O’quvchilar, bolalar, va kattalar uchun saralangan, qiziqarli, ko’ngilochar va mantiqiy topishmoqlar, yoshlikni eslaymiz. Barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba’zan «topmacha», «jumboq», «matal» deb atashgan. Mumtoz adabiyotda ular «chiston» ham deyiladi. Topishmoq hammabop ommaviy janrdir. Ularda xalq hayotining barcha qirralari – turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o‘rab olgan olam o‘xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi. Topishmoqda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi bo‘lgan kishi unda keltirilgan ko‘chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to‘g‘ri kelishiga qarab javobni topadi. Topishmoq, awalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo’lsa, ayni paytda ko‘ngilochar o‘yin ham hisoblanadi. Topishmoq shunday ajoyib janrki, unda g‘ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko‘rib-bilib turgan narsa bo’lib chiqadi. Quyida bolalar va kattalar uchun birdek manzur bo’ladigan qiziqarli va mantiqiy topishmoqlarni keltirmoqdamiz. Topishmoqning javobini tekshirish uchun "Topishmoqning javobi” tugmasini bosish kifoya. Xuddi shu tugma qayta bosilganda javobi yana yashiriladi. Topishmoqlar javoblari bilan – qiziqarli, sara, mantiqiy1. Qozonda emas qaynaydi, qishin yozin tinmaydi.
Topishmoqning javobi Buloq
2. Ko’zga ko’rinmas, qo’lga tutilmas.
Topishmoqning javobi Havo
3. Oyog’I yo’q qochadi, Qanoti yo’q uchadi.
Topishmoqning javobi Bulut
4. Tomdan tuxum irg’itdi.
Topishmoqning javobi Do’l
5. Qo’lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
Topishmoqning javobi Shamol
6. Tebranadi joni yo’q
Topishmoqning javobi Zilzila
7. Zarga sotilmas, Zo’rga topilmas.
Topishmoqning javobi Vaqt
8. Otlari har xil, yoshlari bir xil.
Topishmoqning javobi Hafta kunlari
9. Ko’msa ko’milmaydi.
Topishmoqning javobi Soya
10. Oppoq qushim qaqillar, Qanotlari shaqillar.
Topishmoqning javobi Sharshara
11. Meni so’raydilar, Ko’rinsam qochadilar.
Topishmoqning javobi Yomg’ir
12. O’tmas pichoq yer kovlar.
Topishmoqning javobi Tomchi
13. Ismi bor, jismi yo’q.
Topishmoqning javobi Shamol
14. Erta bilan to’rt oyoqlab yuradi, Tushda ikki oyoqlab yuradi, Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
Topishmoqning javobi Odamning bolaligi, yigitligi, keksaligi
15. O’zi bitta, Kallasi ikkita, Dumi bitta, Oyog’I oltita.
Topishmoqning javobi Ot mingan odam
16. Ikki og’ayni bir-birini ko’rmaydi.
Topishmoqning javobi Ko’z
17. Kunduzi kaltaklashar, Kechasi quchoqlashar.
Topishmoqning javobi Kipriklar
18. Temir qo’rg’on ichida, qizil toychoq o’ynaydi.
19. Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi.
20. Besh og’ayni yosh edi, Ichida biri bosh edi.
Topishmoqning javobi Barmoqlar
21. Bir nafasda olamni kezar.
Topishmoqning javobi Fikr
22. O;zi boldan shirin, yesa bo’lmaydi.
Topishmoqning javobi Uyqu
23. Biz edik, biz edik, O’ttiz ikki qiz edik. Bir taxtaga tizildik, Berar, berar uzildik.
Topishmoqning javobi Tish
24. Yerga ko’milmaydi, kosaga quyilmaydi, Dunyoda hamma odam, ichmay qo’ymaydi.
Topishmoqning javobi Ona suti
25. Suvga tushsa mingta, suvdan chiqsa bitta.
Topishmoqning javobi Otning dumi
26. Soqoli bor, mo’ylovi yo’q.
Topishmoqning javobi Echki
27. Mo’ylovi bor, soqoli yo’q.
Topishmoqning javobi Mushuk
28. Qanoti bor uchmaydi, quruqlikda yurmaydi.
Topishmoqning javobi Baliq
30. Osti tosh, usti tosh, o’rtasida jondor bosh.
Topishmoqning javobi Toshbaqa
31. Ovozasi azonda, mazaligi qozonda.
Topishmoqning javobi Xo’roz
32. Pishirsa osh bo’lur, pishirmasa qush bo’lur.
Topishmoqning javobi Tuxum
33. Bir qushim bor, suyagi yo’q/
Topishmoqning javobi Kapalak
34. Joni bor qoni yo’q, yer ostida soni yo’q.
Topishmoqning javobi Chumoli
35. Otasi uyda qolar, bolasi bozor borar.
Topishmoqning javobi Mevali daraxt
36. U yog’I tog’, bu yog’I tog’, o’rtasida sariyog’
Topishmoqning javobi Yong’oq
37. Osh ichida tosh, tosh ichida osh.
Topishmoqning javobi O’rik
38. Osmondan tushdi bir tugun, usti baxmal, ichi un
Topishmoqning javobi Jiyda
39. Kichkina xurmacha, og’izlari burmacha.
Topishmoqning javobi Ko’sak
40. Uzun terak, ichi kovak.
Topishmoqning javobi Qamish
41. Bozordan bir narsa ol: ham o’zing ye, ham tovug’ing yesin, ham moling yesin.
Topishmoqning javobi Qovun
42. Suv emas, suyuq, qor emas oq.
43. Otasi bor, onasi bor, o’n ikkita bolasi bor.
Topishmoqning javobi Narvon
44. Oyog’I yo’q yuradi, og’zi yo’q gapiradi.
Topishmoqning javobi Soat
45. O’zi bitta, ko’zi mingta.
Topishmoqning javobi Elak
46. O’zi bitta, tishi mingta.
Topishmoqning javobi Arra
47. Kichkina mitti, echkini yiqittdi.
Topishmoqning javobi Pichoq
48. Ko’k otim ko’kka qarab yo’rg’alaydi.
Topishmoqning javobi Tutun
49. O’zining badanini o’zi yeydi.
Topishmoqning javobi Sham
50. O’zi bitta, tuxumi to’rtta, bolasi o’n oltita
Topishmoqning javobi Do’ppi
51. Fotima Zuhra urushadi, merosini bo’lishadi.
Topishmoqning javobi Qaychi
52. O’zi pillaga o’xshar, ichi tillage o’xshar.
Topishmoqning javobi Yeryong’oq
53. Og’zi yo’gu tishi bor, boshimizda ishi bor
Topishmoqning javobi Taroq
54. Yelkasi bor boshi yo’q, oyog’I bor qo’li yo’q.
Topishmoqning javobi Stol
55. Qat, qat, qatlama, aqling bo’lsa tashlama
Topishmoqning javobi Kitob
56. Zar gilam zar-zar gilam, ko’taray desam og’ir gilam.
57. Boshi taroq, dumi o’roq.
Topishmoqning javobi Xo’roz
58. Tunda chiqar onasi, Necha minglab bolasi. Berkinishar qo’rqqandan, Kelib qolsa otasi.
Topishmoqning javobi Oy, yulduzlar, quyosh
59. Tarvuzim bor urug’siz, Pichoq bilan kesilmas. Kesganingda ham uni, Maza qilib yeb bo’lmas.
Topishmoqning javobi Koptok
60. Shahari bor, odami yo’q, Daryosi bor, suvi yo’q.
Topishmoqning javobi Xarita
61. Tili po’lat shovvoz, so’zlay olmas beqog’oz.
Topishmoqning javobi Ruchka
62. Qo’lsiz, oyoqsiz gul soladi.
Topishmoqning javobi Sovuq, deraza qirovi
63. Kelar, ketar izi yo’q, qaragani ko’zi yo’q.
Topishmoqning javobi Shamol
64. To’rtida tariqday, o’ttizda ayiqday, to’qsonda tovuqday.
Topishmoqning javobi Odamning bolaligi, yigitligi, keksaligi
65. U yoqqa qarasangiz ko’rinmaydi, bu yoqqa qarasangiz ko’rinmaydi, osmonga qarasangiz ko’rinmaydi, soyangizga qarasangiz ko’rinadi.
Topishmoqning javobi Quloq
66. U yog’I arra, bu yog’I arra, o’rtasida go’shti barra.
Topishmoqning javobi Tish, til
67. Ikki otim bor, bir-biridan chopag’on
Topishmoqning javobi Oyoq
68. Og’izdan chiqqancha meniki, og’izdan chiqqani elniki.
Topishmoqning javobi So’z
69. O’tda yonmas, suvda cho’kmas, yerda chirimas.
Topishmoqning javobi To’g’rilik
70. Quyon emas, uzunquloq, Ot emas, to’rtta tuyoq.
Topishmoqning javobi Eshak
71. O’zi katta, dumi kalta.
Topishmoqning javobi Tuya
72. Kelganda to’rt oyoq, ketganda ikki oyoq.
Topishmoqning javobi Ayiq
73. Yer tagida qubba igna.
Topishmoqning javobi Tipratikan
74. Tirik kelib o’likdan osh so’radi, o’lik turib tirikni bo’g’ib oldi.
Topishmoqning javobi Sichqon, qopqon
75. Emaklagan toshni ko’rdim, toshdan chiqqan boshni ko’rdim.
Topishmoqning javobi Toshbaqa
76. Qoziq ustida qor turmas.
Topishmoqning javobi Tuxum
76. Daraxt shohida sakson tuxum.
Topishmoqning javobi Ipak qurti
77. O’zi yo’qdek, tovushi o’qdek.
Topishmoqning javobi Qora chigirtka
78. Is biladi it emas, In izlaydi tulki emas. Qanoti bor uchadi, Ammo o’zi qush emas.
Topishmoqning javobi Qo’ng’iz
79. Uzun tor ko’cha, ichi to’la lo’libachcha.
Topishmoqning javobi Chumoli uyasi
80. Kichkina mitti, qo’limga olsam qovurg’asi sinib ketdi.
Topishmoqning javobi Chivin
81. Bolalari qarsak chaladi, onalari raqsga tushadi.
Topishmoqning javobi Terak, barglari
82. Kichkina dekcha, ichi to’la mixcha.
Topishmoqning javobi Anor
83. Osti sariq, usti sariq, shirin totli ichi tariq.
Topishmoqning javobi Anjir
84. Qizilini o’zim yedim sarig’ini molga berdim.
Topishmoqning javobi Bug’doy, somon
85. Bo’yi bir qarich, soqoli ikki qarich.
Topishmoqning javobi Makkajo’xori
86. Uzun-uzun ko’chalar, ichi to’la bachchalar.
Topishmoqning javobi Loviya
87. Kunga qarab tolmaydi, kundan ko’zni olmaydi.
Topishmoqning javobi Kungaboqar
88. Pak, pakana bo’yi bor, yeti qavat to’ni bor.
Topishmoqning javobi Piyoz
89. Pishmaganda mazali, pishganda mazasiz.
Topishmoqning javobi Bodring
90. Kalta bobom ichkarida, quloqlari tashqarida.
Topishmoqning javobi Sholg’om
91. Qirq ko’ylagi bor, bir tugmasi yo’q
Topishmoqning javobi Karam
92. Qozon ichida oppoq qor.
Topishmoqning javobi Shirguruch
93. Yesam tishimga kiradi, yemasam tushimga kiradi.
Topishmoqning javobi Go’sht
94. Urdim gup[ etdi, yer tagiga kirib ketdi.
Topishmoqning javobi Ketmon
95. Ko’p yeydi, tez, yeydi, mayday chaynaydi, yutolmaydi, o’zgalarni to’ydiradi.
Topishmoqning javobi Tegirmon
96. Akasi uy poylaydi, ukasi o’ynab yuradi.
Topishmoqning javobi Qulf, kalit
97. Tepdim,tepdim, terakka chiqdim.
Topishmoqning javobi Narvon
98. Kunu tun yuradi, doim bir joyda turadi.
Topishmoqning javobi Soat
99. Shum kampir, shumaloq kampir, ikki beti yumaloq kampir.
Topishmoqning javobi Tandir
Qora sigir qarab turar, sariq sigir yalab turar.
Topishmoqning javobi Qozon, olov
www.SHERLARUZ.CoM - Saytdan olindi!
Sizga yoqgan bo'lsa ovoz bering ↓
Do'stlaringizga yuboring:

|