Воскресенье, 04.12.2016, 17:18
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Статистика
Рейтинг@Mail.ru


Онлайн всего: 127
Гостей: 125
Пользователей: 2
Pedarol, Tranocet

Yangiliklar Olami

Главная » 2015 » Март » 15 » Oriyat (Fotihasi buzilgan qiz)
17:07
Oriyat (Fotihasi buzilgan qiz)
- Buncha uzoq gaplashding, qizim? Telefon ham qizib ketgandir? Hozir "dod" deb chinqirib yuboradi, - dedi Maqsuda qiziga hazil-chin gapirib. Ammo ich-ichidan jahli chiqdi. Qizining dugonasi bilan gaplashayotgan gaplari uzuq-yuluq qulog'iga kirdi.
- Bitta uchrashuvga uch yuz dollarlik ko'ylak olibdimi?! Qoyil! Odamlar qanday yashashni biladi. Bu ketishda birorta magnatga tegsa ham, hech ajablanmayman...

Maqsudaning tushunishicha, kimdir qizini kimgadir ko'rsatish uchun uchrashuvga olib chiqqan. Qiziq zamon bo'ldi-da. Qizlar internetga rasmini qo'yadi, chiroyli kiyinib, pardoz-andozni joyiga qo'yib, ataylab fotosessiya qilishadimi-yey. Keyin yigitlar ularga xaridor bo'ladi.
- Ha, qizim, ishqilib, gaplaring chala qolib ketmadimi? - deya Maqsuda, qizi gaplashib bo'lgach, dilini og'ritib qo'ymadimmikin, degandek, hadik bilan qaradi.
- Oyi, shu Gulining oyisi zo'r-da.
- Nimasi zo'r ekan?
- Gapining puliga uch yuz dollarlik ko'ylak olib, Guliga kiydiribdi. Allaqayerda boyvachcha odam to'y qilayotgan ekan, bir amallab taklifnoma topib, Gulini olib boribdi...
- Guli nima qiladi boyvachchaning to'yida?
- E, oyi, soddaligingiz qolmadi-qolmadi-da. Durustroq, o'ziga to'q oila izlashyapti-da. Ataylab olib borishgan.
- Xo'sh, topibdimi o'sha o'ziga to'q, badavlat oilani.
- Bittasini ilintirishibdi, erta-indin uchrashuvga chiqisharkan...

Maqsuda birpas Shahzodaning og'ziga qarab o'tirdi. Qizi bu gaplarga xuddi oddiy narsalarni gapirayotgandek hikoya qilardi. So'ng o'rnidan turib, o'zini chalg'itishga urindi. Ammo ich-ichidan uni bir narsa azoblar, "Bizga nima bo'lyapti o'zi?" deya hozirgina eshitganlari xayolida jaranglab ovoz berardi. Shu o'ylar girdobida kechagina qo'shnidan eshitgan gapi lop etib, yana xayolida jonlandi...
- O'zi Samarqandlik qiz, Farg'onalik bir yigit bilan uchrashib yurar ekan, - deya gap topib keldi bir qo'shnisi.
- Ancha uzoq ekan orasi, ota-onalari berisharmikan?
- Berishsa-berishmasa zerikmaslik uchun uchrashib yurishibdi-da...
- Mamadali o'rtoqlari bilan garov o'ynashibdi. "Shu chiroyli qiz bilan bir marta bo'lsayam yuraman", deganmish...
- Iye, gap-so'z bo'lib ketmaydimi?
- Gap-so'z yopisharmidi odamga? 

Maqsuda bunday gap-so'zlarni eshitganida o'zining bir og'iz so'zni ko'tara olmay butun hayotini ostun-ustin qilib yuborganini eslaydi. Oradan vaqt o'tib, odamlarning "lafz", "oriyat" degan tushunchalarga munosabatlari shu qadar o'zgarib ketarkan, nega Maqsuda o'sha paytlari shunday qildi ekan, a?!

* * *

Hammasi oddiygina boshlangandi. Uch kundan keyin Maqsudaning to'yi edi. Sevganiga turmushga chiqayotgandi u. Butun xayoli "Ishqilib, o'rtoqlarim yetib kelsin-da", degan istak bilan band edi.
- Hay qiz, sarpolarni ko'r! - dedi bir payt onasi. Maqsuda parvo qilmadi. "Sarpo-sarpo-da, uni ko'rganim bilan kamayib yo ko'payib qolarmidi?" dedi ichida.
- Maqsu, seni ammam chaqiryapti, - dedi tog'asining qizi. Maqsuda o'zi uchun zarar deb bilgan narsalarni taxlash bilan ovora edi.
- Nimaga ekan? - dedi shu bois ishidan chalg'igisi kelmay.
- Jiddiy gap bormish. 

Maqsuda og'rinib o'rnidan turdi. Narigi uyga kirsa, oyisi, tog'asining xotini, yana bir-ikkita yaqin qarindosh ayollar shivir-shivir qilishayotgan ekan.
- Maqsuda, qizim, bir necha marta aytdik, kuyov tarafdan kelgan sarpolarni ko'r, deb... - dedi tog'asining xotini negadir dasturxon popugini o'ynab.
- O'zlaring ko'rgan bo'lsalaring bo'ldi-da...
- Biz-ku, ko'rdik. Xafa bo'lmagin-u, Maqsuda, quda taraf juda past ketibdi. Anavi narigi ko'chada yashaydigan Buvsora dasturxonchining bir marta er ko'rgan juvon qiziga ham senikidan durustroq sarpo kelgandi, - dedi xolasi.

Maqsudaning boshidan oyog'igacha achchiq bir olov yugurgandek bo'ldi.
- Nima? - dedi ovozi titrab.
- Hozir urf bo'lgan matolardan birortayam yo'q. Oldi-berdiga ishlatiladigan matolar kelibdi faqat...

Maqsuda birpas indamay turdi. Shuni kutib turganday tog'asining xotini gapga qo'shildi:
- Qudangiz sarpo tayyorlayotganda, bir ayol: "Nimaga bunaqa qilyapsiz?" deb so'ragan ekan, u: "O'g'lim bilan sevishgan. Yaxshi sarpo bersam-bermasam to'y o'tib ketadi. Mening hali uylantiradigan bolam bor", deganmish...

Maqsudani chaqmoq urganday bo'ldi.
- Shunday debdimi?! Aniq shunaqa gap aytibdimi?! - dedi arang. Rangi ko'kara boshlaganini ko'rgan oyisi darrov vaziyatni yumshatishga harakat qildi:
- Buyam bir gap-da, bolam. Senga, aslida, hech qanaqa sarponing keragi yo'q. Ana, besh jamadon narsa olib qo'yganmiz, tiqilib yotibdi kiyimlaring.

Ammo o'q allaqachon sadoqdan chiqqan edi.

- Shunaqa debdimi?! - takror so'radi Maqsuda va to'ppa-to'g'ri onasining oldiga borib, bo'g'chani dast ko'tardi. - Mana shumi Sharofat chevarning manga yuborgan narsalari?! - Hech kimdan sado chiqmadi. - Agar shu bo'lsa, men bu latta-puttalarni oyog'imga paytava ham qilmayman! Olib borib beringlar! - Maqsuda shunday deb bo'g'chani derazadan uloqtirdi.
- Ayb bo'ladi-ya, qizim! To'yga atab qo'yilgan... - xolasining gapi og'zida qoldi.
- Siz xolam bo'laturib, shu gaplarga chidadingizmi? "Sevishgan ekan", desa, "Ha, aybi bo'ynida ekan", deb kelaverdingizmi?! Sevishgan bo'lsayam, jiyanim u yigitga tirnog'ini ham ushlatmagan, demadingizmi?
- Men qaydan bilay? - deya ming'illadi xolasi.
- Bilmaysizmi? Hali boshqalar qolib siz ham "Sevishgan, endi, baribir, tegadi", deb yuribsizmi? - Maqsudaning ovozi tobora balandlab borardi.
- Hoy, qizim, ayb bo'ladi! Hovlida akalaring, tog'a-amakilaring bor! - oyisi uni tinchlantirishga urindi.
- Menga kim bo'lsayam baribir! Men itga tegsam tegamanki, ammo endi unga tegmayman! 

Maqsuda shunday dedi-yu, shartta o'z xonasiga kirib, qamalib oldi. Hech kimni kiritmadi. Birov oldiga kirmoqchi bo'lsa: "Hozir tomirimni kesaman! Hech kim mening fikrimni o'zgartirolmaydi, unga tegmayman!" deya baqirardi.

Qarori qat'iylashgani sari qizning dilini bir azob kemirib borardi. Axir sevishgan bo'lsa, nima bo'libdi?! Shuning uchun qadri pastga urilishi kerakmi? Ilyos institutga kirganidan buyon orqasidan yurardi. Maqsuda avvaliga: "Buyam ortimdan yurganlarning biri-da", deya e'tibor bermasdi. Keyinchalik Ilyosning qo'riqlab yurishiga o'rganib qoldi. Dugonalari bilan kinogami, sayohatga borganidami, doim qo'riqchisi borligidan ko'ngli xotirjam edi. O'rtoqlari: "Anavi temirching", deya hazil-chin qilib gapirishardi unga. Chunki Ilyos kechkida o'qir, kunduzi ustaxonada ishlardi. Agar o'sha atrofda Maqsudani ko'rib qolgudek bo'lsa, korjomada ham ketidan ergashib kelaverardi. Bora-bora Maqsudaning barcha oshiqlari o'sha yigitga o'rnini bo'shatib berishdi. Chunki u Maqsudaga ortiqcha suykalmas, uni qo'riqlab yurardi, xolos.

"Bu qanaqasi? Ilohiy sevgimi?" deya jo'ralari hazillashgudek bo'lsa: "Men uni o'zim uchun asrayman", deb qo'yardi jilmayib.

Nahot shunday xokisor yigit ham mag'rurlanib: "Biz sevishdik, u menga, baribir, tegadi", degan bo'lsa...

Maqsuda Ilyosni kutdi, u kelsa, ehtimol, fikridan qaytarmidi? Ammo Ilyos kelmadi. "Tegishni istamasa, tegmasin!" debdi u ham qat'iy. "Agar Maqsuda istasa, Marg'ilon bozoridan to uyiga qadar atlas to'shardim. U shu arzimas mato uchun to'yni buzibdimi, meniyam oriyatim bor, yigit kishiman", deganmish Ilyos.

To'y buzildi. Qishloqda duv-duv gap tarqaldi. "Sevishdi, deb Sharofat past ketgan ekan, Maqsudaning ori kelibdi", degan gaplar o'rmalay boshladi. Maqsuda necha kunlab o'zining oriyat degan ustuniga suyanib yashadi. "Men to'g'ri qildim. Dunyodagi hech bir narsa mening qadrimni yerga ura olmaydi", degan fikr unga dalda bo'ldi. Hozirgi eri Yigitalidan sovchi kelguncha "Fotihasi buzilgan qiz", "Birovning dasturxoni ustiga oyoq qo'ygan", degan mish-mishlar o'rmalar, ammo birov yurak yutib, bu haqda Maqsudaga ayta olmasdi. Onasi nuqul yig'lar, dadasi esa el ichiga kirolmay qolgandi. Nihoyat, Maqsuda qo'shni qishloqlik shifokor yigit - Yigitaliga unashtirildi.

* * *

- Ha, oyi, haliyam Gulining oyisini o'ylab o'tiribsizmi? - Shahzoda oyisining divanga suyangancha xayolga cho'mib o'tirganini o'zicha taxmin qildi.
- Yo'g'-e, televizor ko'rib o'tiraman-da, - dedi Maqsuda og'ir xayollardan qutilish uchun qiziga qarab jilmayarkan. Shahzoda onasining yoniga kelib, yelkasiga bosh qo'ydi.
- Bilib turibman, televizor sizni tomosha qilyapti. Bu gaplarga ko'p ham e'tibor bermang. Yillar o'tadi, ba'zi bir tushunchalarga munosabatlar ham o'zgaradi.
- Ammo shunday narsalar ham borki, qizim, u o'zgarmasligi kerak. Men, baribir, qiziga yaltiroq ko'ylak kiydirib, bozorga olib chiqqan onalarni yoqlamayman...
- Xo'sh, unda menday uyida o'tiraversinmi? O'qigan joyimdagilar o'zimga o'xshash odamlar bo'lsa. Bitta-yarimtasi yoqtirsayam o'zimizga o'xshagan bo'ladi, undan nari emas. Kerakmi menga shu hayot? 

Maqsuda qizini endi ko'rayotgandek, ko'zlarini katta-katta ochib, unga qaradi.
- Axir odamda oriyat...
- E, oyi, siz oriyatli bo'lib nima topdingiz? Meni bilmaydi deb o'ylaysizmi? Hech qachon hayotingizdan ko'nglingiz to'lmagan. Doim o'sha, besh yil orqangizdan yurgan, o'zingiz unashtirilgan yigitni o'ylagansiz...
- Hecham-da! U kelmagan uyimizga. "Nima gap?" deb so'ramagan!
- Ha-ha, siz shunday deb o'ylaysiz, dedim-ku! O'sha odam kelgan, tog'alarim uyga kiritishmagan. "To'ydan avval ham oltita o'g'li bor xonadonga kuyov kiradimi?" deyishgan.

Qizining bu gapini eshitib, Maqsudaning oyoq-qo'lidan darmon qocha boshlagandek bo'ldi.
- Sen... Sen buni qayerdan bilasan? - dedi zo'rg'a.
- Men yana ko'p narsalarni bilaman. Sizga birov yurak betlab sovchilikka kelmagan. "Nervinniy ekan", deb gap tarqatgan o'sha Ilyos akaning qarindoshlari. "Tutqanog'i bor ekan", ham deyishgan. Shunda Ilyos aka adamning oldiga kelib: "Tirnog'idan sochigacha pokiza. Besh yil itday qo'riqladim, ammo yaqiniga yo'latmadim. Ikkovimiz ham ahmoqlik qilib qo'ydik. Endi men unga uylanolmayman. Agar uylansam, ota-onamning qaddini bukkan bo'laman. Sen uylan, baxtsiz bo'lmasin", degan. - Maqsuda Shahzodaga tikilib, jim bo'lib qoldi. - Oyi, dilingizni og'ritmoqchi emasdim. Men... O'zi siz har doim "oriyat" deysiz. Zamon o'zgarganini bilmaysiz.
- Senga bu gapni adang aytdimi?
- Ha, siz kasalxonadaligingizda "Yuragi tamom bo'lgan oyingning, uni avaylash kerak", degan edi.

Maqsuda indamadi. Ammo ichidan nimadir qulab ketganday bo'ldi. U doim Ilyos bilan bog'liq kechmishni o'ylaganda: "Men qadrimni yerga urmadim", deb taskin topardi. Endi nima deydi? Qaydan, nimadan taskin topadi?!

Qutlibeka Rahimboyeva

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Нравится

Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 1893 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: севги, sevgi haqida, love history, севги хакида, Dramma, sevgi nima o'zi?, sevgi, sevgi hikoyalari, love, севги хикоялари | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> «Тошкентнинг шўх қизи» — Дилфуза ИСМОИЛОВА эрининг хиёнати, чилласи чиқмаган келини ва тўй кунидаги кўз ёшлари ҳақида…
>>> ЁДГОР МИРЗАЖОНОВДАН ФАРЗАНД ҚАДРИНИНГ ТАРАННУМИ
>>> Отабек Муталхўжаев Орол денгизи соҳилида муҳрланди
>>> Севарани ерга уриб, Шахзодани кулгуга қўйиш кимга керак?
>>> Ғайрат Усмонов «Барселона»га атаб қўшиқ куйлади
>>> МАФТУНКОР ШАҲЗОДА МУХЛИСЛАРИ УЧУН УЗОҚ КУТИЛГАН ПРЕМЬЕРА!
>>> УМИД ИСКАНДАРОВнинг туғилган кунида айтилган уч тилак
>>> Хеч бўлмаса Мунис фанклубидаги қизга уйланди(ми?)
>>> «Ишқ жодуси»даги Дан Гао ҳақида 10 факт
>>> ЗАРИНА НИЗОМИДДИНОВА: «Севги борлигига ишонмайман!»


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск
SUPPER YANGILIK:

Календарь
«  Март 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Друзья сайта


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari