Воскресенье, 24.02.2019, 05:43
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [723]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [549]
Hikoyalar to'plami [464]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [908]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [141]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [91]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [1986]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [225]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [25]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [44]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [13]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
Статистика



Онлайн всего: 44
Гостей: 41
Пользователей: 3
xapedrak, kapedrak, qapedrak

Yangiliklar Olami


Главная » 2019 » Январь » 31 » MERSEDES YoNIDAN TOPILGAN ChAQALOQ… (Voqea real hayotdan olingan)
07:33
MERSEDES YoNIDAN TOPILGAN ChAQALOQ… (Voqea real hayotdan olingan)
Mustaqil hayotga yo'l

Nozima tuni bilan ko'z yummadi. Bolalar uyidan ketayotgani uchun emas, bu maskandan chiqqach, holi ne kechishini o'ylab qayg'urdi.
Go'dakligidan shu yerda o'sdi. Yeb-ichishdan, kiyim-kechakdan kamlik ko'rmadi. Mehribon tarbiyachilar uni oq yuvib, oq tarashdi. Biroq bemehr ota-onasining qiyofasini tasavvur etishga uringan paytlari yuragi alamga to'lardi. U boshqa qizlar kabi o'zga ota-onaga talpinmadi, ularga yolvormadi. Kimlardir uni olib ketishidan umid qilmadi. Qalbidagi alam uni hamma narsadan sovitdi. Hatto o'qishga, hunar o'rganishga ham qiziqmadi. Barchasiga qo'l siltab yashayverdi. Endi-chi?.. Bugun birinchi marta «Endi nima qilaman?» degan savol bilan to'qnashdi. Afsuski, pushaymonlar unga suyanch bo'lolmaydi. Ertadan boshlab hayot qozonida qaynashga mahkum.

«Yaxshiyam bolalar uyi rahbarlari yotoqxonani bizdan darig' tutishmadi, — deb o'yladi Nozima erta tongda o'tkazilgan xayrlashuv kechasidan so'ng vaqtinchalik ajratilgan yotoq tomon g'amgin yurib borarkan. — Aks holda, men kabi arosatda qolganlar yo vokzalda, yo katta yo'l bo'ylarida yotib kun ko'rarmidi… Ishqilib, xor bo'lmay-da!..»

Shu payt yigirma qadamcha narida yigirma yoshlar atrofidagi uzun bo'yli, jingalaksoch bir yigit paydo bo'ldi va u kulimsirab Nozima tomon kela boshladi. Yigitning kulimsirab turganini ko'rgan qizning yuragidagi dardlari biroz arigandek bo'ldi. «Yoqimtoy ekan», — o'yladi o'zicha Nozima.

— Yaxshi qiz, muncha yoqimtoysiz? — hamon kulimsirab Nozimaning yo'lini to'sdi yigit. — Keling, tanishaylik!..

— Tanishib nima qilasiz? — garchi ich-ichidan shuni istab turgan bo'lsa-da, atayin so'radi Nozima. — Men duch kelgan odam bilan tanishib ketavermayman.

— Ismim Tohir. Sizni oz-moz bo'lsa-da, bilaman. Bolalar uyidansiz. Topdimmi? — dedi Tohir hamon kulimsirab.

— Nima qipti? — qovog'ini uydi Nozima.

— Hech narsa… Hozir yotoqxonaga ketayapsiz, — davom etdi yigit. — Balki u yoq-bu yoqqa borib o'tirarmiz? Nima deysiz?

— Vaqtim yo'q.

Yigit tuyqusdan Nozimaning ikki bilagidan tutdi.

— Bilasanmi, — dedi sensirab, — Seni yoqtirib qoldim. Juda jozibali ekansan. Bilib qo'y, agar sevgimni rad etsang, o'zinggayam, mengayam jabr qilasan…

— Iltimos, yo'limni to'smang! — yigitning dadilligidan bo'shashdi Nozima. — Yotoqxonaga kirib, xona olishim kerak hali.

— Men seni bugun kechqurun soat yettida xiyobonda kutaman. Borasanmi?

— Bilmadim…

— Bormasang, o'zingdan ko'r! Yotoqxonangga bostirib kiraman.

Nozima ortiq so'z demay miyig'ida kulib, yo'lida davom etdi.

Maslahat

Yotoqxonadagi sharoit unchalik yaxshi emas ekan. Tayyor vanna, oshxonaga ko'nikib qolgan qizlar tor yo'laklarni, suvoqlari ko'chgan katalakdek oshxonani ko'rgach, xomush tortib qolishdi. Biroq shundan yaxshiroq joy topa olmasliklarini yaxshi bilganlari uchun dardlarini ichga yutishdi. Endi ular shu yerda yashab o'zlariga munosib ish topishlari, o'z hayotlarini o'zlari qurishlari kerak.

— Mayli, — dedi Nozima asabiylashib, xonani gir aylanayotgan dugonasi Gavharni yupatishga urinib. — Bir kunimiz bo'lsa ko'rarmiz. Sening qo'lingda hunaring bor. Qo'li gul sartaroshsan. Men-chi? Qaerga bosh urib boraman. Kim meni ishga oladi?

— Ofitsiantkalik qilasan, — dedi Gavhar malla sochlarini to'g'rilash asnosida. — Hunaring bo'lmagandan keyin, qilasan-da duch kelgan ishni!

Nozima Tohir bilan bo'lib o'tgan suhbatni eslab dugonasini turtdi:

— Gavhar! Maslahating kerak bo'p qoldi.

— Voy, qanaqa maslahat? — hayron bo'lib unga boqdi Gavhar. — Aytaqol! Nima bo'ldi?

— Bilasanmi, meni bir yigit uchrashuvga taklif qildi… Borsammikan, bormasammikan?.. Boshim qotib qoldi.

— Yigit?.. Kim ekan u? Ismi nima?

— Tohir! — deya g'urur bilan javob qildi Nozima. — Baland bo'yli, kelishgan.

— To'xta, sochlari jingalak emasmi?

— Ha. Taniysanmi uni?..

— Tanimay o'libmanmi? — dedi Gavhar lab burib. — O'g'ri-ku uchiga chiqqan!

— Qo'y-e, — kulib yubordi Nozima. — Topgan gapingni qara! O'g'rimish…

— Ishonmasang, boshqa qizlardan so'rab ko'r! Tohir g'irt bezori, uchiga chiqqan cho'ntakkesar. Detdomdagi bolalarning hammasi undan qo'rqardi…

— Shunaqami? — Nozima bo'shashib karavotga o'tirib qoldi. — Mayli… Bu dunyoda zaring bo'lmasayam, zo'ring bo'lsin, degan gap bor… Men uchrashuvga chiqaman!

Uchrashuv

Nozima xiyobonga kirib kelarkan, yuragi bezovta urar, qaltis xatoga yo'l qo'ymayapmanmikan, deb o'ylab ham ko'rmasdi. Faqat mehrga tashna qalbi titrab, uni oldinga yetaklardi.

Tohir qizga bir dasta gul tutqazdi:

— Kelmaysan deb o'ylovdim. Bu gullar senga!

— Voy, mengami?..

Umrida hech qachon birovdan guldasta olib ko'rmagan Nozimaning ko'zlari chaqnab ketdi.

— Albatta, senga. Arziysan.

Nozima gullarni mahkam bag'riga bosib, bosh egdi.

— Xo'sh, nima gapingiz boridi menda? — so'radi muloyimlik bilan.

— Bu yerda aytmayman, — dedi Tohir atrofga alanglab. — Qara, hammayoq odamga to'la. Yaxshisi, yur, menikiga boramiz!

— Siznikiga? Nega?..

— Nima, qo'rqayapsanmi?

— Qo'rquv menga begona, — qat'iylik bilan javob qildi Nozima. — Men faqat Xudodan qo'rqaman.

— Unda ketdik!.. O'sha yerda gaplashamiz!

Visol

— Qani, kiraver! — deya Nozimani yelkasidan tutib ichkariga boshladi Tohir. — Mana shu bir xonali kvartira mening uyim. Faqat… Ichkari yig'ishtirilmagan. Xafa bo'lmaysan.

— Nega stol tuzab qo'ydingiz? — so'radi Nozima o'rtadagi xonataxtaga ishora qilib. — Birovni kutayapsizmi?

Tohir kulib yubordi.

— Jinnivoy, sendan bo'lak kimniyam kutardim? O'tir, tortinma! Hozir… Shampanni ochay!

— Men umrimda ichmaganman. Kerakmas, ochmang, — dedi Nozima.

— Bekorlarni aytibsan! Men so'zimni ikki qilganlarni yomon ko'raman. O'tir!

Qiz noiloj divanning bir chetiga cho'kdi. Tohir esa epchillik bilan shishani ochdi-da, qadahlarni to'ldirib vino quydi va birini Nozimaning qo'liga tutqazdi.

— Ich! — dedi sal dag'allashgan ko'yi. — Qani, ol, agar meni desang, ichasan!

— Demasam-chi? — Nozimaning qaysarligi tutib, qadahni xontaxtaga qo'ydi. — Xo'sh, nega indamaysiz?

— Demay bo'psan! — Tohir uning mayin sochlarini g'ijimlab yuzidan o'pdi. — Men ajdahoman! Komimga tushgan kimsa hech qachon qutula olmaydi.

— Ajdaho?.. Xa-xa-xa!..

Nozima bu hazilomuz gapdan qotib-qotib kuldi.

Tohirga esa bu kulgi ayni muddao bo'ldi. U shampanni ham unutib, Nozimaga intildi.

— Bilasanmi, — deya xirillab qizning yuz-ko'zidan o'pa boshladi u, — Sen faqat meniki bo'lishing kerak. Faqat o'zimniki… O'zimniki…

Yigitning qaynoq tafti, erkalashlari qizning vujudida nozik hislarni qo'zg'atib yubordi…

U o'zini butkul Tohirning ixtiyoriga topshirdi…

 
Yangilik

Oradan uch oy vaqt o'tdi. Nozima hanuz ishsiz edi. Vaqtini Tohir bilan o'tkazar, kechqurun xuftonga yaqin xonasiga kirib kelardi-da, o'zini karavotga tashlab, shirin o'ylar ummoniga g'arq bo'lardi.

Biroq yakshanba kechasi negadir ko'ngli aynib, o'qchiy boshladi. Xonadoshlari Gavhar bilan Nodira avvaliga unga e'tibor berishmadi. Qur-qur o'qchib vannaxonaga chopavergach, o'rtaga olishdi.

— Senga nima bo'ldi? Biror yering og'riyaptimi?

— Yo'q, hech qaerim og'rimayapti, — dedi Nozima bosh chayqab. — Yoqmaydigan ovqat yeb qo'yganga o'xshayman.

— Bekorlarni aytibsan! — gapni ilib ketdi Nodira. — Bo'yingda bor!

Nozima xonadoshiga hayrat aralash boqdi:

— Nima?.. Jinni bo'lganmisan? Bu nima deganing?..

— Nozi, — Gavhar uning yelkasidan tutib, karavotga o'tqazdi. — Ochig'ini ayt, Tohirminan oralaringda biror gap bo'lganmidi?..

Birpaslik sukutdan so'ng Nozima boshini ko'tarib, deraza tomon yuz burdi.

— Ha, bo'lib turgandi.

— Qancha bo'ldi?..

— Esimda yo'q… Ikki oycha bo'lgandir-da!..

— Tushunarli, — dedi Nodira uning tepasiga kelib. — Nozi, tez do'xtirga uchrash! Ro'yxatda turmasang, tug'ruqxonaga qabul qilishmaydi.

— Tug'ruqxonada pishirib qo'yibdimi menga? — uni qayirib tashladi Nozima. — Bola bo'lgan bo'lsa, oldirib tashlayman.

— Ahmoq bo'psan! — qichqirib yubordi qizlar baravariga. — Xudo hammagayam beravermaydi farzandni. Tug'asan!

— Nima? O'ylab gapirayapsizlarmi? Qaysi holimga tug'ishim kerak? Na joyim, na ishim bo'lsa… Yo'q, shu bugunoq do'xtirga uchrashman-da…

— Qaysarlik qilma! — dedi Gavhar. — Biz o'zimiz yordam beramiz. Mana shu yerda boqamiz bolangni!.. Eh, o'zimniyam farzandli bo'lgim keldi, seni ko'rib!..

Nozima indamadi. Baribir homilasini oldirib tashlashni ko'ngliga tugib qo'ydi.

 Pushaymon

Ertasi kuni tongdayoq Nozima oyog'ini qo'lga olib poliklinikaga chopdi. Vrach tekshiruviga kirib borarkan, yuragi potirlar, «Ishqilib, rost bo'lmasin!» degan o'y miyasida g'ujg'on o'ynardi.

O'rta yashar, kulcha yuzli vrach tekshiruvlarni tugatgach, qog'ozga nimalarnidir yozdi-da, Nozimaning qo'liga tutqazdi.

— Homilangiz ikki oylik bo'lib qolibdi, — dedi u Nozimaga sirli boqib. — O'zingizni ehtiyot qiling. Manavi yo'llanma! Albatta, saqlanishga yotishingiz kerak.

— Yo'q, — dedi qat'iylik bilan Nozima, — Men bolani oldirib tashlayman.

— Bu nima deganingiz? — tutaqib ketdi vrach. — O'ylab gapirayapsizmi? Keyingi taqdiringizni o'ylang, singlim! Bir umr bepusht bo'lib qolasiz-ku!

— Mayli, — dedi Nozima nigohini bir nuqtaga tikib, — Peshonamdan ko'rdim!..

— Bo'pti, bo'pti, boring! Hadeb asabimni buzavermasdan, borib damingizni oling!

 Noxush xabar


Nozima kechgacha nima qilishini bilmay xunob bo'ldi. Tohirga aytishga ham qo'rqardi. Ilgari ko'p eshitgan. Erkaklar bunday xabarni eshitgach, darhol to'nlarini teskari kiyib, homilani oldirib tashlashga undasharkan. Yoki sho'rlik ayolni ikki yo'l orasida qoldirib, juftakni rostlasharkan.

«Yaxshisi, oldirib tashlaganim ma'qul, — o'yladi Nozima. — Tohir akamdan ayrilib qolishni istamayman. Qolaversa, ishlamasam, tayinli joyim bo'lmasa, bola bilan qay eshikka bosh suqib kiraman?..»

Shu tobda xonaga Gavhar hovliqqancha kirib kelib, bir muddat ostonada tosh qotib turgach, Nozimaning qarshisida to'xtadi.

— Nozi, bir gap aytsam, xafa bo'lmaysanmi? — so'radi u shivirlab. — To'g'risini ayt, xafa bo'lmaysanmi?

— Voy, nega xafa bo'lay? Nima gap o'zi? Nega ranging oqarib ketdi?..

Gavhar yana bir necha soniya sukut saqlagach, tilga kirdi:

— Sho'ring qurib qoldi, Nozi!

— Nima?.. Kimning sho'ri quriydi? Gapir!

— Tohirni… Xullas, Tohir qamalib ketibdi.

— Qamalib?.. Qachon? Nimaga qamaladi?..

Gavhar jazavaga tusha boshlagan Nozimaning yelkasidan mahkam quchdi va karavotga o'tqazib, tinchlantira boshladi:

— Axir… senga aytgandim-ku, u o'g'ri deb! Quloq solmading. Mana, oqibati… Hozirgina menga Yo'ldosh aka degan tanishim aytib qoldi. Do'konni o'marayotganda qo'lga tushibdi…

— Yolg'on! — beixtiyor qichqirib yubordi Nozima. — Aldayapsan! Meni Tohir akadan sovitish uchun shu gapni topgansan! Yolg'on!..

— O'zingni bos, dugonajon! Senga asabiylashish mumkin emas, tushunayapsanmi? Tinchlan! Ma, suvdan ichib ol!..

Nozima dugonasining qo'lidagi piyolani olib, zarb bilan devorga qarab otdi va yugurib ko'chaga chiqib ketdi.

 Qat'iy qaror

Gavhar haq edi. Tohirning kvartirasi qulflog'liq ekan. Qo'shni kampir uni militsionerlar olib ketganini aytgach, hafsalasi pir bo'lgan Nozima ortga qaytishga majbur bo'ldi.

Xo'sh, endi nima qiladi? Bittagina suyanchig'i ham qamalib ketgan bo'lsa…

O'sha kundan boshlab Tohirdan darak bo'lmadi. Nozima uni topa olmadi. Militsiya bo'limiga bormoqchi bo'ldi-yu, «Sen ham uning hamtovog'imisan», deb surishtirib qolishlaridan qo'rqdi.

U umuman boshi berk ko'chaga kirib qolgandek edi. Qalbi huvillab, miyasida turli-tuman dahshatli xayollar aylanardi…

Nozima hanuz homila masalasida bir qarorga kela olmagandi. Bolasining keyingi taqdiri qanday kechishini tasavvur qila olmasdi. Ustiga-ustak, Tohirdan ayrilishi Nozimani og'ir ahvolga solib qo'ygandi.

Dugonalaridan qarz ko'taraverib, yuzida yuz qolmadi.

Shunday dardlar bilan oy-kuni yaqinlashib, tug'ruqxonaga ham tushdi…

Tug'ruq juda og'ir kechdi. O'zini o'nglaganda qo'shni karavotdagi ayollarning chaqaloq emizishini ko'rib, ko'ngli ezildi..

O'shanda unga aytishmagandi. Ancha qon yo'qotgani bois, hushini yo'qotgan va ular sal o'ziga kelib olishini kutishardi.

Nihoyat, bosh vrach — barvasta, qora sochli ayol palataga kirib, Nozimaning tepasiga keldi.

— Siz qizli bo'ldingiz, singlim! — dedi muloyimlik bilan u. — Tabriklayman!.. Biroq… Surishtirib bilsam, turar joyingizning tayini yo'q ekan. Buning ustiga, bolaga guvohnoma olish lozim. Otasi bo'lmasa, qanday olasiz?..

— Bilmadim, — dedi Nozima ko'zida yosh g'iltillab. — Men hech narsa bilmayman… Meni tinch qo'ying, opa!

— Mayli, tuzalavering!.. Bola xususida bir fikrga kelsangiz, menga bildirib qo'yarsiz…

Vrach endigina ketmoqchi bo'lgandi, Nozima uni to'xtatib qoldi.

— Opa… — dedi hamon yig'lamsirab. — Mening na tayinli ishim, na uyim bor. Iltimos, bolani shu yerda qoldirishga ruxsat beringlar!.. Murg'ak go'dakni ko'tarib, ko'chalarda sarson qilmoqchi emasman.

— Shundaymi?.. — bosh vrach bir muddat o'y surgan bo'lib davom etdi. — Xo'p, unda men zarur hujjatlarni tayyorlab, sizga olib kiraman. Guvohlar ishtirokida imzo chekasiz. Ana undan keyin bemalol kasalxonani tark etaverasiz…

Vrachning bu gapini eshitgan boshqa ayollar Nozimaga o'g'rincha qarab qo'yishdi.

Qarshilik


— Qani, oyijonlar, chaqaloqlaringizni bir emizib beringlar-chi!..

Oradan yarim soatcha vaqt o'tgach, tug'ruqxona hamshirasi qo'llarida ikki chaqaloqni quchoqlab, palataga kirib keldi.

Uni ko'rib, Nozimaning yuragi bezovta ura boshladi.

— Nahotki bu mening bolam?..

Shu savol qalbining allaqaerida jaranglab, dast o'rnidan turdi.

Ha, chaqaloqlarning biri uning farzandi ekan. Jajjigina qizaloqni hamshiraning qo'lidan olib bag'riga bosarkan, vujudini yoqimli titroq egalladi. Nafas olishi tezlashib, onalik hissidan yuragi shirin entikdi va xuddi undan kimdir bolani tortib oladigandek mahkamroq quchoqlab, shosha-pisha ko'krak tutdi.

«Xudoyim-ey, Tohir akamga quyib qo'ygandek, o'xshaydi-ya, — o'ylardi Nozima farzandining yuzlarini mehr bilan silab. — Menga nimalar bo'layapti o'zi? Nahotki shunday shirin mavjudotdan yuz o'girishni xayol qilgan bo'lsam? Men-a?.. Yo'q, bolamni hech kimga bermayman! Ko'chalarda sarson bo'lsam ham, uni birovga bermayman!.. Ismini Nihol qo'yaman. Hamisha yosh niholday gurkirab yursin!..

Hamshira chaqaloqlarni yigirma daqiqadan so'ng olib ketgach, yana palataga bosh vrach qo'lida jild bilan kirib keldi.

— Qani, Nozimaxon, manavi yerga imzo chekib yuboring-chi! — dedi u kulimsirab. — Nega qarab turibsiz? Imzo qo'ymaysizmi?..

— Yo'q, — dedi Nozima, — Bolamni hech kimga bermayman. O'zim bilan olib ketaman.

— Nima?.. Ahmoqlik qilmang!.. Qaerdan oldingiz bu gapni?.. Ozoda opa! Qaerdasiz?..

Bosh vrach yo'lakka chopqillab chiqib, ayyuhannos soldi:

— Ozoda opa! Nega bolani unga berdingiz? Nega? Men sizga nima degandim?..

Shu payt hamshiraning bosh vrachga javoban qichqirig'i quloqqa chalindi:

— Bola onasini emishi shartmi — shart! Men sizning biznesingizni buzib qo'ygan bo'lsam, bo'shatib yubora qoling ishdan, tuzukmi?!..

Ikkilanish

Tug'ruqxonadan chiqqach, bir hafta o'tdi. Nozima Niholga yanada bog'lanib qolgandi. Tunlari goh Gavhar, goh o'zi chaqaloq yig'ladi deguncha dast o'rnidan turib, sut qaynatar, so'ngra to uxlab qolguncha navbatma-navbat allalashardi.

Lekin shunday kunlarning birida Nodira kutilmaganda norozi to'ng'illadi:

— Nozi, xafa bo'lmagin-u, bolang kechalari umuman uyqu bermayapti. Axir o'zing tushunasan, erta tongda ishga borishim kerak! Bir haftadan beri ishdayam mudrab yuradigan bo'p qoldim.

Bu gap Nozimaning yurak-yuragini teshib o'tgandek bo'ldi. Dugonasiga javoban nima deyishni bilmay garangsidi… Bir o'zidan, bir taqdiridan nafratlanib ketdi. Yo'q bo'lib ketgan Tohirni xayolan la'natladi…

— Yo'q, ortiq chiday olmayman, — dedi o'ziga o'zi. — Niholim o'ziga to'q oilada ulg'ayishi kerak. U menga o'xshab xor bo'lib umr kechirmasligi lozim… Mayli… uni sog'inib, bir umr qiynalib, azoblanib yashay… Farzandim o'ynab-kulib yursa bas!.. Balki… Katta bo'lganda tushunar…

Nozima ikkilana-ikkilana bir qarorga kelgandi. Dugonalari ishga ketgach, chaqaloqni yaxshilab yo'rgaklab, ko'chaga yo'l oldi.

Alvido, yolg'izim!

Ana, katta yo'l bo'ylab o'qdek uchib kelgan «Mersedes» qandaydir tashkilot binosi ro'parasiga kelib to'xtadi. Zum o'tmay, eshik ochilib, mashinadan o'rta yashar, bashang kiyingan erkak, ketidan bo'yni, bilaklariga tilla taqinchoqlar osgan, yaltiroq ko'ylakli qirq yoshlardagi kelishgan bir ayol tushdi.

Ular qo'ltiqlashib bino ichkarisiga kirib ketishdi. Nozima tevarakni ko'zdan kechirdi: hech kim ko'rinmaydi. Mashina quloch yetmas chinor ostida turibdi.

«O'sha chinor tagida qoldiraman, — xayolidan o'tkazdi Nozima. — Keyin… Poylab turaman. Bola yig'isini eshitib, olib ketishsa ajabmas… Xudoyim, ishqilib, sharmanda qilmagin! Bolamning baxtini bergin! Men nobakor bandangni o'zing kechirgin!..»

Oradan yarim soatcha vaqt o'tib, erkak va ayol binodan chiqib, mashina tomon yura boshlashdi. Endi fursatni boy bermaslik lozim edi.

Nozima qizchasining ikki yuzidan o'pa-o'pa shundoq mashina yoniga qo'ydi va o'zini chinor panasiga oldi. Qizaloq biroz tamshanib yotdi-yu, erkak va ayol yaqin kelganda, xuddi shuni kutib turgandek chirillab yig'lay boshladi.

— Ie, bola yig'layaptimi, Xolida? — erkak birdan hushyor tortib, atrofga alangladi.

— Ha, Rahim aka, bola! — ayol mashinaning nariga tarafiga o'tdi-yu, asfaltda yotgan qizaloqni ko'rgach, yugurib borib qo'liga oldi. — Qarang, chaqaloq-ku bu! — hayqirdi Xolida opa. — Voy, o'zimning asalim! Kim seni bu yerga tashlab ketdi-a, kim?..

Rahim ham chaqaloqning yuzlarini silarkan, xotiniga ma'noli qarab oldi.

— Xolida, kim ekan-a tashlab ketgan? Qaysi nomussiz ayol bunday qildi ekan?

— E, Xudoning o'zi yetkazdi bu bolani! — erini urishib berdi Xolida opa. — Buni o'zimiz asrab olamiz, dadasi! Qarang, jajjigina ekan! Hali qirqiyam chiqmagandir bu sho'rlikning!

— Nima qilamiz? — so'radi Rahim aka ko'ngli g'ash tortganini yashira olmay. — Halizamon onasi kelib qolsa-yu, bizminan janjallashsa-chi?

— Janjallashadigan bo'lganda, tashlab ketmasdi, — dedi Xolida opa. — Mashina eshigini oching! Qarang, qorni och, shekilli!.. Bo'ling tez!..

Ayol qizaloqni bag'riga bosib, mashinaga o'tirdi. Ularni panadag turib kuzatayotgan Nozima esa adoyi tamom bo'layozgandi. U nimalar qilib qo'yganini endi-endi anglab yetgandi. Farzandidan bir umrga ayrilib qolishi muqarrarligini butun vujudi bilan his etib, o'rnidan qo'zg'algan mashina tomon talpindi. Biroq… Oyoqlari o'ziga bo'ysunmay, taqqa to'xtadi va ho'ngrab yig'lab yubordi.

Qaytish

Nozima bir oy zo'rg'a chidadi. So'nggi kunlarda kechalari to'lg'anib chiqadigan, chaqaloqning chirillab yig'lagan tovushi quloqlari ostida jaranglab, telba qiyofasiga kirib qolayozdi. Oxiri bir qarorga keldi: ha, o'sha xonadonni qidirib boradi. Qanday bo'lmasin, qizalog'ini tortib oladi. Kerak bo'lsa, ularning oyoqlariga bosh uradi, yalinib-yolvoradi.

Shunday xayollar bilan Nozima vannaxonaga kirib, yuz-qo'lini yuvish uchun kranni ochdi. Shu payt yo'lakdan qadam tovushlari eshtildi. Nozima seskanib ortiga o'girildi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, ro'parasida sochlari qirib tashlangan, yuzlari ko'kargan Tohir jilmayib turardi.

Nozima avvaliga ko'zlariga ishonmay, orqaga tislandi va kaftlari bilan yuzini berkitib oldi.

— Qo'rqib ketdingmi? — Tohir sekin unga yaqin kelib, bag'riga bosdi. — Qani, ko'zlarimga boq!

Nozima itoat bilan Tohirga boqdi.

— Nega so'lg'insan? — so'radi Tohir. — Kim xafa qildi seni? Eshitishimcha, bolali bo'libmiz. Qani u?..

Nozima javob o'rniga yuzini teskari burdi. Biroq Tohir uni bir zarb bilan o'ziga qaratdi.

— Bola qani deyapman? Gapir!..

Bu savol Nozimaning yuragiga battar dard soldi. U dod solib yig'lagancha Tohirning ko'ksiga bosh qo'ydi.

— Bolani… Qizingizni…

— Xo'sh, nima bo'ldi?.. O'ldimi? Nima bo'ldi? Gapir dedim, Nozi, gapir!

— Bolani… Birovlar opketib qolishdi.

— Birovlar?.. Kim?.. Nega opketadi? Nega?..

— Tohir aka, siz… Sizni qamaldi deyishgandi-ku!.. Rostmidi?

— Ha, — dedi Tohir ovozini xiyla pasaytirib, — Gumon qilishgandi. Lekin aybimni isbotlay olishmadi. Qo'yib yuborishdi. Sen… Savolimga javob ber, Nozi! Yuragim potirlab ketayapti, tushunsang-chi! Kim opketdi mening bolamni?

— Tanimayman… Biz chaqalog'im ikkalamiz yotoqdagilarning joniga tegdik. Bu yoqda ish topolmasdan qiynalib ketgandim. Axir… bolani qanday boqardim? Nafaqa beradigan joylarga borsam, ish joy talab qilishdi… Xullas, bolani bir boyvachchaning mashinasi oldida qoldirib…

Tohir zarda bilan Nozimani ikki yelkasidan tutib o'ziga qaratdi:

— Ahmoq! Bu nima qilganing? Endi nima bo'ladi?

— Tohir aka, meni qiynayvermang! Bo'larimcha bo'lib yuribman o'zim ham. Undan ko'ra… bolani topaylik. Niholimni qaytarib olaylik!

— Demak, ismini Nihol qo'ygansan? — dedi Tohir hanuz qovoq uyib. — Hech qursa, mashinaning davlat raqamini eslab qolganmiding?

— Ha, esimda… Bir marta ko'rganimdayoq eslab qolganman… Tohir aka, tezroq yuring, o'sha bino yoniga boraylik! Ularni, albatta, uchratamiz!

Farzand g'avg'osi

Alamlar girdobida kuyib kul bo'layozgan ikki yosh to kechga qadar shahar kezib, Niholni olib ketgan Rahim akaning mashinasini qidirishdi. Afsuski, topa olishmadi.

Hafsalalari pir bo'lib ortga — Tohirning kvartirasiga qaytishayotganda nimadir bo'ldi-yu, Nozima beixtiyor ortga o'girildi va baqirib yubordi:

— Tohir aka, ana, mashina o'tib ketdi! Qarang!

— Qani? Qay biri?.. — hovliqib katta ko'cha bo'ylab chopa ketdi Tohir. — Qani mashina?

— Hov anavi «Mersedes»ni ko'rayapsizmi? Qora rangli! Ko'rdingizmi?

— Ha, ko'rdim!

Tohir shunday deb taksi to'xtata boshladi. Yarqiragan «Neksiya» oyoqlari ostiga kelib to'xtagach, surishtirib ham o'tirmay, mashinaga o'tirdi.

— Chiq, Nozi! — qichqirdi Tohir. — Tez bo'l! Aka, huv o'sha «Mersedes»ning ketidan haydang! Faqat tezroq bo'ling!..

Nihoyat, «Mersedes» tor ko'chaga burilib hashamatli hovli ro'parasida to'xtadi.

— To'xtang! — haydovchiga buyurdi Tohir. — Qancha bo'ladi?

Haydovchi yo'l haqini aytdi. U shosha-pisha hisob-kitob qildi-da, mashinadan tushib, Nozimani qo'ltiqlab oldi.

— Bardam bo'l! — tayinladi unga yo'l-yo'lakay. — Sharmandalik qilib turib olasan! Ko'rayapsanmi, boyvachcha ekan!? Shallaqilik qilmasang, bunaqalarga bas kela olmaysan!

 Savdolashuv

Darvozaga yaqin kelishgach, Tohir tugmachani bosdi. Zum o'tmay zulfin sug'urilib, ostonada Rahim akaning o'zi hozir bo'ldi.

— Kelinglar! — dedi u muloyimlik bilan. — Xizmat?

Tohir «Gapir» degandek, Nozimani turtdi.

— Biz… — tutila-tutila gap boshladi Nozima. — Biz qizchamizni olib ketgani kelgandik.

— Nima? Qanaqa qizcha?.. Balki adashib boshqa yoqqa kelib qolgandirsizlar?

— Yo'q, — dedi qat'iy ohangda Tohir. — Bizning chaqalog'imiz sizlarnikida. Buni aniq bilamiz. Iltimos, yaxshilikcha bolani beringlar!..

— Shunaqami? — lab tishlab yer chizib oldi Rahim aka. — Sizlarga bola kerakmi?.. Qanaqa bola? Aniq bilasizlarmi o'zi?..

Shu orada ularning suhbatini eshitdimi, ichkaridan Xolida opa chiqib keldi va Nozimaga yaqinlashdi.

— Ha-a, nima kerak senlarga? — so'radi dag'allik bilan. — Nega mening erimni shantaj qilayapsanlar?

— Hech kim shantaj qilayotgani yo'q, — Nozimaning o'rniga javob qildi Tohir. — Biz o'z farzandimizni qidirib keldik. Uni olib ketishimiz kerak.

— Bizda hech qanaqangi bola yo'q, — dedi Xolida opa yuzini ters burib. — O'zlaring katta ko'chaga irg'itib ketasanlar-da, keyin yugurasanlar.

— Keliningiz ahmoqlik qip qo'yibdi-da! — dedi Tohir sal past kelib. — Kap-katta odam ekansizlar! Tushuninglar axir!..

Rahim aka Endi gapirishga chog'langan xotinini nari esurib, Tohirga yuzlandi:

— Qani, ichkariga kiringlar! — dedi u. — Bunaqangi gaplarni ostonada gaplashmaydilar!..

Hali ostona hatlab ichkariga kirmaslaridan xonalardan birida chaqaloq yig'lay boshladi. Tanish ovozni eshitgan Nozima birdan bezovtalanib, o'sha tarafga yurdi. Lekin Xolida opa yo'l bermadi.

— O'zim xabar olaman, — dedi u Nozimaga yeb qo'ygudek sovuq boqib. — Sizga kim qo'yibdi chopqillashni?

— Qani, singlim, o'tirib olinglar-chi! — kursilar tomon ishora qildi Rahim aka.

Joylashib o'tirishgach, Tohirga so'z qotdi.

— Siz kim bo'lasiz, uka?

— Menmi? — dedi biroz qo'rslik bilan Tohir. — Shu qizchaning otasiman. Nimaydi?..

— Yaxshi-i… — Rahim aka ularga bir-bir ko'z tashlab olgach, davom etdi:

— Demak, chaqaloqni opketgani keldinglar, shundaymi?

— Xuddi shunday.

— Biz uni ko'chadan topib olib, boqayapmiz. Buning ustiga, o'z nomimizga o'tkazib olganmiz. Buyog'i qandoq bo'larkin?..

— Yolg'on gapirmang! — dedi Tohir. — Bizam qonun-qoidalarni sizdan kam bilmaymiz. Yaxshilikcha bermasangiz, o'zingizdan ko'ring! Sizdaqalarni ko'p ko'rganman!

— O', zo'rsan-ku-a? — sovuq kulib qo'ydi Rahim aka. — Mayli, qani, bir chiranib ko'r-chi!..

— Axir… Bola bizniki! — dedi Nozima yig'lamsirab. — Jon amaki, tushungan odamga o'xshaysiz! Bolamni qaytib bering! Xudo xayringizni bersin!

Shu orada Xolida opa Niholni ko'targancha ularning ro'parasiga kelib o'tirdi.

— Berib bo'pman! — dedi u yosh to'la ko'zlarini ro'molchasiga artib. — Men bir umr farzandli bo'lishni orzu qilganman. Mana, Xudoyimning o'zi berib qo'ydi!

— Bolani ber! — Nozima to'satdan o'rnidan turdi-da, Xolida opaning qo'llariga yopishdi. — Niholimni ber!

Yaxshiyamki Tohir uni to'xtatib joyiga o'tqazdi. Aks holda, Nozima bu ayolni yumdalab tashlashdan ham toymaydigan ahvolda edi.

Rahim aka bir nuqtaga tikilib o'ylanib qoldi. So'ng salmoqli ovozda gap boshladi:

— Xo'p, unda menga quloq solinglar! Janjal bilan ish bitmaydi. Bolani sizlar tashlab ketgansizlar, biz bo'lsak, uni topib uyga olib keldik va asrab oldik. Mantiqan olib qaraganda siz ham, biz ham haqmiz. Shunday ekan, uka, men sizlarga bir kelishuvni taklif qilaman.

Rahim aka ildam yurib borib, burchakda turgan temir sandiqni ochdi-da, dasta-dasta pullarning bir qismini olib kelib, stol ustiga tashladi.

— Mana, ikki milyon! — dedi u. — Mana shu pulni ollaring-da, tuyog'ingni shiqillat! Agar shundan keyin ham janjal qilaversalaring, melisa chaqiraman.

— Mening bolam sotilmaydi, — Tohir dast o'rnidan turib, Rahim akaga yaqinlashdi. — Melisadan esa, qo'rqadigan ahmoq yo'q.

— Uf-f… — boshini changallab nari ketdi Rahim aka. — Pul bersam ham, qutulmasam… Nima qilay?..

— Bolani bering, vassalom!.. — dedi Tohir. — Pulingiz o'zingizga buyursin!..

— Olib bo'psan! — bir chetda turib g'udrangan bo'ldi Xolida opa. — Bu mening bolam!

— Menga qara, — tag'in oraga tushdi Rahim aka. — Uy-joying, tayinli ishing bormi senlarning?

Bu savolga Nozima ham, Tohir ham javob bera olmasdi. Ular bosh egish bilan kifoyalandi.

— Ko'rdilaringmi, — dedi Rahim aka jonlanib, — Sizlarda hech vaqo yo'q. Go'dakni xor qilasanlar, xolos. Qo'llaringdan boshqa hech narsa kelmaydi.

— Men o'zimga ish topaman, — deb Rahim akaga iltijoli tikildi Tohir. — Ishlayman, aka… Menga yaxshilab qarang, o'z bolasini birovga berib qo'yadigan erkakka o'xshaymanmi men?!

— Hm, shunaqa deng, — dedi Rahim aka o'ychanlik bilan. — Ishlaysizmi?

— Ishlayman, aka, bolam bilan xotinimni ta'minlayman.

— Yaxshi, unda gap bunday, — Rahim aka Tohirga sinchkovlik bilan biroz tikilib turgach, gapini davom ettirdi: — Ikkalang ham biz bilan birga yashaysan. Mana — uy, mana — joy. Ish ham topiladi. Ammo Niholni tortib olmaysan. Ishon, bir umr senlarni boqishgayam roziman. Faqat xotinim sho'rlikni qon yig'latmalaring! O'tinaman senlardan! Bu sho'rlik onalik hissini tuyguncha adoyi tamom bo'layozgan. Agar so'zim ma'qul bo'lsa, ikkovlaring bittadan tilxat yozasizlar. Ana undan keyin bir oila bo'lib yashayveramiz. Bilib qo'y, hammayam menga o'xshab muruvvat ko'rsatavermaydi. Xudo ko'rsatmasin, mening o'rnimda bironta battol bo'lganda, senlarni quvib solgan bo'lardi. Xo'sh, nima deysizlar?..

Nozima va Tohir bir-birlariga qarab olgach, beixtiyor bosh egishdi. «Yaxshi odam ekan, — deb o'yladi Nozima. — Shunaqa oqibatli diyonatli odamlar bor ekan-da, a, dunyoda…»

— Aka, siz nima desangiz shu, — qo'lini ko'ksiga qo'ydi Tohir.

— Ana endi o'zlaringga keldilaring! — Rahim aka o'rnidan turib, Tohirga qulochini ochdi:

— Kel, ukam, inimdek bo'l! Bu yolg'onchi dunyoda bir-birimizni ardoqlab yashaylik!..

Bu gapni kutmagan Tohir ko'zi javdirab o'rnidan qo'zg'aldi va Rahim akani bag'riga bosdi. Ularga qarab turib, Nozimaning ko'zidan ikki tomchi yosh yumaladi.

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 75 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: #uznews, #news, #newsuz, #Yangiliklar, #новости, #xabarlar, #habarlar, #Yangilik, #ahborot | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Зарина Низомиддинова Шоҳруххон билан нега гонорар ҳақида гаплашмайди?
>>> Хонанда Фарруҳ Комилов иккинчи бор ота бўлди
>>> “O`zbeknavo” Shaxnoza Otaboevaning lisenziyasidan mahrum qildi
>>> Улуғбек Раҳматуллаев АҚШ бўйлаб гастроль сафари, чет эллик мухлислари ва санъатдаги рақобат ҳақида
>>> Taniqli o`zbek aktrisalaridan biri turmushga chiqmoqda
>>> СЕЙДУЛЛА МОЛДАХАНОВ: "БИР НЕЧА МАРТА УЙЛАНГАН ЭРКАКЛАРНИ ТУШУНМАЙМАН..."
>>> ПРОДЮСЕР МАКСИМ ФАДЕЕВ ВА НАРГИЗ ЗОКИРОВА ТУРМУШ ҚУРИШАДИМИ?
>>> Shahzoda birinchi turmush o`rtog`i bilan ajrashishi sabablari haqida gapirdi
>>> ​Qilichbek Madaliev farzandli bo`ldi
>>> ​SEREBRO GURUHI TOShKENTDA KONSERT BERADI


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari