Воскресенье, 16.06.2019, 16:30
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1024]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [730]
Hikoyalar to'plami [622]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [995]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [18]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [151]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [190]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [2848]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [383]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [26]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [24]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [47]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [19]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР [8]
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР [82]
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР [11]
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР / СЕРИАЛЛАР
Статистика



Онлайн всего: 54
Гостей: 54
Пользователей: 0

Yangiliklar Olami


Главная » 2017 » Апрель » 8 » ​Mahmud Nomozov: "Shou-biznes hech hachon san`at bo`lolmaydi!"
07:39
​Mahmud Nomozov: "Shou-biznes hech hachon san`at bo`lolmaydi!"
Bir olam hayajon, orzular bilan poytaxtga intiq shoshgan va yillar tajribasi o`z "so`z”ini aytib, haqiqiy san`atkor, degan e`tirofga sazovor bo`lgan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Mahmud Nomozov "Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida o`zbek estrada san`ati borasidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

— Mahmud aka, aslida oshxonada ham mohir "ijodkor”misiz?

— Aslida oshxonaga osonlikcha kirmaymanku-ya, lekin bir yo`lim tushsa, mendan o`tadigan "ijodkor” topilmaydi (kuladi). Uydagilar qishloqqa ketishganida, oshxonaning "qiroli”ga aylanaman. Eng qizig`i, biryo`la bir nechta egulik tayyorlayman. Buning boisi ovqatning pishish jarayonidagi kutish onlarini bekor o`tkazmaslik.

— Navro`z bayramida Surxon vohasi o`zgacha ko`rinish kasb etsa kerag-a?

— Nimasini aytasiz! Beixtiyor bolalikdagi Navro`z bayramlari yodimga tushaveradi. Bahorning kelishi bilan "Darveshona” o`tkazish odatga aylangan. Ya`ni hosillar mo`l bo`lsin, degan ma`noda hamma dalaga chiqadi va jonliq so`yiladi. Tabiiyki, bu biz bolalar uchun haqiqiy bayram bo`lardi, o`sha kuni maktabga bormasdik-da (kuladi). Oshxonada gazetxonlarimiz uchun bahoriy salat tayyorlayotganimda, beixtiyor bayramdagi shoh taomlarimizdan biri bo`lgan g`ilmindi ko`z oldimda gavdalandi. Sumalakdan tayyorlanadigan bu egulikni juda yaxshi ko`raman. Mazkur taomni hali birorta viloyatda uchratmaganman. Xamirning ichiga sumalak solib, xuddi "chebureki”dek tugib, qovurib olinadi. Juda to`yimli va uzoq vaqt aynimaydigan egulik. Bolaligimdagi va hozir o`tkaziladigan Navro`z bayramlarini solishtirsam, faqat va faqat rivojlanishni ko`raman. Ertalabdan eguliklar, milliy matolarimiz, hunarmandlik ishlari bilan to`lgan rastalar ish boshlaydi. Eng qizig`i, o`sha vaqtlarda poytaxtdan oshpaz olib kelib, kaboblar pishirtirilardi, o`zimizda bunday oshpazlar bo`lmaganda. Bugungi kunda barcha sohada o`zgarishlar katta, poytaxtdan borgan san`atkorlarimiz ishtirokida katta-katta sayllar o`tkaziladi.

— Boshqa viloyatlardan alohida farqli qaysi urf-odati-yu, o`ziga xos taomnomasini e`tirof etolasiz?

— Yo`q, u qadar katta farqni ko`rmayman. Lekin shuni e`tirof etish kerakki, har bir viloyatdagi o`ziga xos urf-odatlar bir-biriga singib bormoqda. Yaxshilik va yangilikka intiladigan xalqmiz-da. Ammo asrlardan asrlarga o`tgan, biroq bugun unutilib borayotgan urf-odatlarimizning saqlanib qolishi tarafdoriman.

— "San`atda erisholmagan narsalarim uchun og`rinmaganman. Hamma narsaning vaqti-soati bor”, degandingiz. Vaqti-soati kelib, nimalar o`zgardi?

— Har birimiz o`zimizda shukronalik hissi va nafsni jilovlay olishni shakllantirishimiz shart! Bu yillar davomida amin bo`lgan xulosalarim. Masalan, 25 yoshida mashhurlikning cho`qqisiga chiqqan, biroq hozir unutilgan xonandalarga nazar solsak, "O`z vaqtida talabgir xonanda bo`lganman”, deb o`zini eslatib turishni kanda qilmasliklariga guvoh bo`lamiz. Shu ma`noda birni ko`rib fikr, birni ko`rib shukr qilishimiz kerak. Mashhurlik, mablag` hayotda hech qanday rol o`ynamaydi, muhimi, insoniylik! Omad pillapoyalaridan shaxtam ko`tarilayotgan yosh ijodkorlarimizni ko`rsam, faxrga to`laman, aslo hasad "ko`cha”siga kirmayman. Chunki o`z vaqtida bu "kasallik”ka qarshi "emlanganman”. Biroq ming afsuski, ko`pchilik hamkasblarimiz yuqoridagi fikrlarni to`tiqushdek qaytarishdan charchashmaydi, lekin amal qilishga kelganda... 
— Davr tushunchasini hech kim chetlab o`tmaydi. Hech davringiz o`tishi haqida o`ylaganmisiz?

— Bilasizmi, har bir davrning o`z jozibasi, go`zalligi, gashti bor. Masalan, "yulduz” deb e`tirof etilayotganlarning konsertiga yuz minglab muxlis tushishi, menikiga esa ikki minggina tomoshabin kelishi mumkin. Bundan sira afsuslanmayman, chunki o`z vaqtida men ham konsert zallar, stadionlarni o`shalardan ziyoda to`ldirganman. Vaziyatni boricha qabul qilishni o`rganish kerak. Har doim "Otdan sira tushmayman”, deb yurish noto`g`ri! To`g`ri, ma`lum darajaga chiqish uchun qilgan mehnatlarimiz, ko`rgan qiyinchiliklarimiz o`zimizgagina ayon. Lekin har birimiz insonmiz va shunday yashab o`tishimiz kerak. Ozmi-ko`pmi muxlislarim bor va buning uchun shukr qilaman.

— Institutda to`rt yil chang musiqa asbobi bo`yicha o`qigansiz. Nega kliplaringiz yo konsertingizda bu qirrangizni xalqqa namoyish etmaysiz?

— Ijodda qilgan yangiliklarim etarlicha. Nazarimda, aynan o`zim chang chalib chiqishim uchun etarlicha zaruriyat sezmayapman. O`z vaqtida talaba yigit uchun eng qimmat chang asbobini sotib olib, keragicha chalganman. Bugungi kunda qadrdon musiqa asbobimni "Maqomchilar ansambli"ga sovg`a qilganman.

— "Ko`za”dan keyin "xit” qo`shiq eshitmadik. Yo galdagi tavakkal ish bermasachi, deb o`ylanyapsizmi?

— "Ko`za” qo`shig`i klipiga juda katta mablag` sarflaganman. Televidenieda namoyish qilish uchun ham yaxshigina pul ketgan. Ijodim mobaynida birorta qo`shiqqa bu qadar ko`p mablag` ishlatgan emasman. Eksperiment qilishni yaxshi ko`radigan ijodkor bo`lganim uchun bu ishga qo`l urgandim. Shu qo`shiqdan so`ng chiqqan uchta albomimdagi birorta qo`shiqning darajasi "Ko`za”dan past emas. Faqat ularning har birini yana shuncha mablag` evaziga "promo” qilgim kelmayapti.

— Fikringizni tushundim, biroq "promo”siz ham "xit” bo`layotgan qo`shiqlar talaygina-ku! Lekin sizning misolingizda bunday deyolmayman, balki yanglishayotgandirman?

— Siz mening muxlisim emassiz-da (kuladi). Yaqinda bir davrada "Toshkanim” qo`shig`ini kuylab bering, raqs tushamiz”, deb qo`yishmadi. Yo`qsa, bu qo`shiq chiqqaniga uch yil bo`lgan. O`rni kelganda aytmoqchiman, Xudoga yoqqan ishim bordirki, taqdir meni poytaxtga olib keldi. Qiyinchilik, armonning achchiq azobi-yu, baxt, muvaffaqiyatning gashtini shu erda totib ko`rdim. Farzandlarim shu erda dunyoga keldi, o`qidi, o`z yo`lini topdi. "Toshkanim” poytaxtning baland binolari-yu, so`lim go`shalari uchun emas, balki yuqoridagilarning bari uchun minnatdorchilik sifatida kuylangan qo`shiq edi.

— O`n ikki yillik o`qituvchilik davringizda uzoqdan mashinangiz ko`rinishi bilan maktab hovlisida bironta o`quvchi qolmagan ekan. Musiqa darslaringiz xuddi matematika darsidek o`tganidan xabarim bor. Shu ma`noda bugungi shou-biznesdagi "o`quvchi”lar ham sizdan xuddi avvalgidek hayiqib turishlariga nima xalal beradi? "Musiqa o`qituvchisi" nazari bilan qarab, kemtiklarni aytib berolasizmi?

— Mashhurlikka erishgan yoshlar – Ulug`bek Rahmatullaev, Jahongir Poziljonov, Sardor Mamadaliev kabi ko`pchilik xonandalar meni ko`rganda, "Ustoz”, deb hurmat qiladi. Kerak vaqtda tajribalarimni bo`lishaman. Lekin suvni ham singiydigan erga sepish kerak. Biroq qaltis xatolarni ko`rsam, chetga tortib, tushuntiraman, o`rni kelsa, "O`zingni biroz bosib ol”, deb tanbeh ham beraman. Shou-biznesdagi yoshlarimiz olqishlardan sarmast bo`lib, "sakrab” yurishibdi, yillar o`tsa, qanday balandlikkacha "sakrash”larini ko`raman. Chet ellarga borib, konsertlar berishsin, turli noqulay vaziyatlarni engib o`tishni uddasidan chiqishsin. Shundagina yillar sinovidan o`tgan haqiqiy san`atkor, deb e`tirof etsak arziydi.

— Shou-biznes qachon san`at darajasiga ko`tariladi?

— Hech qachon! Shou-biznes o`z nomi bilan biznes. O`zini "Zo`r san`atkorman”, deydiganlarning qaysi yo`nalishda ijod qilishiga e`tibor qaratish kerak. Yoshlar nazari bilan qaralsa, tarozi pallasini shou-biznes bosadi albatta. Bu yo`nalishning zararlari etarlicha ekanligini ham unutmaslik lozim. Kerakli tashkilotlar san`atga ham keragicha e`tibor qaratishsagina tarozi pallasi tenglashadi. Televidenieni gohida "Ma`naviyat o`chog`i”, deyishadi. Lekin ularning targ`iboti qaysi tomonga qaratilgan? Bu savolga javob beradigan odamning o`zi yo`q. Lekin baribir haqiqiy san`atga yillar o`z ta`sirini ko`rsatolmaydi.

Sadoqat ALLABERGANOVA suhbatlashdi. Fotomuxbir: Alisher XOLXO`JAEV

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 527 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #Yangilik, #ahborot, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> ​MUXLISA AZIZOVA. KANN FESTIVALIDA QATNAShGAN ILK O`ZBEK REJISYoRI BILAN SUHBAT(EKSKLYuZIV)
>>> Гули АСАЛХЎЖАЕВА: «Бир ёниб-ўчадиган машҳурликдан, ўртамиёналик афзал…»
>>> “O`zbeknavo” Shaxnoza Otaboevaning lisenziyasidan mahrum qildi
>>> ЖАСУР УМИРОВ ОСМОНГА ҚАРАБ КУЙЛАШИ, КЎП МАЪМУР АЛМАШТИРИШИ ВА КУЗДА УЙЛАНАЁТГАНИ ҲАҚИДА(ЭКСКЛЮЗИВ)
>>> ​ШАҲЗОДА МУҲАММЕДОВА "МОДА РОССИИ" ЯРМАРКАСИДА ЛИБОСЛАР ТЎПЛАМИ БИЛАН ИШТИРОК ЭТАДИ
>>> Жасур Умиров севганини романтик учрашувга қаерга таклиф қилишини айтди
>>> ​Sardor Mamadaliev Oxunjon Madalievning qo`shig`i so`zlarini buzib kuylaganlikda ayblandi
>>> Наримон Султонхўжаев нега қўшиқ куйлаш ҳақида ўйлаб қолди?
>>> ​Shohruh reper: “Istalgan janrda kuylay olaman”
>>> Sevinch Mo`minova Sharof Muqimov bilan oilasi buzilishi sabablarini ma`lum qildi


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Апрель 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari