 Koladan tort pishirish mumkinligi haqida tasavvur qilib ko’rganmisiz? Unda yaxshilab o’rnashib oling.
Yumshoq va nam pishiriqlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept!
Masalliqlar: 250 gramm sariyog' 250 gramm un 300 gramm shakar 3 osh qoshiq kakao kukuni 200 millilitr kola 2 ta tuxum 75 millilitr sut 1 choy qoshiq qabartma Qiyomiga: 60 gramm sariyog' 200 gramm shakar upasi 2-3 osh qoshiq kakao kukuni 2 osh qoshiq kola Qadam 1
Gaz pechini 180 C ga yoqib qo'yamiz. Aylanasi 24 sm li qolip olamiz va sariyog' surtamiz. Qadam 2
Un, kakao va qabartma hammasini elab olamiz. Sariyog'ni eritib olamiz, kola, tuxum va sut bilan aralashtirib olamiz. So'ng unli aralashma ustidan solamiz. Aralashtirib, qolipga solamiz. Qadam 3
Gazga qo'yib, 40 daqiqa davomida pishiramiz. Pishgandan so'ng olib, sovutamiz. Qadam 4
Sovigunicha qiyomni tayyorlab olamiz.
Sariyog'ga shakar upasi va kakao qo'shib ko'pirtirib olamiz. Kolani solamiz va yana biroz ko'pirtiramiz. So'ng tortimizni ustiga surtib chiqamiz.
www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:
|