Четверг, 15.11.2018, 17:16
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [579]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [485]
Hikoyalar to'plami [398]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [835]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [115]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [24]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [64]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [1183]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [126]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [3]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [0]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [14]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Статистика



Онлайн всего: 101
Гостей: 97
Пользователей: 4
steklodelgsa, KipplerDeta, Masonbisp, Tipplerkic

Yangiliklar Olami


Главная » 2017 » Май » 8 » ​Javohir Zokirov farzandlarining qiziqishlari va Nargiz Zokirovaning O`zbekistonga qaytishi haqida(Eksklyuziv)
19:04
​Javohir Zokirov farzandlarining qiziqishlari va Nargiz Zokirovaning O`zbekistonga qaytishi haqida(Eksklyuziv)
Javohir Zokirovning kinodagi rollarini tomosha qila turib, u haqida biroz qo`rs degan tasavvurga kelish mumkin. To`g`ri, u shartaki, cho`rtkesar, ammo buning ortida to`g`riso`zlik va mehr borligi ham rost. Dilidagi tilida bo`lgan Javohir Zokirov bilan uchrashar ekanmiz, suhbatimiz aktyorning so`nggi ijodiy ishlari borasida kechdi...

— Hozir har qachongidan ham ishingiz ko`pligini bilamiz, oldinda yangi — "Toshkentim — onam” filmining premerasi. Ushbu film suratga olinayotgani haqida eshitdig-u, lekin aniq ma`lumotlarni negadir sir tutdingiz...

— Chunki bir ishni oxiriga etkazmasdan u haqida bong urishni yoqtirmayman. Ayni kunlarda "Toshkentim — onam” filmining premerasiga tayyorgarlikni boshladik. Ana endi, gapirsam yarashadi. Rejissyor sifatida uchinchi filmimni taqdim etish arafasidaman. Biroq "Toshkentim — onam” muallifligimdagi ilk yirik kinoloyiha. Bu kartina mehr-oqibat va muhabbat mavzusida. Bu gapimni o`qiganlarning "Yana o`sha mavzumi?” deya ensasi qotishi mumkin. Lekin dunyoga mashhur rejissyorlar ham bu mavzuga turlicha yondashib, tomoshabinning e`tiborini qozonib kelgan. Men ham bu mo``jizaviy his-tuyg`ularni o`zimdan kelib chiqqan holda ekranga olib chiqishni istadim. Ssenariy muallifi, turmush o`rtog`im — Shahrizod G`ulomova. U bilan birgalikda hayotimiz davomida ko`rgan voqealarni badiiylashtirib film qildik. Uni munosib baholashadi, deb umid qilaman. Endi filmning nomlanishiga kelsak. Turli fe`l-atvordagi qahramonlarning taqdiri aynan poytaxtimiz — Toshkent bilan uzviy bog`liq. Eng qizig`i, tomoshabinlar birinchi marta ekranda hayotdagi Javohirni ko`rishadi. Ya`ni, men faqat rejissyorlik bilan cheklanmadim (kuladi). Shuningdek, filmda mashhur aktyor Farhod Mahmudov bilan ham yaqindan "tanishishlari” mumkin. Ya`ni, Farhod ham filmda o`zini "o`ynadi”.

— Adashmasak, "Mehmonxona” seriali bilan ham bandsiz...

— Muallif Nurilla Abbosxon serialning ikkinchi mavsumida aynan meni tasavvur etgan holda ssenariy yozgan ekan. Qahramonimning xarakteri juda qiziq. Avval salbiy obrazda bo`lib, keyin voqealar rivojida yaxshi tomonga o`zgarib boradi. Serial va undagi rolim haqida faqat shuni aytishim mumkin. Chunki ayrim sabablarga ko`ra, hozircha, tasvirga olish ishlari to`xtatilgan. Ammo umid qilamanki, tez kunda yana davom ettiramiz.


— Bir necha oy oldin Rossiyaning "Pervy kanal” buyurtmasiga binoan suratga olingan "Oltin O`rda” serialida ham suratga tushganingizni eshitdik...

— Ushbu serial haqida shunchaki gapirib o`tish noto`g`ri, nazarimda. Rejissyor, aktyorlar va umuman ijodiy guruhning har bir a`zosi haqiqiy professionallar edi. Ular qatorida men ham bo`lganimdan juda xursandman. Tarixiy-fentezi janrida suratga olingan filmni tomosha qilib, turli davrlarda ro`y bergan voqealarga guvoh bo`lishingiz mumkin.

— Filmda munajjim rolidasiz. Fikringizcha, nega aynan sizni tanlashdi?

— Rosti, o`zim ham bilmayman. Lekin bunga osonlikcha erishganim yo`q. Kinosinovga faqat uchinchi gal borganimdagina rejissyor va prodyuser meni rolga tasdiqlashgan. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, bu loyihada ishtirok etganimdan xursandman.

— Chet elliklar bilan hamkorlik qilganingizda, ularning o`zbek kinosi haqidagi fikri bilan hech qiziqqanmisiz?

— Xorijlik rejissyor va prodyuserlarning aktyorlarimizga bo`lgan qiziqishi juda kuchli. Afsuski, ular bizning aksariyat kartinalarimizga yuqori baho berishmaydi. Lekin menimcha, rivojlanish bor. Vaqti-soati etib, o`zbek kinosi ham dunyo miqyosiga chiqishiga ishonaman.

— Aksariyat aktyorlarning orzusi — tarixiy obrazlarni gavdalantirish. Siz "Mirzo Ulug`bek. Osmon toqiga qo`yilgan narvon” filmida Abdullatif rolini ijro etdingiz...

— Hozir savolingizni eshita turib etim jimirlab ketayotganini sezdim. Chunki bu film va rol men uchun juda qadrli. Rejissyor Bahodir Yo`ldoshev va Gollivud aktyorlari bilan birgalikda maroq bilan ishladik. Film haqida hamma gapirib, ketma-ket xabarlar chiqdi-yu, lekin negadir yana jim bo`lib qolishdi. Premerani men kabi ishtiyoq bilan kutayotgan inson bo`lmasa kerak. Chunki qahramonimni gavdalantirishda jonimni berib ishladim, yuragimdan o`tkazgan hissiyotlarimni hozir tushuntirib berolmayman. Filmni tomosha qilgach, meni yaxshiroq tushunsangiz kerak. Shuning uchun keling, bu kino haqida premeradan so`ng gaplashamiz...


— Ijodiy faoliyatingizni xonandalikdan boshlab, bugun bu yo`nalishda kamnamosiz...

— Faol xonanda bo`lish uchun moliyaviy tomondan juda baquvvat inson bo`lishingiz kerak. Mening ijodga bo`lgan qarashim hozirgi ba`zi xonandalarnikidan farq qiladi. Bugun tinglovchilarga yoqsa-yoqmasa, "Reytingni ushlab turish kerak. To`ylarim kamayib ketmasin”, deb kuylashyapti. Men bunday qilolmayman. Qo`shiq yurakdan chiqishi shart.

— Ilk qo`shiqlaringizni "Bolalar” guruhida kuylagansiz. Hech kimga sir emas, guruh asoschisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ruslan Sharipov. Bugun Ruslan aka bilan munosabatlaringiz qanday?

— Rostini aytishim kerak, Ruslan bilan ko`rishmaganimizga ancha bo`ldi. O`tgan yili internetda uning suratlarini ko`rib, ko`nglim og`ridi. Kuchli iqtidor egasi shunday ayanchli ahvolga tushib qolganidan juda xafa bo`ldim. Bilasizmi, mashhurlikni ko`tarib yurish oson ish emas. Hammaning tiliga tushgan paytda tarqalgan gap-so`zlarni engib o`tish uchun irodasi bo`shlik qildi, deb o`ylayman. Lekin bu vaziyatda uning oilasi va eng asosiysi turmush o`rtog`i dastak bo`lishi shart. Aynan ular, begonalar tosh otganda yoki mish-mish tarqatganda, Ruslanning yonida turib, unga dalda bo`lganda, qo`llab-quvvatlashganda hozirgi holat yuzaga kelmasmidi, balki... Axir har bir buyuk erkak ortida, buyuk ayol turadi, degan gap bekorga aytilmagan-ku?!

— Nega bugun uzoqlashib ketdingiz?

— Sababi oddiy. Hamma o`z tashvishidan ortmay qoldi. Hatto ba`zida yaqinlarim bilan ham ko`rishishga imkon bo`lmaydi. Shuning uchun mendan xafa bo`lish o`rinsiz, deb o`ylayman.

— O`zbek xonandalarining ijodini kuzatib turasizmi?

— Ulug`bek va Jahongir Otajonovlarning qo`shiqlari yoqadi. Jahongir konsertiga taklif etgan edi, ishlar bilan bo`lib, borolmadim. Uning jonli ijroda kuylashini hurmat qilaman.

— Yana kimlarning konsertida mehmon bo`lgansiz?

— 2001 yil "Istiqlol” san`at saroyi­da yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. Fonogrammada kuylagandim, o`shanda. Konsert yakuniga etguncha, o`zim ham tamom bo`lay degandim. Sahnaga chiqib yolg`ondan, o`zimni xuddi qo`shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman. Mayli, mini-diskni qo`yib, kuylashsin, kimdir buni o`ziga ep ko`rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5-6 barobarga arzonlashtirishsin. Axir, fono­gramma tomoshasi uchun yuz ming so`mlab pul to`lash noto`g`ri-ku? Bunday xonandalarga faqat insof so`rayman...

— Qarindoshingiz Nargiz Zokirova bugun Rossiya estradasining ko`zga ko`ringan ijodkorlaridan. Lekin intervyu berishni yoqtirmaydi...

— Nargiz bugun faqat men bilan gaplashib turibdi. Ishi ko`p, gastrol safarlari kundan-kunga ko`payib bormoqda. O`zbekistonga nega kelmayotgani sababi haqida esa o`zi gapirgani ma`qul, bu haqda men gapirishim noo`rin. Biroq shu kunlarda uni O`zbekistonga qaytarish haqida o`ylab yuribman. Uning konsert dasturidan yurtdoshlarimiz ham bahramand bo`lishlarini istayman. Urinishlarim besamar ketmasa, albatta, u bilan ko`rishasiz...

— Javohir aka, jahlingiz tez ekanini bilamiz. Bunday paytlarda sizni kim hovuringizdan tushira oladi?

— Faqat turmush o`rtog`im va farzandlarim.


— Farzandlaringiz ham ulg`ayib qolishdi, ularning qiziqishlari haqida gapirib bersangiz.

— Kenjatoyimiz Said Karim haqiqiy san`atkor. Rafiqam ikkimiz uning harakatlarini ko`rib, hozirdan kelajakda qaysi kasbni egallashini bilib turamiz. Aslida men uning opera xonandasi bo`lishini istayman. Uning yo`g`on ovozini eshitsangiz, o`zingiz ham bunga amin bo`lasiz. Yaqinda qizimga kinoda rol ijro etasanmi, desam, rad etdi. Negadir, bolalarim tengqurlari singari ekranga chiqishga qiziqishmaydi, boshqalarning ko`zidan yiroq bo`lishni istashadi.

— O`g`lingizning qaysi jihatlari sizni hayron qoldiradi?

— U juda erka. O`zini erkin tutishga o`rgangan. Atrofimizdagilarning aytishicha, uni juda taltaytirib yuborganmiz. Balki shundaydir, bilmadim... Hali kichkina deb uncha qattiqqo`llik qilmasdim. Biroq endi sekin-sekin chegaralar qo`yilyapti. Chunki kelajakda aynan shu erkaligi uchun hayotda qiynalib qolishini istamayman.

— 45 yoshdasiz. Bugun hayotiy qarashlaringiz o`zgardimi?

— Ko`p narsalar o`zgarganini sezyapman. Masalan, bu dunyoda oila va farzandlardan muhim hech narsa yo`qligini tushunib etdim. Ish, san`at, boylik, mashhur inson bo`lish hammasi ahamiyatsiz, aslida. Inson faqat yaqinlarining yonida, ularning qalbida bo`lishi kerak. Qolganlari ikkinchi darajali. Bilasizmi, bolaligimda ota-onam ko`p ishlashardi. Shuning uchun ko`p vaqtim buvimning uyi­da yoki ular bilan birgalikda gastrol safarlari, tasvirga olish maydonchalarida o`tgan. Bugun men bunday qilmayapman. Bo`sh vaqt topdim deguncha oilamga, bolalarimga e`tibor berib, birgalikda vaqt o`tkazamiz va doim shunday bo`ladi. Hayotim davomida qo`limdan kelgancha ularga yordam berishni niyat qilaman.

— Suhbat so`nggida ijodiy rejalaringiz bilan bo`lishsangiz.

— "Toshkentim — onam” premerasidan so`ng yana yangi film ustida ish boshlayman. Niyatim, uni butun MDH davlatlarida namoyish etish...

— Ishlaringizda omad!

— Rahmat!

Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 348 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #Yangilik, #ahborot, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> ​Qilichbek Madaliev farzandli bo`ldi
>>> ВИА «Мароканд» ​гуруҳининг аъзоси фарзандли бўлди
>>> Райҳон ҳаётини муҳокама қилаётган ғийбатчиларга мурожаат қилди(Аудио)
>>> Отабек ва Муқаддас барчани ҳайрон қолдирмоқда! Наҳотки, улар...
>>> “Jahongir Otajonov” deb nomlangan futbolkalar sotuvga chiqariladi(Foto)
>>> ​ЮЛДУЗ РАЖАБОВА INSTAGRAM`ДА ҚЎПОЛ ИЗОҲ ҚОЛДИРАДИГАН ЙИГИТЛАРДАН НОЛИДИ
>>> Озода Саидзода ҳовлиси бузилишидан хавотир билдирди.
>>> Озодбек Назарбеков 2017 йилда концерт бермаслиги сабабларига ойдинлик киритилди
>>> Hosila Rahimova Shahzoda, Rayhon yoki Lola bilan duet kuylashi mumkinmi?
>>> ​Райҳоннинг қўшиғи беруҳсат куйланди. У қандай чора кўрди?


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Май 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari