Четверг, 27.06.2019, 07:00
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1055]
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
Fikr va Mulohaza qiling [738]
Hikoyalar to'plami [636]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [110]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1001]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [18]
Taom reseptlari / Pazandachilik / O'zbek taomlar / Хар хил таомлар ва пишириклар рецепти [151]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [198]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / МАЪЛУМОТЛАР [2916]
Futbol Yangiliklari / Футбол янгиликлари [392]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [26]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [24]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [47]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [19]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР [8]
TURKCHA TARJIMA KINOLAR SERIALLAR / ТУРКЧА ТАРЖИМА КИНОЛАР СЕРИАЛЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР [85]
O'ZBEKCHA KINOLAR / TARJIMA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР / ТАРЖИМА КИНОЛАР
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР [13]
HINDCHA KINOLAR / XINDCHA KINOLAR / ХИНДЧА КИНОЛАР / СЕРИАЛЛАР
Статистика



Онлайн всего: 28
Гостей: 28
Пользователей: 0

Yangiliklar Olami


Главная » 2019 » Июнь » 2 » TAVBA…
10:27
TAVBA…
— Hoy, bu uyda tirik jon bormi-a?.. He, onangni!.. Chiq dedim!..

Darvozadan gandiraklab kirib kelgan Qurbon piyonista hovlining o'rtasida to'xtadi. Yog' bosgan ko'ylagining tugmalari yechilib ketgan, bir oyog'ida poyafzali yo'q, og'zidan so'laklari oqib tushardi…

Odam yoshi qaytsa ko'zdan nur, oyoqdan mador ketib munkillab qolarkan. Marjon buvi bir paytlar ikki choyshab o'tni bir siltab yelkasidan oshirib tashlardi. O'sha paytlar Qurbon tetapoya qadam tashlardi. Bir qo'lida ketmon, bir qo'lida go'dagi bilan dalaga kelgan Marjon qosh qorayganda yana bir choyshab o'tni ham yelkaga olib uyiga qaytar, charchoq nimaligini bilmasdi. Shunda ham charchamasdi. Kechasi non yopardi, kirlarini yuvardi…

Mana, endi saksonni qoralab qoldi, sal ilkis harakat qilsa tamom — ikki-uch kun belini ololmaydi.

«Uf-f, qachon shu bolaga insof kirarkin?..»

Xonasida paxta titib o'tirgan Marjon buvi o'g'lining shovqin-suroniga ko'nikib ketgan bo'lsa-da, yuragi hapriqib shosha-pisha qo'lidagi bir tutam paxtani sandalga tashladi-da, turtina-surtina tashqariga shoshildi.

— Ha, bolajonim, keldingmi? Yur, o'zim uyingga opkirib qo'yay!..

Qurbon chayqalgan ko'yi onasiga chaqchayib qaradi:

— Keliningiz qani? Bolalar qaerda?..

— Qaynotangnikiga ketishgandi, bolam!.. Hali-zamon kep qolishar. Uyingga kir, dam olib turgin.

— Nima?.. Nega so'ramay ketadi onasinikiga? B-biz kimmiz bu uyda?..

Marjon buvi nojo'ya ish qilib qo'yganday boshini egdi.

— Voy bolaginam-ey, ichaverganingdan keyin shunaqa bo'ladi-da! Sen munday gapga quloq solsang ekan… Borsa borar!.. Nimayam qila olarding? Men munkillab qolgan bo'lsam…

— Siz aralashmang! Kim bo'psiz, aralashasiz?.. E, o'zi bir oyog'ingiz…

Qurbon og'zidan noto'g'ri gap chiqayotganini payqab qoldimi, «chirt» etkazib tupurdi-da, gandiraklab xonasi tomon yo'l oldi.

— Hay, uying donga to'lgur! — uning ortidan yig'lamsiragancha javrardi Marjon buvi. — Iloyim, orqamda qolgin! Mayli, nima desang ham bolamsan… O'zingga insof bersin!..

* * *

Marjon buvining ichi kuyardi, kelini Xosiyat yengiltabiatroq chiqib qoldi. O'n yil burun — kelin bo'lib tushgandayoq yoqimsiz qiliqlar chiqara boshlagandi. O'rdak yurish qilib, ko'chadan o'tganda begona erkaklarning ko'zini o'ynatar, to'y-hashamga chog'langanday yasan-tusan qilib, uyga biror-bir erkak kirib kelsa ko'zlari o'ynab, atrofida girdikapalak bo'lardi…

Eri aroqxo'rlikka berilgach, Xosiyatning yelkasiga shayton tamom minib oldi, haddidan oshdi, Qurbonni mensimay qo'ydi. Oradan bir yil o'tar-o'tmay eri gapirsa lab buradigan, uni oyoq uchida ko'rsatadigan odat chiqardi…

— Yana ichibdilar-da!.. — hovlining etagida mung'ayib o'tirgan Marjon buviga bir yovqarash qildi-da, kelin uyi tomon bezovta qarab qo'ydi. Keyin issiqdan yuragi siqildimi, ko'ylagi yoqalarini tortib-silkitib yelpindi.

— Voy, qizim, yaxshi borib keldingizmi?.. Bolalar qani?..

Marjon buvi tepasida turgan kelinini ko'rib, o'rnidan sekin qo'zg'aldi.

— Bolalar qoldi, — dedi xushlamay Xosiyat. — Shu piyonistaning diydiyolarini mening eshitganim ham yetar. O'lib ketsin, shu o'lmadi men qutulmadim-a!

— Qo'ying bolam, unday demang!.. Insof berib qolar…

— Bunaqalarga insof kirarmidi? Na topish-tutishida, na yurish-turishida tayin bor. Hozir kiray, ko'rsatib qo'yaman unga!

— Voy Xudoyim-ey, uxlayotgan bo'lsa, bezovta qilmang. Fe'lini bilasiz-ku.

— Sizga nima? Tuqqan bolangizga gapingiz o'tmagandan keyin aralashmang!..

Marjon buvi tilini tiydi. Har safar shunday. Shu… bitta gapi bilan kelini uning og'ziga uradi. Buvi o'zini gunohkor sezib, ortiq gap qo'shmaydi, foydasi yo'q. Qurib ketsin!.. Qartayganida bir kun bo'lsayam tinchgina o'tirish nasib etarmikan?..

* * *

Xosiyat ichkariga kirib sholcha ustida cho'zilib yotgan erining oyog'iga tepdi.

— Tur!.. Xudoyo, og'zingdan qoning kelsin sen piyonistaning! Xudoyo, seni tug'may buving o'lsin, haromi! Tu-ur!..

Xosiyatning qarg'ishini eshitgan Marjon buvining alami olti bo'ldi.

— Ey, xudo, kelinlargayam to'zim bersin-da, ishqilib!.. Sendan shunday farzand tilaganmidim? Shunday kelin tilaganmidim sendan?..

Ichkaridan qandaydir idishning qarsillab singan tovushi eshitildi, Qurbonning bo'ralab so'kindi. Bir necha soniyadan so'ng, Qurbon — kimdir ortidan itarib yubordimi — tashqariga otilib chiqdi-da gandiraklab Marjon buvining shundoq oyoqlari ostiga quladi.

— Voy, o'lib qo'ya qolay, tur, bolam!

Buvi jonholatda engashib Qurbonni ko'tarib turg'izmoqchi bo'ldi, biroq qarilik pand berdi shekilli, cho'yanday og'ir gavdani o'rnidan qo'zg'ata olmadi.

— Tura qolsang-chi, uyat bo'ladi, axir! Kap-katta odam-a! Hah, seni urganlarning uyi kuysin!..

— Nima? Kimning uyi kuyadi? Og'zingga qarab gapir! — shang'illadi ichkarida turib Xosiyat. Sarosimalanib qolgan Marjon buvi yerga qapishib xurrak otayotgan o'g'liga bir qarab oldi-da, boshini ko'tarib keliniga alam bilan tikildi:

— Seni ne niyatlarda olgandim-a!.. Shunaqayam johil bo'lasanmi?

— Ha-a, biz johilmiz! Manavi go'rso'xtangiz farishta! Nima qilsayam begonamiz-da-a!

Xosiyat go'yo yig'layotganday ko'zlarini ro'molining uchi bilan arta-arta xonasiga yo'l oldi.

— Qani, uyga kirib ko'rsin-chi bu piyonista, nima qilarkanman!..

* * *

Marjon buvi ikki o't orasida qolgandi: o'g'liga achinay desa, onam deb zarracha qayishmasa, ichib olib jerkigani-jerkigan; bu yoqda kelinining qiliqlari ortiqcha, tilidan zahar tomadi…

Lekin nima bo'lganda ham ona ona ekan-da, yarim tungacha kiprik qoqmay eshik «tiq» etsa to'lg'anib tashqariga qarab yotdi. Ustiga-ustak, oyog'ining og'rig'i qo'zg'ab, shunday zirqirardiki, birov igna sanchib olayotganday achishib og'riydi…

Bir mahal Qurbonning eshigi g'iyqillab ochildi. Marjon buvi shosha-pisha o'rnidan turib deraza pardasini ko'tardi. O'g'li gandiraklab kelayapti. «Obbo, yana nima bo'ldiykan?.. — xayolidan o'tdi Marjon buvining. — Tag'in bir baloni boshlamayaptimikan bular?»

— Och eshikni! — g'udrandi Qurbon. — Hoy buvi, och dedim eshikni!..

— Xo'p, bolam, mana, hozir ketayapman! Birpas shoshmay turgin.

Marjon buvi eshik zulfinini sug'urgan hamon og'ir gavda xona ichiga gursillab quladi.

— Voy, endi nima qilaman-a? Tursang-chi, men seni ko'tarolmasam, bolajonim! Kel, turaqol!.. Axir, shuncha ichadimi odam?!

Qurbon o'zicha nimalardir deb g'udrandi. Buvi uning nima demoqchi bo'layotganini tushunmas, hamon engashib o'g'lini ko'tarib turg'azishga urinardi.

— V-vey, buvi, n-nimaga chiranasan? — so'laklarini yengiga artarkan, boshini zo'rg'a ko'tarib xunuk hiringladi Qurbon. — O'zing shaftoliqoqi bo'lib yotibsan-u, meni ko'tara olarmiding?

— Ha bo'pti, shaftoli qoqi bo'lsam senlarni deb bo'ldim, bolam! Bas qil! Choy qo'yib beraymi?

— Choyni bosh-shimga uramanmi?.. Undan ko'ra… Y-yo'q… Hammang bir go'rsan!.. Ayol zotining bari bir go'r!

Qurbonning ko'zlari chaqchaydi. Marjon buvi bir xavotirni sezdimi, ortiga tisarildi.

— Hammangni tiriklay ko'mish kerak! — baqirdi Qurbon. — Bir tiyinga qimmatsan baring! Yo'qol, ko'zimga ko'rinma senam!.. Tug'ib qo'ygan bo'lsang nima bo'pti? S-sen… Meni baloga yo'liqtirish uchun tuqqansan, yo'qol!..

— Voy Xudo urdi meni!.. Unaqa dema, Qurbonjon!.. Qaysi ona o'z bolasiga baloni ravo ko'radi? Unaqa gaplarni gapirma!

— N-nima-a?.. Vey, anavi Xosiyat nima qilib yurganini bilasanmi? S-sen topgansan o'shaniyam, bildingmi?.. Bor, hozir…

Qurbon ilkis qo'zg'alib xontaxta ustidagi choynakni qo'liga oldi.

— Agar chiqib ketmasang, o'ldiraman!

Marjon buvi xonadan qanday chiqib ketganini o'zi ham sezmay qoldi. Hovliga chiqdi-da, qay tomon yurishini bilmay bir muddat garangsib turdi, keyin noiloj ko'cha tarafga yo'l oldi…

* * *

Tun yarmidan oqqan, ko'cha zim-ziyo qorong'i edi. Marjon buvi «tiq» etgan sharpadan seskanardi. Lekin iloji qancha, hovlida ularning dag'dag'asini eshitgandan ko'ra, hov, ariq bo'yida tongni ottirgani yaxshi…

«Balki orqamdan qidirib chiqib qolar Qurbonboy? — deb o'yladi buvi salqindan junjika boshlagach bilaklarini kamzulining orasiga tiqarkan. — Har qalay, buvim qayga ketdi deb qidirar».

Oradan xiyla vaqt o'tdi, biroq birovning qorasi ko'rinmadi. Marjon buvi o'g'lidan umidini uzib, ariq chetidagi tolga suyanib ko'zini ildirdi.

Bir mahal uzoqdan traktorning ovozi eshitildi, buvi ko'zini ochib, boshini ko'tarib qaradi. Qo'shni qishloq tarafdan u tomon bir traktor yelib kelardi. «Bu anavi Tilla cholning o'g'li bo'lsa kerak, — deb ko'nglidan o'tkazdi Marjon buvi inqillab o'rnidan turarkan. — Binoyi bola-da Tilavoldi. Qurbon ikkalasi tengqur. iroq Tilavoldi ichmaydi. Uylari-chi, uylarini yasatib qo'ygan. Kechalari traktor haydab beshta bolasini, ota-onasigacha qo'shib boqayapti-da shu!.. Ajabmas, uyga kirib Qurbonni insofga chaqirib qo'ysa…»

Traktor yaqinlashgach Marjon buvi qo'llarini ko'tarib sermadi.

— Hov bolam-a, to'xta! To'xta!..

Traktor to'xtadi. O'ylaganiday Tilavoldi ekan.

— Ha, buvi, buerda bir o'zingiz nima qip o'tiribsiz? — baland bo'yli, qirraburun, egniga eski chopon kiyib olgan Tilavoldi traktordan sakrab tushib, kampirga yaqin keldi. — Tinchlikmi?

— E, bolam-ey, — dedi Marjon buvi uning yuziga qarolmay. — Qurbon o'rtog'ingni bilasan-ku, u borerda tinchlik bo'larmidi. G'irt mast. Mana, meniyam ko'chaga chiqarib yubordi.

— Ie, ahmoqmi u? Nimaga haydaydi sizni? Qani, yuring-chi, buvi. Hozir esini kiritib qo'yaman!

— Qo'y, urib yurmagin tag'in! — Tilavoldining yo'lini to'sdi Marjon buvi. — Nima bo'lgandayam bolam-da!.. Jonim achiydi. Baloga yo'liqqur aroqning kasrida, bolam.

— E, buvi, sizni katta ko'chaga chiqarib qo'ysa, yana joningiz achiydi-ya!.. Bo'pti, urib jinni bo'pmanmi? Nasihat qip qo'yaman-da!..

Tilavoldi kampirnietaklab hovliga kirdi.

Tilavoldining ko'zi so'ri ostida pishillab uxlayotgan Qurbonga tushdi-yu, beixtiyor yoqasini ushladi.

Tengqurining egnida mayka, shimi tovonigacha tushirilgan. U Qurbonga yaqinlashganda dimog'iga badbo'y hid urildi. Qo'lansa hidni Marjon buvi ham sezdi shekilli, boshidagi ro'molining uchi bilan burnini berkitib oldi.

— Voy, o'lib qo'ya qolay! — Tilavoldining oldida nomus qildi shekilli, teskari o'girilib o'zicha shivirlab qo'ydi Marjon buvi. — Sharmanda-a!..

— Buning xotini qani? — so'radi Tilavoldi nadomat bilan bosh chayqab.

— Uyida… O'sha haydab solgan hovliga…

— Ana sizga turmush… O'zi-chi buvi, shu Xosiyatni bekor kelin qilganakansiz… To'g'risi, menga uncha yoqmasdi… Umuman… sizbop kelinmas-da u!..

Marjon buvi yerga qaradi. Begona erkakning oldida mulzam bo'lganidan yuzini kaftlari bilan berkitgancha ichkariga kirib ketdi.

— Tur, tursang-chi!.. He, uyatsiz! Kelin, hoy kelin, chiqib eringizga qarasangiz bo'lmaydimi?.. — baqirdi Tilavoldi Qurbonning shimini ijirg'anib yuqoriga ko'tararkan. — Shuyam hayotmi? Biri axlatiga belanib dumalab yotsa, boshqasi hech narsa bo'lmaganday pishillab uxlasa… Suf senlarga!..

Baqir-chaqirdan uyg'onib ketgan Xosiyat tashqariga chiqib Qurbonning ne ahvolda yotganini ko'rib, Tilavoldiga qarata javray ketdi:

— Ja achinayotgan bo'lsangiz, o'zingiz olib kiravering! Sizga o'xshaganlar ichirib qo'yadi-da, keyin qo'y og'zidan cho'p olmaganday, mehribonchilik qiladi!

— Og'zingizga qarab gapiring! — dedi ovozini ko'tarib Tilavoldi. — Men ichsam sizning eringizga o'xshaganlar bilan ichamanman… E, qari onani ko'chaga chiqarib qo'yib, issiq to'shakda uyalmay yotibsizlar?!

— Men chiqaribmanmi-a, men chiqaribmanmi? Ana, piyonista o'g'lidan so'rang!

— Siz ham shu uyning odamisiz-ku!.. Bo'pti, bo'lar ish bo'pti, keling endi, ichkariga opkirib oyoq-qo'llarini yuvib qo'ying!..

— Chuchvarani xom sanabdi! — dedi Xosiyat Qurbonga jirkanib qarab. — Iflos qilgan bo'lsa, o'zi tozalanvolsin! Men bu uyga cho'ri bo'lib kelganim yo'q…

— Obbo, ja qaysar ekansiz-da o'zingiz ham! Shuncha yil bir yostiqqa bosh qo'yib… bir joyingiz kamayib qoladimi tozalasangiz?..

— Siz menga aql o'rgatmang, bildingizmi? Umuman, nimaga kirdingiz bu hovliga? Boring, ishingizni qiling! Aralashmang!..

Tilavoldining hafsalasi pir bo'ldi. Bir muddat garangsib turdi-da:

— E, o'lib ketmaysanlarmi menga desa!.. Betavfiqlar!.. — deya qo'l siltadi va shaxt burilib hovlidan chiqib ketdi.

* * *

Qurbon o'ziga kelgach, ne ahvolga tushganini payqadi-yu, boshi lo'qillab og'riyotganiga ham e'tibor qilmay, og'ilxonaga yugurdi. Amallab tog'orada suv olib kirib, sovqotganiga qaramay titrab-qaltirab yuvindi, kiyimlarini almashtirdi. Aqli biroz joyiga kelgandek bo'lib, xonaga kirdi. Xotini uyda yo'q, qaerga ketgani noma'lum, hammayoq suv sepganday jimjit…

«Ketsa ketar», dedi-yu Qurbon choynak qidirdi, tomog'i qizishib sovuq choy ichmoqchi bo'ldi. Biroq choynak bo'm-bo'sh edi. Shunda buvisi esiga tushib, shosha-pisha tashqariga chiqdi…

Go'yo hech narsa bo'lmaganday Marjon buvining xonasiga kirib, salomsiz-aliksiz to'ppa-to'g'ri tokchadagi choynakka yopishdi…

Yarim choynak choyni bir ko'tarishda simirdi. Marjon buvi boshini eggancha karavotida jim o'tirardi.

— Hm-m, ja qovog'ingizdan qor yog'ayapti? Tinchlikmi?.. — dag'dag'ali ohangda so'z qotdi Qurbon.

Marjon buvi ro'molchasi bilan ko'zlarini artdi, keyin boshini ko'tarib:

— Yo'q, hech narsa… — dedi past ovozda. — O'zim… O'tiribman-da, bolam!..

— Anavi megajin qani?

— Kim, bolam?

— Kim bo'lardi? Xosiyatni aytyapman…

— Kim bilsin? Menga hisob bermasa. Erta tongda kiyinib chiqib ketdi.

— Jonimga tegib ketdi shu xoti-in! — to'satdan baqirib tashqariga yo'naldi Qurbon. — Nimaga yashab yuribman u bilan?.. Nimaga-a?!

Marjon buvining ichini nimadir tirnab ketgandek «ix»lab qo'ydi.

— Voy noshud bola-ey!.. Shundan boshqasi tegarmidi senga?.. Tengingni topgansan-da, nima qilay-y-y?

* * *

Qurbon jahl bilan odimlab do'konga qarab ketdi. Tilavoldilarning darvozasi to'g'risiga yetgan paytda, machit tarafdan Yo'ldosh qorining qorasi ko'rindi. Qurbon qoriga ko'zi tushsa toshbaqaday boshini ichiga tortar, undan cho'chirdi. Otasi tengi bu odamning uni ko'rdi deguncha nasihat qilishidan, tanbeh beraverishidan bezillab qolgandi. U o'zini ko'rmaganga olib o'tib ketayotgandi, tuyqusdan qorining o'zi uni to'xtatdi:

— Hoy Qurbon, salomniyam aroqqa qo'shib ichib yubrganmisan, nima balo?

— Ie, uzr, qoraka, ko'rmabmiz-da! — Qurbon zo'raki tirjayib ortiga o'girildi. — Assalomu alaykum!..

— Vaalaykum assalom!.. Kallai saharlab yo'lga tushibsizmi?

— Ha… endi… O'zingiz bilasiz-ku. Birrov do'konga o'tib kelmoqchiydim.

— He, do'konga chiqmay har narsa bo'l! — qorining hassa tutgan o'ng qo'li titrab ketdi. — Nega kecha buvingni ko'chaga haydab solding!

— Nima?! — Qurbon hayron bo'lib boshini qashladi. — O'libmanmi ko'chaga haydab? Qo'ying-e!

— Ana, Tilavoldi oqshom uyingga kirib ko'ribdi-ku!.. Sasib yotganmishsan. Xotining ikkalang shu kampirning boshini yer ekansanlar-da!.. Qara, bolalaring bo'y yetib qoldi. O'lasanmi ularning g'amini yesang, buvingning duosini olsang?! O'lim hammamizga otameros. Erta bir kun chiroq yoqib qidirsang ham topolmaysan buvingni! Ichkilikka balo bormi?..

Qurbon qoriga ma'noli ko'z qisib qo'ydi.

— Ha endi, qoraka, o'zlariyam bir paytlar… Otam rahmatli aytardi…

— O'chir ovozingni!.. Sen menday bo'lguncha hali ikki martalab ko'karib chiqasan…

«Qori bilan hazillashib bo'lmaydi. Jahli chiqsa, mahallani to'plab sharmanda qilishdanam toymaydi…» degan fikr o'tdi Qurbonning miyasidan. Qori hassasini yuqoriga ko'targanini ko'rib, u hiringlagancha do'kon tomon yugurib ketdi…

* * *

Do'kon ro'parasida, odatdagiday, ulfati Sharof mirob qunishib turardi. Qurbonni ko'rib uning chehrasi yorishib ketdi.

— Zap kelding-da, oshna! — dedi u sherigining yelkasiga qoqib. — O'zi… Shu desang, sherik topolmay turgandim. Keyin-chi, senga bir xunuk xabarim ham bor…

— Qanaqa xunuk xabar? — to'ng'illadi Qurbon. — Aytavermaysanmi?

— Yo'q, oldin bittani bo'shataylik, aytish qochmas…

Ular do'kondan olib chiqishgan vinoni bir chetga o'tib ikkita stakanga bo'lib quyishdi. Sal ichlari qizib, yuz-burunlariga qizil yugurgach, Sharof yuziga xavotirli tus berib, bosh chayqadi.

— Sen anavi… xotiningni… qo'yvor! — dedi u tomdan tarasha tushganday. — Senga to'g'ri kelmaydi… E, biz hali yoshmiz. Yurasanmi o'shaning etagiga osilib?

— Vey! — shishadoshining yoqasidan oldi Qurbon. — Gapiradigan bo'lsang, ochiqcha gapir! Nima demoqchisan o'zi?

Sharof bir zum sukut saqladi, keyin ijirg'anib tupurdi.

— To'g'risi, boya xotining… bir «Volga»ga o'tirib ketvordi.

— Nim-ma? Og'zingga qarab gapir!

— Qo'yvor! — Sharof yoqasiga yopishgan Qurbonning qo'llarini siltab tashladi-da, ortga tisarildi. — Ja indamasa… O'zim ko'rdim deyapman-ku!.. Buning-chi, seni ahmoq qilib yuribdi, xolos… To'g'ri-da, ishlamagan odam qaysi xotinga yoqardi?

Shu gapdan so'ng Qurbonning mushtlari tugildi…

Ha, ko'ngli sezib yurgandi. Xotinining xiyonat qilib yurganini payqagandek bo'lgandi. Ammo isboti yo'q edi, shu bois tilini tishlardi… Mana, endi isbot topildi. Ko'nglidagi gumonlar oydinlashdi endi…

— Men uni o'ldiraman! — asabiy pichirladi Qurbon. — Bo'g'izlayman uni, oshna!.. O'zim ham anchadan beri payqab yurardim. Endi… Menga qara, cho'ntagimda bir tiyin ham pulim qolmabdi. Hali mamashka pensiyasini olsa qaytaraman. Bitta vinoga pul ber.

Sharof sovuq tirjaydi.

— Olmasa-chi?

— Nimaga olmas ekan? Yerning tagidan bo'lsayam toptiraman… Olsang-chi!..

— Bo'pti, kechgacha qaytarasan. O'zing bilasan, menam oshib-toshib ketganim yo'q. Xotindan yashirib-netib amallayapman…

Ikki ulfat Sharofning oxirgi puliga yana bir shisha vino olib ichishgach, tarqalishdi. Lekin bu bilan Qurbonning xurmachasi to'lmadi. Sharofdan eshitgan gap qonini qizdirar, tezroq uyga qaytib, Marjon buvidan pul undirish ilinjida u hovlisiga oshiqdi…

* * *

— Qanjiq! — yo'l-yo'lakay so'kinib borardi Qurbon. — Hiqildog'imga keldi hammasi!.. Hammasiga mana shu kampir aybdor. «Yaxshi joydan ekan» deyaverib hol-jonimga qo'ymagan.

U hovliga bostirib kirib kelganida, Marjon buvi tomorqada endi unib chiqqan makkajo'xorini o'tayotgandi. Yurak oldirib qo'yganidanmi, o'g'lining yo'talganini eshitib o'rnidan turdi.

— Hoy buvi, qaydasiz? Chiqmaysizmi munday!

— Mana hozir, ketayapman, bolajonim!..

Marjon buvi bukchaygan ko'yi Qurbonga ro'para keldi.

— Ha Qurbonboy, tinchlikmi, bolam?.. Issiq choy qo'yib beraymi?

— Choyni boshimga uramanmi? — o'shqirdi u kampirga ko'zlarini chaqchaytirgancha tikilib. — Pul bering menga, pul! Pensiya olingandir?

— Voy, qayoqda? — jilmayib dedi Marjon buvi. — Hali o'n kun bor-ku pensiyaga!..

— O'lg'on gapirmang!.. Anchadan beri sezib yuribman, pul yashirishni o'rganib olgansiz. Cho'zing tez, bosh og'rib ketyapti!..

— Jon bolam, qari buvingning gapigayam ishonmaysan-a?.. Sendan yashiramanmi? Go'rimga olib ketarmidim yashirib? Axir, bor-yo'g'im seniki-ku, o'zingam yaxshi bilasan-ku!

— Menga qara, kampir, — Qurbon beixtiyor sensirashga o'tib, — hozir jahlim chiqib turibdi. Ozgina kayfim ham bor. E, buvim bo'lsang ham ayab o'tirmayman. Topib ber dedim pullarni!..

— Qo'y bolam, jon bolam, meni urma! — yalina boshladi Marjon buvi qaltirab. — Gunohga botma!.. Bo'pti, hozir anavi… Qo'shnidan qarz olib beraman, faqat meni urma, gunoh bo'ladi!..

— Bo'pti, bo'ling tez! — dedi Qurbon pulning daragini eshitgach «siz»lashga o'tib. — Sizga besh daqiqa muhlat. Besh ming topib chiqasiz…

Marjon buvi yugurgilagancha borib qo'shnisi Oynisaning hovlisiga kirdi. Oynisa bozorda eri bilan mayda-chuyda sotib ro'zg'orini tebratardi. Qo'shni kampirning rangi o'chib ketganini ko'rgan Oynisa tashvishlanib so'radi:

— Ha, ena, sizga nima bo'ldi? Biror yeringiz og'riyaptimi?

— Og'risa koshkiydi, qizim! — dedi ko'zini olib qochib Marjon buvi. — Qurbon qurmag'ur yana ichib kepti. Pul topib kirmasam o'ldirib qo'yadi meni!..

— Voy, — Oynisa kampirni qo'ltig'idan olib so'riga boshladi, — nimaga o'ldiradi sizni u yaramas?.. Qani, o'tiring-chi, ena.

— Halidan beri hol-jonimga qo'ymaydi, pensiyangni ber, deb. Yo'q desam ishonmaydi. Shunga… Jon qizim, besh ming so'm berib turmasangiz bo'lmaydi. Xudo xohlasa, o'n kundan keyin pensiyam keladi, qaytaraman…

— Nega mahallaga chiqib arz qilmaysiz? — tutoqib ketdi Oynisa. — Adabini berdirib qo'ysangiz bo'ladi-ku! Axir, onaniyam shunaqa xo'rlaydimi?

— Nomus qilaman, Oynisaxon, odamlardan nomus qilaman. Tuqqan bolasining ustidan arz qilib yuribdi, bu kampirning miyasi suyilib qopti, deyishmaydimi?..

— Biror narsa qilib qo'ysa, unda nima bo'ladi?! Eh, ena-ey, bilaman, qachondan beri Qurbonning qiliqlariga chidab kelayapsiz… Uningizning-chi, Xosiyat adabini bersin, ha!.. Bugun bozordan chiqib kelayotsam, qanaqadir mo'ylovli bir olifta ikkalasi shashlik yeb o'tiribdi, o'lgur! Voy, baribir qo'shnichilik-da, g'alati bo'p ketdim. Odamlar xuddi qo'llarini bigiz qilib meni ko'rsatib ta'na qilayotganday tuyildi!..

Marjon buvi ro'molchasini olib, ko'zlaridagi yoshni artarkan bosh chayqab qo'ydi.

— Nima qilay? O'shanda adashdim. Birovlar maqtasa, laqqa tushib qo'ya qolibman. Shuning uchun bolam ichkilikka berilib ketdimikan, deb ham o'ylayman… Mayli, peshonaga yozilgani-da!.. Qizim, keling, o'sha zormanda pulni berib turing, boshim balodan qutulsin, o'rgilay!..

Oynisa opa kuldi.

— Voy ena-ey, sizdan pulni qizg'anarmidim? Hozir, birpas o'tira turing-a, opchiqay. He, onaning qo'liga qaramay har balo bo'lgur!..

Oynisa opa ichkaridan pul olib chiqib, Marjon buvining qo'liga tutqazarkan:

— Ena, tag'in hammasini berib yurmang! Oz-ozdan bering u yashshamagurga!.. — deya tayinladi.

* * *

Yarim tunda Xosiyat hech narsa bo'lmaganday hovliga kirib keldi. Sochlari xiyla yoyilgan, badanidan yoqimli atir hidi ufurib turardi. Ko'zi so'rida sigaret tutatib o'tirgan eriga tushib taqqa to'xtadi. «Xabar topganga o'xshaydi», degan o'y xayolidan kechib sekin ortiga tislana boshladi. Ammo Qurbon uni allaqachon ko'rib ulgurgandi.

— Suyuqoyoq!!! — o'rnidan turib gandiraklagancha xotiniga yaqinlasha boshladi Qurbon. — Ayt, kimning qo'ynidan chiqib kelayapsan?! Ayt! Agar… o'z og'zing bilan aytmasang, shu yerning o'zida kallangni uzib tashlayman!..

Marjon buvi o'g'lidan qo'rqib xonasidan jilmay o'tirgandi. Qurbonning ovozi zardali chiqqanidan battar cho'chib, asta derazadan mo'raladi. Qurbon Xosiyatga tahdid qilib baqirardi. Kampir shoshib pardani tushirdi-da, jim o'tirib qulog'ini ding qildi.

— Nimaga indamaysan, iflos?! — tobora avjlanardi Qurbon.

— Meniyam o'zingga o'xshatma! — to'satdan tilga kirdi Xosiyat. — Undan ko'ra o'zing ayt, men yo'g'imda qaysi megajinni uyga opkirib yotding?

— Hali shunaqami? Voy iflos-ey!

Qurbon kutilmaganda Xosiyatning yuziga shapaloq tortib yubordi. Marjon buvi kelinining dodlab yig'laganini, Qurbonning esa tinimsiz so'kinib, xotinini tepkilay boshlaganini eshitdi.

— Voy sho'rim, o'ldirib qo'ysa-ya?..

Marjon buvi nima bo'lsa bo'lar, deb dast o'rnidan turdi-da, boshiga ro'molini ilib tashqariga chiqdi.

— Hoy, o'g'lim, bas qil! — Qurbonning yo'lini to'sib Xosiyatni o'rnidan turg'azishga chog'langan kampir boshi aralash kelib tushgan tepkidan uchib ketdi.

— Voy boshim!.. Voy joni-im!.. Urma, meni urma, juvonmarg!.. Qari buvingni urma!..

Aql-hushini yo'qotib qo'ygan bemehr o'g'il buvisini yana ikki-uch marta tepib yubordi.

— Voy, nima qilib qo'ydingiz? — haligina yerda dumalagan ko'yi uv tortib yig'layotgan Xosiyat behush yiqilgan qaynonasining tepasiga kelib, yuragiga quloq solgan bo'ldi. — Nima qilib qo'ydingiz?.. O'ldirib qo'ydingiz-ku!..

— Ha, qo'shnilar, nima to'polon?

Shu payt kutilmaganda Tilavoldining baqir-chaqirni eshitib hovliga kirib kelganini ular sezmay qolishdi. Marjon buvi yerda dumalab yotar, Qurbon esa karaxt odamdek qotib qolgandi. Tilavoldi shosha-pisha Marjon buvini ko'tarib olib so'riga yotqizdi, choynakdagi sovib qolgan choydan kaftiga quyib kampirning yuziga sepdi…

Xayriyat, Marjon buvi o'ziga keldi. Birozdan so'ng ko'zlarini ochib, inqillay boshladi.

— Voy boshim!.. Voy jonim!.. Og'rib ketayapti!..

— Hey, go'rso'xta! — Tilavoldi kampirni qo'yib Qurbonning yoqasiga yopishdi. — Nimaga urding onangni?.. Mana senga! Mana!

Tilavoldining ayovsiz tepkilaridan og'zi-burni qonga bo'yalgan Qurbon cho'zilib qoldi. Xosiyat esa, mehribon kelinlarday qaynonasining ning boshini, oyoqlarini uqalar, o'zicha nimalardir deb yupatgan bo'lardi…

* * *

Bir mahal yuz-ko'zlari qonga bo'yalgan Qurbonning ko'zlari darvozadan kirib kelayotgan militsionerlarga tushdi. Ular to'ppa-to'g'ri Qurbon tomon bostirib kela boshlashdi.

— Y-yo'q!.. Yo'-o'q!.. Qamashadi!.. Meni qamab qo'yishadi!.. Istamayman, istamayman!.. O'zimni… O'zimni osaman!..

Qurbon jonholatda so'ri chetida turgan arqonni qo'liga olgancha, og'il tomonga qocha boshladi.

— H-ha-a!.. Yetib bo'psanlar!.. Hozir!.. Hozir!..

— Dadasi, hoy dadasi, sizga nima bo'ldi? Ko'zingizni ochsangiz-chi!

Qoniga belangancha astoydil og'il tarafga qochayotgan Qurbonni kimdir turtgandek tuyilib… ko'zlarini ochdi…

Tepasida Xosiyat yig'lab turar, buvisi esa boshini silab o'tirardi.

— Milisalar qani?.. — shivirladi Qurbon hamon o'ziga kela olmay.

— Qanaqa milisa?.. Siz uyingizdasiz!.. — dedi Xosiyat yig'i aralash jilmayib. — Xayriyat, Xudo qaytib berdi sizni!.. Buvijon, to'g'ri-a, Xudo qaytib berdi-a o'g'lingizni?..

— Ha bolam, Xudo qaytib berdi yolg'izgina bolamni!.. — javob qildi Marjon buvi ham yig'idan o'zini to'xtatolmay…

Qurbon esa o'rnidan zo'rg'a qo'zg'alib, har ehtimolga qarshi, darvoza tarafga ko'z tashlab oldi. Haqiqatan u o'zining uyida. Hech qanday milisa yo'q. U yuz-ko'zlarini ushlab ko'rdi, qon izi ham yo'q.

— Buvi… Siz o'lmagansiz-a? — so'radi xavotir aralash Marjon buvining qo'llarini paypaslab ko'rarkan Qurbon. — Siz tiriksiz-a?..

— Voy bolam-ey, tirik bo'lmasam sening tepangda o'tirarmidim… O'zing-ku, uch kundan beri kelin ikkovimizning o'takamizni yording!.. Hech o'zingga kelmaysan. Kinnayam solib ko'rdim, anavi Yo'ldosh qorini ayttirib chiqib, dam soldirdim. Qani ko'zingni ocha qolsang… Alahsiraganing alahsiragan… Kimlarnidir so'kasanmi-ey, kimlarnidir o'ldiraman deb do'q urasanmi-ey!.. Shunchalik ham ichadimi odam?..

Qurbon xotini tomon o'girildi:

— Menga qara, sen… birov bilan yurasanmi?..

Xosiyat beixtiyor yoqasini ushladi.

— Tavba qildim-ey, bu nima deganingiz?.. Jinni bo'libmanmi yurib?.. Gulday bolalarimiz bor-a!..

— Aytgancha, bolalar qani?.. Sen… Ularni onangnikiga tashlab kelganing rostmi?..

— Uf-f, uch kun avval o'zingiz qo'llariga pul berib jo'natdingiz-ku!..

Shundan keyingina Qurbonning xayoli joyiga kelib, ko'ngli o'rniga tushib qaytadan Marjon buviga yuzlandi.

— Buvi… Meni kechiring!.. Tavba qildim!.. O'sha kuni ko'p ichmagandim… Piyoladagi aroqqa kimdir kul solib qo'yibdi-da… Kechiring!.. Senam kechir, xotin!.. Tavba qildim!.. Sizlarning borlaringga shukur!.. Shu kungacha ichib kelib, sizlarni bezovta qilgan bo'lsam, kechiringlar! Endi og'zimga olmaganim bo'lsin shu zormandani!

Qurbon o'rnidan turdi-da, nimadir esiga tushgandek, javonni ochdi. Javonda turgan ikki shisha aroqni olib, zarb bilan derazadan tashqariga uloqtirdi…

Qaynona-kelin kulgidan zo'rg'a o'zlarini tiyib turishardi.

www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Hikoyalar to'plami | Просмотров: 38 | Добавил: Sherlaruz.CoM | Теги: #xabarlar, #newsuz, #Yangilik, #uznews, #habarlar, #news, #ahborot, #Yangiliklar, #новости | Рейтинг: 0.0/0

Tavsiya qilamiz bularni ham o'qib ko'ring:

>>> ЯНГИ МЕГАХИТНИ ҚАРШИ ОЛИШГА ТАЙЁРМИСИЗ?
>>> Санъаткорнинг очиқ-сочиқ кийинганини танқид қилсак ғийбатчи бўламизми ёхуд мулоҳаза админидан мана шундай фикрловчиларга очиқ хат
>>> "Сен ва мен учун" концертидан эксклюзив
>>> ​Nargiza Salmonovaning muxlislaridan biri u tufayli oilasi bilan ajrashganini ma`lum qildi
>>> АКТРИСА АСАЛ ШОДИЕВА ТАДБИРКОРЛИККА ҚЎЛ УРДИ (ФОТО, ВИДЕО)
>>> Lola bolalarni emlash borasida o`z fikrlarini bildirdi
>>> ​Muhammad Iso Abdulxairov: “Onamni so`nggi manzilga kuzatolmaganim—eng katta xatoim”
>>> Марҳум хонанда Шаҳнозабону ижодидаги энг сўнгги тарона премьера қилинади
>>> Hosila Rahimova Shahzoda, Rayhon yoki Lola bilan duet kuylashi mumkinmi?
>>> “SETORA*TANHO” guruhi: “Xato qilmasak, tajribaga ega bo`lmasdik”


Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Июнь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari