Воскресенье, 24.06.2018, 10:05
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

Меню сайта
SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1279]
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [598]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [31]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [67]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ / SMS TUG'ILGAN KUN BILAN TABRIKLASH SHERLAR/ SHERLAR TUGILGAN KUNGA / SMS SHERLAR
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ [62]
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [11]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [54]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ / SMS TABRIKLAR YANGI YIL BILAN
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [72]
sms hayit bayrami sherlar / смс хайит байрамига шерлар . SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [48]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar [12]
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [56]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [122]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [46]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО [11]
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА [16]
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [141]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ [1]
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [24]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [28]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [31]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР [13]
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ [0]
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА [0]
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [20]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN [27]
SMS VATAN
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ [7]
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ
Поздравления с Новым годом / Смс поздравления с Новым [3]
Послание любви С Новым Годом 2018 новый год / поздравления с новым годом / открытки / поздравления с рождеством / поздравления / картинки с новым годом / новогодние картинки / поздравления с новым годом петуха / стихи на новый год 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [84]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви [25]
Стихи о любви
Смс признания [28]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [25]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [16]
СМС на день рождения
Смс другу [19]
Смс другу
С 1 апрельские приколы [42]
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро [34]
СМС доброе утро
Смс cтихи [1]
Смс cтихи
Прикольные смс [18]
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом [14]
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом 2014 / 2015 / 2016 / 2017 / 2018
Смс реклама [0]
Смс реклама
СМС спокойной ночи [12]
СМС спокойной ночи
Студенческие смс [12]
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language [15]
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты [2]
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri [11]
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари [42]
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ [41]
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ [42]
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ [187]
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ [11]
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ [21]
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ [24]
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ [1]
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ [33]
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR [5]
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ [1]
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [9]
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [36]
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI [9]
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI
21 Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar [3]
21 Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar
Qo'shiq uchun sherlar [13]
Qo'shiq uchun sherlar
Тожикча шерхо [1]
Тожикча шерхо
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ [40]
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR [17]
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR [24]
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР [4]
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР [62]
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR [2]
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи [2]
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ [8]
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз [31]
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз
SMS HAYIRLI TUN TILAB / SMS XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ [18]
SMS HAYIRLI TUN TILAB / SMS XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР [11]
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar [7]
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
Hayrulla Hamidov / Хайрулла Хамидов [21]
Hayrulla Hamidov / Хайрулла Хамидов
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / 14 ЯНВАРЬ ВАТАН ХИМОЯЧИЛАР КУНИ ТАБРИК ШЕРЛАР [10]
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / 14 ЯНВАРЬ ВАТАН ХИМОЯЧИЛАР КУНИ ТАБРИК ШЕРЛАР / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
ISMLARGA ATALGAN SHE'RLAR / QIZLAR ISMI UCHUN SHE'R [10]
ISMLARGA ATALGAN SHE'RLAR / QIZLAR ISMI UCHUN SHE'R
UMAR XAYYOM / HAYYOM / УМАР ХАЙЁМ РУБОИЙЛАРИ ШЕРЛАРИ / Umar Hayyom ruboiylari va sherlaridan parcha [9]
UMAR XAYYOM / HAYYOM / УМАР ХАЙЁМ РУБОИЙЛАРИ ШЕРЛАРИ / Umar Hayyom ruboiylari va sherlaridan parcha
RAMAZON HAQIDA SHERLAR / РАМАЗОН ХАҚИДА ШЕРЛАР [5]
RAMAZON HAQIDA SHERLAR / РАМАЗОН ХАҚИДА ШЕРЛАР / Ramazon haqida ajoyib sherlar / Ro'za haqida hadislar / РЎЗА ХАҚИДА ШЕРЛАР
Статистика



Онлайн всего: 46
Гостей: 45
Пользователей: 1
nesounddiNat

Главная » 2017 » Июнь » 28 » Lolajon
14:30
Lolajon
Lolajon
Beun og’rinasan ko’nglim sezadi
Nega bunchalar mayussan lola
Suyangani do’sting yo’qmi yo dona
Lola , lolajon yolg’izim lola
Mudom qarasam boshing egik hol
Yolg’izlik seni ham qildi xasta xol
Qalbimdan lolalar uzgim olaqol
Lola , lolajon yolg’izim lola
Husnda olamda tengsizsan bilsang
Qizlardek chiroying maqtab yurmaysan
Qancha go’zal bo’lsa , shuncha hokisor
Lola , lolajonim yolg’izim lola
O’ksinma menda ham sening savdoying
Yolg’izman , yolg’izsan menman shaydoying
Tashlab ketdi yorim ham ne edi xatoyim
Lola , lolajon yolg’izim lola
Bugun dalangda yastanib tunda
Yangi oy chiqqanda niyat qilamiz
Fafosizlar bizdan tongani uchun
Ikkimizga vafoli yorlar tilaymiz
Qaddingni tik tut do’stim
Borman yoningda
Toki tirik ekanman
Qalqonman joningga
Qip qizil yaprog’ing yuragingmidi
Uzilgan barglarning tilagingmidi
Bu dunyo og’ir dard do’stim chiday qol
Ox lolajon , yolg’izim lola

Komillik sari
O’zni osmon bilmag’il
Lek past ham qilmag’il
O’rtada bo’l kamtarin
Bezat ko’ngil daftarin

O’z qadrini bilmagan
Birov qadrin bilarmi
Nodondan aql kutgan
Odam dono bo’larmi

Ko’ngil dardi
Dard shunday kelarki yozmasang qo’ymas
Va shunday qiynarki kuylamasang bo’lmas
Kuy va she’r dardi galma- gal o’rtar
Bu ko’ngil axir qilmasang to’lmas

Bu sen eding
Lolajon, lolajon armon xam baxtmi
Ko’ksimni kuydirgan tuzalmas dardmi
Na yig’lay olayin , na kulib kulayin
O’zing ayt menga bu azoblar shartmi
Menga boq, men ishqdan ajralib bo’ldim
Lek kunda ming bora eslayman uni
Men sevardimda axir, men nima qilayin
O’zimni topaman bir ko’rsamda uni
Go’yo men bir tanaman , u mening jonimdir
Ortidan yetolmay quvlayman uni
Yuguraman , yelaman dunyo kezaman
Azaldan ajralgan ekanmiz tushundim shuni
Yig’lama , yig’lama , yig’lama ey yor
O’z baxtim baxtingga qo’shib tiladim
Kerak payt o’zligimni tanitgan bu sen
Sen bo’lmasang bu dunyodan nodon o’tardim
Ko’zgu bo’lib yurak qalbim yoritding
Oxiri yo’q balolarni aritding
Qizig’i shu o’zing bilmaysanda buni
Ishqing birla qalbim qayta yaratding.

Bir sevmay ko’ringchi
Bir sevmay ko’ringchi,menday xoksorni
Kapalak bo’lib tunda yoningizga boraman
Ko’zingizga shunday termulib qarayki
Ey vox, Nozim desin dilingiz faqat
Bir sevmay ko’ringchi menday oshiqni
Hijronlardan bo’yningizga dorlar osaman
Sevaman demaguningizcha qiynayman sizni
Mendan o’zgasin ko’rmas, ko’zingiz faqat
Bir sevmay ko’ringchi ,menday yigitni
Barcha raqiblarim jonin olaman
Ilojingiz qolmas shunda, meni sevasiz
Mendan o’zgasin aytolmas tilingiz faqat
Bir sevmay ko’ringchi menday shoirni
Nomingizni olamlarga doston qilaman
Insonlar sizni shunday hurmat qilisharki
Yurakdan meni hali sevib qolasiz.

Bexuda o’tgan yillarim
Boshimga ip torting edi mayli chidardim
Nega chiqarmadingiz meni o’shal botqoqliklardan
Endi tortayapman buning bor azobini
Urib xasta qiling edi mayli chidardim.

Do’st
Mayli mendan keching , xafa bo’lmayman
Butun umr baxt –u, kamolingiz tilayman
Qiyomatgacha sodiq do’stingiz bo’layman
Dardlarimni eshitgan aziz do’stginam
Suyanchiq istasangiz gohida kimdan
Juftagin rostlasa , o’ylabon zimdan
Yonimga kelaqoling , uyalmang mendan
G’amlarimni aritgan vafodorginam.

San’at yoki sevgi
Sevgi deb, san’atni topdim
San’at deb,sevgimdan kechaymi endi
Xudbinlarcha oldinga qadamim tashlab
Baxtimdan yuzimni buraymi endi
Bir tomondan nazm va navo chorlasa
Bir tomondan yorim kutsa intiqib
Bechora yurakni bo’lmaydi ikki bo’lib
Qaniydi ikkisiga xam chora topolsam
Afsuski barchasi shunchaki xayol
Bir vaqtda ikki yo’ldan bo’lmaydi yurib
Qalbimga taskin bersam dunyo bir kam deb
O’ksigan qalbim yig’laydi tonib

Ishq
Hayotimning ibtidosi ishq
Hayotimning intixosi ishq
Ko’zlarimning ma’yusi ishq
Ko’zlarimning ma’nosi ishq
Ezgulikning yuzidir ishq
Oshiqlarning izidir ishq
Haqiqatning ko’zidir ishq
Oqillikning so’zidir ishq
Hayajondan sukutda tillar
Intizordir oshufta qalblar
Ibo qilar , uylalib qizlar
Tipirchilab urgan yuraklarda ishq
Tangrining jilvagar chexrasi
Quyoshdan yorug’ chamasi
Meni ko’zlarimni qamashtirgan
Sevgilimni yorug’ yuzchasi
Bobolarim hokisor qilgan
Nurday beg’ubor , intizor qilgan
Navoiyni Navoiy qilgan
Bunga sabab sensan ey ishq

Ota
Savoblar tonmadi ortingizdan quvib
Gohi yig’lab yashaysiz , gohida kulib
Azoblar qiynaydi sizni jam bo’lib
Madoringiz qolmadiku otajon
Ko’zigiz ochganda shomu saharda
G’amlar bulutday yog’ilaverar
Ayting oxiri bormikin bu qiynoqlarni
Sabr kosangiz to’lmadimikin Otajon
Mardlar sinalib ketgan maydon bu
Barchamiz sinalamiz bu maydon ichra
Ammo oson emasda undan o’tish xam
Bardoshingiz so’nmasin Otajon
Xudo yetkazsin azoblaringiz uchun mukofot
Shodlikdan bag’ringiz yasharib ketsin
Men o’zimni butunlay anglagan kunim
Armoningiz qolmaydi Otajon.

Shoirlarning sevgisi ilhom uchunmi
Qaysi shoir muhabbatiga yetdi bilmadim
Qismatmi , taqdirmi yo bir qo’rqoqlik
Meni mudom qiynaydi faqat shu savol
Nahot muhabbatimizga yetmaslik taqdir bo’lsa
Sevishga sevamiz daryodek to’lib
Bir so’z aytolmay xijolat tortib
Unutmoqchi bo’lamiz so’ng uni beshavqatlarcha
Bundan xudbinlikni bilmam qaydan topamiz
O’ylab qarasam ularda ayb yo’q sira
Axir ular ko’ngilning oddiy bir quli
Ko’ngil bilan hisoblashib barcha shoirlar
Qismatida borini kutar har kuni
Ijod uchun ilhom qilar sevgini kimlar
Sevgi uchun qurbon qilar jonini kimlar
Aytingchi muhabbatiga yetgan shoirlar kimlar
Shoirlarning muhabbati ilhom uchunmi
Mayli ermak qiling muhabbatni asriy baytlarga
Yondim , kuydim deb nido chiqaring
Lek bir so’zni zinhor unutmangki
Muhabbatni qismati ertak uchunmas.

Bo’lmag’aydur
Musofir eting ul nodonlarni
Bunday vatan ko’rmag’aydur
Olam ichra tanho bu yurt
Buni g’ofillar bilmag’aydur
Olddan oqqan mehr daryo bu
Buni yaxshilar bilmasangiz
Horlik o’chog’ida kul bo’lursiz
Unga taskin bo’lmag’aydur.

Nozim va nazm
Oxiri yetdilar bir-biriga Nozim va nazm
Olamni tutguvchi navo qildilar
Ko’rdilarki bu himmatni taqdirdan bilib
Bahtning eng oliysin shundan ko’rdilar

Meni qalbimni tinglamagan edingiz endi
Menda g’urur nima qilsin , menda g’urur yo’q
Benishon otdingiz misoli bir o’q
O’zga yo’llarda egildi mag’rur boshginam
Oqib-oqib to’xtamadi ko’zda yoshginam
Topganingizdan yo’qotganingiz ko’proq bo’ldiku
Nodonlar ustimdan xandon kuldiku
G’ururimni yer bilan yakson qildiku
Barchasiga o’zingiz aybdor emasmi
Qalbimga bo’ysinganim mening aybimmi
Yo taqdirimga ko’nganimmikin aybim
Osmonlardan so’rang nohaq bo’lsam man
Butun umr qulingiz bo’lib o’taman.

Imon nuri
Qalbda ‘’ Olloh ‘’ borki yo’llar yorug’ bo’lg’usi
Imon nur taratar ziyo bo’lg’usi
Zulmat qoplasa hamki yer-u, osmonni
Haq nuri , imon birla , yog’du sochg’usi.

Ko’ngil
To’rt tomoni sahro , o’rtada ovvora ko’nglim
Qay yo’llardan yurayin deb , sarsona , bechora ko’nglim
Gohi dushman chiqar yo’lidan o’zni do’stlik pardasiga olib
Aldanib ming pushaymon ichra , og’rinar bechora ko’nglim
Ko’nglim istar haqiqatni , aldanib yolg’onlar ichra
O’zni arzon sotar ul axmoq-u, nodonlar ichra
Haq nuridan umid izlar kutib dunyolar ichra
Bir kun quyosh, bir kun yomg’ir , birda nurdir ko’nglim
Ayt qandayin qondirayin istaklaringni seni
Oxir bilmas umid u xoxishlaringni seni
So’zimga kirmayin hadeb , ado qildingku meni
Haqiqatim , yolg’onim , armonimsan ko’nglim

Ishqqa asirmiz
Quyosh nurlari bilan ufq tomonga chekinar ekan barcha o’simliklar nabotot olami ufq tomonga boshini egib u tomonga qarab qoladi.
Ufqning qizartirgan qizil rang ishq, muhabbat ramzidir.
Toki quyosh yangi tongi ila chiqib ularning qaddini tiklamas ekan,
Ishq axli ham o’z yoriga yetmas ekan, ularning qaddi abadiy bukilajak.
Do’stlar muhabbat zabt etdi yuraklarimizni
Chiroyida maftun etdi qalblarimizni
Endi kimga aytamiz dardlarimizni
Har lahzada eslar yurak , har bir nafasda
Ilojsiz qoldik nahot, ishqiy qafasda
Aybimiz nima bizni sevganimizmi
Hijron o’tida kecha-kunduz kuyganimizmi
Jonda titroq , dilda hayajon, tuyganimizmi
Har bir lahza yuragimiz yig’laydi beun
Xotiralar ezib battar qiynaydi nechun
Iloji bo’lganida edi ishqdan kechishni
Ayriliq azoblaridan chetlab qochishni
Orzu qilardim osmonda armonsiz uchishni
Bir tush bo’lsa uyg’onib ketsam yolg’on deb
Kuta-kuta ado bo’ldi yurak hijron deb
Vasli jannat , dardi hikmat , ilohiydir ishq
Oliy ne’mat , yaratgandan mukofotdir ishq
Buyuk qildi mening huvillagan qalbimni
Savdolashmay sotdi so’ng meni hijron bozorida ishq
Har qarashda o’tlar yoqar ma’nolidir ishq
Bilmam bu mavzuda kimlar yozmadi
Ishq deya kimlar aqldan ozmadi
Kimlar qon yutib umid kutsa ham
Hayot ko’xna haqiqatin buzmadi
Ishqdan o’t ketsa gar dunyoga do’stlar
Nom nishon qolmaydi uning yuzida
Vaqt o’tib bag’rida yashnar chechaklar
Muhabbat kuy yaratar har aytgan so’zida
Yangi hayot boshlanar birdan
Go’yo to’xtab qolgan vaqtning ketidan
Yonsa yona qolsin yuraklar
Azobli va g’o’zal ishqning o’tidan
Kimlar sevib , kimlar sevmasa
Ishq dardini jondan tuymasa
Besh kunlik o’tib ketar dunyoda
Do’stlar ma’no yo’q ishq bo’lmasa
Arshi a’lodan yergacha do’stlar
Davom etar ishqning qadim zanjiri
Ikki o’rtada oshiqlar o’zin
Qurbon etishar ishqning haqqiga.

Ey ollohim
Muhabbatingiz go’zal , hijroningiz yomon ekanda
Dunyoyingiz sinovli , jumboq ekanda
Niyatimga mana yetdim deganda
Ko’ngilda bir kam , noumid shayton ekanda
Oshiqlar visol deb sarson ekanda
Hijron o’rtada to’siq , devor ekanda
Sevganimni holini bir-bor so’ray deb
Oshiqlar tunu kun bedor ekanda
Rahmon va shayton izmiga qo’yib
Dillarga ikkisin manzilin o’yib
Ishq zanjirin falakdan yergacha yoyib
Yaratibsiz olamni olti kun deganda
Barchasi inson uchun sinov ekanda

Yurak ko’nmas
Garchi sizdan yiroqda bo’lsam
Sizdan ayrilguncha bo’lmasmi o’lsam
Barcha azoblarni sinovga yo’ysam
Shunga xam ko’nmaydi devona yurak

Oshiq yigit holiga dunyo yig’lar
Kunlar o’tayotgandi sekin
Shunday sokin , shundayin jim
Bir ko’rishdagi muhabbatga
Ishonmasdi do’stimiz lekin
Ko’rib qoldi bir pariro’yni
Husnda tengsiz , qoshi kamon yoyni
Ishqning asiriga do’stlar
Tushib qoldi yigit birdan
Ne qilishin bilmay hargiz
O’zini o’qqa , cho’qqa ham urar
U bir sodda , u bir kamtarin
Ishqdan yuragi dukkillab urar
Yurak yutib yoriga
Sevaman deb aytaolmas
Na ishqdan kechar yurak
Orqaga ham qaytaolmas
Kunlar o’tdi shu Zaylda
Sado chiqmadi yigitdan
O’rtada bechora yurak
Qon yig’laydi ayriliqdan
Kunlar-kunlarga ulandi
Yillar-yillarga elandi
Unutgandi ul-yorini
Nurdayin beg’uborini
Taqdirning hazilin qarang
Uchrashtirdi ikkalasin
Sovigan yuraklarga endi ishq
Olov yoqardi muttasil
Ko’zlariga ma’no to’lib
Qoldi yigit hayratda lol
Yo’qotib qoygan olmosin
Topganidan baxtiyor
Oxir jura’tga to’lib
Bordi sevgilisin yoniga
Tili bir so’z demas edi
Ko’zlari gapirardi o’rniga
Tushinib yetdi ul go’zal
Muhabbatning shirin dardini
Tutday to’kilib tushar edi yigit
Tan olmasa go’zal shunday mardini
Qarang ishqning azobini
Muhabbatning achchiq sharobini
Shunday sodda yigitga xam
Taqdir ko’rsatdi chorasin
Ishq degani hamaga ham
Eshik qoqmaydi do’stlarim
Bir umirda bitta ishq xullas
Zarar qilmaydi do’stlarim
G’animat bu dunyoda
G’animat bir insonmiz
Ishq bu berilgan omonat
Do’stlar muhabbatdan omonmiz.

Unutma
Hayot boshqa , hayol boshqa
O’nging boshqa , tush boshqa
Hissiyotga berildingmi bir muddat tamom
Ming baloyu-ofatlar yog’ar bu boshga

Meni sizga , sizni menga xudo bersin
Bir umr ishqingizni kuylab o’tsam ham
Yillarimni hijronlarga tenglab o’tsam ham
Hatto bir soniya , laxza bo’lsa ham
Sizni sevganimga afsuslanmayman
Tunlarni bag’rini yorim kunlar yoritdi
Quyoshni muhabbati oyda aksin taratdi
Osmonga boqaman tunda yer bilan birga
Men sizni yer esa osmonin so’rar

Haqiqat sari
Amoling bo’lsin yaxshi kun o’tgan sari
Qalbing ila tiling haqni so’zlasin
Marhamat yomg’iri yog’ar shunda yo’linga
Barcha farishtalar aytar seni tangri qo’llasin.

Go’zallik cheksiz
Ufq tomonga chorlating qadamlaringizni
Oxiriga xech yetolmaysiz
Ishq ham cheksizdur , muhabbat cheksiz
Ikki dil ham shunday cheksiz bog’lanar
Dengizga qarating nigohlaringizni
Qum bosgan sohillardan uni kuzating
Suymagan insonlar sohilga o’xshar
Sevgandan so’ng go’zallikka intilar go’yo
Bir juft oq kabutar misolida ishq
Baxti yuksak porlagay ikkisin visolida ishq
Dunyo gardini shul ma’nosidir ishq
Insonni , inson qilar ilohiydir ishq.

Muhabbat biz uchun nima
Yaratgan egam go’zaldir cheksiz
Uning har bir ishi hikmatli erur
Muhabbat degan buyuk tuyg’uni
Suygan bandalariga inoyat qilur
Jannatdan kelar yog’du muhabbat
Qilichday keskir tuyg’u muhabbat
Uchrab qolsa gar kimning yo’liga
Orom bermas tun-u, kun hijron muhabbat
Mo’jizaning eng buyuk mo’jizasi shu
Kulfatlarning eng og’ir kulfati shu
Bir kun baxt , bir kun dard , birda omad , g’am
Dunyo sinovlarin ustunidir u
Gumon qilmang , muhabbatni yomonga yo’ymang
Vafo qilmas yolg’onlarga chiqarib qo’ymang
Har nafasi ilohiy , yodi ibodat
Sizning baxtingiz erur u , shudir saodat
U dengizdir sahrolarga jon bergan
U olovdir o’rmonlarni kuydirgan
Mexr ila yashnagaydur muhabbat
Nafrat ila qolmas zarra muhabbat
Chin muhabbat shunday erurku
Vaslida iloh jilvalar qilur
Sur’at ichidagi yashirin siyrat
Yor vaslida namoyon bo’lur
Hijronlarga sabr qiling
Zero u eng og’ir azoblardan bo’lsa ham
Fursat kuting vaqt o’zi beradi yordam
Noumid shaytondir , noumid shayton.

Muhabbat desam
Quyi tortdi Do’stginam boshingiz nechun
Farishtadek pok qizni suyganmisiz yo
Kecha kunduz sog’inch azoblaridan
Qalbingizni yig’latib kuyganmisiz yo
Qo’yavering muhabbat sog’inchsiz bo’lmas
Qaysi oshiq dunyodan yig’lamay o’tdi
Sabr qiling , yaratgan sabrlilar bilan
Har ohingiz osmon-u , falakka yetdi
O muhabbat , bunchalar shirin
Shunchalar go’zal , beg’ubor bo’lmasang
Ishq bilan meni ayamasdan
Yuragimni o’tlarda yoqmasang
Seni uchratgan kunimdan boshlab
O’zgardim qalbim dunyoga sig’mas
Har kun ufq tomon , ko’ksimni mushtlab
Xudodan so’rayman seni , ko’zimni yoshlab
Butun borlig’im sen bilan ketdi
Fikr u xayolim endi sen bilan birga
Mayli olganlaringga qilmasingdan zor
Yorimga aylanib kel endi dildor

Bergan umidingizni qaytarib olmang
Sizni har kun kutar edi u
Dardini ichiga yutar edi u
Bir bor boqib kulib qo’ysangiz
Jannatlardan kechar edi u
Nigohingiz ila sevishingiz aytib
Yuragiga ishq o’tin solib qo’ydingiz
Endi ortga qaytmoqlik do’st mardlikdan emas
Jismi-joniga ismingizni o’yib yozdingiz
Har lahza o’ylab sizni yilga barobar
Azoblar yutar xo’p qalbin og’ritar
Aytingchi uni gunohi nima
Yuragiga sevma deb aytaolmaganimi
Iymanmang ortingizga zinhor qayrilmang
Ortidan bora qoling sevar yoringizni
Bu yog’i taqdir hukmiga havola endi
Baxtli qiling uni ham , o’zingizni xam
Fursat g’animatdur , bu umr damlari
Foniy erur bari , inson g’amlari
Bir yonib o’chgay , mehrsiz umid shamlari
Bergan umidingizni do’stlar qaytarib olmang

Ey do’st
Dunyo bir yonib o’chgan shammi ey do’st
Yo ezgulik ko’zidagi nammi ey do’st
Bedardlar ko’zimga ko’rinar balodek
Faqat Olloh tushunar dardimni ey do’st
Ijod yo’lidaman bugun qon yutib
Ezgulikdan bo’lish ham oson emaskan
Bir shoir bo’lib elga kerak bo’lmasam
Adabiyot qo’shilib yig’lar men bilan ey do’st
Dunyo o’zi sayladi meni shoir qilib
Sira ham o’ylamagan edim , shoir bo’lishni
Yaratgan egamni irodasi shu
Peshonamdagi taqdir shundanmi ey do’st
Yuragimning yarmi dard bilan to’la
Qolgan yarmi hijrondan kuygan bir nola
Sevganimni uchratgan kunimdan boshlab
Faqat unga talpinar yuragim ey do’st
Kunlar ne uchun berildi bizga
Oylar ne uchun berildi bizga
Umr ne uchun berildi bizga
Bu bir sinov , imkoniyat emasmi ey do’st
Qalbimni yig’laganin bilib osmonlar
Menda ham qalb bor deb ko’zin yoshladi
So’ng dardimni arigan vaqti chog’ida
Quyosh yuzlarimga nurin socha boshladi
Shunchalar boshimni ezar dardning og’rig’i
Iltijolar qilaman hatto tushlarimda ham
El uchun bir satr yozgan she’rim azobi
O’tmas pichoq ila so’yishdan ham qiynoqli ey do’st
Agar tushunmasa shu el dardimni
Ol-laqol jonimni ey do’st
Oshiq bo’lib sevgilimni baxtli qilmasam
Olaqol ayamay jonimni ey do’st
Aziz shoir qilgin bo’lmasa o’ldir
Qalbimni go’zal navoga to’ldir
Raxmat deb aytmasa el ichra kimdir
Yozdirmay qo’yaqol , qo’yaqol ey do’st
Yuzimni qalbimga tenglolmas kimdir
Xudoning xoxishin bilolmas kimdir
Ichimdagi dardim pinxona jimdir
Inson zoti o’zi g’ofildir ey do’st
Shunchalar ham sevadimi inson degani
Shunchalar ham qiynaydimi hijron degani
Daryolardek toshdi ishqimizning ta’rifi
Lek biror kim bilmadi bu savdoni ey do’st
Otash bo’lib yonar hijronda dillar
Yillarga tenglashar go’yo sog’inchli kunlar
Jannatday tuyular menga yor yurar yo’llar
Shu yo’llarda bir giyohcha bo’lsaydim ey do’st
Olov bo’lib yondim ishqing dastidan
Xotiralar qiynar yana dardning ustidan
Daryodek kelib quyilmasa jismimga yorning visoli
Ikki dunyo yonib o’taman olamdan ey do’st
Sevgimga isbotdir ko’ksimdagi yurak
Tinchin yo’qotib beo’qshov urar
Necha yildan beri yorga talpindi demak
Undan kechishim endi xiyonatdur ey do’st
Tishlarim orasidan chiqmas tilim keragida
Uzoqdan yor kelar ko’zim alqadi
Nigohi ila sehrlab qo’ymasidan meni
Yurarga joy topolmayman hayajondan ey do’st
Beg’ubor sevgimning beg’ubor hislari
Fasillar aylanar baxor , yoz-u, qishlari
U siz o’tgan har hijronli kunlarim
Xazonlardek to’kilaman kuzlarda ey do’st
Biror shoir qoldimi ishqdan yozmagan
Asirlar o’tar ekan bu mavzu eskirmas
Yuz bora berilsa hamki dunyo qaytadan
Yuz bora muhabbat kuylanib o’tar
Olam shohid ishqimizning pokligiga
Uni xech kim sevolmaydi menchalik
Yodimda rashk qilaman uni o’zimdan
Qo’llaridan ushlolmay sevaman ey do’st
Umir bir yonib o’chgan shammi ey do’st
Yo ezgulik ko’zidagi nammi ey do’st
Bedardlar ko’zimga ko’rinar balodek
Faqat Olloh tushunar dardimni ey do’st

Oshiq ko’nglimga maslahat
Tokay ko’nglim ishqni deya og’rinasan
Bu dunyoda sevgan faqat sen emasku
Yig’lab-yig’lab o’lib ketdi qancha shoir
Ishq degani oxiri bor yo’l emasku
Daraxtlarga qo’ygin boshingni
Dardingni ayt , ular eshitsin
To’qson to’qqiz tomirigacha titrab
Shoxlari ila seni yupatsin
Bag’ringni bos , yaylovlarga bir
Ko’ksing ila zaminni eshit
Butun dardingni olgaydur tuproq
Baxtingdan hur osmonga uchgin
Sog’inchlarsiz muhabbat yo’qdur
Qulog’ing tut tarix so’ziga
Bundan topgaydursan taskin , bir orom
Boshing eggin faqat ‘’ Olloh’’ o’ziga
Taqdiring izidan bor , o’zligingni top
Qulog’ing kar , ko’zing ko’r qil o’zga yo’llarga
Baxtning shu yo’lda sening mendan maslahat
Sevganingni zor qilma , sensiz kunlarga

Munojot
Men kuylayin , siz eshiting navolarimni Xudojon
Chalib , chalolmagan sozim kuylarimni Xudojon
Men yig’layin , siz ariting dardlarimni Xudojon
G’amlar ezib qo’ydi boshim oxlarimni Xudojon
Hayvon inson bo’lmas ekan
Axmoq dono bo’lmas ekan
Yaxshi otga bitta qamchi
Yomoniga mingta ham kam ekan
Otalar tushunmasa otaligini
Onalar tushunmasa onaligini
Boshim olib qayga yoray
Ayting , ayting Xudojon
Oqibat yig’laydi beun
Haqiqat o’lgani uchun
Sarflab aytaman bor imkoniyat kuchim
Insof bering har bandaga Xudo
Tushunmadim inson zotin
Balchiqqa qorar yaxshi otin
Imon yig’lar o’rtada yetim
O’zing qutqar , qutqar Xudojon
Odam Ato , Momo Havo
Ayting kimdan o’tdi bu xato
Yaxshilarga yomonlar jazo
O’zing qutqar , qutqar Xudojon
Qiyomat-u, qoyim bo’ldi
Bu dardlar meni shoir qildi
To’ldi , to’ldi paymonam to’ldi
O’zing qutqar , qutqar Xudojon

Aytsammikin
Do’stga aytsammikin haqiqat , rostini
Tikanga to’ldirmasmikin bir kun oyoq ostini
Kimga aytishimni xam bilmayman hatto
Aytganim bilan bu darddan meni qilolmas judo
Osmonga aytsammikin dard-u, zorimni
Ko’zgu bo’lib ko’rsatar balki , ul sevar yorimni
Evaziga berardim hatto jonimni
Ko’rsatsa xam taqdim etolmas visol onini
Dengizga aytsammikin barisin
Zilol suv ila toza qilar ko’ngil shishasin
Yo’q shunda ham adog’iga yetolmas
Shayton degan nopok qora olasin
Sozimga ochgan edim ko’ngil kitobim
Oxiri bo’lmadi hech yig’isin oxin
Bas , aytma der boshqa ayriliq chog’in
Dardimga chidolmadi hatto buyuk soz
Ollohga aytsammikin bu dardning har birin
Ochgin deya bu hayotning jumbog’in sirin
Ko’rsatarlar balki ul zot yozgan taqdirin
Taqdir bo’lsa ham bu og’riqlar bermaydi tinim.

Vatan va inson
Mehnatsiz rohat ,sabrsiz toqat bo’larmi
Gunohsiz odam , odamsiz gunoh bo’larmi
Do’stlar aytingchi sizga bir savol
Vatansiz inson , insonsiz vatan bo’larmi
Donoga jahl , nodonga aql bo’larmi
Yolg’onchiga vafo , rostgo’yga jafo , bo’larmi
Hijronsiz muhabbat , sevgisiz bu olam bo’larmi
Aytingchi vatansiz inson , insonsiz vatan bo’larmi
Yulduzsiz osmon , oysiz tunlar bo’larmi
Bearmon umr , qanotsizga shukr bo’larmi
Kiyovsiz kelin , kelinsiz to’y bo’larmi
Vatansiz inson , insonsiz vatan bo’larmi
Ijod o’tida mayli qaynat qonimni
Ezgullikka fido qil mayli jonimni
Vatan kechirmagay aslo hoyin , zolimni
Vatansiz inson , insonsiz vatan bo’larmi.

Ba’zi ayollarga
Foxishalik libosin kiygan ey ayol
Nahot senga inson bo’lib yurish keldimi malol
Gul umring bu yo’lda topgaydur zavol
Senga ne yetmadi aytgin shu savol.

Bir yo’lda birlashamiz
Bir yo’lda birlashamiz
Ezgulik uchun kurashamiz
Haqiqat bo’lar hamdam
Qo’lingizni bering ey odam
Dard chekib tutmang motam
Ongli insonmiz zotan
Kurashib bellashamiz
Bir yo’lda birlashamiz
Birlashish fursati yetdi
Bo’laqoling vaqt ketdi
Savobli bo’lsin kunimiz
Bir yo’lda birlashamiz
Zamonaning zayliga
Yomon bo’lmasangiz e mayliga
Haqiqat g’alaba qozonganda
Kelinglar baxt sayliga
Shu uchun kurashamiz
Bir yo’lda birlashamiz

Sinab ko’r
Do’stning do’stligini bilish istasang
Sinovlaringda bir sinash istasang
Boshingga tushsa g’am , tashvish sinovlar
Qochmoqlikka shu zahot otin jilovlar
Soxta do’st molinga , boringga sherik
Chin do’st oringga , yo’g’ingda sherik
Soxta do’stlar o’xshar qalbaki pulga
O’tkazmoqlik bo’lsang bilinar shunda

Shukronalik
Unitilmas bir siymoman ijod bilan bo’lsam gar
Tushunilmas bir xatoman undan ayro yursam gar
Endi bizlar tanishdek shuncha yillar o’tganda
Shukronalik bo’ldi men ijodga , ijod menga yetganda

Kechirasiz
Kechirasiz kechirasiz yuz bora kechirasiz
Shunda gumonlarni dildan butkul o’chirasiz
Chin dildan sevsangiz agarda meni
Borligimcha meni qabul qilasiz


Bir imkon
Sizni sevgan oshiq yigit men bo’laman
Ko’nglingizga kirib olgan o’g’ridaman
Taqdir aylantirdi maqsad toshimni
Qaytib keldim mana artib ko’z yoshimni
Imkon eshiklarin oching men uchun
Gullarga to’ldirgum yo’llaringizni bu uchun
Egib keldim egilmagan bu boshimni
Qaytib keldim mana artib ko’z yoshimni
Ko’p yillik sevgimning hurmati haqqi
So’nmas sizga bo’lgan sevgimning qudrati zavqi
Sevgi zab etdi qalbim quyoshin
Qaytib keldim mana artib ko’zyoshim

Kuting
Sizni sevaman , sevaman biroq
Taqdir yuzlashtirmas qiynadi firoq
Yaqin yo’llar xam tuyular yiroq
Umidsizlikda so’lar dilimdagi chiroq
Bir dardimga qo’shilar ikkinchisi yana dard bo’lib
Holimni so’ramas biror inson mard kelib
Hammasiga chidayman mayli o’zim mard bo’lib
Bir kuni yoningizga boraman shirin dard bo’lib.

Olti kunda yaralgan olam
Olti kunda yaralgan olam
Unda hayot borliq mujassam
Barchasini e’tiborga olgan u odil hakam
Qancha tasannolar aytsangiz ham bu kam, kam
Bir yili to’rt faslga teng
Qish bu qahraton , baxorni yasharish deng
Yozda pishiqchilik , kuzda tugalish
O’tgan lahlazalaringiz baxtiyorlikdir.

Yorimga
Tilim bulbul kabi sayrar sizni ko’rganda
Dilim yayrab quvonar sizni ko’rganda
Qalbim osmon kabi yuksalar sizni sevgandan
Axir sevib qolgandimda bir ko’rgandan
Keling dardimga davo bo’ling siz
Kuling qarshimda navo bo’ling siz
Sizsiz hayot tatimas menga
Ilohim baxtimga omon bo’lingiz
Baxt-u, iqbol yonimda turar siz bo’lsangiz yonimda
Omad qushi , ortimdan quvar siz bo’lsangiz yonimda
Baxt yulduzim abadiy porlar gar bo’lsangiz yonimda
Kuy , qo’shiqlar yaralar siz uchun mening ko’ngilxonamda

Go’zallik siymosi
She’rlar ketidan , she’rlar tug’ilar
Dardlar ketidan , dardlar yig’ilar
Sevgilim siymoyingiz yonimda tuyular
Sizdan yiroq bo’lsam gar
Mayin musiqa eslatar sizni
O’ylamay bo’lmas bir lahza sizni
Nega hayot ajratdi bizni
Sabrimizni sinash uchunmi
Bu dunyo sinoat , sinovli erkam
Ko’ngillar hech to’lmas , hayot o’zi bir kam
Shu laxzalarda sabr qilib o’tgan kunlarim
Sizni menga eslatar tinmay
Ishq girdobi yutsa gar omon qo’ymaydi
Shuncha oshiqni yutsa ham zinhor to’ymaydi
Asli mahabbatsiz bu dunyoda yashab bo’lmaydi
Kuting yorim bir oz sabr axir zarar qilmaydi
Ko’zguga boqib o’zimni topmay
Sizni sura’tingiz takror ko’rinaverar
Hayol ichra , surgan hayolim
Sizni menga eslatar tinmay
Birga ko’rmasak ham quyosh botishin
O’zingiz termulib intizor qarang
Unda ko’ringaydur mening sevgim otashi
Kun bo’yi nur sochib so’ng umidsiz botadi yana
Yuzingizni yoritsa har tong oftob jilvalari
Sochingizni silasa mayin shamol nafasi
Labingizdan o’psa gar zilol suv chashmalari
Sevgimga isbotdir tabiatim mo’jizalari.

Kechikkan dard
Ko’z o’ngimdan o’tdi qancha oy u yillar
Bir-birin kutib intizor bo’ldi qancha dillar
Maqsadsiz o’tgan kunlarim balki bir kun unut bo’lar
Kechikkan dard hayotimga ma’no bo’lib kirib keldingmi

O’n sakkkiz ming olam
Yer yuzida yotadi
O’n sakkiz ming haqiqat
Har biri bir millatdek
Bo’y cho’zadi qatma-qat
Toshlar o’zi bir olam
Qushlar o’zi bir olam
Bunda bari so’zlashar
Tildan tilga sirlashar
Shu olamlar ichida
Mamnun kelar shoircha
She’rlar yozar o’zicha
Shunda deyar so’zicha
Hoy qushlarim , qushlarim
Kaftimga qo’ning qushlarim
Yo’l-yo’lakay yuring siz
Menla suxbat quring siz
Ey shoirim, hoy shoir
Seni qaydan bilamiz
Sofdilmisan yo nokas
Aytgin qanday bilamiz
Voy qushlarim qushlar e
Men shoirman hokisor
Sizga yozgan she’rlarim
Ko’nglimdayin beozor
Aytgan edi so’zlarin
Qushlar qalbi quvondi
Barisi qo’liga qo’nib
Shoiriga inondi
Birorta qush qo’nmasdi
Odamzotning qo’liga
Magar sofdil bo’lsa bas
Hamrox bo’lar yo’liga

Omin
Xudoyim bir lutf ko’rsat
Men xam baxtli bo’layin
Sevgilimning yoniga
Nurday to’lib borayin
Xayoldamas xayotda
Orzu xam bir sarobda
Uni bir kun ko’rmasam
Oshiq ko’nglim xunobda
Xayotning tashvishlari
Tuganmas yumushlari
Menga raxm qilmaydi
Yolg’onchi qilmishlari
Sabr qo’lidan tutdim
Imon yo’lini tutdim
Shukrona mening do’stim
O’zing qo’lla Ollohim
Niyatim bir xokisor
Yolg’iz sendan umidvor
Yolg’on so’zlar ba’zilar
Qilib o’zin beozor
Kutaman najotimni
Najotimni kutaman
Sen qo’lingni cho’zmasang
Dardim kimga aytaman.

Raxm qil falak
Ey falak , oxim eshit , jismu- jonim hijrondadur
Sho’xi shaddot , ko’zi oxu , ko’nglim ul , tili biyrondadur
Necha yilkim ishqida ovvoraman , devonaman
Raxm etgil , men telbag’a , bo’lsamam sarsonaman
Ko’zlariga ko’zim tushdi boshimdin uchdi qushim
Ul qush birla uchib ketdi mening xalovat , xushim
Shul sababdin yuzlanar senga bu oshiq bechora
Raxm etmay , qilmagin sen maning dilim , dilpora.

Yorginamning
Meni deya egildimi boshchalari
Shudring tushgan gul bo’ldimi qoshchalari
Muhabbat neligin avval bilmasdilar
Bilib endi tun bo’ldiki yuzchalari
Yuraklari bundan tuyg’u bilmas edi
Ko’zlari ham ishq deganin ko’rmas edi
To’satdan muhabbat eshik qoqqanida
Yig’lab - yig’lab ko’l qildiku ko’zchalari
Kelmadimda , bilmadimda holingizni
Meni deya ko’p qiynamang joningizni
Meningdayin bevafolar , bag’ritoshlar
Yaramaydi yupatishga dilingizni
Ming yig’ladim siz xam bir bor yig’lab ko’ring
Sog’inganda bag’ringizni tig’lab turing
Olov bo’lib sog’inchlardan yonmasak biz
Bu sevgini qadriga xech yetolmasmiz.

Yaratganni suygan bandalari
Ollohimning suyganlari mard bo’ladi
Ko’zlarida ming xil ma’no dard bo’ladi
Ezgu yo’lda jam bo’lishar ular birga
Niyatlarida savob ishlar shart bo’ladi
Yod olurlar xaqni kunda ming bora
Ko’ngillari to’lmas shunda xam zora
Har amalin oldidan aytishar Yo Rab
Haq nuridan ko’ngillari shod bo’ladi
Hokisorlar , beozorlar , mo’minlar u
Mehribonlar olijanob insonlar u
Payg’ambarlar yo’lini o’ziga tilagan
Yaratganni suygan bandalari u.

Xotiralar
O’tib ketdi sizni o’ylab qancha yilim
Ko’rsam kuldi , ko’rmasam yig’ladi bu dilim
Muhabbat shunchalik azobmidi gulim
Sog’inchlarga ermak bo’ldik nahot bizlar
Qiziq bu dunyoning ishlari yor
Uchratar so’ng , ko’rsatmaydi sizni bir bor
Ezilib , ezilib nola qilar ko’nglimdagi tor
Unga ham bu azobdan tinim bo’lmadimi
Esimda yoshlikda o’tgan kunlarimiz
Yonma - yon terib borardik paxta xirmonlarin
Men sizni sevardim , siz meni tanimasdingiz
Ko’nglingizga sevgi hali begona edi
Beg’ubor kuzatib turardim holatingiz
Jannatlarni bag’rida go’yo edingiz
Sakkiz bahor bor endi xotira va men orasida
Endi ko’rkam , navbahor siz, qiz bo’ldingiz
Shunchaki qarab bo’lmas ko’zlaringizga ham
Ular oq va qorani tanishib bo’ldi
Har boqishingizni o’tli savoli bordir
Menimcha ikkimizni birlashamiz vaqti yetdi

Ollohim
Ishq bobida sabrim yo’qdir , sabr bergin
Yuragimga jura’t yo’qdir, g’ayrat bergin
Ro’yolarda qolmasin ul sevgan yorim
Ikkimizni uchrashtirgin bayram qilgin
Bir yil bo’ldi sevganimni ko’rmadim men
Diydorini ko’rib - ko’rib to’ymadim men
Uni eslab sog’inchlardan o’lmadim men
Tasodifmas , taqdirimda uchratgin sen
Axir senga bu ishlar oson - oson
Mening uchun ko’zim ko’rmas to’zon - to’zon
Ox netayin azobdaman yomon - yomon
Yuragimning yarmi udir ishon -ishon

Baytlarim qatorlarida yashaysiz
Eng boshida-sizni ko’rgan kunim yashar
Ikkisida-yuragim talpinib sizga shoshar
Uchida-gapirolmay sizga ovvoraman
To’rtida-aql u xushimdan xam begonam
Beshida-o’taverar oyu kunlar
Oltida- sog’inchlar , g’ururdan ustun kelar
Yettida- taqdirdan yordam , kutaman men
Sakkizda- a’lamim ichga yutaman men
To’qqizda- sog’inib sizga atab she’rlar yozdim
O’nida- she’rlar yig’ib kitobim tuzdim
O’n birida- sekin , asta shoir bo’ldim
O’n ikkida- kasbimni ham topib oldim
O’n uchida- qalbim so’zga to’la siz tufayli
O’n to’rtida- Xudoni xam ko’p tanidim siz tufayli
O’n beshida- boshim mag’rur ko’tarib dedimki men
O’n oltida- jonim sizga satqa bo’lsin yorijonim.

Yaratganning tengsiz bandasi
Yursangiz olam nurga to’lar yuzingiz yog’dusidan
Payg’ambarmisiz yo farishta buni bilolmam
Shunday hokisorsizki nurday beg’ubor
Ko’zingizga tik qarab bo’lmas bunga yo’q iloj
Xotirjamsiz go’yo tabiatga qo’shilib ketgan
Ishonchingiz o’zingizdan ildam yuradi
Bu ne mo’jizaki , bu ulkan muhabbat
Xotirjamlik yaratganga bo’lgan buyuk muhabbat.

Yo’lchi yulduz
Yo’lchi yulduz yo’llarimni yoritgin sen
Dardlarim ko’p , dardlarimni aritgin sen
Osmonlardan chiqib , har kun , tun kechada
Savolim ko’p , javobingni aytchi yulduz
Yo’lchi yulduz sen ham mendek bedormisan
Yor bo’yniga osilmagan tumormisan
Necha yilkim bir so’z demay sukutdasan
Osmonlardan bezidingmi yo yo’lchi yulduz

Meni adolatsizliklar shoir qildi
Haq qalbimni nolishini eshitmadi odamiy
Eshitmaykim zulmat ichra nur bo’lmadi odamiy
Yo’llarimni tutdi bir dard oxir bu yuz qarolikdin
Toma-toma ko’zlarimda nam bo’lmadi odamiy

Muhabbat uchraganida
Dengizman sohilimni topolmadim
Oshiqman yorginamga yetolmadim
Aylanib-aylanib olam uyini
Ishqdan ko’ngil uzolmadim
Yordan ko’ngil uzolmadim
Qalbimda yashar shirin xotiralarim
Biri ayblab , biri qo’llab , eslaydi meni
Qayerga olib bormay ishqqa asir jismimni
Ishqdan ko’ngil uzolmadim
Yordan ko’ngil uzolmadim
Bu shundayin qattiq zanjir erurki
Ko’zga ko’rinmas lek uzib bo’lmaydi
Ipsiz bog’langanimni tushunib yetdim
Ishqdan ko’ngil uzolmadim
Yordan ko’ngil uzolmadim
Dunyo kezib ishqdan elchi man endi
Oshiqlarga maslahatgo’y yo’lchi man endi
Muhabbatsiz kunlarim abadiy so’ndi
Ishqdan ko’ngil uzolmadim
Yordan ko’ngil uzolmadim
Yor ismin , so’zlar endi , tilim do’stlarim
Ma’yus , horg’in tortdi yuz u ko’zlarim
Talpinib - talpinib yashar unga qo’llarim
Ishqdan ko’ngil uzolmadim
Yordan ko’ngil uzolmadim
O’n besh yoshda uchradim buyuk muhabbatimga
Dardlar yomg’ir bo’lib yog’di shirin musibatimga
Ollohim uchratdi meni qanotsiz farishtaginamga
Ishqdan ko’ngil uzolmadim
Yordan ko’ngil uzolmadim

Nazdingizda men kimman
Yaxshimanmi –yomonmanmi sizni sevdim
Ishqingizda kecha-kunduz yonib kuydim
Bir ko’rishda oshig’ingiz bo’lib qoldim
Ayting yorim , siz uchun men asli kimman

Majnun bo’lib ortingizdan yurmasam xam
Oshiq bo’lib bir yilda bir ko’rmasam xam
Asli sizdan o’zgasini demasam xam
Ayting yorim , siz uchun men asli kimman

Ko’z o’ngimdan o’tdi qancha suluv qizlar
Jayron ko’zli , sadaf yuzli , jonon qizlar
Barchasini demay yurak faqat sizni istar
Ayting yorim , siz uchun men asli kimman

Fasllardek tovlanadi ko’ngil qurg’ur
Yoningizga yo’latmaydi meni g’urur
Bilaman bu yo’lim xato xaqiqat shudir
Ayting yorim , siz uchun men asli kimman

Taqdirimni bilib turgan yaratgan xam
Shuning uchun sokin erur xaqiqat xam
Barchasiga ko’nmay ko’nglim yig’lasa xam
Ayting yorim siz uchun men asli kimman

Bevafo deb , jafo birla xaydang mayli
Yo bir umrga sevaman deb turing mayli
Ikki yo’ldan birisin tanlang sizga muxlat
Ayting yorim siz uchun men asli kimman

Baytlarim sizga yetsa
Baytlarim sizga yetsa , mening baytlarim
Labim bo’lib , labingizni silaydi ular
Bilib , bilmay yozgan hayajonli paytlarim
Shamol kabi sochingizni silaydi ular

Ko’zingizdagi ma’nodan yaralgan ular
Yuzingizdagi yog’dudan tirilgan ular
Mung’lig’-ma’yus ko’zlardan yozilib tunlar
Navo bo’lib borgaydur sizga baytlarim

Diydor qiyomatga qolsa xam balki
Niyatim ushalmay so’nsa xam balki
Dilimda bor umid , istagim shuki
Bir umr , siz bilan yashar baytlarim

Sen deya
Shu vaslingdin ilxomlanib shoir bo’ldim sen deya
Ishq o’tidin kuylar solib hofiz bo’ldim sen deya
Osmonlarga yetdi bo’yim , kamolimga bo’lding sabab
Ko’rgan kunim , ko’zlarimga ma’no to’ldi sen deya

Xayotim u gunohimga tarbiyayu odobsen
Adabiyot dengizida o’zing yolg’iz madadsen
Ruhiyatim olamiga misli tengsiz quvvatsen
Dunyolarning ichida bir , dunyo bo’ldim sen deya

Laylat ul qadr kechasida
Osmondan nurlar yog’ildi bu tun
Laylat ul qadr kechasida
Dillarga , yulduzlardek niyatimiz ko’p
Asli himmat kechasida

Ko’zga ko’rinmas , go’yo farishtalar bilan
Davralar qurib , tushamiz o’yin
Sahargacha zulmatni yoritib birga
Chalamiz cholg’usiz visolning kuyin

Ketishadi tong otgan zahoti ular
Va birga ob ketishar niyat zanjirin
Yaratganning oldiga bir- bir to’planib
Aytishar eng go’zal niyatning birin

Eng go’zal niyat , eng go’zal savobdir
Uning mexridan olam nurga to’ladi
Niyatlarning bobosi shu bo’lsa kerak
Ijobatlar bo’lsin iloxo omin

Shukr egam
Sabr qilib o’tdim qancha dovonlardan
O’zni tutib , chetda turdim nodonlardan
Asli odam , shaytonsifat yomonlardan
Shukr egam , imon berib asraganingiz uchun

Necha bora shayton chiqdi yo’llarimdan
Ketdik deya tortdi qancha qo’llarimdan
Sizni eslab , quvdim uni izlarimdan
Shukr egam , g’ayrat berib suyganingiz uchun

Chinakam do’st asli o’zi siz ekansiz
Qalbimga madad bergan so’z ekansiz
Boshim egib , mexringizdan tilay o’zga
Shukr egam , dardlar berib qo’yganingiz uchun

To’rt kunlik bu o’tib ketar dunyolardan
Shayton aldar , xom xayol u ro’yolardan
Sarob kabi mavxum bo’lgan yolg’onlardan
Shukr egam , meni asrab yurganingiz uchun

Tangri o’zi qo’llar
G’iybatlarga quloq tutma , u do’zaxga chorlagaydir
Munofiq yo’lini tutma , bor azobga yo’llagaydir
To’rt kunlik bu sinov o’tar , uning g’alabasi bordir
Mo’min bo’lsang ey do’stginam ‘’ollox ‘’ bizni qo’llagaydir

Umring boricha aylan dunyoni ‘’Ollox ‘’-day do’st topolmaysan
Shubxa qilsang , bu shubxangni oxiriga yetolmaysan
Tun u kunda joning asrar , xam do’st , xam olloxing seni
Jannat yoningda turar nega , u do’zaxdan kecholmaysan

Xato qilsam
Nafs atrofimdan tinmay aylandi
Tavba qildim yonimdan uzoqlab ketdi
Ming shukr-u, xamd , sanolar aytdim xudoga
Ming baloy-u, ofatlar yirog’lab ketdi

Chetelda yurgan ba’zi ota –onalarga
Farzand bu dunyodagi eng buyuk sinovdir
U bir nixol parvarishga muxtojdir
Kamolda ikkingiz , ikki qanot bo’linglar
Volidai muxtarama munis onalar
Padar –u, buzrukvor ey aziz otalar

Panox bo’ling , panoxingiz bo’lgaydur
Qanot bo’ling , qanotingiz bo’lgaydur
Qush uyasida ko’rganini qilgaydur
Volidai muxtarama munis onalar
Padar-u, buzrukvor ey aziz otalar

Uzoqlarga ketsangiz mol-davlat topish uchun
Tirikchilik ayb emas ,lek bu holat nechun
Ortingizdan go’daklar qolar termulib
Volidai muhtarama munis onalar
Padar-u, buzrukvor ey aziz otalar

Qizlaringiz yomon yo’lga kirmasidan
O’g’illaringiz yomon otliq bo’lmasidan
Hayotingiz butkul izdan chiqmasidan
Qaytaqoling munis , aziz onalar
Padar-u, buzrukvor ey aziz otalar

Bu yo’llarda dunyo boyligin topsangiz xam
To’xtamaydi kechikkanda ko’zingizdagi nam
Qanoat qiling baxt-saodatga eltar yo’qchilik xam
Volidai muhtarama munis onalar
Padar-u, buzrukvor ey aziz otalar

Sog’inganda farzandingiz o’zingizni
O’ylayverar har bir aytar so’zingizni
Molu –dunyo ko’r qilmasidan ko’zingizni
Qayta qoling munis , aziz onalar
Padar –u, buzrukvor ey aziz otalar

To’g’ri torting vaqtning xaq tarozisini
Unutmang xayotning burch , ma’nosini
Shunda eshitgaysiz ezgulikning asl sadosini
Volidai muhtarama munis onalar
Padar-u, buzrukvor ey aziz otalar




Javobsiz muhabbat
Na sevgimiz bo’ldi doston
Na sevgimiz bo’ldi armon
O’rtamizda sukut podsho
Ayriliqlar tegdi jonga

Na siz keldingiz yonimga
Na men bordim yoningizga
Gumonlardan charchadi ishq
Shuncha azob bo’larmi jonga

Ko’zingizga termulib birdam
Sexrlanib qolaman nogox
Aytar so’zim unitib gox-gox
Hayajondan tezlar yuragim

Ilk muhabbat ishqiy g’uncha
Ifori xush bo’y taratar
Asiriga tushgan oshiq
Qalbi navo , kuy yaratar

Shundan barpo erur hayot
Ishqdan yaralgandur olam
Sizning yodingiz birla xatto ,
Yorug’ bo’lur ko’ngilxonam


Baxt kaliti
Buzuqlikning qilma yod
Dilingni qil gulobod
Ruhing poklanur shunda
Tuzatar chin e’tiqod

Ishqning ildizi ishonch
Ko’ngilning baxti quvonch
Do’stlar , mardlar oldida
Bo’lma g’animga muhtoj

Desang baxtli bo’lishni
Ko’kda oyday to’lishni
Sabr , shukr , qanoat
Va mexnat etagidan tut

Pinxona muhabbat
Muhabbat ko’nglimning mangu chirog’i
Yoningdan ketolmay , jilmay sevaman
Ko’zlaring mavj etgan dengizlaridan
Nigoximni bir zum uzmay sevaman

O’z holimga lolman , parishonxolman
Laxzada ishq tig’iga , aniq nishonman
It kabi ostonangda qadri somonman
Ishqingda o’z qadrim bilmay sevaman

Yoningga bir kelmadim , aybga buyurma
Men shunday jur’atsiz , ko’p xam qayg’urma
Bir kun ko’rishib qolsak yana kuydirma
Hech kimga bildirmay , pinxon sevaman

Tarix
Ajdodlarim taqdiri bitilgan qog’oz
G’am , andux baxt kuyi , dardli bir ovoz
Sening hikmatingdan topdik biz e’zoz
Qalbimning nurisan , durisan tarix

Shoxingdan tortib gadoinggacha
Donish u tabib , shoir Navoinggacha
Poyingga bosh eggum , xizmating uchun
Biz uchun jon bergan chumolinggacha

Bag’ringdagi gavxaring ,dilim mulkidir
Minorai kaloming yurtim ko’rkidir
O’zbekiston shunday buyuklarning yurtidir
Bizning ildimizsan , sabog’im tarix

Bir –birining qurboni
Mendan kechib ketganlar , bo’ldi bir talay
Lek qayg’uga botmadim ,dilni tirmalay
Ilk sevgimdan ko’nglim , qoldida attang
Ilk sevgim chin muhabbatga yo’l ochdi qarang

Kechikkan baxor
Kechikkan baxor mendan nima istaysan
Men qishni tanladim , endi meni qiynasan
Qumsagan vaqtim qaylarda eding
Oromim yo’qotib , nega tinch qo’ymaysan

Bir kuy chal
Bir kuy chal naychi ilonday to’lg’onayin
Ishq dardidan xarobman qayta jonlanayin
G’amgin yuzim pardasin kuy ila qo’y bekitib
Shodlik hisin dilga soch baxtimdan tovlanayin

Uvoli bolasiga urar
Otaning kasriga qolsa gar farzand
Qayda adolatdir , qayda xaqiqat
Bechora poradil , begunox essiz
Bor umri xastalik , tolei baxtsiz

Kun o’tar ,oy o’tar ,yil o’tar shunday
Na yura olar , na to’yib yig’lay
Sho’rlik odamday xam yura olmaydi
U uchun mexribon yolg’iz Xudodir

Farzand deb kuyib ,yonmasa joning
Ne uchun yaratding ,ermak uchunmi
Unda sen nodonmas , erursan xayvon
Shunda bilaqol asl zotingni
Ota –ona nodon bo’lsa farzandda ne ayb
Shul murg’ak ko’zlarga raxmim keladi
Chin mexr-shavqatga ular ko’p zordir
Bilmam erta ular kimlar bo’ladi

Sizni sevmay man o’lay
Vatanimni sevay
Chamanimni sevay
Madanimni sevay
Sizni sevmay
Man o’lay

Sayraganda bulbullar
Shodmon bo’lar ko’ngillar
Bulbullarni sevayin
Sizni sevmay
Man o’lay

Yurakda bir dard
Yozdirar uzun bayt
Baytlarimni sevayin
Sizni sevmay
Man o’lay

Ishq bu azobli daryo
Keltirar boshga g’avg’o
Yuzingizga bo’lib shaydo
Sizni sevmay
Man o’lay

Bu dunyo bir yolg’onchi
Ishq deya jon olg’onchi
Bo’lib visolingizga tilanchi
Sizni sevmay
Man o’lay

Kaftingizda qushchalar
Suv ichar bulbulchalar
Ular go’zal bunchalar
Qushchalarni sevayin
Sizni sevmay
Man o’lay

Ko’zingizda yulduzlar
Yorishasiz kunduzlar
Sizga xavas bo’y qizlar
Ko’zingizni sevayin
Sizni sevmay
Man o’lay

Mayli men xam o’lmayin
Siz xam qiynalmang ortiq
Bu dunyoda sevmayin
O’la ko’rmang shu xavotir

Buxoroda
Baxtim , dardim buxoroda
Qalbim , shaxdim buxoroda
Maning jonim aningdur
Topmayin jismim bedavoda

Oyda ko’rdim , aksin ul
Rasmin chizdim , misli gul
Vaslin istaydi ko’ngil
Tuzalmas dardim buxoroda

Azobing , qiynog’ing ,firog’ing
Davodur men uchun dudog’ing
Baxt erur laxzalik sarobing
Mani borim , yog’im buxoroda

O’zbek nomi
Dunyoni bir iborasi oldi o’zbekning
O’chmas nishonasi bordir o’zbekning
Erta tangri oldida xam yuzi yorug’dir
Mard o’g’loni , butun imon shoni o’zbekning

Parijon
Oy shulasida orom olar parijon
Sochlarini mayin tarar parijon

Oydin yuzi ko’zim olar parijon
Ko’rgim kelar , sarob bo’lar parijon

Sevsam yuragi yo’q uning
Oshnosi bo’ldim man shuning

Nigohi chertdi yurak
Yurakning dardi bir tilak

Men uchun u tanxo malak
Tilagim endi parijon

Yuragim qushday bo’lib
Uchdi osmonlarga kulib

Bu holatim ko’zga ilib
Ko’zlari kuldi parijon

Yetmasam xam uning o’zi
Vafoli erur menga
Shu kifoya , baxtim butun
Yuragim quvonchi parijon

Ona
O’g’il bo’lib ko’nglingni hech yig’latmasam
Tilimdan dilingga g’amlar yo’latmasam
Boshingdan baxt qushin hech qulatmasam
Ona sendan qarzimni uzay qanday

Sog’inch bilan to’lib borsam buxoroga
Onam sendan ustun desam dilozorga
Boqsam faqat onamdayin hokisorga
Ona sendan qarzimni uzay qanday

Umrimni poyingga dildan sadqa qilay
Yo’lingga jannat gullarin xadya qilay
Birda o’g’ling , birda quling hamdarding bo’lay
Ona sendan qarzimni uzay qanday

G’aflat bosgan izlarimdan uyalaman
Meni suymas o’shal yorga kuyunaman
Borib –borib oxir senga suyanaman
Ona sendan qarzimni uzay qanday

Qudratingdan lolman
Olloxim qudratingdan xayronman , lolman
Mexringchun poyingda egikman , tolman
Sen ne qilsang , qilursan hikmating bois
Ishqing misli dengiz , men undagi xolman

Quyoshingman
Olamni tark etsa quyosh butkul nogaxon
Tun u kun bir bo’lib qolsa begumon
Ishqim yoritardi jaxon , porlab nur misol
Shunda anglarding meni o’zing xurvisol

Hurmisan yo malak
Hurning jufti farishta
Sen hur , kim farishta
O’tasan yog’du sochib
Jon olasan bir kulishda

Yuragim senla yengil
Seni qumsaydi ko’ngil
Tanxo istagi shu dil
Sen ila bir bo’lishda

Sendan oldin gulobing
Kelar , guldir dudog’ing
Sevgin bo’lay muroding
Bejon o’zim , shu turishda

Husning bezatib falak
Jonim etardi halak
Ayt hurmisan yo malak
Hayajon solursan , bir boqishda

Nay
Ezgulik yo’liga kim bo’lsa xamdam
Uning bag’ri nay kabi poradir xar dam
Shul sabab bu dillardan chiqqay xush sado
Mexr , muhabbat nafasi ila yaralgay navo

Bu yo’lda yurgan xar bitta odam
Ko’ngli nay , qalbi nay , tili lutfga shay
Bir oz mexr ko’rsating ko’rasiz shunda
Sevinchdan tomchilar yoshi , ko’zlari naydir

Visoling men uchun
Visoling olmakim , xididan to’ygum
Kamoling ko’rib yor ichmay mast bo’lgum
Yetishmoq laxzada bo’lib o’tsa xam
Uning pok yodi ila bir umr qolgum

Ollox biz bilan birga
Yaratgan egamiz qo’llaydi illo
Mexribon , mo’tabar , karimdir Ollox
Kimning jismu-dilin kemirsa dard , g’am
Xudoyim bor bo’lur yonida xar dam





Bir vatan ichida
Bir zamin hokidan barpo erurmiz
Bir vatan ichida davron sururmiz
Men xam , sen xam pok qadaming birla
Sof niyat ila olg’a qadam qo’yurmiz

Yo’q demang
Qarshingizda doston etsam, shu ma’yus ko’nglim
Zinxor yo’q deb xaydamang , bulbulizman gulim
Sizsiz yashab o’tishdan ey vox qo’rqaman
Axir muxabbatimsiz tirik murdaman

Yo’l yurib , mo’l yurib , sizni ko’ray deb
Sizni xam , o’zni xam baxtli qilay deb
Yuribmanda men xanuz , Xudodan tilab
Bir umr siz bilan mangu bo’lay deb

Ko’zingiz surmali , oxudir , kamon
O’ylasam xolati yomonman ,yomon
Ko’nglingiz olayin bering bir imkon
Yozganim barisi ko’nglimdan nishon

Go’zal va pok o’zingiz , xo’p ishqim tushdi
Boshimdan xalovat qushi xam uchdi
Firoqqa chidolmam , ichim yomon tor
O’zingiz qutqaring ,bo’lmasimdan xor

Yaratibdi Xudoyim sizni xur qilib
Ko’zlarimga ma’no , mangu nur qilib
Menichi ishqizda tutqun , qul qilib
Gullarga boy chamansiz , olmayman yulib

Yomon deb o’ylamang ko’nglim gul ,toza
Poklik suvidan ichganman rosa
Imonim bor ,axir unga bo’lar ishonsa
Zora shunda sevsangiz , ko’zim quvonsa

Nodirajon xar oxim yetib falakka
Oy yuzin , tun misol etsa nogaxon
Yo RAB bu ne xol deb bo’lmang parishon
Bu sog’inchli holimdan andoza , nishon

Nodiraoyim
Majnundururman
Mamnundururman
Ey yor yodingdin
Dilipokdururman

Lola yang’lig’ labingni , gulshakar bolidin
Man suv ichsam bir umr shodmondururman
Ul kavsar misol jonimg’a jon bo’lg’ay yorijon
Gar yo’q desang nolasi osmondururman

Quyosh qalbim sen tomon mexrini sochar
Shul ko’zlarim pardasin sen uchun ochar
Ko’rsam o’zing borlig’im dengizdek toshar
Bir gul uchun nur sochar quyoshduruman

Ey vox sani ko’rib man bo’ldim bir be’mor
Bexol tanim , yo’q mador , xusningdan gulyor
Zinxor nazar solsang bulbulingga ey guldor
Bir dod solib , baxtimdan bexushdururman

Zinxor ta’ma qilmam , g’unchadek nozik belingdin
To soflik ko’rursan menday ojiz oshig’ingdin
Gulim ketma yiroqlab sayroqi bulbulingdin
Bir tan o’zim , jon o’zing bejondururman

Farzand
Ota-Ona bor ekan , xayotda borsan
Bor bo’lib xattoki bus-butun jonsan
Mayli kim bo’lmasinlar , yomonmi garchand
Burchingni ado et kechikmay farzand

Bellaridan quvvat , ko’zlaridan nur
Ketganida o’zing xizmatga shay tur
So’zimga kirmay burib ketma yuz
Mag’rurlik ildizin bitta qolmay uz


Har nima qilsang , o’zingga qilasan
Yaxshimi-yomonmi qaytar bilasan
Joningga raxm qil , imonga yo’l och
Nodonlar bazmiga bora ko’rma qoch

Do’stim baxt emasmi izlaganing xo’p
Bunday oltin ne’mat bedardlar ichra yo’q
Sabrni do’st bil , mexnatni qanot
So’ng shukring ado et o’lguningcha xo’p

To’g’ri ,xalol yasha baxting bo’lar but
O’tmish va kelajak g’amini unut
Mexnat qilding endi samarasin kut
Maqsadim xayotda imon bilan o’t

Oxu
Ko’zlaring munglidir , hursifat o’zing
So’zlasang eng nafis bo’lurdi so’zing
Majnunga Laylisin eslatgan xam sen
Mexrini to’lg’atib yig’latgan xam sen

Men uchun xam o’zing go’zal timsolsan
Yor qoshi , ko’ziga tirik misolsan
Ey nazokat guli oxuyu jayron
Shunchalar o’xshashsan o’zim xam xayron

Ijodxonamdan , dam olish xonasigacha

Uyqumning yo’lini to’sdi she’riyat
Takror va takror ortga qaytardi
Bu tun uyg’oq bo’ldim uning dastidan
Uxlamay xam dam oldim , o’z she’rim mastiman

Sizni qattiq sevardim
Azizim , tanxoim men sizni sevardim
Buning nesin aytay , nima xam deyin
Sizni unashtiribdilar , o’zga birovga
Muhabbat ne bilmagan , qalbi qirovga

O’ylaysiz men o’tsam bir boqmaydi deb
O’zingizni , o’zimga hech yoqmaydi deb
Tabiatim shunaqa odamoviroq
Xudo xaqqi o ‘zgaga boqmayman biroq

O’ylardim taqdirdan kelsa bir himmat
Siz ila tanishib qurardik suhbat
Kuta-kuta o’tdi ox necha muxlat
O’zimcha xayolan tuzardim hikmat

Noumid emasman ,xali xam vaqt bor
Axir yugurganniki emas , buyurganniki bu bor
Toki yasharkanmiz shu dunyoda birga
Ko’nglim o’zingizdan bo’lgay umidvor
Ayrilma
Muhabbat go’zal tuyg’usan
Muhabbat shirin kulgusan
Jilmayib tursang sokin
Sevinchdan titrar hokim

Do’stim muhabbatdan kechmoqni qilmagin niyat
Axir u emasmi seni niyatli qilgan
Yuraging pokladi ,qalb ko’zing ochdi
Endi tonib ketsang yaxshi bo’lmas bu

Parizod
Jayron ko’zli parizod
Hajringdan qilgin ozod
Ishqing ta’nimga qafas
Yuzing ko’rsat bir nafas
Kelsang senga beray jon
Sodiq qolgum begumon

Ko’zing yashnatur ko’zim
Quyoshman senla o’zim
Oftob yuzli gulyuzim
Senla shod yashar Nozim




Qalb durlarim sen uchun
Yaralgansan men uchun
Sevsang yo’lingda borman
Faqat bir senga yorman

Ishonmagin birovga
Mos emasdur , sen oyga
Ochil , so’lmagil ey gul
Baxtdan porlagin butkul

Yuragim bo’m- bo’sh
Yuragim bo’sh-bo’sh
Ko’zlarim to’la yosh
Sevmading bag’ritosh
Bu yerdan olib ketay bosh

Dil lavximda isming
Chizilgandi hur jisming
Uni o’chiray qanday
Seni sevar kim menday

O’ngimmi yo tushimmi
Uchib ketgan qushimmi
Avval olib xushimni
So’ng oqizma yoshimni

Osmon qaro tun-tun
Ko’nglim undan erur xun
Mendan yaxshi bo’lsa ul
Baxting butun bo’lsin gulwww.SHERLARUZ.CoM - Saytdan olindi!

Do'stlaringizga yuboring:



Категория: Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе | Просмотров: 1439 | Добавил: Nozimnemat | Рейтинг: 0.0/0

Ushbu saxifada Lolajon haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi. Ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing. Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi yana bizning saytda Lolajon dan tashqari yana Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlaruz.com - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi. Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan www.SherlarUz.CoM - SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, YANGI
Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Июнь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Друзья сайта


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari