Вторник, 26.09.2017, 10:29
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Статистика



Онлайн всего: 55
Гостей: 52
Пользователей: 3
LiluunaCeart, StewartQuied, BrettUsevy

Yangiliklar Olami

Главная » 2017 » Февраль » 9 » Miyamga ekstremistik g`oyalarni quyishganini kech tushunib etdim...
08:54
Miyamga ekstremistik g`oyalarni quyishganini kech tushunib etdim...
Sarlavhani o`qib ajablanyapsizmi? Ha, bu hayotda o`zi o`tirgan shoxga bolta urib, so`qir ko`zlari ochilganidan keyin afsus-nadomatdan boshini qaysi devorlarga urishni bilmay qolganlar ko`p. Ayniqsa, men qonunda belgilangan jazomni o`n sakkiz yildan beri o`tab kelayotgan mana shu muassasada shunday kimsalarni istagancha uchratishingiz mumkin. Men ana shularning biriman.

Ismim Alisher, familiyam Jumaniyozov (ism-familiyalar o`zgartirilgan – tahr.). 1968 yilda Xiva shahrida tug`ilganman. Bolalagim xuddi afsonalardagi shaharlarni eslatuvchi Ichanqal`aning sirli, jozibali ko`chalarida, umrboqiy maqbarayu madrasalar orasida kechgan.

Bilasiz, Xorazm zaminidan islom olamining ko`plab etuk allomalari etishib chiqqan. Ularning nomi bilan bugun musulmon olami haqli ravishda faxrlanadi. Lekin afsuski, men ana shu buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo`lolmadim. O`zimcha, dinimizni puxta o`rganaman, uning rivoji, erkinligi, taraqqiyoti uchun xizmat qilaman deb o`ylab, jaholat botqog`iga chuqur botganimni sezmay qolibman.

Albatta, bugun, bu erda afsus chekib o`tirganim uchun boshqalarni ayblashim to`g`ri emas. Zero, o`zimning ham ko`zim, qulog`im, aqlim bor edi. Ammo, baribir, agar bolalikdan tepishib katta bo`lgan o`rtog`im Bahodir bo`lmaganida...

Bahodir bolaligidan dinga berilgan, machitdan qadami uzilmaydigan bola edi. O`shanda o`tgan asrning to`qsoninchi yillari, biz ham ayni kuchga to`lgan navqiron yigitlar edik. Tengdosh jo`ralar yig`ilib qolgudek bo`lsak, Bahodir hammamizni islom yo`lida birlashib harakat qilishga, uning uchun molu jonimizni ham ayamaslikka undardi. Ko`p oshnalarimiz uning bu da`vatlaridan xavfsirab, Bahodirni yig`inlarga chaqirmaydigan, u bor davralardan uzoqroq yuradigan bo`lib qolishdi. Shunda Bahodir asosiy e`tiborni menga qaratdi:

Jo`ra, bu manglayi qoralar baribir hech narsani tushunmaydi. Ularga o`yin-kulgi, maishat, pul, dunyoviy tashvishlar bo`lsa bas. Oxiratni umuman o`ylashmaydi. Sen ulardan farq qilasan-ku! Oq-qorani ajrata olasan, ulardan uzoqroq yur. Sen bilan men ularga qo`shilsak, ikki dunyomiz xarob bo`ladi.

Shu tariqa men Bahodirning ta`siri ostiga tushib qoldim. U qaerga boshlab borsa, ergashib ketaveradigan, nima desa, mutlaq haqiqat o`rnida qabul qiladigan bo`lib qoldim.

O`sha yillari Rossiyada Birinchi Chechen urushi tugagan bo`lsa-da, bu mintiqada vaziyat to`la izga tushmagan, turli qurollangan chechen jangarilari tog`lar orasida biqingancha payt poylashardi. Bahodir menga bu urushni mutlaqo boshqacha bo`yoqlarda ko`rsatishga o`rganib qolgandi:

Kofirlar bizning birodarlarimizni ayovsiz qiryapti. Bunday paytda ularning yoniga borib, mazlumlarga yordam bermasligimiz to`g`ri emas. Ertaga qiyomatda sharmanda bo`lmasligimiz uchun hoziroq chechen do`stlarimiz yoniga yordamga borishimiz kerak.

Avvaliga uning taklifiga uncha qo`shilmadim. Axir uch bolam katta bo`la boshlagan, ularni boqish, ota-onamga ko`maklashish mas`uliyatini bo`ynimdan soqit qilolmasdim.

Bu yog`ini o`ylama, — dedi Bahodir taraddudlanayotganimni sezib. – Biz birodarlarimiz safiga borib qo`shilsak, ular ham bizni yolg`izlatib qo`yishmaydi. Qo`llaridan kelgunicha moddiy yordam ko`rsatishadi. Uyingga ham yaxshigina pul jo`natib turasan.

O`ylanib qoldim. O`zi o`sha paytlarda iqtisodiy jihatdan ancha qiynalib yurardim. Demak, ham birodarlarimizga yordam berib, katta savob olsam, ham yaxshigina pul to`lashsa, buning nimasi yomon? Oshnamning aytishicha, bordiyu, Chechenistonda islom davlatini tiklay olsak, bizga juda katta lavozimlar berilarkan. Ajabmas, u erda amir yoki qozikalon mansabiga loyiq ko`rilsam...

Ana shunday xomxayollar bilan 1998 yilning boshlarida Chechenistonga yo`l oldik. Bahodir bilan chechen jangarilari safida anchagina harbiy tayyorgarlikdan o`tdik. O`sha erda birinchi bor qo`limga qurol oldim. Ularni qanday ishlatishni, jang paytida qanday harakatlanish, qanday qilib qo`lbola qurollar tayyorlashni obdon o`rgatishardi.

Bir paytlar umrimda chumchuq so`yib ko`rmagan bo`lsam-da, u erda turli jang manzaralari, shafqatsiz qatl lavhalarini ko`raverib ko`zim pishib ketdi. Bir ikki marta sinov tariqasida rus armiyasi bilan bo`lgan harbiy to`qnashuvlarda ham qatnashdim. Odam shu tariqa o`limdan qo`rqmay qo`yarkan. Ochig`i, bizga o`limdan qo`rqmaslikni o`rgatishar, o`limdan so`ng to`g`ridan-to`g`ri jannatga tushishimizni uqtirishardi.

Holbuki, begunoh insonlarni o`ldirib, davlatga, xalqqa qarshi bosh ko`tarish, minglab insonlarning tinchligi va osoyishtaligini buzish, kim-kimlarning qutqusi bilan boshlangan urushda bemaqsad o`lib ketish bilan Yaratganning roziligiga, jannatga erishib bo`lmaslikni u paytlar anglab etmagandim.

Ma`lum bo`lishicha, chechen jangarilari bir paytlar O`zbekistonda tashkil etilib, keyin yurtimizdan chiqib ketgan, biroq bir necha bor mamlakatimizning turli hududlarida teraktlar uyushtirib, o`nlab begunoh yurtdoshlarimiz joniga zomin bo`lgan "O`zbekiston islom harakati” nomini olgan terroristik tashkilot bilan yaqin aloqada ekan. 1998 yilning kuz oylarida ana shu tashkilotning vakillari Chechenistonga kelib, anchayin chiniqib qolgan biz singari "mujohid”larni o`zlari bilan Tojikistonga olib ketishdi. Xuddi shu erda menng "rahnamo”yim Bahodir bilan yo`llarimiz ayrildi. Uning keyingi taqdiri nima kechganidan xabarim bo`lmadi.

"O`zbekiston islom harakati” bir paytlar qo`shni Tojikistonda yuz mingdan ortiq insonning o`limiga sababchi bo`lgar fuqarolar urushida Birlashgan tojik muxolifati bilan elkama-elka jang qilgan, hozirda ham bu guruhning katta qismi ushbu mamlakatning Tojikobod tumani hududida joylashgan ekan. Bu erda tashkilotning "sardorlari” biz singari "askarlar”ga O`zbekistondagi konstitusion tuzumni ag`darib, uning o`rniga shariatga asoslangan davlat barpo etish lozimligini, buning uchun hech qanday qiyinchiliklardan qochmaslik, kerak bo`lsa, jonimizni berishimiz kerakligini qayta-qayta uqtirishardi.

Chindan ham biz juda og`ir sharoitlarda yashardik: oddiy non, choy, atala, meva qoqisi singari g`aribona emaklarga qanoat qilar, gohida shular ham topilmasdi. Ammo, "sardorlarimiz” xorijdagi "homiylari” hisobidan shohona hayot kechirishlari, ko`ngillari tusagandek aysh-ishrat qilishlari, o`zlariga tobe odamlar ustidan istaganlaricha hukm chiqarishlarini ko`rsak ham, "ular bizga rahbar, nima qilishsa o`zlari bilishadi” deb yuraverardik. So`zlariga quloq osmagan, tashkilotni tark etmoqchi bo`lganlarni shafqatsizlarcha jazolashar, hatto o`ylab ham o`tirmasdan otib tashlashar yoki boshlarini tanidan judo qilishardi.

Bora-bora men ham ularning yo`rig`iga yurib, xato qilmayapmanmi, deb o`ylab qoladigan bo`ldim. Axir uydan chiqib ketganimga bir yildan oshib qoldi. Shu payt ichida ota-onam, xotinim, bolalarimning holi nima kechganidan xabarsiz edim. Bahodir aytganiday, "bizga ko`rsatiladigan moddiy yordam” ham o`zimizdan ortmaydi. Men ham bir amallab shu lagerdan qochib ketishni o`ylardimu, ammo qo`lga tushib qolsam, holim nima kechishini bilib, bu fikrimdan voz kechardim.

1999 yilning may oylari edi. Rahbarlardan biri muhim bir topshiriq bilan meni Dushanbe shahriga jo`natdi. Men kodlangan bir xabarni tashkilotning poytaxtdagi mas`ullaridan biriga etkazishim lozim edi. Ammo, manzilga etib borish peshonamda yozilmagan ekan. Dushanbening markaziy ko`chalaridan birida, meni kutib olgan "birodarimiz”ning mashinasida ketib borayotganimda, uch nafar milisiya xodimi bizni to`xtatishdi. Hatto kimligimizni so`rab ham o`tirmay, qo`llarimizni orqamizga qayirib, o`z xizmat mashinalariga bosishdi.

Shunda anchadan beri izimizga tushishganini angladim. Yashirishning hojati qolmagandi. Hamma qilgan aybimni tan oldim. Bir oycha meni tojikistonlik huquq-tartibot organlarida so`roq qilishgach, O`zbekiston ichki ishlar idoralari xodimlariga topshirishdi.

Xullas, men o`z vatanimga yurt xoini, xalq osoyishtaligi dushmani tamg`asi bilan kirib keldim. O`sha yilning avgust oyida Sirdaryo viloyati Xovos tumani sudi qilmishlarim bilan atroflicha tanishib chiqib, meni jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan aybdor deb topdi. Shundan qilib, yigirma yil muddatga ozodlikdan mahrum etildim.

Hozirgacha oradan salkam o`n sakkiz yil o`tdi. Hanuz qilmishimga yarasha berilgan jazoni o`tab kelmoqdaman. Men qanchalik g`aflatga botganimni, din, iymon, ibodat deya miyamga turli ekstremistik g`oyalarni obdon quyishganini ham shu erda tushunib etdim.

Dinimizning asl mazmun-mohiyati, sof islomiy tushunchalarni men... aynan shu erda, qamoqda, panjara ortida o`rgandim, desam ishonavering. Bu erda muassasa xodimlari diniy ulamolar ishtirokida turli uchrashuv, tadbirlar o`tkazib terishadi. Diniy adabiyotlar ham etarli. Ibodatlarni ado etish uchun ham sharoitlar bor.

Bu erda shuni chuqur anglab etdimki, o`zini dinga sodiq, taqvodor, imonli ko`rsatgan har qanday insonning gapiga laqqa tushavermaslik kerak ekan. Asl islom ta`limotida inson bolasi qurol yoki qo`l bilan emas, hatto til bilan, og`irroq so`z bilan bilan ozor etkazish ham gunoh sanaladi. Vatanni sevish, uning ozodligi, tinchligi, erkinligiga hissa qo`shish har bir mo``minning muqaddas burchi ekan. Odamlar orasida turli fitna-fasod tarqatish, ularni tahlika va tafriqaga solish, nizo va nifoq tarqatish eng og`ir gunohlardan ekan. Menga bularni o`rgatishmagan, faqat qurol ishlatish, qon to`kish, qanday yo`l bilan bo`lmasin, davlatni egallash, talash, portlatish haqidagina saboq berishgandi. Men bilib-bilmay, ana shu mutaassiblarning nayranglariga chuv tushib, o`z xalqimga qarshi bosh ko`tardim, o`zim o`tirgan shoxga bolta urib, eng avvalo o`z hayotimni, kelajagimni barbod qildim.

Ana shu fitnachi, zolim, xunrezlar safiga qo`shilib, og`ir gunoh, kechirilmas jinoyat sodir etdim va buning uchun haqli jazoga tortildim. Qilmshlarimdan mingdan-ming pushaymonman. Ozodlikka chiqsam, butun umrimni halol mehnatga, bolalarimning ta`lim-tarbiyasiga baxshida etaman. Qilgan xatolarimni o`z mehnatlarim bilan yuvishga tayyorman. Faqat, ona xalqim, Prezidentimizdan yana bir karra imkon so`ramoqchiman. Iltimos, meni kechiring, men mutlaqo boshqacha odam bo`lib, yurtimga xizmat qilishmga imkon bering. Tavba qildim...

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 145 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> Dilso`z: “San`atda tanish-bilish avj olgan”
>>> ​Хонанда Зиёда оғир жудоликка учради
>>> ​Мавлуда Асалхўжаева тўйларда унинг номини сотиб, пул топаётган “қиёфадоши”дан нолиди
>>> G`ayrat Usmonov muxlislari o`rtasida pul mukofotli tanlov e`lon qildi
>>> Абдусамад ЖЎРАБОЕВ ЁШ ТОМОШАБИНЛАРНИНГ БАFРИКЕНГ АКТЁРИ
>>> ​Asqar Hikmatov: “Rejissyorlar mendan foydalana olmayapti”
>>> Муниса ва Карима Ризаевалар: “Нима бўлса ҳам, дадам доим биз тараф”
>>> Куёв бўлиш арафасидаги Отабек МУТАЛХЎЖАЕВ: «Аёлларга ортиқча эрк берилишига қаршиман!”
>>> Севинч Мўминова: “Турмуш ўртоғим билан алоҳида яшасак-да, ўзаро муносабатларимиз яхши”
>>> Gulsanam Mamazoitova qalblarni larzaga keltiruvchi qo`shiq yaratdi(Video)


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Друзья сайта


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari