Статистика

Онлайн всего: 226 Гостей: 225 Пользователей: 1 holliens1
|
SMS SHERLAR, STATUSLAR YOKI AFORIZMLAR IZLASH UCHUN NOMINI KIRITING:
STATUSLAR / Aforizmlar / Афоризмы / Цитаты Великих
В категории материалов: 18 Показано материалов: 1-18 |
|
Сортировать по:
Дате ·
Названию ·
Рейтингу ·
Комментариям ·
Просмотрам

Me’yordan oshirib yuborish — maqsadga yetish emas. O. BALZAK |
Faqat maqsadga yetolmagannigina emas, balki besh qo‘lni og‘izga tiqqanni ham maqsadsiz deya hisoblash kerak. V. O. KLUCHEVSKIY |
Mo‘ljaldan o‘tib ketgan odam ham mo‘ljalga tegolmagan odamdek dog‘da qoladi. M.MONTEN |
Hayotimiz — sayohat, g‘oya esa — yo‘lchi yulduz. Yo‘lchi yulduz bo‘lmasa
hammasi to‘xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go‘yo mutlaqo
bo‘lmagandek. V. GYUGO |
Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning yelkaniga hech bir shamol ham duch kelmaydi. SENEKA |
Insonning mohiyati uning xohishlarida aks etadi. B. SPINOZA |
Qalbni orzudan mahrum qilish yerni havodan ayrib qo‘yish bilan barobar. E. BULVER-LITTON |
Har kimning ko‘z o‘ngida, harqalay, o‘ziga buyuk ko‘rinuvchi va agar uni eng chuqur e’tiqod, chinakam qalb ovozi buyuk deb e’tirof etsa, chindan ham buyuk bo‘lgan muayyan maqsadi bor... K.MARKS |
Hayot mudom harakatda bo‘lmog‘i uchun xohish o‘lmasligi kerak. S.JONSON |
Aytish mumkinki, har bir ayrim kishida va umuman hammada ham ma’lum maqsad bo‘ladi, shu maqsadga intila turib, ular bir yo‘llarni e’tirof etadilar, ba’zilarini esa rad qiladilar. ARASTU |
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir. FIRDAVSIY |
Mening nazarimda, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan va shu maqsadi uchun bor kuchini fido etgan kishigina baxtli bo‘lmog‘i mumkin. M. I. KALININ |
Hayotning ma’nosi orzu-niyatlar sari intilishning go‘zalligi va qudratidadir, shuning uchun tiriklikning har daqiqasi o‘zining yuksak maqsadiga ega bo‘lishi kerak. M. GORKIY |
Maqsad baxtga erishishdan iborat bo‘lmog‘i lozim, aks holda, gulxan yetarli darajada gurillab yonmaydi, harakatlantiruvchi kuch yetarli darajada qudratli bo‘lmaydi — binobarin, muvaffaqiyatga ham to‘la erishilmaydi. T. DRAYZER |
Hayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o‘zini baxtli hisoblashi mumkin. D. I. PISAREV |
Inson musibatlarini tobora kamaytirib, inson rohat-farog‘atini tobora oshirish. Dono va sofdil odamlarning butun kuch-g‘ayrati doimo ongli yoki ongsiz ravishda, bevosita yoki bilvosita mana shu maqsadga qaratilgan edi. D. I. PISAREV |
Insonning barcha istaklarini qondiringu, lekin undan yashash maqsadini olib qo‘yingchi, qarabsizki, u naqadar baxtsiz va ojiz kimsaga aylanib qoladi. K. D. USHINSKIY |
Hayotdagi maqsad inson qadr-qimmati va baxtning asosidir. K. D. USHINSKIY |
|
Поиск
-------

|