Aka degan jonga chindan jondosh bo'lar.
Uka degan asli asl qondosh bo'lar.
Singil sizga dildosh bo'lar, yondosh bo'lar.
Singlisini yig'latmaydi AKA degan.
Kulfat kelsa ustingizdan kulmaydigan.
Do'q urlsangiz qovog'ini uymaydigan.
Zarda qilib lablarini burmaydigan.
Singlisini yig'latmaydi ERKAK degan.
Yo'qlasangiz tor xovlisi jannat bo'lgan.
Bu dunyoda borligi bir davlat bo'lgan.
Aytgan so'zi Allox bergan davlat bo'lgan.
Singlisini yig'latmaydi ERKAK degan.
Taqdirining cho'g'ligini bildirmagan.
Gox ochin, gox to'qligini bildirmagan.
Onasining yo'qligini bildirmagan.
Singlisini yig'latmaydi ERKAK degan.
Singil yo'qlab borganingiz tavob bo'lar.
Bug'doyzorni bossangiz xam savob bo'lar.
Mehr bering sizga Xaqdan javob bo'lar.
Singlisini yig'latmaydi ERKAK degan.
Tashvishlarin yelkangizga ortib qo'ying.
Boshin silang, ko'z yoshini artib qo'ying.
O'g'lingizning qulog'iga aytib qo'ying.
Singlisini yig'latmaydi ErkaK degan..
Ayol zotin xo'rlamaydi ErkaK degan..