Пятница, 26.05.2017, 19:51
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Статистика



Онлайн всего: 117
Гостей: 113
Пользователей: 4
E4renwak, phocajah, Aroccarync, E4reninfot

Yangiliklar Olami

Главная » 2014 » Апрель » 20 » QOTIL(mistika)
20:02
QOTIL(mistika)
Bu yilgi yoz avvalgilariga qaraganda ancha issiq keldi. Hatto jazirama bahona bo‘lib qon bosimi bor, issiqni ko‘tara olmaydigan odamlar omonatini topshirishgacha bordi. Insoniyatga do‘zax haroratini eslatuvchi ana shunday olovli kunlar Tursuntosh domlaning xonadoniga ham tashvish olib keldi. Tuppa tuzuk yurgan domla dalada ketmon chopib qaytar chog‘ida xushidan ketdi. Yaxshiyamki yonida borayotgan o‘g‘li Alpiddin uni suyab qolishga ulgurdi.

– Dada, ko‘zingizni oching. Nima bo‘ldi sizga?!
Qattiq qo‘rqib ketgan o‘g‘il otasini o‘ziga keltirishga ko‘p harakat qildi. Ammo domlaning oftobda qoraygan mijjalari qilt etmasdi. Kutilmagan voqeadan esankirab qolgan Alpiddin otasini suyagancha yo‘l chetidagi chinor daraxti soyasiga olib o‘tib, o‘zi mashina to‘xtatishga kirishdi. Qishloq joyi, buni ustiga ayni tush payti bo‘lgani uchun mashinalar ham ko‘rinay demasdi. Alpiddin shu tariqa chorak soat turib qoldi. U nima qilarini bilmas, otasiga vaqtida yordam ko‘rsata olmayotgani uchun qattiq ezilardi. Bu orada yo‘l bo‘yidan uchta mashina o‘tdi. Ammo hamma yog‘i tuproqqa qorilgan, irkit kiyimdagi yo‘lovchilarni kim ham olgisi kelardi?.. Chorasiz o‘g‘il dam otasining yoniga borib ko‘ylagining yengi bilan uning yuzidagi terlarini artar, dam asfalt yo‘lga yugurib, uzoqdan ko‘ringan mashinaga qo‘l siltardi. Vaqt o‘tgan sari Tursuntosh domlaning rangi o‘chib, yurak urishi tobora sekinlashib borayotgandi. Otasining o‘z qo‘lida jon berayotganini kuzatayotgan Alpiddinning xo‘rligi kelib yuzidan chang aralash yosh tomchilardi.
Dunyoda yaxshi insonlar bor deganlari, rost. Nihoyat katta yo‘l bo‘ylab uchib kelayotgan «Neksiya» qattiq tormoz berib to‘xtadi. Haydovchi vaziyatni tushunib, darhol mashinadan tushdi va bemorni salonga olishga yordamlashdi. Shundan so‘ng ulov tuman shifoxonasi tomon katta tezlikda yo‘l oldi.
– Rahmat, aka. Katta rahmat! Mendan qaytmasa xudodan qaytsin, – dedi Alpiddin shifokorlar Tursuntosh domlani jonlantirish xonasiga olib kirib ketishgach, tashqariga chiqar ekan, xaydovchiga.
– Hechqisi yo‘q, uka! Buni yaxshilik deb qabul qilgan bo‘lsang, qaytarishga hali ulgurasan. Mana bunda men bilan bog‘lanishing mumkin bo‘lgan telefon raqamlar bor. Agar kerak bo‘lib qolsam, tortinmay qo‘ng‘iroq qil. Darvoqe, ismim Sirojiddin, qisqagina qilib Siroj aka desang ham bo‘ladi.
Kishi shunday deb qo‘l uzatdi. Yigit ham minnatdor nigohlarini unga qaratgancha qo‘l berdi.
– Aka, meni ismim Alpiddin. Yana bir bor katta rahmat.
– Omon bo‘l, Alp! Otangni tezroq tuzalib ketishi haqida o‘yla! Ehtimol yana ko‘rishib qolarmiz.
Kishi mashinani o‘t oldirib, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Alpiddin kasalxona ostonasida hayolga cho‘mgancha bir muddat turib qoldi. Bosh shifokorning qattiq tomoq qirib uning yoniga kelgachgina yigit o‘ziga keldi.
– Uka, men bilan yurgin.
Yigit unga so‘zsiz ergashdi. Ular bosh shifokorning qabulxonasiga kirdilar.
– Otangni kasali ancha jiddiy. Uning miyasida o‘simta bor. Tibbiyot tili bilan aytganda u rak kasaliga chalingan. Tezlik bilan jarrohlik muolajasi o‘tkazilmasa, undan ayrilib qolishing mumkin. Bu yog‘i endi senga bog‘liq, – dedi shifokor barmoqlarini bir biriga chalishtirib yigitga jiddiy va ma’noli nigohlarini tikib.
Alpiddin gap nimada ekanligini darhol angladi.
– Nima qilsangiz ham otamni saqlab qoling. Meni otamdan boshqa hech kimim yo‘q. Uch yil avval onamdan ayrilgach, u kishi menga ham ota ham onalik qildilar. Hayotimdagi yagona insonimdan ham ayrilsam, yashab nima qildim.
– Uka, men senga aytdim. Dardingni doston qilishing shart emas. Tibbiyot quruq gapni yoqtirmaydi, – dedi shifokor va qog‘ozga raqam yozib yigitga uzatdi. Besh kun ichida ana shu miqdordagi pulni topib kelsang, o‘sha kuniyoq operatsiya qilamiz. Hozirgi holatida otang bir haftaga borishi mumkin. Agar topolmasang, keyin bizdan o‘pkalab yurma.
Alpiddin bazo‘r qadam bosib, tashqariga chiqdi. Shifokor unga amalga oshirishi o‘ta mushkul bo‘lgan shartni qo‘ygan edi. U onasining o‘limidan so‘ng oxirgi marta shunday siqilgan edi. Bu voqeaga ham uch yil bo‘libdi. O‘tgan yillar oralig‘ida ota-bola boshqalarga o‘xshab, qorni ovqatga to‘yib yashamagan bo‘lsalarda, hayotdan mamnun edilar. «Kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopadi», deganlaridek Alpiddinning peshonasida shunday kunlar ham bor ekan.
Alpiddin qishlog‘iga kirib borganida atrofga qorong‘ulik cho‘kib, ancha kech bo‘lib qolgan edi. Yo‘l bo‘yi besh kun ichida qanday qilib shuncha pul topish mumkinligini o‘ylab kelgan yigit nihoyat uyini sotishga ahd qildi. U vaziyatni qo‘shnisi Usmon do‘kondorga tushuntirish maqsadida kech bo‘lsada uning darvozasini taqqillatdi.
– Iya, kel Alp! Kech bo‘lganda tinchlikmi? Kunduz kuni chaqirganda chiqmaydigan odam eding-ku, uka! Kir ichkariga.

Yigit og‘ir xo‘rsinib, do‘kondorning ortidan ergashdi. Bir necha yillardan buyon Usmon do‘kondor xovlisini kengaytirish maqsadida yon qo‘shni bo‘lgan Tursuntosh domlaning uyiga ko‘z solib yurardi. Ko‘p bor domlaga bu haqida maslahat ham solgan, ammo domla bu haqida eshitishni ham istamasdi. Voqeani eshitgan do‘kondor bosh chayqab hamdardlik bildirgan bo‘lsada, aslida ich-ichidan quvonib ketdi.

– Shuning uchun ham operatsiya pulini deb uyni sotishga majburman, Usmon aka. Dadam   ko‘rmagandek bo‘lib ketsalar, nasib qilsa boshqatdan hayot boshlab, imorat tiklaymiz, –dedi   Alp qayg‘u va umid aralash so‘zlar ekan.
– Albatta, albatta, ukajon. Xo‘sh, uyning narxini qancha deysan, endi?
– Menga ortig‘i kerak emas. Faqat operatsiya va dori-darmon uchun yetadigan pul bo‘lsa   bo‘ldi,– Alp shunday deb shifokor yozib bergan qog‘ozchani Usmonga uzatdi. – Shu pulni besh kun ichida topib bormasam, dadamga qiyin bo‘lishi mumkin, Usmon aka. Agar rozi bo‘lsangiz, vaqtni o‘tkazmay, ertaga uyni rasmiylashtirib beraman.
Usmon do‘kondor qog‘ozchaga qarab, birdan tusi o‘zgardi.
– Uka, menda hozirgi vaqtda buncha pul yo‘q. To‘g‘ri, bir paytlar yaxshi pulga sotib olaman deganman, ammo hozir… Uyni o‘sha payti, men aytganimda sotib, pulini bankka qo‘yib qo‘yganingda hozir operatsiyaga bemalol yetgan bo‘lardi, – dedi do‘kondor xunuk ishshayib. Agar istasang, shuni yarmini berishim mumkin. Uyingni bunchaga narxlashing insofdan emas. Salkam yarim asr avval qurilgan uy. Buning ustiga tomidan chakki o‘tib…
Do‘kondorning gapi og‘zida qoldi. Alp uning so‘zini bo‘lib, baqirib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi.
– Aka! Men ana shu pulga zoriqqanimdan uyni sizga sotmoqchiman. Qog‘ozchadagi summani topib bersangiz, yetmaganini butun umr ishlab bo‘lsa ham to‘layman. Gap inson hayoti ustida ketyapti. U yoqda otam o‘lim bilan olishib yotgan bir paytda, uyning ustida savdolashmaylik, iltimos. Bir umr xizmatingizni qilaman yetmaganiga. Faqat iltimos shu pulni topib bering, aka. Qishloqda sizdan boshqa hech kim yo‘q, yordam qiladigan…
Alp so‘z shu yerga kelganda do‘kondorning poyiga tiz cho‘kdi. Ammo Usmon pinagini buzmadi.
– Yo‘q bo‘ls,a qayerdan olib beraman. Olganimga rahmat deyishing kerak, aslida. To‘kilib yotgan uyingni mendan boshqa kim ham pulga olardi. Senga yaxshilik qilay desam, tushunmading. O‘zing bilasan, meni gapim shu.
Usmon do‘kondorning oxirgi gapi Alpiddinnga «endi uyimdan daf bo‘l», degandek eshitildi va ilkis o‘rnidan turib shahdam-shahdam odimlagancha darvoza tomon odimladi.
Usmon do‘kondor o‘zini bunday tutishi orqali vaziyatdan foydalangan holda uyni arzon garov sotib olmoqchi edi. «Baribir qaytib chiqib, uyini menga sotadi. Boshqa kim ham olardi. Qishloqda mendan boshqasini topolmaydi», deya o‘yladi do‘kondor. Aslida esa unday emasdi. Alpiddin qo‘shnisining asl basharasini ko‘rgach, fikri butkul o‘zgargan edi.
Chorasiz o‘g‘il «chiqmagan jondan umid» qabilida barcha tanish-bilishlaridan qarz so‘ray boshladi. Ammo uch kun ichida hayotdan hafsalasi pir bo‘ldi. Hech kimdan qarz olishning imkoni bo‘lmadi. Hattoki, o‘z amakilari va ammalari ham bir paytlar bo‘lib o‘tgan oilaviy mojarolarni ro‘kach qilib, undan yuz o‘girdilar. «Tursuntoshga men aytgan edim, shu kasalvand xotin bilan yashama, seni ham bir kuni o‘ldiradi, deb. Mana onangni o‘limidan uch yil o‘tdi yo o‘tmadi, o‘zi ham tayyor bo‘lib qolibdi. Bir paytlar bu uydan bosh olib chiqib ketgandilarning-ku! O‘g‘li bo‘laturib uyalmadingmi, kelgani. Otang kasal bo‘lsa, tuzat. U seni otang! Meni unaqa ukam yo‘q. Xotinni deb, jigarlaridan kechgan odamni kechirib bo‘lmaydi», dedi ammasi. Ikki amakisi esa bir oz qayg‘urgan bo‘lishdi, ammo pullari yo‘qligini aytib, o‘zlarini olib qochdilar. Eng qizig‘i esa keyin bo‘lib o‘tdi.
Alpiddin ne g‘amda kimlarning eshigida gadodek qarz so‘rab, natija chiqmagach, charchab uyga kelganida eshigi tagida katta amakisi turganini ko‘rdi. «Xudo diliga solib yordam bergani kelibdi-da, har holda dadam uning ukasi-ku», deya o‘yladi Alpiddin. Ammo u yanglishgan edi. «Jiyan, men senga aytsam, hech kim bu dunyoga ustun bo‘la olmaydi. Hammamiz ham bir kuni o‘lamiz. Otangni peshonasida bo‘lsa, yashab ketadi bo‘lmasa u yog‘i xudoning ishi. Lekin agar uyni sotadigan bo‘lsang, meni ham bunda ulushim borligini aytmoqchi edim. O‘sha paytida otang biz bilan – jigarlari bilan urushib chiqib ketgan bo‘lsa ham, yaxshilik qilib uy qurishlaring uchun yuk mashinada g‘isht olib kelib berganman. Hozir bir dona g‘isht falon pul… Xullas, u yog‘i o‘zingga havola», deya to‘ng‘ich amakisi gapning dangalini aytib qo‘yaqoldi. «To‘layman! Hammasini to‘layman», deya g‘ijinib mushtlarini tugdi Alpiddin.
Amakisi chiqib ketgach, ancha vaqtgacha o‘ziga kela olmagan Alpiddin aytilgan muddatga atigi ikki kun vaqt qolganini o‘ylab, tuni bo‘yi uxlay olmadi.
Xo‘roz qichqirib, tong ota boshlagach, Alp o‘rnidan turib tuman shifoxonasi tomon piyoda yo‘l oldi.
Kun yoyilganida markaziy shifoxonaga yetib kelgan Alp birinchilardan bo‘lib bosh shifokor Farmonovning qabuliga yozildi. Dastlab uni yaxshi kayfiyatda kutib olgan shifokor pul topiilmaganini eshitib, xafsalasi pir bo‘ldi. Alpiddin har qancha yalinmasin, shifokor oldindan to‘lovsiz operatsiya qilishga rozi bo‘lmadi.
– Uka, erta tongdan boshimni og‘ritmagin. Bizda qoida shunaqa. Ertagacha pulni olib kelsang, kelding. Aks holda otangning keyingi hayotiga hech kim javob bermaydi. Xamshiraning aytishicha, kundan kunga uning ahvoli yomonlashyapti. Endi bo‘shsan. Meni bemorlar kutyapti.
Alp nima qilarini bilmay, shifoxona hovlisiga chiqdi. Xayol bilan cho‘ntagiga qo‘l tiqqanida qo‘liga qattiq qog‘oz ilindi. Bu otasini shifoxonaga olib kelishga ko‘maklashgan haydovchi Sirojning tashrif qog‘ozi edi. £og‘ozga ko‘z yugurtirgan Alpning ko‘nglida yana umid uyg‘ondi.
Siroj salomlashishning o‘zidayoq Alpiddinni tanidi.
– Sirojiddin aka, ishing tushsa qo‘ng‘iroq qil, deganingizga bir oldingizdan o‘tay dedim. Menga yordam kerak, – deya telefon orqali muammoni bir amallab tushuntirdi Alp.
Bir ozdan so‘ng ular uchrashishga kelishib oldilar. Kelishuv joyiga Siroj tanish «Neksiya»sida yetib keldi. Alp mashinaga o‘tirgach, ulov noma’lum tomonga yeldek uchib ketdi.
Siroj aslida qo‘shni tumanda savdo qiladigan yirik tadbirkor edi. Ammo uni ko‘pchilik qimorboz sifatida bilar, jinoyat olamida o‘ziga xos o‘rin tutadigan sobiq «zek»lardan edi.
«Neksiya» xoliroq joyga borib to‘xtadi. Siroj yigitning gaplarini yana bir bor diqqat bilan eshitdi va o‘zining taklifini    o‘rtaga tashladi.4444444444
 – Alp, uka! Agar sen hozir men aytgan narsani qilishga ko‘zing yetsa, uying ham    yoningga qoladi, otang ham tuzaladi.
  – Har qanday shartingizga roziman, aka!
  – Bir odamni o‘ldirishing kerak, rozimisan?!– sinovchan nigoh bilan qaradi Siroj.
 – Roziman, – dedi Alp.
  Endi uning uchun baribir edi. Hayotda birgina yutqizadigani otasi. Agar undan ham ayrilsa, yashab ham nima qildi.
O‘sha kuni Alpiddin Siroj akasining uyida qoldi. Akaxoni uni umrida ko‘rmagan taomlari bilan yaxshilab mehmon qildi.
U bugun tunda aytilgan odamni o‘ldirishi kerak edi. Agar bugun shu ishni eplay olmasa, operatsiya qoldiriladi… Otasi o‘ladi…
Tungi soat 02:30da sport kiyimi kiyib, xanjar bilan qurollangan Alpiddin aytilgan joyga yo‘l oldi. Hamma shirin uyquda yotardi.
Alp devorlari baland uyning tomidan oshib, aytilgan uyga kirdi. Uning qo‘lida o‘ldirilishi kerak bo‘lgan odamning rasmi bor edi. U oyoq uchida yotoqxona tomon yurdi. Mana, unga kerak bo‘lgan odam mast uyquda uxlab yotibdi. Yigit qinidan xanjarni asta chiqarib, «o‘lja»si tomon yaqinlashdi. Ammo, dadillik uchun bir oz sharob ichib olgan bo‘lsa ham, uning qo‘llari qaltiray boshladi. Ko‘z oldidan bosh shifokorning zarhil basharasi, amakilari, ammasi va qo‘shnisi Usmon do‘kondorning jirkanch basharasi o‘tdi. Ularning hammasi jonlantirish xonasida o‘lim bilan olishib yotgan otasining tezroq jon berishini istashayotgandek tuyuldi unga. Xayoliga kelgan fikrdan Alpning g‘azabi qo‘zg‘igan bo‘lsada, shirin uyquda yotgan kishini otasiga o‘xshatib yubordi. Najotkori Sirojiddinning ne-ne mavhumotlar yashirin sirli nigohlari uni ta’qib qilayotgandek bo‘ldi. Ammo ikki o‘t orasida bo‘lsa ham, qo‘lini qonga botirishga jur’at qilmadi. Ortiga ikki qadam chekinganida qo‘lidan piqoch tushib ketti. Sukunatni buzib tarqlagan ovozdan boyagi kishi bir qimirlab qo‘ydi. Alp esa devor osha kelgan yo‘lidan ortiga qaytdi.
Bu paytda, shafaq qip-qizil tusga kirib, tong ota boshlagan edi.
Ushbu tongda Tursuntosh domla sahar sabosidan to‘yib nafas olishga ulgurmay jon berdi.

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 1079 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: хикоя, HAYOTIY HIKOYALAR, Hikoya, хикоялар, ХАЙОТИЙ ХИКОЯЛАР, хадислар, bo'lgan voqealar, Hikoyalar, булган вокеалар, xadislar | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> «Тошкентнинг шўх қизи» — Дилфуза ИСМОИЛОВА эрининг хиёнати, чилласи чиқмаган келини ва тўй кунидаги кўз ёшлари ҳақида…
>>> ​Shahzoda: “Shahzoda bilan Rayhon bo`lmaganida nima qilar edinglar?”
>>> “SETORA*TANHO” guruhi: “Xato qilmasak, tajribaga ega bo`lmasdik”
>>> Гули АСАЛХЎЖАЕВА: «Бир ёниб-ўчадиган машҳурликдан, ўртамиёналик афзал…»
>>> 2016 йилда фарзандли бўлган машҳурлар
>>> ​Ilmira Rahimjonova: "Mashaqqatlarga bo`y bermaganni hayot sindirolmaydi"
>>> Ризаева Ғойиповга турмушга чиқмоқда! Яна бир ижодий оила!
>>> ​Jahongir Otajonovning Yulduz Usmonovaga javobi sahnada jarang sochdi (Video)
>>> Севарани ерга уриб, Шахзодани кулгуга қўйиш кимга керак?
>>> Nilufar Usmonova “Instagram”dagi rasmiy belgini qo`lga kiritdi


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Апрель 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Друзья сайта


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari