Amerikalik aktyor Robert De Niro topgan pulini rafiqasi Greys Xaytauerning o`ylamay, sarf-xarajat qilishi oqibatida saviyasi past filmlarda ham suratga tushishga majbur bo`lmoqda, deb xabar berdi "Tvzvezda.ru” nashri.
Nashrning yozishicha, Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi barlardan birida rafiqasi bilan o`tirgan Robert De Niro o`zini tutolmay, hammaning oldida "Agar men topgan pullarni havoga sovurmaganingda yomon filmlarda suratga tushishga majbur bo`lmasdim”, deb uni aybladi.
Dunyoga mashhur aktyor so`nggi paytlarda ikkinchi darajali filmlarda suratga tushib, tomoshabinlarning tanqidiga uchradi. Uning eng so`nggi "Engil tabiatli buva” filmida o`ynagan roli "Oltin malina” mukofotining "Eng yomon filmi” nominasiyasiga qo`yildi.
Robert De Niro 100 dan ortiq filmlarda rol o`ynagan bo`lib, 130 marotaba oliy mukofotlarga tavsiya etilgan. U 1974 yilda "Cho`qintirgan ota” filmidagi eng yaxshi erkak roli va 1980 yilda "Quturgan buqa” filmidagi bosh rol uchun "Oskar” mukofotini qo`lga kiritgan.