 Pomidor va yalpiz solib tayyorlaniladigan salat, umuman o’zgacha ta’mda bo’lib, hech kimni befarq qoldirmaydi.
Bundan tashqari sabzavotlarni qayta ishlanmasdan solinishi esa, uning juda foydaliligidan dalolat beradi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.* *narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.
Masalliqlar: 500 gramm pomidor 1 bosh qizil piyoz 1 dona qizil bulg'or qalampiri yarim bog' yalpiz yarimta limon sharbati 3-4 osh qoshiq zaytun moyi ta'bga qarab tuz va murch Qadam 1
Pomidorlarni yuvib, o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz. Qadam 2
Piyozni halqalarga kesib olmiz va tuz sepib, 5 daqiqaga qoldiramiz. So'ng esa piyozlarni siqib, pomidor ustidan solamiz. Qadam 3
Bulg'or qalampirini parrak yoki yarim halqa qilib to'g'raymiz va pomidorlarning ustidan solamiz.
Yalpizni ham to'g'rab solamiz. Qadam 4
Limon sharbati, zaytun yog'i, tuz va muurchni aralashtirib olamiz va pomidorlarning ustidan solib, aralashtiramiz va likopchaga solamiz. Yoqimli ishtaha! www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:
|