Воскресенье, 20.08.2017, 11:02
Приветствую Вас Гость | RSS

SHERLARUZ.COM

SMS SHERLAR ROYHAT
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
Смс другу
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Смс cтихи
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
Категории раздела
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1101]
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [570]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [31]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [67]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ / SMS TUG'ILGAN KUN BILAN TABRIKLASH SHERLAR/ SHERLAR TUGILGAN KUNGA / SMS SHERLAR
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ [39]
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [11]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [53]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ / SMS TABRIKLAR YANGI YIL BILAN
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [64]
sms hayit bayrami sherlar / смс хайит байрамига шерлар . SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [46]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari
1 aprel sms hazillar [11]
1 aprel sms hazillar
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [53]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [121]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [44]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО [11]
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА [16]
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [108]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ [1]
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [18]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [28]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [31]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР [13]
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ [0]
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА [0]
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [20]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN [25]
SMS VATAN
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ [7]
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [84]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви [25]
Стихи о любви
Смс признания [28]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [25]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [16]
СМС на день рождения
Смс другу [19]
Смс другу
С 1 апрельские приколы [42]
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро [34]
СМС доброе утро
Смс cтихи [1]
Смс cтихи
Прикольные смс [18]
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом [14]
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом 2014 / 2015 / 2016 / 2017 / 2018
Смс реклама [0]
Смс реклама
СМС спокойной ночи [12]
СМС спокойной ночи
Студенческие смс [12]
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language [15]
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты [2]
O'zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri [11]
Aşk sözleri - SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари [41]
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ [41]
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ [42]
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ [146]
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ [11]
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ [21]
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ [24]
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ [0]
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ [12]
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR [5]
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ [1]
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [9]
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [36]
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI [9]
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI
21 Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar [3]
21 Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar
Qo'shiq uchun sherlar [4]
Qo'shiq uchun sherlar
Тожикча шерхо [0]
Тожикча шерхо
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ [21]
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR [16]
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR [18]
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР [3]
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР [45]
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR [2]
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи [2]
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ [8]
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз [17]
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз
SMS HAYIRLI TUN TILAB / SMS XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ [16]
SMS HAYIRLI TUN TILAB / SMS XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР [10]
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР
Статистика



Онлайн всего: 67
Гостей: 64
Пользователей: 3
Tracybes, Alfredfrusa, Kenneththutt

Главная » 2017 » Январь » 25 » NIDO Bag`islov
08:28
NIDO Bag`islov
Xayqiraman,
Tog`lar bag`ridan
Gumburlagan sado keladi,
Ona-Yerning otash qa'ridan
"O`g`lim!" degan nido keladi.
"O`g`lim!"
Vujudimni chulg`at alanga,
Bo`g`zimga tiqilar hayajon.
— Mana, men o`g`lingiz,
Dardli olamga
Sizdan tanho yodgor,
So`ylang otajon!
So`ylang, bir daqiqa quloq solayin,
Ovozingiz tinglab to`yolmaganman.
Bir marta yo`qotib topolmaganman,
Xayolimda tiklab olayin.
Otajon!
Men axir qutlug` bu so`zni
Yigirma yil olmadim tilga,
Yigirma yil saqladim dilda.
Armonli o`g`lingiz tinglaydi sizni,
So`ylang, eshitaman.
Vujudim tilka,
Yuragimni yoqar o`tli iztirob,
Ammo yuragimda bir tomchi yosh yo`q.
Bag`rim o`yib,
Bu kun menga bermoqda azob
Sizning ko`ksingizni teshgan qora o`q.
Silqib oqayotir
Ko`kragimda qon.
Qalbim o`rtamoqda so`ngsiz armonim...
Yurak qonim bilan bitgan dostonim
Sizga bag`ishladim,
Otajon!

***

Xayolning tumanli pardasi aro
Yillar ko`z o`ngimda charx urayotir.
Qishloq ko`chasidan zanjiday qaro
Olov bolaligim yugurayotir.
Dunyo qayg`usiga bo`lmagan oshno,
Qah-qah urayotir,
Barq urayotir.
Bilmas, boshi uzra bulutli samo
Chaqmoq chaqayotir,
Guldurayotir.
Bilmas, yaralangan bu majruh dunyo
Qasos so`rayotir,
Bong urayotir...

Qadamlar,
Qadamlar,
Og`ir qadamlar...
Etiklar zarbidan titraydi tuproq.
Qayerga ketmoqda shuncha odamlar?
Nahotki, yo`llari shunchalar yiroq!
— Ana, ko`ryapsanmi?
Mening dadamlar!
Dada!!!
Ovozim hech chiqmaydi biroq.
Yuguraman — ortga ketar qadamlar,
Yig`layman — ko`zimga kelmaydi namlar,
Murg`ak vujudimda faqat zo`r titroq!
Bo`g`zimda alamlar,
Achchiq alamlar,
Yo`lning o`rtasida turibman.
Shu choq —
Poyezd qichqiradi,
To`xtang, odamlar!
Qayga ketmoqdasiz?
Qani dadamlar?!
Tepamda yonadi zangori chiroq...

Cho`chib uyg`onaman,
Onam qoshimda.
Mehribon qo`llari
Otash boshimda:
— Nega yig`layapsan,
Yolg`izim, qo`zim?
Tun uzoq, uxlay qol,
Ko`zlaringni yum.
Orom ol, men senga
Allalar aytay.
Tongda peshonangdan
O`pib uyg`otay.
Ana, derazangga
Qo`nibdi hilol.
Boshingga egilib 
So`rmoqchi savol.
Sening kiprigingga
Sochmoq bo`lib zar,
Hilol tegrasida
O`ynar yulduzlar.
Men sening baxtingman
Deganday go`yo
Imlab chorlamoqda
Yoqut surayyo.
Senikidir bular,
Seniki bari.
Seniki osmonning 
Zar qandillari.
Somonchining yo`li —
Sening yo`llaring,
Uzatsang Zuhroga,
Yetar qo`llaring
Ulg`ay bolajonim,
Ulg`aygin tezroq.
Sening yo`llaringga
Yulduzlar mushtoq.
Hozircha orom ol,
Yolg`izim, qo`zim.
Tun uzoq, uxlayqol,
Ko`zlaringni yum.

Olis sohillarda,
Ufqdan nari
Ol`im sochmoqdadir
Yov quzg`unlari.
O`lim sochmoqdadir
Elga beayov.
Shahar, qishloqlarni
Yutmoqda olov.
O`sha olis yurtda 
Qon kechib hozir
Otang hayot uchun
Jang qilayotir.
Ellarning erk degan 
Sof tilagi deb,
Jahonning nurafshon
Kelajagi deb,
Ofat solmasin deb
Olamga qotil,
Otnag uzoq yurtda
Jang qilayotir.
Sen uchun, men uchun,
O`z uchun emas,
Faqat o`zbek va yo
Rus uchun emas,
Butun Yer — undagi
Bor avlod uchun,
Dunyoda eng qutlug` 
E'tiqod uchun
Uzoq o`lkalarda 
Qon kechib hozir
Otang hayot uchun
Jang qilayotir.
Sen, uxla, yolg`izim.
Sen uxla, qo`zim,
Bir nafas orom ol,
Ko`zlaringni yum.

Bu kunlar albatta
O`tib ketadi.
Bashar jarohati
Bitib ketadi.
Ona-Yer qaytadan
Yasharar bir kun.
Olam nur qo`ynida
Yashnar lolagun.
Jangu jadallarga
Kelur intiho,
Bizning dunyo bo`lur
Urushsiz dunyo.
Bu kunlardan qolur 
Faqat xotira.
Ammo xalq jafoni
Unutmas sira.
Bu kunlar ketar-u,
G`am, dog`i qolur.
Yuraklarga solgan 
Firog`i qolur.
Avlod-avlodlarga
Zamon-zamonga
Abadiy, adabiy
Sabog`i qolur.
Sen ham unutmassan,
Yuragim, qo`zim.
Hozircha tinvh uxla,
Ko`zlaringni yum.

Vaqt kelar, ulg`ayib,
Odam bo`larsan.
Ilm olib sohibi 
Olam bo`larsan.
Sen bizlar ko`rganni
Ko`rmagaysan hech,
G`urbat yo`llaridan 
Yurmagaysan hech.
Olam to`la quyosh,
Qalbing to`la nur,
Oydin bir zamonda 
Yashaysan masrur.

Bizlar ham o`tamiz
Vaqt kelib bir kun.
Sizlarga qoladi
Muqaddas zamin.
Siz uni avaylab
Kaftda tutasiz,
Sharaf yo`llaridan
Olib o`tasiz.
Otash alangaga
Tutmaysiz uni,
Dahshat ummoniga
Otmaysiz uni.
Zamin tegrasiga
Oltin kamalak
O`raydi yetti xil 
Nurdan chambarak.
Siz uning bag`rini 
Pora qilmaysiz,
Otalar hokini
Saqlab muborak.
Sen shunday davronda
Yashaysan qo`zim.
Hozircha orom ol,
Ko`zlaringni yum...

Boshimizda otashin falak,
Poyimizda otashin tuproq,
Qo`limizda yog`och kamalak,
Ostimizda yog`och arg`umoq,
Oppoq changdir egnu boshimiz,
Oppoq changdir ko`zu qoshimiz.
Ko`ru karmiz,
Beshdan oltiga
Endigina o`tgan yoshimiz,
Ko`cha-ko`yda ko`tarib suron
Yuguramiz sahardan to kech,
Olam uzra kezar zo`r bo`ron,
Biz bu haqda o`ylamaymiz hech.

"Urush-urush" o`yin bo`lsa bas,
Titratamiz ko`ku zaminni.
Kim o`ylabdi deysiz u nafas
Bu urushning rostakamini.
Burchaklardan bir-birimizni
Yog`och miltiq bilan otamiz,
Biz bilmaymiz:
Qay birimizning
O`qqa uchdi bu vaqt otamiz.
Ko`ksimizni ushlagancha
Yiqilamiz,
O`lgan bo`lamiz,
Biz dunyoda rostakam o`lim
Borligini qaydan bilamiz?!
Dahshat solib kezarkan u dam
Uzoqlarda jang guldurosi,
Bizning qishloq ko`chasida ham
Yangrar edi
Aksi sadosi.

***

Quyosh botar,
Oqshom cho`kar ko`cha-ko`yga,
Tarqalamiz uy-uygayu tepa to`yga,
Tun boshlanar,
Mengacharchoq bilinmaydi,
Kiprigimga uyqu sira ilinmaydi.
Murg`ak fikrim yetaklaydi xayollarga,
Onam qo`ynin to`ldiraman savollarga.
"Ayting, aya, mening dadam qahramonmi?
Tog`larni ham qulatguvchi pahlavonmi?
To`pponchasi bormi uning cho`ntagida?
Ordenlari juda ko`pmi ko`kragida?
Mening dadam samolyotda uchadimi?
Osmonlardan parashutda tushadimi?
O`tkir po`lat qilichini qo`lga olib,
Dushmanlarning yuragiga qo`rquv solib,
Katta jangga kiradimi yolg`iz o`zi?
Yelkasida yonadimi besh yulduzi?
Ayting, dadam meni yaxshi ko`radimi?
Kelganida toycha olib beradimi?
Ko`chalarda toychog`imni yetaklatib,
Qo`llarimdan ushlab olib yuradimi?
O`sha kunlar tezroqqina bo`la qolsin?
Ayting, dadam hayallamay kela qolsin".

44-yil
Sentyabr tongi otdi.
Meni cheksiz quvonch bilan baxt uyg`otdi.
Ko`k jildimda alifbe va bir burda non,
Birinchi bor qadam qo`ydim maktab tomon.
O`yinlardan anacha erta to`ygan edim,
Kitoblarga barvaqt havas qo`ygan edim.
Yod bilardim alifbening harflarini,
O`qir edim informbyuro xabarini.
Juman "pochta” dadamdan xat keltirgan kun
Katta bayram yuz hijjalab, yuz tutilib.
Takrorlardim yirtilguncha xat titilib.
Yayrar edim ma’nosini uqarkanman,
Dadam xatin o`qib savod chiqarganman.

Bu kun yana xat olganmiz,
Ajoyib xat,
Gospitaldan chiqqan emish sog`-salomat,
Boshidagi jarohati bitgan emish,
Hatto o`rni bilinmasdan ketgan emish.
Berlin tomon tushar endi yo`lim debdi.
Xat so`nggida yaxshi o`qi, o`g`lim, debdi.
Shu kun tunda uch chiziqli daftarimga,
Oro berib katta-katta harflarimga,
Xira chiroq yorug`ida ko`z ishqalab —
Dadamga xat yozmoq uchun surdim qalam:

"Dadajon!”
Men sizni juda sog`indim.
Sog`indim ikkala ko`zim bilan teng.
Kelib qolarmishsiz ertami-indin,
Ayam shunday dedi,
Rostmi shu, ayting?!
Dada,
U kun sizni tushimda ko`rdim.
Oq otda keldingiz,
So`radingiz suv.
Men buni ayamga gapirib berdim.
Dadang keladi, deb aytdi,
Rostmi shu?..

Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo`ltiqtayog`i bor,
Bir oyog`i yo`q,
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o`q…
Hol aka qaytgandi uyga to`satdan,
O`g`li, dadajon, deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa desa qo`li yo`q ekan,
Tik turgan joyida yig`layveribdi.
Darsga kelmay qoldi
Tunov kun Tal’at,
Muallim urishsa turaverdi jim.
Dadasidan kelgan ekan qora xat.
Hammamiz yig`ladik,
Hatto muallim…
Dadajon!
Sizga o`q tegmasin hecham,
Men uchun ham tezroq qayting salomat,
Buvim aytgan,
Agar men tilak qilsam,
Tilagim bo`lardim doim ijobat.
Rost aytaman,
Sizni juda sog`indim,
Sog`indim ikkala ko`zim bilan teng,
Kelib qolasizmi, ertami-indin?
Kutaman,
Dadajon, 
albatta keeling”.

Hijron kechalari g`oyatda uzun,
Ayriliq yo`llari oils hihoyat.
Ko`chaga chiqaman yuz bora har kun,
Ko`zlarim nigoron,
Kelarmikan xat?
Tongda turganda ham,
Kun botganda ham,
Hatto kechalari qilolmay toqat,
Eshikka qarayman,
Chekaman alam.
Intizor bo`laman,
Kelarmikan xat?
Men qaydan bilibman,
Yo`l bosar ekan
Mening murg`ak xatim bekatma-bekat.

U yoqdan,
Xuddi u borar manzildan
Yo`lga chiqqan edi mash’um qora xat.

Qosh, ko`zlaring otangga o`xshar.
Deyishadi bilganlar doim.
So`ng xo`rsinib qo`shib qo`yishar:
O`xshamasin umring, iloyim.
Otam tutgan mash’alni ushlab,
O`shay o`ldan boraman men ham.
Mayli edi
Otamdek yashab,
To so`nggi dam
Unga o`xshasam.

Bobolarning hikmati
Hayotga yorug` yo`ldir.
Itang bolasi bo`lma,
Odam bolasi bo`l, der.
Bu so`zni ilk bor menga
O`rgatgan otam edi.
Men otam farzandiman,
U esa odam edi.
Qirq birinchi yillarning
Dahshati ko`z oldimda,
Go`dak edim, otamni 
Kuzatgandim yonimda.
U ko`plar baxti uchun 
Kirar ekan zo`r jangga
Onam boshimni silab,
O`xsha, degan otangga.
Mening mardlik maktabim
Jonfido otam edi.
Men otam farzandiman,
U esa odam edi.
Men otam bosib o`tgan
Qonli yo`lni o`tmasman.
Ammo shonli hayotni
Bir umr unutmasman.
Ona-Vatan ko`ksiga
Qalqon bo`lgan otamning,
Ko`plar baxti yo`lida
Qurbon bo`lgan otamning —
Aziz nomin qalbimda 
Vijdonimdek saqladim.

Uning o`lmas ruhini
Shod etmoqlik maqsadim.
Umrimni fido etay
U jon bergan Vatanga.
El mendan rozi bo`lsin
O`xshabsan, deb otangga.


***

Quzg`unning qanotiday
Qaro edi o`sha tun.
Na milt etgan yulduz bor,
Na yilt etgan bir uchqun.
Kech kuz edi,
Tund kecha,
Yer-ko`k mungli, borliq g`ash,
Qor ezilib yog`ardi
Yomg`ir bilan aralash.
Sukunat.
Jang tin olar,
Faqat gohi gohida
Mushak uchib so`nadi
Dushman qarorgohida.
Yarim tun zulmatida
Tepalikni qoralab
To`rt soya emaklardi
Chakalakzor oralab.
Har zamon to`xta-to`xtab
Hordiq olishar edi,
Jim qolib sukunatga
Quloq solishar edi.
Mana, ular o`rmonning
Chekkasida o`tdilar
Va nihoyat daryoning
Sohiliga yetdilar.
To`xtadilar, bir nafas
Ko`z tikdilar yiroqqa.
Atrof jim,
Faqat daryo
Urilardi qirg`oqqa.
Sirli tun, butun borliq
Sehrlangan singari.
Shunday kecha to`rtovlon
Yo`l olmishlar qay sari?

Qay manzilga shoshishar
Shu sovuqda, shu namda?
Go`yo qor bor, 
Yomg`ir bor,
Tun bor faqat olamda…
Avtomatlar bosh uzra
Ko`tarildi tug`simon.
Birin-ketin daryodan
Suzib ketdi to`rtovlon.
Jim, sharpasiz suzishar,
Yaqin qoldi qirg`oqqa,
Yot, notanish tovushlar
Eshitilar quloqqa.
Mana sohil — tik qirg`oq,
Atrof yalang,
Narida
Ikki dushman soqchisi 
Ko`rinar tun bag`rida.
Bir-birovga tikildi
Bir so`z demay to`rt juft ko`z.
Shu qarashning o`zida 
Aytilgandi barcha so`z.
Tek qotdilar. Komandir
Imo qildi nohoyat,
Tun bag`riga emaklab
Kirib ketdi to`rt soya.

Nogahon o`q otildi,
O`t chaqnadi ketma-ket.
Dushman sezdi,
Razvedka
Jangga kirdi betma-bet.
Granata portladi,
Tilga kirdi avtomat.
Bir yonda butun bir polk, 
Bir yonda to`rtta soldat.
Ikki yondan o`q yog`ar,
Olov yog`ar beshafqat,
Bir tomonda tahlika,
Bir tomonda jasorat.
O`rtada tekis kenglik,
O`rtada quyuq zulmat.
Bir tomonda yovuzlik,
Bir tomonda adolat.
Qancha davom etdi jang
Bilar faqat qaro tun,
Bilar faqat tepalik,
Ammo bular lol va gung.

Tongga yaqin qor tindi,
Asta yorishdi osmon.
Tepalikka ilk nurin
Sochdi xurshidi jahon.
Bunda yerni quchgancha
Toshlarga qo`yib boshin,
To`rt o`g`lon tinch uxlardi
Ko`kragida qo`rg`oshin.
Tungi og`ir jangdan so`ng
Go`yo tin olar bari.
Ona bag`rida yotgan
Ma’sum go`dak singari.
Shu tong sabo yig`ladi
Boshin urib qirg`oqqa.
Oq, momiq bulutlarning
Bag`ri chok-chok so`kildi.
Shu tong oftob nurlari
Ko`z yosh bo`lib to`kildi.
O`rmonlar shovillagan
Olis yurtda hali ham
Nomsiz tepalik uzra
Uxlab yotibdi otam.


***

Tengdoshim,
Asrdosh birodar!
Kel, bir on jim o`yga cho`maylik.
Bu yerda
yotibdi
fidolar.
Kel, uni
gullarga
ko`maylik.
Bu yerda
baxt bo`lsin,
nur bo`lsin,
Bo`lmasin
qora tun
zulmati.
Bu yerda 
yuraklar
hur bo`lsin.
Qaytmasin, 
u kunlar
dahshati.

Tengdoshim,
asrdosh birodar!
Uyg`oq b`ol,
hushyor boq 
olamga.
Bu yerni 
quchmasin 
alanga,
Qabrida 
tinch yotsin fidolar.
Eshit,
ingrayapti 
Ona-Yer
Qo`ltiqtayoqlaring 
zahmidan,
Bu tuproq
yuragi 
poradir
Atom zontlarining 
vahmidan.
Eshit,
chorlayapti
Ona-Yer,
Ko`ksida 
olovli
oh-faryod.
Asrdosh birodar,
qo`lni ber,
Kel, Yerga 
qilaylik
qasamyod:
Bo`lurmiz
gal kelsa
har birimizga
Tinchlik janggohining 
fidosi.
Bu senga
bu menga,
bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.

Yiroqlarda qoldi
Uqubatli yillar,
Yer ostida yotar topganlar zavol.
Qolganlar umrning 
Sarhisobin qilar,
Soch oqiga boqib surarlar xayol.
Yillar o`tdi-ketdi
Dovulini qoqib.
Tuproqqa berildi ne-ne aziz jon.
Bizlar xayollarning 
To`lqinida oqib,
U kunlar haqida to`qiymiz doston.
Ammo o`lganlarga
She’r, doston ne naf,
Ne foyda yig`lashdan qalb dardin aytib.
Ming yil shon o`qisak,
Ming yil aytsak sharaf,
Ketganlar dunyoga kelmaydi qaytib.

Nega egilmasin
Odam ketsa odam,
Ustunga zo`r kelar qulasa ustun.
Bu tashvishli dunyo,
Sermashaqqat olam
Bizning yelkamizda qoldi-ku, do`stim!
Uni bo`ronlardan,
Quyoshli yo`llardan
Nurli istiqbolga olib o`tamiz.
Biz uni olganmiz
Tabarruk qo`llardan,
Tabarruk qo`llarga eltib tutamiz.
Avlodlar uchun ham 
Qutlug` bo`lar albat
Yer uzra to`kilgan ko`z yosh, qon va ter.Bepoyon kenglikda
Charx uradi abad
Ulkan yurak shaklidagi Yer…
www.SHERLARUZ.CoM - Saytdan olindi!

Do'stlaringizga yuboring:




Категория: ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ | Просмотров: 1132 | Добавил: Sherlaruzcom | Теги: Toglar bagridan Gumburlagan sado ke, Ona-Yerning otash qa'ridan Oglim! d, Xayqiraman | Рейтинг: 0.0/0

Ushbu saxifada NIDO Bag`islov haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi. Ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing. Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi yana bizning saytda NIDO Bag`islov dan tashqari yana ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlaruz.com - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi. Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan www.SherlarUz.CoM - SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, YANGI
Всего комментариев: 0
avatar
Форма входа
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SUPPER YANGILIK:
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Друзья сайта


SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari