Четверг, 15.04.2021, 08:39
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [2632]
MP3 Musiqalar Yuklash [2]
Fikr va Mulohaza qiling [1700]
Hikoyalar to'plami [1402]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [113]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1604]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [18]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [168]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [48]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [575]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [8062]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [859]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [28]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [25]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [49]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [56]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР [30]
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР [477]
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР [57]
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР / СЕРИАЛЛАР
KATTALAR UCHUN HIKOYALAR (+18) / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР +18 [38]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Статистика



Онлайн всего: 121
Гостей: 120
Пользователей: 1
amberav69

Yangiliklar Olami


Главная » 2017 » Март » 7 » ​“Ko`k kit” o`yini qachon boshlangan? O`zbekistonlik o`smirlar undan qanday himoya qilinyapti?
19:29
​“Ko`k kit” o`yini qachon boshlangan? O`zbekistonlik o`smirlar undan qanday himoya qilinyapti?
Hamma vahimada... Bunga sabab "ko`k kit”, "tinch uy" kabi ”o`lim guruhlari”dir... Xalqaro maydondagi yangiliklarni kuzatib borayotgan kishi borki, har ikki xabarning birida MDHning qator mamlakatlari, xususan, Ukraina, Qozog`iston, Rossiya va Qirg`izistonda o`smirlar o`rtasida o`z joniga qasd qilish hollari ko`payib borayotganligi va shu kecha-kunduzda uning qamrovi kengayib borayotganligi haqidagi ma`lumotlarga to`qnash kelishi shubhasiz. Agar internetdagi qidiruv tizimiga "Siniy kit” ("Ko`k kit”), "Tixiy dom” ("Tinch uy”) deya buyruq bersangiz, bunga o`zingiz ham guvoh bo`lasiz. Eng achinarlisi bot-bot yozilayotgan xabarlarning barchasi xavfli o`yin o`smir bolalarni xudkushlikka undayotgani haqidaligidir. Boz ustiga bu kabi guruhlar yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek ketma-ket potirlab chiqayotgani kishi ko`ngliga g`ulg`ula soladi. Xo`sh, aslida u qanday o`yin va nima uchun aynan o`smirlarga tuzoq tashlamoqda? O`smirlar-chi, ular nega bu guruhlarga a`zo bo`lib qolyapti?

Qarmog`i qaerda?

Sizu bizni tashvishga solayotgan bu "o`lim guruhlari” asosan ijtimoiy tarmoqlarning turli segmentlarida o`z gu­ruh­larini turli nomlar va "xeshteg”lar ostida tashkil etgan holda o`smir yoshlarni bandi qiladi. Bu kabi guruhlarning nomlari asosan o`smirlarni tushkunlikdan xalos etish, ularga ko`mak berish, muammolariga echim topa olish imkoniyatlariga qaratilgan bo`lib, shu jihat bilan jalb etadi. O`smir yoshdagi bolalarda esa bunday holatlar tez-tez kuzatilishi sir emas. Shu bois o`smirlar "o`lim gu­ruh­lari”ning nomiga qiziqib o`yin "sslka”siga kiradi va unga a`zo bo`lib qoladi. "O`lim guruhlari” boshqaruvchilariga esa bu juda qo`l keladi.

Guruhlar qanday nomlanadi?

Yuqorida ta`kidlaganimiz kabi "o`lim guruhlari”ning nomini sanab adog`iga etib bo`lmaydi, ammo fojiaga chorlovchi original guruh allaqachon yopilgan. Guruh yaratuvchisi esa yaqinda hibsga olingani haqidagi ma`lumotlar ham bor. Uning ismi Filipp Lis. Ammo norasmiy ma`lumotlarga ko`ra unga qo`llanilgan jazo bor-yo`g`i bir yillik ozodlikdan mahrum etish bo`lgan, xolos. Bir qancha o`smirlar umriga zomin bo`lgan bu "ixtirochi”ga qo`llanilgan jazo kishining kulgisini qistadi, shunday emasmi? Aytishlaricha, u ruhiy kasal emish. Ammo bu haqda ham bizda hech qanday rasmiy asos yo`q. Eng achinarlisi, uning "ixtirosi” juda ko`p izdoshlarni paydo qildi va bugungi kunda ular turli nomlar bilan "o`lim guruhlari” sifatida ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatini davom ettiryapti. "O`lim guruhlari”da xavfli o`yinlar "Meni tonggi 4:20 da uyg`ot” buyruqlari bilan boshlanadi. Aksariyat o`smirlar aynan ana shu buyruqlar asosida xavfli guruhning qarmog`iga ilinishadi.

Qachon boshlangan va nega aynan ko`k kit?

"O`lim guruhlari”ning xavfli o`yiniga 2015 yilda o`zini poezd tagiga tashlagan, o`sha paytda 16 yoshda bo`lgan Rina Polenkovaning harakatlari turtki bo`lgan. U o`z joniga qasd qilishdan avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "nya. poka” deya post qoldiradi va shundan so`ng boshini kelayotgan poezd tagiga tutadi. Joniga qasd qilishiga sabab esa yigitining tashlab ketgani bo`lgan. Bu baxtsiz hodisaga TV va taniqli blogerlar e`tibor qaratadi. Bu esa o`smirlar orasida o`z joniga qasd qilish ommalashishiga sabab bo`ladi. Birinchi "ko`k kit” guruhi tashkil etilishi ham aynan ana shu jarayonlarga to`g`ri keladi. Nega bu "o`lim guruhlari” aynan "ko`k kit”ni ramz sifatida tanlashgan? Chunki ko`k kitlar tez-tez depressiya sabab o`zini qirg`oqqa, quruqlikka tashlab joniga qasd qilishadi. Mazkur ilk guruh shu tariqa Rinaning o`limini yoshlar orasidan tatbiq qila boshlaydi. Qurbonlar esa o`tish davridagi o`smir yoshlar hisoblanadi.

O`smirlar nega o`ynaydi?

Bu juda oddiy, o`smirlar o`z yoshida atrofdagilarga o`zining nimalarga qodirligini ko`rsatishga ishtiyoqmand bo`ladi va har qanday o`yinda g`oliblikka intiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi "o`lim guruhlari” o`smirlarning ana shu nozik jihatlariga e`tibor qaratgan holda ulardan foydalanishadi va xavfli o`yin yakunidagi "g`oliblik”ka etaklaydi.

O`yin qoidasi nimalardan iborat?

O`yin shartlari esa 50 qismdan iborat va 50 kun davom etib, oxiri o`yinchining o`z joniga qasd qilish ho­di­sa­­si bilan yakun­lanadi. O`yin qoidasiga ko`ra, ishtirokchi xavfli o`yin shartlarini "o`lim guruhlari”ning "Meni tonggi 4:20 da uyg`ot” buyrug`i asosida ertalab 4:20 da tarmoqqa kirib qabul qilib oladi. Guruh etakchisi, ularning tili bilan aytganda "kurator” esa tuzoqqa ilingan o`smirga samimiy munosabatda bo`lib, uning qiziqishlari, kayfiya­ti va o`zi haqida ko`proq bilishga intiladi. Keyin o`smirni tekshirib ko`rish uchun havola yuboradi va jasurligini sinovdan o`tkazadi. Avvaliga topshiriqlar oddiygina bo`ladi, masalan, guruhning ramzini chizish kabi. Ammo keyinchalik bu shartlar murakkablashib, hatto "lezvie” bilan qo`lni tirnab yozishga ham majbur qiladi. Ishtirokchi vazifalarni bajarganining isboti sifatida berilgan topshiriqning bajarilganini suratga tushirib, guruh "kuratori”ga ko`rsatishi kerak. Ana shu taxlit "o`lim guruhlari”ning "kuratori” tomonidan o`yindagi 50 ta shartni bajarib borishga 50 kun davomida o`smir majbur qilinadi. "O`lim guruhlari” qo`yayotgan o`yin shartlarining eng so`nggi bosqichida o`smirlarning jasurligini ta`na qilaverib, eng yuqori qavatdan o`zini tashlash, tez kelayotgan avtomobilning oldini kesib o`tish kabi topshiriqlarni bajarish asnosida xudkushlikni amalga oshirishga undaydi.

Bajarmasa, nima bo`ladi?

"O`lim guruhlari” "kuratorlari” berilgan topshiriqlarni o`yinga a`zo bo`lgan o`smirning so`nggi bosqichda, ya`ni xavf­li kulminasion nuqtada bajarishdan bosh tortishiga yo`l qo`ymaydi, bo`yin tovlaganlarga tahdid bilan tazyiq o`tkazishadi. Qanday qilib deysizmi? Ular o`smirga havola yuboradi­ va uni ochishni taklif etadi. Bu "o`lim guruhlari”ning yana bir tuzog`i ekanligini qiziqishi ustun kelib havolaga kirgan o`smir bilmaydi. Havolaga kirgani zahoti "o`lim guruhlari” "kuratorlari” maxsus dastur orqali o`smirning IP man­zilini aniqlab, uning uy manzilini bilib olishadi va shu orqali, so`nggi xavfli shartni, ya`ni xudkushlikni bajarishga majburlashadi, aks holda yaqinlarini yo`q qilishi mumkinligi bilan tahdid qilishadi. Hali hech qanday qarorni mustaqil qabul qilish salohiyatiga ega bo`lmagan o`smir esa bu tahdidlardan vahimaga tushadi va 50-kunda 50-shartni bajarishga ko`nadi. Oqibat esa...

Bizning o`smirlar qanday himoya qilinyapti?

Ma`lumotlarga qaraganda, mazkur xavfli o`yin hamdo`stlik mamlakatlari orasida keng tarqalmoqda. 2016 yilda Rossiyada 320 nafar, Qirg`izistonda 95 nafar va Qozog`istonda 90 nafar o`smirlar shu o`yin tufayli o`z joniga qasd qilgan. Xo`sh, bizning o`smirlar-chi, ular bu xavfdan qanday himoya qilinyapti?

Ravshan ERGAShEV, Toshkent shahar Xalq ta`limi Bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

— Hozirgi texnik taraqqiyot zamonida xavf-xatar kutilmagan tuynuklardan kirib kelmoqda. Yoshligida kompyuter o`ynamay, internet nimaligini bilmay katta bo`lgan ota-onalar bugungi kunda internetda qanday xavf-xatar yashiringanligini tasavvur ham qila olmaydi. O`zi kun bo`yi ishda, bolasi esa qo`lida telefon bilan yoki kompyuter yonida yolg`iz qolsa, xohlagan saytiga kirishi, xohlagan guruhiga a`zo bo`lishi mumkin.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali voyaga etmaganlarning ongiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi turli bu kabi "o`yin shaklida”gi ma`naviy tahdidlarning qurbonlari orasida asosan yoshlarning bo`lishi achinarli holat. Mavzuga oid tarqalgan videolavhalarda aks etishicha, "Ko`k kit” deb nomlangan xavf­li o`yinga o`smirlar aynan shu nom ostidagi "xeshteg” orqali qo`shilib qoladi. O`yinning so`nggi topshirig`i esa o`z joniga qasd qilish bo`lishini bila turib, afsuski, uni o`ynayotgan bolalar bor. Chunki bu xavfli o`yin moderatorlari o`z a`zolarini, ya`ni o`smirlarni bu dunyo g`urbat, bunda yashash oson emasligini uqtirgan holda go`zal hayotni va`da qiluvchi ta`kidlar bilan o`ziga og`dirib oladi.

Biz ana shunday xavfning oldini olish maqsadida o`quvchi-yoshlar orasida qaysi internet tarmog`idan foydalanishi, qanday internet o`yinlarni bilishi kabi savollardan iborat so`rovnoma o`tkazdik. Natijalarga ko`ra esa o`smirlarimiz orasida bu o`yin haqida eshitganlar ham borligiga guvoh bo`ldik. Ammo u qanday o`yin, shartlari nimadan iboratligidan bexabar. Shunga qaramay, biz ana shu toifa bolalarga o`zlariga sezdirmagan holda e`tiborni kuchaytirdik. Ota-onalar bilan suhbatlar o`tkazib, ularga bu xavf haqida tushuntirishlar berdik.

O`z farzandini ana shunday xavflardan asrash uchun ota-ona uning smartfon va planshetida qanday o`yinlar o`ynayotganligini, ijtimoiy tarmoqlarda kim bilan muloqot qilayotganligidan xabardor bo`lib turishi o`ta muhim. Eng yaxshisi, bolani imkon qadar ko`proq mashg`ulotlar bilan band qilish kerakki, internet o`yinlarini o`ynashga uning vaqti ham, kuchi ham qolmasin.

Eng yomoni, farzandining ishonchini yo`qotish va undan uzoqlashib ketish. Buning oldini olish uchun ota-ona bolaning hayotida ko`proq ishtirok etishi kerak.

Har qanday o`smir ham tezroq katta bo`lishga oshiqadi. Shunday vaqtda u ijtimoiy tarmoqlarda turli g`alamislarga duch kelishi mumkin. Ota-ona bolaning noqonuniy faoliyat yurituvchi guruhlarga a`zo bo`lganini sezsa, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Shunda u nafaqat o`z farzandining, balki boshqalarning bolasi hayotini ham saqlab qolishi mumkin.

Bu "o`lim guruhlari”ning harakatlari "internet terrorizm” deb ham atalayotganidan xavfning nechog`lik xatarli ekanligini ang­lash mumkin. Shunga qaramay, ushbu sahifada keltirilgan ma`lumotlar asosida har bir ota-ona o`z farzandini xavfdan himoya qilsa, ya`ni o`smirlarning internetdan foydalanishini, mobil vositalarini nazorat qilishni kanda qilmasa, xavfga biroz bo`lsa-da, chap ­berishga erishish mumkin.

Barno Madalieva

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Fikr va Mulohaza qiling | Просмотров: 883 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #Yangilik, #ahborot, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Sevinch Mo`minova Sharof Muqimov bilan oilasi buzilishi sabablarini ma`lum qildi
>>> Klipmeyker Sanjar Matkarimov rafiqasining qo`shig`iga klip suratga oldi
>>> Nilufar Usmonova 1,5 yil oldin bergan va`dasining ustidan chiqdi
>>> ЗАВҚЛАНИБ ИШЛАШНИ ИСТАЙСИЗМИ? 10 ТАВСИЯ БИЛАН ТАНИШИНГ!
>>> Обид Асомов 6 йил аввал тарқалган “калтаклангани” ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди
>>> Gulsanam Mamazoitova: “Yulduz Usmonova bilan hali biron marta ham gaplashmaganman”
>>> Ризаева Ғойиповга турмушга чиқмоқда! Яна бир ижодий оила!
>>> Tohir Sodiqov Biznes-Lady izlamoqda
>>> Jahongir Otajonov muxlislarini aldanib qolmaslikka chaqirdi
>>> ЖАВОҲИР ЗОКИРОВ ТОҲИР СОДИҚОВНИНГ ЯНГИ ҚЎШИҒИГА КЛИП СУРАТГА ОЛДИ




Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
MOST BET
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari