Среда, 26.06.2019, 09:11
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1050]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [738]
Hikoyalar to'plami [634]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1001]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [18]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [151]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [196]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [2910]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [392]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [26]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [24]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [47]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [19]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР [8]
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР [85]
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР [13]
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР / СЕРИАЛЛАР
Статистика



Онлайн всего: 48
Гостей: 48
Пользователей: 0

Yangiliklar Olami


Главная » 2019 » Май » 31 » JANNAT QIZI…
09:15
JANNAT QIZI…
Bir… Ikki… Uch… Yuzgacha sanasam, uyquga ketaman…
Qirq… Qirq bir… Ha, uyqu meni hammasidan qutqaradi…

Ellik uch… Ellik to'rt… Men abadiy uyquga ketaman… Abadiy uyqu — barcha zahmatlarim uchun berilgan mukofot…

Yo'q, hech qaerimda og'riq sezmadim. Faqat… Sal ko'nglim aynidi xolos…

Ana, suv ham sovib qoldi. Bellarim muzlay boshlayapti…

Yana sal chidasam… Yo'q, suvga qaramayman. Qip-qizil rangga kiribdi…

Ie, nega shovqin bo'layapti?.. Kimdir eshikni ochdimi, deyman?..

Nega?.. Hali erta-ku!.. Uning ishdan kelishiga erta-ku!..

Hozir vannaxonaning eshigini taraqlata boshlaydi. Hech narsaga ulgura olmayman… Uf-f… Salgina kelmay tursaydi…

U zo'rg'a ko'zlarini ochdi. Vannaxona devorlari, shift qip-qizil rangda edi. Hatto, issiq suvdan chiqqan quyuq par ham qizil…

Oh, miyasi ayniy boshladi shekilli…

Qizning ko'zlari beixtiyor ko'zguga tushib qoldi. Tomirlarini qirqishdan avval ko'zguga lab bo'yog'i bilan katta-katta qilib yozib qo'ygandi:

"Hammangizni ko'rishga ko'zim yo'q!..”

O'rnidan turib, o'sha yozuvni o'qishga urindi. Kuchi yetmadi…

Qiziq, qayoqqa g'oyib bo'ldi yozuv?.. Ha, par yuvib ketgan bo'lsa kerak…

Par qaerdan paydo bo'ldi o'zi?.. Suv allaqachon sovib bo'lgan-ku!..

Vika o'limini tasavvur qilib ko'rdi. U jon berishi hamono, ruhi tanasidan chiqadi-da, qaerdandir balandlikdan jasadni, atrofdagilarni tomosha qila boshlaydi…

Ha, hatto filmlarda ham xuddi shunday kechadi o'lim. Keyin ruh jannatga qarab yo'l oladimi?.. Yo'q, do'zaxga bo'lsa kerak. Chunki u o'zini o'zi o'ldirdi-ku!.. E, umuman… Nima farqi bor? ¡rug' dunyoda ham do'zaxdagiday hayot kechirdi-ku!..

Vikaning kipriklari pirpiradi. Quloqlarining shang'illashi to'xtab, yana ko'zini ochdi… Shu payt qarshisidagi ko'zgu kattalashib, unda yozuv paydo bo'ldi.

"Sen o'lmaysan!”

Vika qaytadan hushini yo'qotdi. Ko'zguning narigi tomonidan uni noma'lum odamlar kuzatib turishardi.

— Bizning aralashishga haqqimiz yo'qmi?

— Yo'q. Bilasan-ku!

— Nimadir qilish kerak-ku!

— Nega ko'zguga yozib qo'yding?

— Uni hushyor torttirmoqchiydim.

— Sen aksincha, qo'rqitib yubording.

— O'ylaysanki, ular qizni qutqarishga ulgurishadimi?

— Albatta.

— Bilaman. Ammo meni odamlarning ehtiyotsizligi tashvishga soladi.

— Ishing bo'lmasin. Bizning ishimiz — kuzatish.

— Agar ular hammasidan xabardor bo'lishsa, unda nima qilardik?

— Unda biz bu yerda turmagan bo'lardik, jim!..

***

Vika o'ziga keldi. U kasalxonada yotar, palatada undan bo'lak hech kim yo'q edi. Qo'llarini doka bilan bog'lab tashlashibdi. ¡nboshida kapelnitsa. Juda suv ichgisi keldi. Kimnidir chaqirmoqchi bo'ldi. Ammo tomog'i qurib ketganidan yo'talishdan nariga o'tolmadi.

O'rnidan turishga urinib ko'rdi. Boshini ko'targan zahoti ko'z oldida qandaydir mayda yaltiroq zarrachalar paydo bo'lib, miyasining ich-ichida qo'ng'iroq chalinib ketgandek tuyildi va qaytadan yostiqqa mixlanib qoldi.

Menga nima bo'ldi o'zi?..

Atrofga qarab bildiki, kasalxonada yotibdi. Ko'zlari beixtiyor namlandi. Ha, esiga tushdi. Hushidan ketgandi…

— Xudoyim, axir, men o'zimni o'zim o'ldirmoqchi bo'ldim!.. Nima sababdan?

Javob yo'q edi. Vika vannani qanday suvga to'ldirganini esladi. Keyin… O'zi atayin sotib olgan ustarani qo'liga oldi. Lablarini qattiq tishlagan ko'yi avval chap, keyin o'ng qo'lidagi tomirlarni kesa boshladi. Qon favvoradek otilib, shiftga urildi. Vannadagi suv qip-qizil tusga kirdi. Vika qo'rqib, tezda suvga yotib oldi. Shundan so'ng… Qandaydir noma'lum tovushlarni eshitdi. Ko'zgudagi yozuvga ko'zi tushdi…

U dahshatda edi…

Shu tobda palata eshigi sekingina ochilib, ichkariga vrach kirib keldi. Vikaning qarab turganini ko'rib, mayin jilmayib qo'ydi.

— Xo'sh, asalim, sen meni tuni bilan navbatchilik qilishga majbur etding-ku-a?

— Suv… — ohista shivirladi Vika.

— Hozir… Faqat ozgina ichasan. Ko'p ichish senga mumkin emas. Kelishdikmi?..

Vrach tokchada turgan mineral suvni qizga uzatdi.

— Rahmat.

— Hozir Viktor Nikolayevich keladi. U sening oldingda bo'ladi. Men ketayapman…

— Rahmat, — dedi endi Vika ancha jonlanib. — Otingiz nima?

— Sergey Vladimirovich.

— Ayting-chi, kechasi nima bo'ldi o'zi?

— Hech narsa bo'lgani yo'q… Damingni ol. Ko'p gapirish senga mumkin emas. Xo'p, men ketdim!

— Yana kelasizmi?

— Albatta. Shunday chiroyli qizning tuzalayotganini ko'rish men uchun juda qiziq.

Vrach chiqib ketdi. Vika uning ortidan kulimsiragancha qarab qoldi. Yo'q, u aldadi. Vika go'zal emas. Buni o'zi ham yaxshi biladi. Lekin baribir shunday so'zlarni eshitish yoqimli…

***

Darko ukrainaliklar bilan birinchi marta ishlayotgani yo'q. U birinchi darajali quruvchi. U bilan hamma maslahatlashadi, nimanidir so'raydi. Xullas, hurmati zo'r.

Bu safargi shartnoma ham yomon emas. Loyihasi juda qimmatli. Shu loyiha bo'yicha ikki yilga shartnoma tuzdi. Buyurtmachi ham o'ta jiddiy ekan. O'z majburiyatini vaqtida bajarib qo'yadiganlar xilidan chiqib qoldi…

Faqat uzoqligi yomon. Oilasi bilan olti oyda zo'rg'a bir marta ko'rishadi. Yaxshiyam telefon bor. Bo'lmasa…

*** 

Vika esa, psixologlikka o'qigan. Yoshligida, albatta. Hozir bilmaydi. Qaerdadir chang bosib yotgandir diplomi…

Lekin unga bu kasb juda yoqardi. Shunchalar orzu qilardiki… Mijozlari ko'p bo'lsa, Vika hashamatli binodagi kabinetida o'tirib, ularni qabul qilsa…

Ammo bir yomon odati bor. Bu odatdan sira qutula olmaydi. Ko'p mulohaza yuritadi, har xil savollar bilan yonidagilarga tinchlik bermaydi. Boshqalarga maslahat berishni xush ko'radi…

O'sha… Agentlikda ishlab yurganida ham hammani bezor qilib yuborgan bo'lsa kerak… Shuning orqasidan qachon qarasa, agentlikdagilar bilan san-manga borib yurardi…

***

Ertalabdanoq Darkoning kayfiyati tushdi. Xotini qo'ng'iroq qildi. O'g'li qo'lini sindirib olganmish. Xotiniga baqirib berdi. U yig'ladi. Darko esa achchiqlanib go'shakni joyiga qo'ydi. Boshqa qo'ng'iroq qilib o'tirmadi…

Shu tobda Vika qabulxonaga kirib keldi.

— Darko Stanichni ko'rsam bo'ladimi? — so'radi u kotibadan.

— Kechroq kirsangiz yaxshi bo'lardi, — dedi bo'shashib kotiba.

— Bilasizmi, biz sizlarga qo'shnimiz. Ofisingizning ro'parasidagi bino bizning ishxona… Bir muammo chiqib qoldi. U kishini ko'rmasam bo'lmaydi…

— Shunaqami? Mayli, kiring!..

Vika sekin kabinet eshigini ochib, ichkariga kirdi. Darko Stanich boshini changallagancha o'y surib o'tirgan ekan.

— Keling, eshitaman! — dedi u o'rnidan jilmay. Vika uning holatini ko'rib, biroz o'zini yo'qotdi.

— Bemahal kirib qoldim, shekilli? — ohista so'radi Vika.

— Sizga bemahal kirganingizni aytishmadimi?

— Kechirasiz… Boshqa safar kelarman…

— Keldingizmi, endi gapiring!

— Sizdan yordam so'ramoqchiydim… Kabinetimni ta'mirlash zarur edi. Lekin shiftlar juda baland… Endi bilsam…

Darko beixtiyor o'rnidan turdi.

— Xo'sh, kabinetingizda mebel bormi?

— Ha.

— Tashqariga olib chiqishga qancha vaqt ketadi?

— Ertaga hammasini taxt qilib qo'yamiz.

— Yaxshi… Kuting!..

***

Ustalar epchil ekan. To'rt soat deganda ta'mirni tugatishdi. Qizlar xursand bo'lganlaridan sumkani to'ldirib ichkilik, konfetlar, mayda-chuydalar olib kelishdi. Ustalarni mehmon qilmoqchi bo'lishdi. Biroq Darko bunaqa tantanalarni yoqtirmasdi. Goran shu sababli uni ko'ndirguncha ikki soat ovora bo'ldi…

Ichkarida o'tirganlar bir-birlari bilan tinimsiz gaplashishar, Vika esa, jimgina o'tirgan Darkodan ko'z uzolmasdi. Qanday qilib uning e'tiborini tortishni bilmay halak edi…

Harqalay, yo'li topildi. Kimdir shampan vinosini ochgandi, qopqog'i Darkoning qadahi ichiga kelib tushdi. Shunday kuchli zarb bilan tushdiki, qadah sinib, shisha zarrasi Darkoning qo'liga sanchildi. Shu zahoti qon sizib chiqa boshladi. Vika shosha-pisha o'rnidan turdi-da, aptechkadan kerakli dorilarni olib, Darkoga yaqin keldi. Ko'z ochib-yumguncha qonni artib, yarani yuvdi va doka bilan chiroyli qilib bog'lab qo'ydi. Darko shimiga sachragan qonlarni arta-arta tashqariga yo'l oldi…

Vaziyatdan unumli foydalanish zarur edi. Vika ham uning ortidan tashqariga chiqdi.

— Istaysizmi, sizni mehmonxonagacha kuzatib qo'yaman? — so'radi u. — Tag'in yo'lda yomon bo'lib yurmang…

— Siz menga aytayapsizmi?

— Ha.

— Yaxshi, qarshi emasman…

***

Soat endigina kechki yettiga zang ura boshlagandi. Tashqarida bahorning iliq shabadasi esayapti…

Vika sal oldinda yurib borar, orqasiga qarashga negadir qo'rqardi. Darko esa uni kuzatib, o'zicha kulib qo'ydi…

— Vika! — nihoyat qizni to'xtatdi Darko. — Agar shoshilmayotgan bo'lsangiz, sizni kechki ovqatga taklif etmoqchiydim.

— Meni? — hayron bo'ldi Vika. — Nimaga?

— Siz menga xaloskorlik qildingiz. Minnatdorchilik bildirishim kerak-ku!..

— Shunaqami?.. Mayli…

— Faqat biroz kutib turasiz. Men darrov kiyimimni almashtirib chiqaman…

***

Keyingi yetti oy Sergey Vladimirovich uchun naq dahshatning o'zi bo'ldi. Xotini bilan ajrashdi. Ayol… U Sergey Vladimirovichga ne kunlarni ko'rsatmadi… Avvaliga ajrashishga rozi edi. Keyin… Birdaniga to'nini teskari kiyib oldi… Oxir-oqibat katta pul undirdi…

Nimayam qilsin? Bunday dahshatlarni o'ylashning o'zi og'ir. Shu sababli uyqusiz tunlardan qochish niyatida tungi navbatchilikni so'rab oladi. Shu yo'l bilan bo'lar-bo'lmas xayollardan nariroq yuradi…

Sergey Vladimirovich yaxshi vrach. O'z ishini sevadi. Kimgadir yordami tegsa, kimningdir og'ir kasallikdan xalos bo'lib jilmayganini ko'rsa, boshi osmonga yetadi. Xuddi jang maydonida g'alaba qozongan askar kabi quvonib ketadi…

Mana, masalan, anavi tomirini kesgan qiz… G'alati holat. Tushunib bo'lmaydi. Kim "Tez yordam” chaqirgan, kim militsiyaga xabar bergan. Aniq emas. Ustiga ustak, militsionerlar ham o'zlaricha gaplashayotganini eshitdi. Qo'shnilar ham hech kimga xabar bermagan ekan. ¡ qizning o'zi oxirgi daqiqalarda…? Yo'q, telefon zalda edi. Qiz esa, vannaxonada o'lim bilan olishib yotgan. Hech qachon o'rnidan turib, telefonga yopisha olmaydi…

Sergey Vladimirovich Vikaning tepasida tuni bilan o'tirib chiqdi. Biroz dam olishni taklif qilsalar ham unamadi. Qiz tongga yaqin o'ziga kelib pichirlagandan keyingina ko'ngli tinchib, xonasiga yo'l oldi.

***

Vika uch kun og'irxonada yotdi. Ancha tuzalib qolgani sabab uni ertaga oddiy palataga olib o'tishlarini aytishdi. Harqalay, shunisigayam shukr. ¡lg'izlikda yana bir kechagina bo'larkan. Eh, shu palatadan qanchalar qo'rqishini hech kim bilmaydi. Hozir Vika faqat bir narsani orzu qilardi. Sergey Vladimirovich kirsa-yu, ko'ngli ko'tarilsa…

Vrach kechki soat sakkizdan keyin Vikaning oldiga kirdi. Qizning chehrasi ochilib ketdi.

— Qalaysan, qaysar qiz? — hazil aralash so'radi Sergey Vladimirovich.

— Yaxshiman.

— Asal qiz, sening oting nima?

— Ie, hali bilmaysizmi?

— Yo'q.

— Viktoriya.

— O', g'alaba degin? Demak, hali uzoq yasharkanmiz-da!..

— Sergey Vladimirovich, — sekin o'rnidan turib o'tirdi Vika, — sizda gapim bor edi.

— Xo'p, gapiraver!

— Uzoq gapirish kerak bo'ladi…

— Shunaqami? Unda biror soatlardan keyin oldingga kirarman.

— Kutaman…

***

Vrach kelguncha Vika gapni nimadan boshlash to'g'risida bosh qotirdi. Unaqasiga o'yladi, bunaqasiga o'yladi. Baribir bir fikrda to'xtay olmadi. Soat o'n bir bo'ldi. Vika endi vrachni chaqirganiga o'zi afsuslana boshladi…

¡ o'zini uxlaganga solib olsinmikan? Ertaga baribir oddiy palataga o'tkazishadi. U yoqqa borib o'tirarmidi…

— Viktoriya, uxlayapsanmi? — Sergey Vladimirovich ochiq eshikdan mo'ralab shivirladi.

— Meni Viktoriya deb chaqirmang! — yotgan yerida javob qildi Vika.

— Ie, nima dey bo'lmasa?

— Shunchaki Vika deng, yetadi.

— Bo'pti, Vika. Qani, men manavi lampani yoqay-chi!..

— Yo'q, oy nuri tushib turibdi-ku!..

— Yaxshi… Qani, nima demoqchiyding?

— Avvaliga javob bering. Men haqiqatan "koma”damidim?

Vrach bunday savolni kutmagandi. O'ylanib qoldi. Xo'sh, aytsinmi, aytmasinmi? Balki aytsa, nimanidir eslar?..

— Yaxshi, — dedi nihoyat og'ir xo'rsinib, — shunga o'xshash narsa bo'lgandi. Men o'sha kuni kechasi bilan tepangda o'tirib chiqdim… Bilasanmi… Militsiya ham negadir hayron… Nimanidir eslay olasanmi?

— Yo'q.

— Unda nega tomiringni kesding?

— Bilmayman… Hech narsa esimda yo'q… Qo'rqib ketayapman…

— Bo'pti, bu gaplarni qo'ya turaylik. Xo'sh, nima demoqchiyding menga?

— Ustimdan kulmaysizmi? — jilmaydi Vika.

— So'z beraman, kulmayman.

— Gap shundaki… Mening kasbim psixolog.

— Xo'sh, xo'sh?..

— Ichimda qandaydir noma'lum depressiya sodir bo'layapti. Mana, yuzimga qarang…

Vika kutilmaganda og'ir-og'ir nafas ola boshladi. Ko'ksi ko'tarilib-ko'tarilib ketdi. Buni ko'rgan vrach vahimaga tushib qoldi.

— Hoy, qizcha, o'zingni bos. Bo'lmasa…

— Yaxshi,— Vika yuzlarini kaftlari bilan berkitib oldi. — O'zimga keldim… Bilasizmi, men qanaqadir noma'lum tovushlarni eshitadigan bo'lib qolganman. Hammasi miyamda… Har safar o'sha tovushlar to'satdan paydo bo'ladi-yu, darhol yo'qoladi. Men xuddi kimlarningdir suhbatida ishtirok etayotganday sezaman o'zimni. Ular doim meni muhokama qilishadi, kuzatishadi… Har gal shu narsa sodir bo'lganda qo'llarim bilan mahkam boshimni changallab, ulardan kim ekanliklarini so'rayman. Ular esa, xuddi meni ko'rmaganday teskari o'girilishadi.

— Bilaman, — Vikaning gapini bo'ldi vrach, — men yoningda edim.

— Qanday qilib?

— Sen o'shanda hushingni yo'qotganding. Men tepangda o'tirgandim. Davom et.

— Ular aytishdiki… Men o'zim haqimda hamma narsani bilarmishman. Men qandaydir aniq maqsad uchun tug'ilganmishman. Ammo bu maqsadni o'zim bilmasmishman. Qandaydir aniq bir masala bor emishki, men uni asta-sekinlik bilan hal etishim lozim ekan. Bilasizmi, ularni men nimagadir o'rgatishim zarur emish. Ammo nimaligini aytishmadi. Jonimdan to'yib ketdim. O'zimni o'zim o'ldirishga qaror qildim. Afsuski… Ayting, menga ishonasizmi?

— Nima? — vrach uning hikoyasidan hayratlanganidanmi, biroz xayolga cho'mgan ekan. — Ha, albatta, ishonaman… Lekin men hech qachon bunday narsalar bilan to'qnash kelmagandim. Biroz o'ylab ko'rishim kerak.

— Iltimos, menga Zigmund Freydning "Hushsiz odam psixologiyasi” kitobini topib bersangiz. Balki o'sha yordam berar?..

— Bo'pti, endi dam ol, ertaga kitobni topib kelaman…

***

— Vika, biz ajrashishimiz lozim! — Vika Darkoning kutilmagan gapini eshitib, qotib qoldi.

— Nega?

— Bilasanmi, sen ko'p narsani bilmaysan… Mening o'g'lim kasal. Ertagayoq bu yerlardan jo'nab ketishim zarur.

— Ie, hali o'g'ling bormi?

— Ikki o'g'il. Egizak. Bundan tashqari bir qizim ham bor. Sendan to'rt yosh katta.

— Shunaqa degin?.. Nega boshida aytmading?

— Jur'at etolmadim.

— Qo'rqoqmisan shunchalik?

— Bilmadim.

— Yaxshi… Unda alvido, qo'rqoq!.. Men ham ko'chada qolgan emasman…

Vika tashqariga chiqib ham o'ziga kela olmadi. Alamiga chiday olmaganidan barmoqlarini tishlab-tishlab oldi. Ammo… Hammasi tugadi. Shunchalar tez tugadiki, Darkoning hidini ham dimog'ida tuyib qolishga ulgura olmadi…

***

Sergey topib kelgan kitob haqiqatan Vikaga yordam berdi. U tez orada butkul tuzalib, uyiga ketishga ruxsat oldi. Faqat… ¡lg'iz ketgisi kelmasdi. Sergey Vladimirovichga shu qadar o'rganib qolgandiki…

— Men sizni o'z uyimga taklif etaman,— dedi u chiqib ketayotib. — Faqat yo'q demang. Hoziroq men bilan birga bormasangiz bo'lmaydi…

— Menga qara, — Sergey konyak to'la qadahni qo'liga olib so'radi, — men yo'l-yo'lakay o'ylab keldim… Sen sakkiz marta erkak bo'lib tug'ilgan emishsan. Nega?

— Tushunmadingizmi? — kuldi Vika.

— Yo'q.

— Gapimni bo'lib qo'ymaysizmi?

— Yo'q.

— Unda eshiting, men qiz bo'lib tug'ilgan mahallarda ayol kishi ilohiy talablarni bajara olmasdi. Erkak esa, aksincha. U ilm bilan shug'ullanishi mumkin, sayohat qilishga ham imkoni bor…

— Bo'pti, bularni qo'yib tur. Yaxshisi, menga anavi noma'lum tovushlar haqida gapirib ber.

— "Tez yordam”mi? Uni o'zim chaqirganman.

— Qanday qilib?

— O'sha noma'lum tovushlarni eshitganimda juda qo'rqib ketdim. Ularni do'zax tovushi bo'lsa kerak, deb xayol qildim.

— To'xta, Vika, — uning gapini bo'ldi Sergey. — bir savolimga javob ber. Nega bunchalar go'zalsan?

— Bilmadim. Sizga yoqamanmi?

— Albatta yoqasan… O'sha kecha oy nurida shunchalar go'zal bo'lib ketdingki…

— Meni yoqtirib noto'g'ri qilayapsan? — beixtiyor senlashga o'tdi Vika.

— Senlaganing yanada bizni yaqinlashtiradi, — dedi xursand bo'lib Sergey. — Bundan keyin umuman sizlamagin, xo'pmi?

— Xo'p… Lekin bir narsaga tushunmayapman… Meni yoqtirib xato qilayapsan.

— Nega endi?

— Chunki men jinniman… Xayolim joyida emas…

Sergey javob o'rniga dast o'rnidan turdi-da, Vikani ko'tarib oldi.

— Ayt-chi, — deya ohista shivirladi u qizni qo'lidan qo'ymay, — umringda birovni sevganmisan?

— Qo'y, eslatma, — og'ir uf tortib qo'ydi Vika. — Eslatma!.. Yo'qsa, yana hushimdan ketib qolaman…

— Xo'p, kechir!.. Eng asosiysi, biz bir-birimizni tushundik, shunday emasmi?

Vika kulimsirab Sergeyning ko'm-ko'k ko'zlariga boqdi.

— Sen qahramonsan. Men faxrlanaman sen bilan…

***

Ular tunni birgalikda o'tkazishdi. Bu ikkovlari uchun ham haqiqiy jannatning o'zi edi. Tun bo'yi ko'p narsalar haqida gaplashishdi, ba'zan tortishishdi. Erta tongdagina charchab, uyquga ketishdi…

— Sergey, tur!.. Ko'zlaringni och!..

Sergey qattiq silkinishdan cho'chib o'rnidan turdi.

— Nima bo'ldi?..

— Men ajoyib tush ko'rdim.

— Ie, uxlaganingga bir soat bo'lmay, tush ko'rishgayam ulgurdingmi?

— Nima ekanini so'rasang-chi?

— Xo'sh, nima ekan?

— Tushimda men jannatga tushib qolganmishman. Hammayoq gulzor, sal narida tog'. Tepalikdan ajoyib sharshara pastga qarab oqayotganmish…

— Ha, endi bu shunchaki tush-da! — kuldi Sergey.

— Yo'q, sen davomini eshitib turgin… Keyin… Men gulzor ichida emishman… Bir mahal oldimga sen kelibsan.

— Ie, men ham o'lgan ekanmanmi?

— To'xtab tursang-chi!.. Sen kelibsan-da, qo'limdan ushlab sharshara yoniga olib boribsan. Men bo'lsam, nuqul yig'larmishman.

— Yig'loqisan-da!..

— Ajab bo'pti!..

— Xo'sh, keyin nima qilibmiz?

— Keyinmi?.. Sen menga aytibsanki, agar hikoya yozishni boshlasam, darddan butkul forig' bo'larkanman.

— Shundog'am forig' bo'lding-ku!..

— E, men anavi noma'lum tovushlarni nazarda tutayapman…

Sergey sekin o'rnidan turib Vikani quchdi. Shoshilmasdan malla sochlaridan o'pib, kaftlarini yuziga bosdi.

— Endi nima qilmoqchisan?

— Men… yozishni bilmayman-ku!..

— Qo'lingdan keladi. Bu tush yaxshilik belgisi, ishon!.. Sen urinib ko'r… Axir… Sendan nima ketardi…

— Qo'limdan kelmasa-chi? ¡zuvchi bo'lmasam…

— ¡zuvchi bo'lishing shart emas. Sen qo'lingga qog'oz-qalam olgin-da, xayolingga kelgan narsani yozib ko'r!..

— Uf-f… Yana qiynoq!.. Undan ko'ra o'sha tunda o'lib ketganim yaxshi emasmidi? Mana shunaqa qiynoqlar bo'lmasdi.

— Ha, yoningda men ham bo'lmasdim…

— Yo'q, yo'q, — Vika kutilmaganda Sergeyning bo'ynidan quchoqlab oldi, — o'lishni istamayman! Seni yo'qotishni istamayman!..

— Unda kiyin!

— Nega?

— Seni toqqa olib boraman.

— U yerda nima qilamiz?

— Ajoyib hikoya yozasan… Qo'rquvlardan, vahimalardan xalos bo'lishning birdan-bir yo'li shu…

Vika o'rnidan turib, hash-pash deguncha kiyinib chiqdi. Ikkovlari mashinaga o'tirishdi-da, safarga otlanishdi…

O'sha kuni kechqurunga borib Vikaning xayollari, orzulari qog'ozga tushdi. Avvaliga sarlavha topa olmagandi. Hikoya tugagach, tepasiga chiroyli qilib yozib qo'ydi:

— "Jannat qizi”

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 45 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Шаҳзода Матчонова нега бундай расво тарзда суратга тушди? (фото)
>>> Аваз Охун рафиқаси билан 9 йиллик севгиси ва репертуарсиз қизиқчилар кўпайгани ҳақида(Эксклюзив)
>>> ЗИЁДА ҚОБИЛОВА МАРҲУМ ОТАСИ ҲАҚИДАГИ ЎЙЛАРИ БИЛАН БЎЛИШДИ...
>>> ​Aziz Rametov o`zining rejissyorlik debyutini taqdim etdi
>>> Ҳар ойнинг иккинчи жума кунида тўйларда бепул хизмат қиламан!
>>> Javohir Zokirov konsertda fonogramma orqali qo‘shiq quylagani uchun vijdoni qiynalganini aytdi
>>> "Ичкарида"ги Эйлам — Дамла Жолбай
>>> ​Ситора Алимжонова: “Алишер Узоқов—мен учун йўқ инсон”
>>> Сардор Раҳимхондан қандай "Яхшилик"?
>>> Ozodbek Nazarbekov iyulda Moskvada konsert beradi


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari