 Tiramisuning xom tuxum solinmay tayyorlaniladigan varianti hatto, kichikroq bolalarga ham berish mumkinligidan dalolat beradi.
Agarda siz bu shirinlikni yaxshi ko’rsangiz, unda endilikda o’zingiz ham tayyorlay olasiz. Buning uchun esa kerakli masalliqlar va ozgina bo’sh vaqt kerak bo’ladi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 80 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manab chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar: 500 gramm maskarpone pishlog'i 500 gramm 35 %li yog'li qaymoq 400 gramm svoyardi pechenyelari 6 osh qoshiq shakar 500 millilitr yangi damlangan qahva bezatish uchun kakao bezatish uchun har xil rezavor mevalar yoki yong'oqlar Qadam 1
Tog'orachaga qaymoq va shakarni solib, shakar eriguncha ozroq ko'pirtirib olamiz.
Muhim! Qaymoqni juda ko'pirtirib yubormang, suyuqligicha qolsin. Qadam 2
Maskarponeni solib, venchikda biroz ko'pirtiramiz. Aralashma quyuq smetanaga o'xshashi kerak. Qadam 3
Yangi damlangan qahvani boshqa idishga solib, sovutamiz. Qadam 4
Chetlari yopiq, to'rtburchak qolip tayyorlab olamiz. Hajmi 20x20 smga yaqinroq bo'lsin. Qadam 5
Pechenyelarni har birini qahvaga botirib olamiz va qolipga bir tekis qilib teramiz. Qadam 6
Ustidan kremning uchdan bir qismini solib, tekislab olamiz.
Shu holatni uch marotaba qaytaramiz. Qadam 7
Ustini kakao va rezavor mevalar bilan bezatamiz. Ustini oziq-ovqat pelyonkasida yopib, 8 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!
www.SherlarUz.CoM - Saytdan olindi.
Do'stlaringizga yuboring:
|