 «Shvartsval’d» – ajoyib ta’mga ega, vatani Germaniya hisoblangan bu tort olchalardan tayyorlanib, shirinlikni xush ko’rmaydigan insonlarni ham ko’nglidan joy egallaydi.
Bu tortni tayyorlashning juda ko’p usullari bo’lib, lekin asos o’zgarmasdir – shokoladli biskvitlar, olchа va ko’pirtirilgan qaymoq uyg’unligidagi krem. Bizning usulda tayyorlashda sariyog’ ishlatilmasligi uchun ham xamiri yumshoq va yengilroq chiqadi.
Masalliqlar: Xamiriga 6 ta tuxum 180 gramm shakar shakar 50 garamm kakao 130 gramm un Kremiga 200 millilitr yog'li qaymoq 4 osh qoshiq shakar upasi 300 gramm tvorogli pishloq Olchali asosiga 250 gramm danagidan tozalangan olcha 1 osh qoshiq limon sharbati 50 millilitr olcha sharbati 50 gramm shakar 1 choy qoshiq kraxmal Qadam 1
Tuxum bilan shakar oppoq rangga kirguncha yaxshilab ko'pirtiriladi. Un va kakao elab solinadi. Silliq holatga kirguncha qoshiqda ehtiyotkorlik bilan yaxshilab atralashtiriladi. Oldindan tayyorlab qo'yilgan qoliplarga solinadi. Bizda aylanasi 15 sm li qolipdan 3ta, Agar xohlasangiz bitta 22 sm li qolipdan foydalaning. 160 C darajada qizdirilgan duxovkada pishgunicha pishirib olinadi. Qadam 2
Olchali asos
Kraxmaldan tashqari barcha masalliqlar tovaga solinadi. Qizdirilib, qaynash darajasiga yetkaziladi. Kraxmal 1-2 qoshiq suvga yoki olcha sharbatiga qo'shib aralashtiriladi va tovadagi aralashmaga solinadi. Massa quyuqlashishni boshlagan zahoti gazdan olinadi va sovutiladi. Qadam 3
Krem
Tvorogli pishloq qo'shiladi va bir xil holatga kelgunicha aralashtiriladi. Qaymoqli pishloqlarning turi juda ko'p. Qaysi biri do'konlarda mavjud bo'lsa, o'shandan olaverasiz. Qadam 4
Tortni yig'ish
Agar biskvitni katta qolipda pishirgan bo'lsangiz, uni o'rtasidan teng ikkiga bo'ling. Bizda uchta kichkina. Har bir pishgan xamirga qiyom sepib chiqiladi. Krem surtilib chiqiladi. Krem ustidan olchali asos surtiladi.
Tortning usti olchalar va shokolad qirindisi bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!
www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:
|