Вторник, 19.02.2019, 05:12
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [704]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [544]
Hikoyalar to'plami [456]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [906]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [141]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [88]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [1946]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [221]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [25]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [44]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [13]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
Статистика



Онлайн всего: 41
Гостей: 37
Пользователей: 4
lapedrak, papedrak, japedrak, wapedrak

Yangiliklar Olami


Главная » 2019 » Январь » 31 » Katta pul keltirgan oddiy g'oyalar
07:33
Katta pul keltirgan oddiy g'oyalar
Har yili sayyoramiz bo'yicha milliarderlar soni ko'payib bormoqda. Quyida ba'zi oddiy insonlarning qay tariqa boyib ketishgani haqida hikoya qilamiz.

Parvarish talab
qilmaydigan
«jonivorlar»
Ko'pincha ajoyib g'oyalar hordiq paytida kelishi hech kimga sir bo'lmasa kerak. AQShning Kaliforniya shtati Los-Gatos shahrida istiqomat qiluvchi 39 yoshli Geri Dal bilan ham shundy bo'ldi. Uning do'stlari uy hayvonlari haqida suhbatlashishar ekan, jonivorlarga qarash uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflashlaridan shikoyat qilishdi.

Bu voqea o'tgan asrning 70-yillarida: klyosh jinsilar, tungi diskotekalar, Vyetnamdagi urush, Amerika iqtisodidagi nisbatan pasayish davrida sodir bo'lgan. Ana shunday paytda Dal odamlar uchun yangi ermak topishga va shu bahonada biroz pul ishlab olishga ahd qildi. U bozorga «Pet Rock», ya'ni «tosh uy hayvoni» deb nomlangan tovar taqdim etdi. Aslida esa Dal Meksika plyajlaridan biridan keltirilgan toshlarni sotuvga chiqargandi.

O'zi reklama agenti bo'lib ishlagani bois Geri har qanday g'oyani oliy darajada taqdim etishni bilardi. Shuning uchun u tosh hayvonlarga qanday qarash kerakligi haqida 30 sahifadan iborat qo'llanma yozdi va o'zining «jonivorlari»ni ideal uy hayvonlari deb atadi. Chindan ham, tosh hayvonlar egasidan ortiqcha e'tibor va parvarish talab qilmas, ularni ovqatlantirish, sayrga olib chiqish yoki davolash kerak emasdi. Qo'llanmada ularni qanday parvarishlash va hatto o'rgatish bo'yicha ham tavsiyalar berilgandi. Xususan, tosh jonivorlar «o'tir», «yot», «jim» va «bos» kabi so'zlarni tushunishi yozilgandi. Ayniqsa, tosh hayvon egasi «bos» so'zidan foydalangan holda o'zini bezorilardan himoya qilishi mumkin edi. Buning uchun qo'llanmada qo'lni cho'ntakka solish va tosh jonivorni olib, unga «Bos!» deya buyruq berib, zo'ravonning boshiga urish kerakligi bitilgandi. Bundan tashqari, uddaburon ixtirochi o'z tosh hayvonlari uchun kartondan yasalgan uychalar ham o'ylab topdi.

Ajablanarlisi, ushbu xatarli ishga pul tikish istagidagi sarmoyadorlar ham darrovda topila qoldi va 1975 yilgi Yangi yil bayramiga kelib tosh hayvonlar savdosi rosa avjiga chiqdi. Bunday o'ziga xos sovg'ani 3, 95 dollarga xarid qilish mumkin edi. Bir necha oy ichida Dal hamkorlari bilan birgalikda bunday o'yinchoqlardan bir yarim million donadan ortig'ini sotishga erishdi va oradan ko'p o'tmay millionerga aylandi. Aytgancha, oradan ikki yil o'tib, ushbu g'oya eskirdi va tosh hayvonlar savdosi susaya boshladi. Dal esa yiqqan pullariga unchalik katta bo'lmagan qahvaxona sotib olib, yana avvalgi ishiga — reklama agentligiga qaytdi.

Qalovini topsang qor ham yonadi

1995 yili Rik Shvars keyinchalik ommalashib ketishi taxmin qilingan bir necha domen nomlarni ro'yxatdan o'tkazdi. Rik mazkur resurslarga reklama joylashtirar va bu ish unga ma'lum miqdorda foyda keltirardi.

Ammo keyinroq reklama joylashtirishdan ham ko'ra domen nomlarni sotish foydaliroq ekani ma'lum bo'ldi. 1995 yili Shvars 20 ta domenining har birini 500 ming dollardan sotishga erishdi. Ayniqsa, «Men. com» (1, 3 million dollar) hamda 1997 yilning boshida taxminan 10 ming dollar evaziga xarid qilingan «Candy. com» (uch million dollar) ning sotilishi unga juda katta mablag' keltirdi. Shuningdek, yana bir domen — 100 dollarga olingan «iReport. com» ham uddaburon Shvars tomonidan CNNga 750 ming dollarga pullandi.

Tirik
reklama?!

Amerikalik Jeyson Sedler o'zi bilan birga olib yuradigan reklama tufayli boyib ketgan. Qanday qilib deysizmi? 2009 yili Sedler «iwearyourshirt. com» deb nomlangan sayt yaratdi. Ushbu saytning nomini o'zbek tiliga tarjima qilsangiz «Men sening futbolkangni kiyib yuraman», degan ma'noni bildiradi. Jeyson kompaniyalarga ushbu libosda ularning logotipi, belgilari va boshqalarni reklama qilishni taklif qildi.

Jeysonning reklama «maydoni» antiqa shartlarda sotilardi va xizmat narxi ham kundan-kunga ortib borardi: birinchi kunlari Sedler reklama libosida bir dollar evaziga yurishga rozi bo'lsa, ikkinchi kun ikki dollar, uchinchi kun uch va shu tariqa narxlar to 365 dollargacha o'sib borardi. Ya'ni yil bo'yi — 1 yanvardan 31 dekabrgacha.

Ushbu reklama turiga talabgorlar rosa ko'p bo'ldi: kompaniyalar g'oya muallifiga reklama bitilgan o'z futbolkalarini taqdim etishdi. Natijada Sedler bir yil ichida salkam 80 ming dollar ishladi. Reklamali futbolkalar shunchalik foydali ish ekanini anglagan Jeyson keyinroq o'ziga yordamchilar oldi va turgan gapki, kelgusi yilning birinchi kunini ikki dollardan boshladi. Oradan yana bir yil o'tgach esa bu raqam besh dollarga o'zgardi. Shu tariqa 2010 yilda Sedler ixtiyorida bo'lgan reklama «maydoni» (uning yordamchilarini ham hisobga olganda) yarim yilga avvaldan sotib bo'lingan edi. Xullas, 2011 yilning 31 dekabr kuni Sedler 1825 dollar evaziga reklamali futbolka kiydi. 2013 yilga kelib Sedlerning foydasi yuz ming dollarlab hisoblandi, uning sayti esa shunchalik ommalashdiki, omadli ishbilarmon internet-resursiga ham reklama joylashtirib yaxshigina daromad ola boshladi.

Omadi kelgan ko'cha artisti

Sirk artisti Gi Laliberte Kanada ko'chalarida tomosha ko'rsatib kun ko'rardi. U og'zidan olov chiqarar, akkordeon chalar, yog'ochoyoqda yurardi. Kunlarning birida Gi o'z do'stlari — ko'cha artistlarini yig'di va mahalliy hukumat tomonidan berilgan grant evaziga o'zida turli sirk janrlari hamda usullarini jamlagan «Cirque du Soleil»ga asos soldi hamda keyinchalik dunyoning eng omadli va ommaviy sirk guruhiga aylandi.

«Cirque du Soleil» tomoshalariga 90 milliondan ortiq insonlar tashrif buyurgan. Shoudan tushgan yillik daromad esa 800 million dollardan ko'proqni tashkil etadi. Ayni paytda Lalibertening 1, 8 milliard dollardan ziyod puli bor.

2009 yili Gi Laliberte yettinchi fazo sayyohi sifatida xalqaro kosmik stansiyasida bo'lib qaytdi.

Foyda keltiruvchi
talabalar

63 yoshli kanadalik milliarder Devid Cheriton 1981 yildan boshlab Stenford universitetida informatikadan saboq beradi. Devidning umumiy boyligi 3, 3 milliard dollardan oshiqroq.

Devid bunchalik katta pulni o'ziga xos tarzda ishlab topgan. Ya'ni professor butun umri davomida universitet talabalari biznes-rejalari va g'oyalariga sarmoya tikib, ularning ko'tarilib olishiga ko'maklashgan. Keyin esa o'zining aksiyadagi ulushini katta pulga sotgan. Shunday sarmoyalardan biri, ayniqsa, juda omadli chiqqan. Larri Peyj va Sergey Brin «Google»ga asos solish g'oyasi bilan chiqishganda Devid Cheriton ularga 100 ming dollar bergan. Birgina ushbu sarmoya keyinchalik professorga milliard dollar foyda keltirgan.

Ma'lumot o'rnida: Devid Cheriton g'oyasini qo'llab-quvvatlab investitsiya kiritgan «Google» kompaniyasi asoschilari Sergey Brin hamda Larri Peyjning boyligi 40, 6 milliard dollar bo'lib, bu ularning har birida 20, 3 milliard dollar pul borligini bildiradi. Bu ikki milliarder hozir 40 yoshda. Ular 2018 yilgi «Forbes» jurnali tuzgan eng boy amerikaliklar ro'yxatida 13-o'rinda tushiradi.

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Fikr va Mulohaza qiling | Просмотров: 24 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: #ahborot, #news, #habarlar, #Yangiliklar, #Yangilik, #newsuz, #xabarlar, #новости, #uznews | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Севара Назархоннинг мухлислари учун бир қатор кутилмаган янгиликлар (видео)
>>> Озода Саидзода ҳовлиси бузилишидан хавотир билдирди.
>>> Ўзбек хонандалари нимадан ҳавотирда?
>>> Рашид Холиқов ўғли ва келинининг Love Story’си тарқалди. Уни кўриб ҳамма “шок”да!
>>> САРДОР РАҲИМХОНГА ТОЖИКИСТОНЛИК МУХЛИСЛАРИ ОТ СОВҒА ҚИЛДИ (фото ва видео)
>>> ​НАСИБА ҚАМБАРОВА: "КЕЛИНИМГА ҲАВАСИМ КЕЛАДИ!"
>>> Абдулла Қурбонов: "Автоҳалокат атай уюштирилганди..."
>>> Шаҳзода Қосим султон Муроднинг ғазаби қурбони бўлади
>>> Сардор Раҳимхоннинг саволига қандай жавоб берасиз?
>>> Узоқ кутилган ҳолат...


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari