimos. Avval oʻzingizni tanishtiring. Kimsiz, qaerdan gapirayapsiz? — Navbatchi bosiqlik va salobat bilan gapirar ekan, qoʻliga qalam olib, ustol ustidagi katta va qalin daftarni oldiga tortdi. — Xoʻp yaxshi! Davom eting! Ma’qul! Yana bir qaytaring! Yaxshi. Endi telefoningiz raqamini dona-dona qilib ayting! Demak... — Navbatchi daftarga qayd etgan raqamlarni bir-bir takrorlab dedi: — Shundaymi? Tushundim! Sim qoqqaningiz uchun rahmat!

Navbatchi yozganlarini bir daf’a koʻzdan kechirib, sherigiga boshliq huzuriga kirishini aytdi va qomatini tiklagancha, kiyimlarini tekislagan boʻlib, toʻrdagi xona eshigini chertdi.

Navbatchi yetkazgan xabar Boshliqni biroz esankiratib qoʻydi. Qayd daftarini qoʻliga olib, biroz tikilib qoldi. Bir qarorga kelgach, telefon goʻshagini koʻtarib, kimgadir bor gapni loʻnda qilib yetkazdi. Soʻng Boshliq goʻshakni qoʻyib, navbatchiga yuzlandi:
— Qodirovni chaqiring! Latifovga yetkazing — odamlari asboblari bilan shay boʻlib tursin!

Kapitan Qodirov xonaga kirishga ulgurmagan ham ediki:
— Zudtar tezkor guruh tuzing! Hamma oʻq oʻtmas nimcha kiysin! Olti daqiqadan soʻng yoʻlga tushamiz. Bajaring! — dedi Boshliq qat’iy ohangda.

Kapitan Qodirov chiqib ketgach, Boshliq tuman hokimligiga sim qoqdi. Qaysidir mahalla oqsoqolining ismi-sharifini, manzilgohini, uy telefoni raqamlarini surishtirib, yozib oldi. Shu zahoti mahalla oqsoqolining uyiga sim qoqdi.
— ...Biz tez orada yetib boramiz. Kotibingiz bilan hech qaerga ketmay turing!

Boshliq goʻshakni qoʻyib, javondan oʻq oʻtmas nimchani oldi-da, qaytadan kiyindi va zudlik bilan xonadan chiqdi. Ikki tezkor guruh moshinalarda uni kutib turgan edi.
* * *
Sohib osmonoʻpar binoning uchinchi qavatida joylashgan ikki xonada qariyb oʻn yilcha yashadi. Avvalgi otameros hovlilari yoʻlga tushib, buzilganidan keyin shu uyga koʻchib oʻtishgan edi. U ana shu yangi uyda Shukronaga uylandi, bir oʻgʻil va bir qiz koʻrdi. [ www.BePuL.NeT -Saytdan olindi! Eng qiziqarli hikoyalar olami! Tashrif buyuring! BePuL.NeT ]

Mevali daraxtlar soya-salqin solib, anvoyi gullar bezagan hayhotdek hovlida voyaga yetgan Shukrona ham bu choqqina xonalarga asta-sekin koʻnikib ketdi. Faqat oʻgʻli va uning ortidan qizi maktabga chiqqach, Sohib ham, Shukrona ham qulay shart-sharoit haqida oʻylay boshlashdi. Ammo hovli sotib olish shunchaki xomxayol ekanini yaxshi tushunishgan er ham, xotin ham dardlarini ichlariga yutishgandi...

Kunlarning birida avtobus kutib turgan Sohib bekat ustunlariga tartibsiz yopishtirilgan turli e’lon qogʻozlarining ichidan «hovlimni shahar markazidagi koʻp qavatli bino xonadoniga oʻzaro kelishuvga koʻra almashtiraman» mazmunidagi qizil siyohda bitilgan e’lonni koʻrib qoldi.

Shundan buyon e’lon qogʻozlarini bitta qoʻymay, e’tibor bilan oʻqiydigan boʻldi. U nima uchundir qoʻlda odmigina qilib yozilganlariga umidvorlik bilan qarardi. Yigirma-oʻttiz kun ichida sakkiz-oʻn almashtiruvchining manzilgohlari va uy telefonlarining raqamlari yon daftardan oʻrin oldi. Ulardan faqat uchtasinigina qizil qalam bilan doira ichiga olib, tagiga chizib qoʻydi... Sohib koʻnglida tugʻilgan ilinj, umid uchqunlariga aylandi, bir necha hafta oʻtgach esa bu uchqunlar alangalandi.

Faqat shundagina Sohib Shukronaga yorilish, oʻz orzu-rejalarini ayon qilish mavridi yetdi, degan toʻxtamga keldi.

Shanba kunlarining birida, nonushtadan keyin:
— Tunov kuni oʻzimizning bekatda koʻpqavatli binodagi xonadonga hovli almashtiraman, degan yozuvni tasodifan oʻqib qoldim, — dedi u. — Albatta, ustiga pul-mul ham soʻrasa kerak. Negaki, «oʻzaro kelishuvga koʻra», deb ilova qilingan.

Xotinidan rozilik olish maqsadida ataylab beparvo ohangda aytilgan bu gaplar darhol jiddiy tus oldi. Ma’lum boʻldiki, Shukrona anchadan buyon xuddi shu haqda oʻylab yurgan, ammo oʻzi gap ochishga yuragi dov bermay qulay fursatni kutgan. Shukrona bu gap-soʻzdan hayajonlanib ketdi. Uning hasrat aralash orzu daftari ochildi, piyoladagi choyini ichishdan toʻxtab, dasturxonni qayirib qoʻydi. Dardi ichida ekan. Ikki kichik xonada bundan buyon yashash qiyin ekanini, bolalarining katta boʻlayotganini yonib-pishib gapirdi.
— Bilaman, bu ish osonlikcha bitmaydi. Xonalarimiz ustiga kattagina pul ham talab qilishadi. Bir-ikki yil qiynalamiz, bularga aqlim yetadi. Ammo-lekin, orqasi rohat boʻladi, chinakamiga uyli-joyli boʻlamiz.

Sohib oʻsha shanba kuni koʻnglini xira qilayotgan shubhalardan forigʻ boʻlib, qat’iy qarorga keldi. Xonalarni hovliga almashtiradigan, yaqinlardan qarz koʻtaradigan er ham, xotin ham chor-atrofdan uy daraklaydigan boʻlishdi. Sohib aniqlagan hovli egalari bilan oʻsha shanbadayoq muzokaralarni boshlab yuborishdi...
* * *
Sohib va Shukronaning koʻp yillik orzulari ushalib, hovli-joyli boʻlishdi. Koʻchib kelganlaridan keyin uch-toʻrt oy eru xotin ancha qarovsiz holga tushib qolgan katta hovlini tuzatishga kirishdi. Bir vaqtlar mehr va hafsala bilan qurilgan katta-kichik oʻchoqlar buzila boshlagan, chamasi, uch-toʻrt yil ichida na oʻchoqqa, na tandirga oʻt qalangani shundoqqina koʻzga tashlanib turardi. Sohib somonli loy qorib, oʻchogʻu tandirlarni yamab epaqaga keltirdi. U yumushlarga berilib urinarkan, qulogʻiga bir boʻgʻiq tovush eshitildi. Qulogʻini ding qilgancha Sohib bir necha soniya nafasini ichiga yutib turdi. Ammo tovush oʻchmadigina emas, balki sukunatda «gʻiyq-gʻaqq», «gʻiyq-gʻaqq» degan sas muntazam eshitilaverdi. [ www.BePuL.NeT -Saytdan olindi! Eng qiziqarli hikoyalar olami! Tashrif buyuring! BePuL.NeT ]

Sohib hayratlanib, yuragi uvishgandek boʻldi. Shukronaga ham eshitilarmikan, degan oʻyda bahona bilan xotinini chaqirdi:
— Bu pachoq paqirlarni axlat moshinasiga tashlab yuborsam nima deysan?

Shukrona oshxonaga kirib burchakka yaqinlashdi, paqirlarga bir-bir razm soldi. Lekin oʻsha burchakdan chiqayotgan tovush haqida hech narsa demadi. Demak, unga hech qanday sas eshitilmagan.

Endi Sohib hovlini saranjomlashga oʻtdi. Qurigan darxtlarni qoʻporib, shox-shabbalarni arralashga ham uch-toʻrt hafta ketdi. Ayniqsa, olmaga chirmashib ketgan tok zangi uni qiynadi. Bunday yumushlarning hadisini olmaganidan kechga borib, horib-charchab qolardi. Ammo kundan-kunga hovli yorishib chiroy ochayotganidan zavqlanar edi.
* * *
Shukrona taqvodor oilada voyaga yetgan edi. Besh vaqt namozini aslo kanda qilmagan, harom-xarishga qoʻl urmagan rahmatli otasi Ollohga behad hamdu sanolar ramzi sifatida farzandining ismini «Shukrona» deb qoʻygan. Onasi ham jannati ayol boʻlgan. Diniy rasm-rusumlarga sidqidildan ixlos qoʻyishi shundan. Shukrona endi yangi hovlini butunlay halollab olish uchun is chiqarib, oʻtganlar arvohiga Qur’on tushirishni koʻngliga tugdi. U oʻzicha reja tuzib, eridan pinhona tayyorgarlikni boshlab yubordi: chinni-tovoqlarni yuvib taxt qildi, qand-qurslarini koʻzdan kechirdi, koʻrpacha-yostiqlarni oftobga yoydi...

Mavridini kutib yurgan Shukrona shomlikdan keyin yotigʻi bilan eriga gap ochdi. Sohib avvaliga hech koʻnmadi, bafurja eshitishni ham istamadi, oʻrnidan turib ketdi. Erining tabiatini yaxshi bilgan Shukrona gapni choʻzmadi, bir-ikki hafta bu mavzuni umuman tilga ham olmadi, odatiga koʻra, uning jahldan tushishini kutdi.

Ayollar, xum ichida chumoli toysa bilishar emish. Erining dilidagi oʻzgarishlarni sezdimi, chamasi, oʻsha gapdan yigirma kunlar oʻtgach, Shukrona xudoyi haqida yana soʻz ochdi. Bu safar Sohib sapchimadi, bosiqlik bilan eshitdi.
— Qani, oʻylab koʻraylik-chi, — dedi u murosaga kelib, — bunga qarshiligim yoʻq. Ammo, menimcha, hozir mavridi emas. Hademay ta’tilga chiqaman... Ana oʻshanda besh-oʻnta emas, undan koʻproq ham odam chaqiramiz, qarindosh-urugʻni ham... Xayrli ishning kechi yoʻq deydilar...

Shukronaga shuning oʻzi yetarli edi, koʻngli yorishib ketdi. Erini oʻsha kuniyoq bir-ikki hafta ichida xudoyini oʻtkazishga koʻndirdi-qoʻydi. Iyulning uchinchi payshanbasida ana shu xayrli niyat ham ushaldi. Mahalla oqsoqoli boshliq toʻqqiz kishi mehmonxonada xontaxta atrofidan joy oldi. Nuroniy Sobir buva Qur’on tilovatini qildi. Soʻng quyuq-suyuq taomlar tortildi. Mehmonlar hovli fayzli boʻlib, gulday ochilib ketganini aytishib, qayta-qayta muborakbod qilishdi, shu uyda qoʻsha-qoʻsha toʻylar qilib, uvali-juvali boʻlishlarini tiladilar.

Mehmonlar tarqalishganidan keyin Sohib yon qoʻshnisi Shotursunni yana biroz gurunglashib oʻtirishga qistadi.
— Yoʻq-yoʻq! Endi siz ham damingizni oling, charchagansiz, — deb uyiga chiqib ketdi.

Sohibning ilk tanishgani ana shu yon qoʻshnisi boʻlgan. Hali-hali esida, kelganining ikkinchi kuniyoq shu qoʻshninikidan bir chuqur laganda chuchvara chiqqan edi. Shotursun Sohibdan sakkiz-oʻn yosh katta, qiz uzatib, qoʻsha kelinlar ham tushirgan, nevaralari bor. Sohib ularning hovlisiga kirmagan boʻlsa-da, uning kattaligini, adogʻida molxonasi va sigir-qoʻylari borligini bilardi.

Shotursun unga Sohib aka, deb murojaat qilardi. Bundan xijolat chekkan Sohib:
— Meni qoʻshni yoki Sohib uka, deb chaqiravering, — derdi.

Shotursun esa bilganidan qolmasdi.

Koʻcha-koʻyda uchrashib qolganlarida, Shotursun yoqimli tabassum bilan shunday quyuq soʻrashardiki, Sohib oʻzini noqulay sezar, qiynalar, shunday esa-da, samimiy boʻlishga astoydil urinar edi.
* * *
Shukrona erining ta’tilga chiqishi aniq boʻlganidan boshlab, qoʻliga tegadigan pulning ancha salmoqdor boʻlishini hisoblar va nimalarga sarflash rejasini obdon oʻylab yurardi. Ikki kichik xonani kattagina hovliga almashtirishda qarindosh-urugʻ va yor-birodarlardan koʻtarilgan qarzlardan deyarli qutulishgan. «Endi boʻm-boʻsh xonalarni sekin-asta toʻldirishimiz, ba’zilarini yangilashimiz kerak!» deb oʻylardi u. Mavridi keldi deguncha eriga:
— Endi durustroq uy jihozlarini olmasak boʻlmaydi. Avvalo, sizning xonangiz uchun bir yaxshi gilam juda zarur...
— Hali qarz-qurzlardan tamomila qutulmadik, — dedi yana gap ochilganda Sohib. — Mening xonamni bezash qochmas. Birinchi galda togʻangning pulini berib, qutulganimiz ma’qul. [ www.BePuL.NeT -Saytdan olindi! Eng qiziqarli hikoyalar olami! Tashrif buyuring! BePuL.NeT ]

Shukrona esa bu maslahatga quloq solmadi, oʻjarlik bilan oʻz soʻzini ma’qullayverdi:
— Togʻam shoshirayotganlari yoʻq. Kelgusi yil oʻgʻillarini uylantirish niyatlari bor. Ana oʻshanda toʻyona pulini ham qoʻshib, durustroq qilib beramiz.

Sohib «bir gap boʻlar» degan ma’noda bu safar e’tiroz bildirmadi.
* * *
Sohib ishxonasiga ikki borib, quruq qaytib keldi. Hisob-kitob boʻlimidagilar:
— Bankda pul yoʻqmish. Sim qoqing, ovora boʻlmaysiz, — deyishdi. Sohib deyarli kunda sim qoqishdan erinmadi. Xayriyat, bugun ish bitadiganga oʻxshaydi, otlanib yoʻlga chiqdi. Soʻnggi oylik maoshiga ta’til pulini ham qoʻshib berishadi. Sohib toʻgʻri borib, kichik darchani ohista taqillatdi. Xazinachi ayol darhol ochdi va iliq salomlashdi. Soʻng biroz iymanib:
— Pul borlikka bor-u, lekin... — tovushi oʻcha bordi. Soʻng biroz qat’iylashib: — Yoningizda qop-mopmi yoki kattaroq va pishiqroq xalta-palta bormi pulni olib ketishga? — dedi. Sohib xazinachi ayol mayna qilayotir, aftidan juda kam tegadiganga oʻxshaydi, deb oʻyladi. Nima deyishini bilmay hayratlanib qoldi. Buni koʻrgan xazinachi ayol:
— Men chin gapirayotirman. Rosa ham mayda pul berishdi. Nuqul besh va oʻn soʻmlik. Uch soʻmliklar ham bor. Sanogʻiga yetolmay oʻzim ham qiynalib ketdim, — dedi biroz tin olib, Sohibning ragʻbatini qoʻzgʻatish maqsadida boʻlsa kerak: — Lekin yap-yangi! Hali taxi buzilmagan, beli sinmagan.

Sohib toʻgʻri bekat ortidagi bozorchaga oʻtib, savdo ahli koʻtarib yuradigan ikki xalta xarid qildi.

Gʻaznachi ayol bergan dastalarni sanay boshlagan Sohib tez orada sanoqdan yanglishib ketdi, soʻngra ularni sanamay xaltalarga joylayverdi.

Nihoyat xaltalarni koʻtarib koʻrdi: ular zil-zambil edi, bekatga borguncha ikki marta toʻxtab, nafasini rostladi.
— Yo pirim-ey! Pul ham shunaqa ogʻir boʻladimi? — der edi xalloslab oʻzicha. — Tavba!

Bir amallab avtobusga chiqib joylashgan Sohib biroz tin olgach, taksi yollamaganiga achindi. Shuncha puli boʻla turib, bunaqa azob tortib yursa! Eh, attang, boshida oʻylamabdi-da. Uyiga qiynalib yetib kelgan Sohib darvozani oʻz kaliti bilan ochdi.

Ikki xaltani xonasiga koʻtarib kirdi, nafasini rostlab, soatiga qaradi. Oʻn ikki boʻlib qolibdi. Bolalarining maktabdan kelishiga ham, Shukronaning ishdan qaytishiga ham hali ancha bor. Tushlikka ham ertaroq. U bari bir choy qaynatib, achchiq qilib damladi. Issiq-issiq bosib, ikki-uch piyola ichdi. Biroz orom olgandek boʻldi. Yuk zalvoridan yelka va ikkala qoʻli ogʻriyotganini endi sezdi. Boshiga kelgan bir oʻydan dili yorishib, pul dastalarini tartib bilan taxlay ketdi. Va beixtiyor taxlamlar Misr ehromi shaklini ola boshladi. Hademay katta-kichik uch ehrom bunyod boʻldi. Bu oʻyinga berilib, ehromlarni buzgancha, turli shakllar tuzishga oʻtdi... Iya, xona sahnini shu chiroyli pul qogʻozlari bilan bezab chiqsa nima boʻladi? Xontaxtani ayvonga olib chiqib qoʻydi. Pul dastasi belbogʻlarini yirtib tashlab, har bir shildiroq pul qogʻozini did bilan terib chiqa boshladi: besh soʻmliklar bir qator, oʻn soʻmliklar bir qator. Chiroyli naqshlar tartib bilan takrorlanib, butun xona sathiga ajoyib chiroy baxsh etdi. Sohib oʻzi kashf etgan pul-gilamdan gʻoyat zavqlanib ketdi. «Shukronaning lol qolishi aniq, — dilidan oʻtkazdi u. — Bolalarni xonaga kiritmayman».

Sohib katga yastanib, shirin xayollar ogʻushiga choʻmdi. Uning koʻzi ilingan edi...
— Sohibjon aka! Huv, Sohib aka! Uydamisiz?

Qoʻshnisi Shotursunning tovushidan seskanib uygʻongan Sohib to hushyor tortib oʻziga kelguncha, xona eshigi lang ochildi. Chiroq nurlarida ming tovlanayotgan pul-gilamdan ong-tong qotib qolgan Shotursunning koʻzlari soqqasidan chiqqunday chaqchaydi, basharasi boʻzardi, tili aylanmay qoldi. Bir lahza boʻzarib turgach, tutila-tutila:
— Eshik ochiq ekan... Ikki-uch chaqirdim... — oʻzini oqlaganday gʻoʻldiradi Shotursun. — Keyin xavotir olib kirib kelaverdim... Men bilmadim... Axir, yon qoʻshni... — doimo takrorlaydigan sevimli matalini bu safar chala qoldirgan qoʻshni qandaydir yovqarash bilan Sohib koʻziga bir zum tikildi-da, orqaga tisarildi. «Bir uy toʻla pul. Hammasi yap-yangi! Qaerdan ular? Nega yoyilgan? Yo yasamani shunday quritayaptimi?» Ana shularni xayolidan oʻtkazgan Shotursun ochiq darvoza tomon jadal yoʻllandi.

Shotursun koʻzlaridagi tahlika, xatti-harakatlari, tilidagi hayajon va qoʻrquv Sohibga ham koʻchdi. Shotursunning chala-chulpa gʻoʻldirashi, salom-alik ham qilmay joʻnab qolishi Sohib diliga gʻashlik soldi: nimaga keldi, nega maqsadini aytmay orqaga qaytdi? Ehtimol, xonaga toʻshalgan qogʻoz pullar uni larzaga solgandir? Unga tushuntirmoq kerak!

Sohib zudlik bilan Shotursunning orqasidan hovliga chiqdi. U darvoza boʻsagʻasiga borib qolgan edi.
— Hov qoʻshni! Shoshmang, toʻxtang! Hammasini tushuntiraman, jon qoʻshni... [ www.BePuL.NeT -Saytdan olindi! Eng qiziqarli hikoyalar olami! Tashrif buyuring! BePuL.NeT ]

Shotursun uni eshitdimi-eshitmadimi, hoynahoy, qayrilib ham qaramadi. «Nimasini tushuntirasan, qallob! Shundoq ham koʻrinib turibdi-ku! Jon qoʻshni emish!..» — dilidan oʻtkazdi u. Hovlidan chiqib, darvozani zich yopdi. Oshigʻich oʻz uyiga kirib, vajohat bilan telefon goʻshagini yulqib oldi...
* * *
Mahalla oqsoqoli va uning kotibasi, guzarda mehmonlarni — mirshablarni kutib olishdi. Boshliq oqsoqol bilan oʻzaro ikki-uch ogʻiz gaplashdi, qandaydir qogʻozlarni koʻrsatib, nimalarnidir uqdirdi va birgalikda moshinaga qayta oʻtirib, toʻgʻri Sohibning hovlisiga yoʻl olishdi. Ikkinchi moshinada mirshablar bilan birga kotiba ham yetib keldi. Qoʻngʻiroqni jiringlatmasdanoq toʻgʻri hovliga kirishdi. Boshliq soatiga qaradi. Oʻn toʻrtdan yetti daqiqa oʻtibdi.

Avvaldan kelishilgan chogʻi, kelganlar gap-soʻzsiz ikki guruhga boʻlinishdi. Boshliq rahbarligidagi ikki xodim xonalar tomon yoʻnaldi. Oqsoqol va kotibaga gapirmanglar ishorasini qilishdi. Kapitan Qodirov qoʻli ostidagi ikkinchi guruh qandaydir asboblarni sozlab hovli etagidagi oshxona va boshqa uychalarga qarab yurishdi. Boshliq kapitanga yertoʻla boʻlsa, ularni ham tekshiringlar, deb tayinladi.

Bu orada pul-gilam toʻshalgan xonadagi katda oʻychan oʻtirgan Sohib hovlidagi olagʻovurni eshitib chiqqach, mirshab kiyimidagi kishilar, kotiba va oqsoqolni koʻrib taajjubga tushdi, yuz-koʻzida qoʻrquv alomatlari paydo boʻldi, rangi oqarib ketdi. «Bolalarimga biror narsa boʻldimi? Yo Shukrona...» — ichki titroq bilan oʻyladi u.

Mahalla oqsoqoli Sohib yuzidagi hayrat va tashvishni sezdi shekilli, uni tinchlantirish niyatida muloyimlik bilan hol-ahvol soʻradi-da:
— Bular ayrim masalalarni aniqlash uchun kelishibdi, — deb yonidagi Boshliq va qolgan mirshab xodimlariga ishora qildi.

Boshliq Sohib qoshiga bordi, qoʻl berib koʻrishdi. Ismi sharifini, hozir uyda yana kim borligini surishtirdi. Soʻng tintuv qilish uchun ruxsatnoma borligini aytib, uni koʻkrak choʻntagidan chiqazib koʻrsatdi. Sohib garchi varaqni olib koʻz yugurtirgan boʻlsa-da, hech narsa oʻqiy olmadi, koʻzlari tinib, harflar jimirlashib ketdi.
— Qani, xonalarga boshlang! — dedi Boshliq. Soʻngra oqsoqol va kotibaga qarab: — Iltimos, chalgʻitmanglar. Hamma narsani eslab qolishga harakat qilinglar. Koʻrgan — eshitganlaringizga guvoh boʻlasizlar, voqea yuzasidan bayonnoma — qaydnomalar tuzamiz, sizlar ham imzo chekasizlar. — Guvohlarning bosh irgʻashini koʻrgach: — Ha aytgandek, anavi yon qoʻshnini ham tezda chaqirib chiqing! — deb xodimlarning biriga buyurdi.

Hali oʻziga kela olmagan Sohib ularni beixtiyor xonalar boʻylab boshladi. Boshliq oʻng va soʻl xonalarga shunchaki qaragan boʻlib, toʻgʻri dahliz boshidagi eshikka roʻpara keldi-da, dagʻal ovozda:
— Nega bu xona qulflangan? — dedi. Bu oʻsha pul-gilam toʻshalgan xona edi. Ammo qulfloq emas, eshik zich yopilgan edi, xolos. Sohib eshikni lang ochib yubordi. Kelganlar koʻz oʻngida chiroq nurida tovlanib, sernaqsh gilamdek yashnab turgan bir uy pul namoyon boʻldi. Kotiba beixtiyor «Voy!» deb yubordi, oqsoqol hayratdan qotdi, uning koʻzlarigina tinimsiz pirpirardi. Boshliq xuddi har kuni bunaqa pul toʻshalgan xonalarni koʻrib yurgandek, darhol sergak tortdi va guvohlarga diqqat bilan qarashlarini yana bir bor tayinladi. Xodimlarining biriga mufassal bayonnoma tuzishni topshirdi. Boshqa xodim xonaning boʻyi va enini oʻlchadi, jihozlarni birma-bir suvratga oldi. Xususan, xona sahniga terib chiqilgan pullarni turli masofadan suvratga tushira boshladi. [ www.BePuL.NeT -Saytdan olindi! Eng qiziqarli hikoyalar olami! Tashrif buyuring! BePuL.NeT ]

Sohibning oʻzini tutishini diqqat bilan kuzatarkan, Boshliq birdan eslagan boʻlib:
— Yon qoʻshni chiqdimi? — deb soʻrab qoldi. Xuddi shu payt xonaga iymanib, Shotursun kirdi va boshini beoʻxshov qimirlatdi. Uning avzoyidan mamnunlik va gʻolibona qoniqish alomatlari koʻrinib turardi. Sohib beixtiyor unga qaradi. Shunda Shotursun oʻngʻaysizlanib, hatto oʻzini aybdordek sanab, koʻzini olib qochdi. Bu oʻzgarish Sohibni taajjubga soldi. «Nega?» Shunda miyasiga yalt etib bir fikr keldi. Shubhani aniqlamoq niyatida Shotursunga tikilib qaradi. Ammo ikki qadrdon «jon qoʻshni»ning koʻzlari toʻqnash kelmadi. Shunda Sohib gap nimada ekanligini, nimaga tintuv oʻtkazilayotganini tushungandek boʻldi-da, birdan xaxolab kulib yubordi. Shu qadar qahqah otib kuldiki, kotiba oʻzini noqulay sezdi. Boshliq oʻylanib qoldi, xavotirlanib ne xayollarga bormadi: «Ustomonlik qilmoqdami?» Mirshablar ajabsinib, undan nigohlarini uzishmadi. Mahalla oqsoqoli bir-ikki bor tomogʻini qattiq qirib, yoʻtalib qoʻydi. Faqat Shotursungina toshdek qotib turar edi.
— Qoʻrqmanglar, es-hushim joyida, — dedi Sohib oʻzini kulgidan toʻxtatishga tirishib. — Aqldan ham ozganim yoʻq! Lekin kimningdir jinni boʻlgani rost! Oʻzingiz oʻylab koʻring, — u Boshliqqa yuzlandi. — Nahotki, shu pullar yasama boʻlsa! Ana bu burchakda pul dastalarining bank nomi, nazoratchi muhri, hisobchi imzosi va sanalar qayd qilib qoʻyilgan qogʻoz belbogʻlari yotibdi, ularni oʻqib koʻring.

Sohibning gap-soʻzlari biror shubhaga oʻrin qoldirmaydigan darajada tabiiy va ma’nodor edi. U oʻzini bosib olgan holda xona kunjagidan bir siqim qogʻoz tasmasini olib, xotirjamlik bilan Boshliqqa uzatdi. Boshliq avval Sohibning koʻzlariga tikilib qaradi, soʻng sinchiklab qogʻozlarni oʻqib chiqdi, ikki donasini buklab, koʻkrak choʻntagiga solib qoʻydi. Gapi ta’sir qilayotganini sezgan Sohib jilmaygancha nim istehzo bilan davom etdi:
— Axir, pul yasash osonmi?!.. Qolaversa, qaysi ahmoq besh soʻmlik yoki oʻn soʻmlik pul yasar ekan. Oʻn soʻmga bitta qurut ham bermaydi-ku! Bu xonani toʻldirgan pullar ellik ming soʻmga ham yetmaydi. Mening bir yillik ta’til pulim. Ishonmasangiz sim qoqib koʻring, odamingizni yuboring.

Sohib bu dalillarni aytgan sayin Shotursunning rangi oqarib, bezovtalanardi. Sohibning kuyinib tushuntirishlariga Boshliq diqqat bilan quloq tutdi. Engashib bir siqim qogʻoz pullarni oldi. Chindan ham hammasi besh soʻmlik va oʻn soʻmlik... Chiroqqa tutib, zehn soldi.

Xonani surgʻichlab, yasama pullar boʻyicha bosh mutaxassislarni chaqirmoqchi boʻlgan Boshliqning fikri oʻzgardi. Koʻrganlaridan ruhiy larzaga kelib, tinimsiz pichirlab kalima keltirayotgan oqsoqolning yuziga tabassum indi. Nuqul «Tavba! Tavba» deb, oʻzini chetga olayotgan kotiba ham endi jonlanib, nuqul «Xayriyat! Xayriyat!» derdi. Faqat Shotursun hamon bezovta va boʻzraygan alfozda serrayib turardi.

Boshliq aslida juda muloyim, dilkash odam ekan. Telefonda aytilgan chaquvga ishonib adashgani, vazifasi taqozosiga koʻra hovlisiga bostirib kirgani va asossiz shubha-gumonlar uchun Sohibdan uzr soʻrashi hammaning dilini ravshan qildi. [ www.BePuL.NeT -Saytdan olindi! Eng qiziqarli hikoyalar olami! Tashrif buyuring! BePuL.NeT ]

Xush kayfiyatni hovlida tekshiruv ishlarini boshqarayotgan kapitan Qodirov buzdi. U shaxdam qadamlar bilan Boshliq oldiga kelib, uning qulogʻiga nimalarnidir xavotir ohangda pichirladi. Kapitan Qodirov xodimlari qoʻlidagi asboblar doimiy shovqinni qayd etib, yaqin atrofda elektr quvvati bilan ishlayotgan qurilmalar borligidan darak berardi. Boshliq oʻzgardi-qoldi: yana oʻsha vajohatli qiyofaga kirdi. U ketayotgan kotibaga biroz sabr kutib turishni iltimos qildi-da, guruhdan ajralib, kapitan bilan hovli etagiga yoʻl oldi. Oshxonaga kirib, sirli tovushni ilgʻash uchun nafas olmay quloq tutdi. U xodimlar qoʻlidagi asboblarga zehn solib qaradi, nimalarnidir surishtirdi. Qoʻshni devor yoniga yaqinroq borib, yana asboblardagi oʻzgarishlarni kuzatdi. Kapitan unga nimalarnidir tushuntirdi.

Hovli chekkasida qolgan oqsoqol va boshqa xodimlardan biroz chetroq turgan Shotursun qulogʻini qancha ding qilmasin, bari bir, Boshliq bilan Qodirov oʻrtasidagi suhbatni ilgʻab ololmadi, ammo ular gap orasida Shotursunning molxonasi tomon ishora qilayotganini koʻrdi-yu, xavotirga tushdi. Sohib bilan sovuqqina xayr-xushlashib, oqsoqol va boshqalarga parvo qilmay darvoza sari qadam tashladi. Uning orqasidan oqsoqol tovush qildi, lekin Shotursun eshitmaganga olib, yoʻlida davom etdi va shoshilinch darvozadan chiqib ketdi.

Bu orada Boshliq xodimlardan ikki-uch odim uzoqlashib, uyali telefonda qisqa-qisqa gaplashdi.
— Xoʻp boʻladi! Tushundim! — degancha telefonni oʻchirib, kapitanni oʻzi tomon imladi va qandaydir topshiriqlar berdi. Bir zumda mirshablar Boshliq atrofiga toʻplanishib, uning koʻrsatmalariga quloq tutdilar. Yolgʻizlanib qolgan Sohib, oqsoqol va kotiba bu harakatlardan hayratda edilar. Xodimlaridan ajralib, Boshliq ular qoshiga kelib:
— Yana bir pas biz bilan birga boʻlasizlar. Qoʻshni hovliga ham kirib chiqish zarurati tugʻildi, — deb oqsoqol va kotibaga yuzlandi. Va Shotursunning oʻz hovlisiga shoshilinch chiqib ketganini eshitib, kapitanga ishora qilib: — Qani, ketdik! — dedi. Uch-toʻrt qadam yurgach, orqasiga qaytib, hayratlanib turgan Sohib bilan xayrlashdi, nooʻrin bezovta qilganligi uchun kechirim ham soʻradi.
— Hechqisi yoʻq. Bahonada siz bilan tanishib oldik, — dedi Sohib uni kuzatar ekan.

Xijolat chekayotgan Boshliq Sohib bilan harbiychasiga xayrlashdi. Ildam qadamlar bilan bu darvozadan chiqib, yon darvozaga kapitan va xodimlarning orqasidan kirib bordi, odati boʻyicha qoʻl soatiga qaradi: oʻn toʻrtdan ellik uch daqiqa oʻtibdi.

Yolgʻiz qolgan Sohib bolalari va Shukrona kelguncha mirshablarning chiqib ketganlaridan xursand boʻldi, yoʻqsa, ularning qoʻrqib ketishlari aniq edi.

Oradan chorak soat oʻtar-oʻtmas haligi xodimlardan biri eshikni jiringlatdi. Tezlik bilan kechgan soʻnggi voqealarni hayrat bilan koʻz oldida xayolan jonlantirayotgan Sohib faqat uchinchi qoʻngʻiroqni eshitgandan keyingina darvozaga bordi. Xodim uni Shotursunning uyiga taklif etishayotganini aytdi.
— Tinchlikmi? Nima gap? — soʻradi xodimdan. U biroz ikkilanib turib:
— Qoʻshningiz molxonasining yertoʻlasidan atlas toʻqiydigan dastgohlar chiqdi. Yashirin korxona ochgan ekan-da. Shunga sizni ham guvohlikka chaqirishayapti, — dedi. Sohib gap nimada ekanligini daf’atan idrok eta olmadi, ammo noqonuniy ish yuzasidan guvohlikka taklif etishayotganini tushunib turardi. Atlas toʻqiydigan dastgohlar haqidagi nogahoniy xabar esa koʻchib kelgan kezlari boshini qotirgan oʻsha sirli «gʻiyq-gʻaqq» degan tovushni eslatdi. Qattiq charchaganini va hozir bolalari maktabdan kelib qolishlarini bahona qilib, qoʻshninikiga chiqmadi. U toʻgʻri borib, pul-gilam toʻshalgan xonaga kirdi, gilamning koʻpgina naqshlari buzilib ketgan edi, pullarni qaytadan terib chiqib, tuzatgan boʻldi. Hademay u san’atini xotini va bolalariga tortiq qiladi... Ertasiga Shukrona: «Toʻrt kishi kechayu kunduz atlas toʻqish bilan band ekan. Dastgohlarni va qanchadan-qancha atlasu shohilarni musodara qilishibdi, Shotursun va uning xufiya ishchilarini olib ketishibdi», — degan gap topib keldi.

Muallif: Abdul Rashid

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Нравится

Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 1018 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: севги, sevgi haqida, love history, севги хакида, Dramma, sevgi nima o'zi?, sevgi, sevgi hikoyalari, love, севги хикоялари | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Райхонга эгизак муборак! Ислом ва Имрон!
>>> ЗАРИНА НИЗОМИДДИНОВА: «Севги борлигига ишонмайман!»
>>> Ғайрат Усмонов «Барселона»га атаб қўшиқ куйлади
>>> УМИД ИСКАНДАРОВнинг туғилган кунида айтилган уч тилак
>>> Лола. Бир пайдо бўлади, бир тинчиб кетади.
>>> “Қайданам суйдима”... Самандар Ҳамроқулов нима демоқчи?
>>> МАФТУНКОР ШАҲЗОДА МУХЛИСЛАРИ УЧУН УЗОҚ КУТИЛГАН ПРЕМЬЕРА!
>>> Эстрада вакиллари Райҳонни оналик бахти билан табриклашди (ВИДЕО)
>>> Sharof Muqimovdan «Tungi mehmon»ni qarshi oling!
>>> «Ишқ жодуси»даги Дан Гао ҳақида 10 факт


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск
SUPPER YANGILIK:

Календарь
«  Июнь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Друзья сайта


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari